Omar Xalil
11.1K subscribers
1.15K photos
445 videos
22 files
359 links
Shiorimiz:

• Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish
• Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish
• Samimiylik va muhabbatni tarannum etish
• Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish

Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot
Download Telegram
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Live stream started
Live stream finished (8 minutes)
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
🔥8🕊2
“Bir kuni o‘qiyman…” degan kitoblaringiz bormi? 📚
Bir kuni vaqt topaman.
Bir kuni o‘zim ustimda ishlashni boshlayman.
Bir kuni shu kursni ham o‘rganaman...
Qiziq tomoni — o‘sha “bir kuni” ko‘pincha o‘z-o‘zidan kelmaydi.
Uni o‘zimiz “bugun”ga aylantirishimiz kerak.
1-oktabr — ilm ulashadigan insonlar bayrami.
Biz ham bu kunni shunchaki tabrik bilan emas, ilm olish uchun bir sabab yaratish bilan nishonlamoqchimiz.
Shuning uchun yuqoