Omar Xalil
11.1K subscribers
1.15K photos
445 videos
22 files
359 links
Shiorimiz:

• Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish
• Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish
• Samimiylik va muhabbatni tarannum etish
• Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish

Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot
Download Telegram
❤17🔥10💘5🕊4
Odamlar ko‘pincha hayotidan charchadim, deb o‘ylaydi.
Aslida esa ba’zan inson hayotidan emas, o‘zidan uzoqlashib ketganidan charchaydi.Imom G‘azzoliy ta’limotida insonning eng muhim safarlaridan biri tashqariga emas — o‘z qalbiga qarab boshlanadi.
Chunki sen dunyoni o‘zgartirib ham bezovta qolishing mumkin.
Atrofingdagi odamlarni almashtirib ham o‘sha og‘riqni olib yurishing mumkin.Ko‘proq pul, e’tibor va imkoniyat topib ham ichingdagi bo‘shliqni to‘ldirolmasliging mumkin.
Ba’zan hayotimizga yana nimadir qo‘shish kerak emas.Ba’zan undan bizni o‘zimizdan uzoqlashtirgan narsalarni olib tashlash kerak.
❤‍🔥30💯17❤6👍3🔥2🕊1
Demak, izohlarda ko’proq tanlangan audiokitob “Fotima bu Fotima” bo’ldi. Tez orada asardan bir parchasini taqdim etamiz.
❤‍🔥23❤10🔥7
Fotima bu Fotima - 21
Omar Xalil
Asar nomi: “Fotima bu Fotima”

Muallif: Ali Shariatiy
🔥29❤9❤‍🔥1
🔥33❤14🕊7😍6🐳3😢2😇1
Omar Xalil
Neff inson o’zini boricha qabul qilolmay qolishning muhim omillaridan biri sifatida oilaviy tarixni sanab o’tgan. Men esa ustozlik faoliyatimda bunday o’quvchilarga ko’p duch kelganman. Toshkentda birinchi mavsum o’quvchilarim bilan qabul vaqti suxbat jarayonida…
Esingizda bo’lsa, ichki tayanch masalasida bir o’quvchimni misoliga to’xtalgan edim. Huddi shunday masalada yana bir shogirdim bor edi. U 4 ta aka-ukaning eng kenjasi edi. Ko’p farzandli oilalarda katta akalar ota ro’lini olishadi, ukalariga ham farzandga muomala qilgandek munosabatda bo’lishadi. Shogirdimdagi muammo birinchi navbatda mulqot ko’nikmalari emasdi, psixologik ichki ruxsatlarning yopiq ekanida edi. Misol uchun, aka noto’g’ri topshiriq berdi, uka garchi bu noto’g’ri bo’lsa ham gap eshitmaslik uchun bajardi. Oqibati muammo tug’dirgandan keyin, aka o’z qarori uchun javobgarlikni olishni o’rniga ukani muammoni hal qila olmaslikda aybdor qildi. Uka esa bu borada hech qanday e’tiroz bildira olmadi. Tashqaridan qaraganda buni muloqot bilan bog’liq muammodek ko’rinadi, aslida ildiz bundan chuqurroq joylashgan. Ukaning ongida aka otaga tenglashtirilgan avtoritet, kattalarga e’tiroz bildirish tarbiyasizlik degan e’tiqod bor. Bu oilaviy muxit ukada xato qilish og’riqli, sen biz aytgandek bo’lishing kerak degan e’tiqodni mustahkamlagan. Natijada perfeksionistik persona shakllangan. Bu kamera qarshisida turganda robot kabi tutish, monoton gapirish, emotsianal fonning yo’qligi, jonsiz muloqot ko’rinishida namoyon bo’lgan. Darslardan tashqari ustoz-shogird olib borgan suxbatlarimizning ham ancha foydasi tekkan. E’tirozni o’z vaqtida sog’lom yo’l bilan ifodalash, yo’q deyishni o’rganish shogirdimning soyasiga qamalib qolgan sifatlarini personasi bilan birlashtirishga yordam berdi. Aytishim kerakki, ichki tayanchni mustahkamlashning o’rni katta bo’lgan. Ustoz sifatida vaziyatlarga boshqa insonning bahosi, ijobiy affirmatsiyalar shogirdimni yangi e’tiqodi shakllanib mustahkamlanishiga turtki bergan. Kristin Neffning o’z-o’ziga mehribon bo’lish g’oyasida ham ichki tayanch kosnepsiyaning mag’zi hisoblanadi.
❤12🕊3🔥1
❤20🔥8💯2
🌿 Assalomu alaykum, azizlar!

Bugun sizga bitta savol, lekin javobi hammada har xil...

Agar hayotingizdagi bitta narsani o‘zgartirish imkoniyati berilsa, nimani o‘zgartirgan bo‘lardingiz?

O‘zingizni?
Biror qaroringizni?
Biror munosabatingizni?
Kasbingizni?
Yoki umuman hech narsani o‘zgartirmagan bo‘larmidingiz?

👇 Javobingizni izohda yozing.

Ism-sharif shart emas.
Chin dildan yozing — bu yerda hukm qiladigan hech kim yo‘q.
🔥13😢5❤3
Azizlar, javoblaringizni o‘qib, bir narsani his qildik…

Har bir insonning qalbida o‘zi bilgan bir hikoya bor ekan.

Kimdir o‘tmishdagi qaroridan afsusda, kimdir o‘zini o‘zgartirishni istaydi, kimdir esa yaqinlari bag‘rida bo‘lishni eng katta baxt deb biladi…

Ayrim javoblarni o‘qib, insonning dardi tashqaridan ko‘rinmasligini yana bir bor angladik.

Ayniqsa, farzandlari uchun sog‘inch bilan yashayotgan onaning so‘zlari qalbimizga tegdi. Alloh farzandlariga najot, onaning qalbiga sabr va umid bersin. 🤲

Bilasizmi, azizlar, ba’zan biz o‘zgartirmoqchi bo‘lgan narsalar aslida hayotimizdagi eng katta saboqlarimiz bo‘ladi.

O‘tmishni qaytara olmaymiz, ammo bugungi qarorlarimiz bilan ertangi kunimizni o‘zgartirishimiz mumkin.

🌿 Bir-birimizni hukm qilishga shoshilmaylik. Har bir insonning biz bilmagan hikoyasi bor.

Fikrlaringizni biz bilan bo‘lishganingiz uchun rahmat. Mehrimiz va samimiyatimizni asraylik.
❤13😢7🔥3💯3🕊2🐳1
🔥19❤6🤩3💘2
🌙 JUMA HADYASI TAYYOR! 🎁🎧

Assalomu alaykum, aziz kitobxonlar!

Bugun o'tkazilgan so'rovnomamizda siz o'z tanlovingizni qildingiz!

📖 Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu haqidagi kitobdan siz uchun qalblarga ta'sir qiladigan, ibrat va hikmatga boy bir parchani tayyorladik.

✨ Sadoqat, iymon, fidoyilik va chin do'stlikning go'zal namunasi bo'lgan bu ulug' zotning hayotidan olingan lavhalar barchamiz uchun ibrat bo'lsin.

🎧 Quloqchinlaringizni taqing, qalbingizga bir necha daqiqa ozuqa bering!

🎁 Marhamat, bugungi JUMA HADYAMIZ siz uchun!

💚 Tinglab bo'lgach, taassurotlaringizni izohlarda biz bilan bo'lishing.

Sizni eng ko'p ta'sirlantirgan jihati nima bo'ldi?

🤲 Alloh barchamizga solih insonlardan o'rnak olishni nasib etsin!

🎙 Mehr bilan, Omar Xalil audiokitoblari jamoasi.
❤9🔥2🕊2
Hazratim Abu Bakr 23-qism
Omar Xalil
❤16🕊5😢2
ENG GO‘ZAL HADYA — BILIM ULASHISH!
Bir obunachimiz audio kitobimizni va“PROFESSIONAL NOTIQLIK” onlayn kursimizni boshqa bir insonga hadya qildi. Eng quvonarlisi, bu hadyalar samimiy duolarga sabab bo‘ldi.
“Duo olish boshqacha his birar ekan…”Bu so‘zlarda qanday go‘zal ma’no bor-a! Ba’zan bir insonning yaxshiligi boshqa bir qalbga quvonch, umid va yangi imkoniyat olib kiradi.
Alloh hadya qilgan insondan rozi bo‘lsin, niyatlarini xayrli qilsin va yaxshiligini o‘ziga bir necha barobar qilib qaytarsin! Omin. 🤲🏻
Siz ham yaqinlaringizga shunchaki buyum emas, bilim, ilhom va rivojlanish imkoniyatini hadya qiling.
📚 Audio kitoblarimiz va 🎙️ “PROFESSIONAL NOTIQLIK” kursimiz haqida ma’lumot olish uchun bizga murojaat qilishingiz mumkin.
@audiokitob_admin
👍12🔥3❤1🍓1
❤22💯14🔥6🐳3👏2
🔥12😢5❤2🕊1🐳1💯1
Ba’zan hammaga mehr berib, o‘zimizni unutamiz Qalbingizga quloq tuting. Balki unga ham mehr, xotirjamlik va ozgina e’tibor kerakdir.
Ayni damda qalbingizga eng kerakli narsa nima?
🕊19🔥9💔6❤4🐳1
Ba’zan inson hamma narsani yo‘qotishdan qo‘rqib, eng avvalo o‘zini yo‘qotadi. Birovning mehrini saqlayman deb qalbini, birovni ranjitmayman deb orzularini, hammani rozi qilaman deb xotirjamligini qurbon qiladi.
Ammo unutmang:
Siz hammani rozi qilish uchun yashasangiz, bir kun o‘zingizning ko‘nglingizni qanday olishni unutib qo‘yishingiz mumkin.
O‘zingizga ham mehr bering. Sizning qalbingiz ham e’tiborga loyiq.
Siz-chi, hech qachon boshqalarni deb o‘zingizni unutganmisiz?
🔥26❤10💯10😢3🕊1🐳1
Aziz kitobxonlar, sizga bir savolimiz bor!
Hech audio kitob tinglab turib, bir jumlada to‘xtab qolganmisiz? Go‘yo muallif aynan sizning qalbingizdagi hislarni so‘zga aylantirgandek…
Ba’zi kitoblar shunchaki tinglanmaydi — ular qalbga yetib boradi, o‘ylantiradi va ba’zan insonning hayotga qarashini ham o‘zgartiradi.
📚 Siz qaysi mavzudagi audio kitoblarni ko‘proq tinglashni yoqtirasiz?
Muhabbat va munosabatlar
O‘zini anglash va rivojlanish
Hayotiy saboqlar
Tarixiy va ma’naviy asarlar
👇 Izohlarda o‘zingiz yoqtirgan yo‘nalishni yozib qoldiring.
🔥18❤10🐳1
Assalomu alaykum, aziz kitobxonlar!
Kecha bergan savolimizga bildirgan fikrlaringizni o‘qib, juda mamnun bo‘ldik. Har bir izohingizda o‘zgacha his, alohida hikoya va qalbga yaqin bir ma’no bor.
Kimdir «Men» kitobidagi «Bas qil, ey nafs» jumlalarini qayta-qayta tinglashini aytdi. Kimdir siyratni tinglab, Makkani sog‘inishini yozdi. Yana kimdir audio kitoblar uy yumushlari orasida ham unga hamroh bo‘lishini aytdi.
Biz uchun eng quvonarlisi — kitoblarimiz shunchaki tinglanmayotgani, balki qalblarga yetib borayotgani.
Barchangizga samimiy fikrlaringiz va biz bilan ekaningiz uchun rahmat!
Bugun sizdan yana bir iltimosimiz bor: agar biror audio kitobimizni tinglab, o‘zingiz uchun muhim xulosa chiqargan bo‘lsangiz, o‘sha kitob nomini izohlarda yozib qoldiring.
Balki siz tavsiya qilgan kitob aynan boshqa bir insonga. kerakdir.
❤10🔥9🤩1🐳1
AZIZ KITOBXONLAR, SIZLARGA RAHMAT!
Izohlaringizni o‘qib, har biringizning qalbingizga turli asarlar turlicha ta’sir qilganini ko‘rdik. Kimdir «Nabaviy tarbiya»dan o‘zini isloh qilish uchun ilhom olgan, kimdir «Payg‘ambarning atirgullari» va «Hazratim Abu Bakr Siddiq»ni sevib tinglaydi. Yana kimdir «Yusufning qizi»ni tinglab, qahramonlar bilan birga his qilgan.
Eng quvonarlisi,     ayrim kitobxonlarimiz o‘zlari sevgan asarlarni boshqalarga ham hadya qilishgan. Bu — kitobga bo‘lgan muhabbatning go‘zal ko‘rinishi. Har bir asarning o‘z hikmati, har bir tinglovchining esa o‘z qalb hikoyasi bor.
🔥14🕊6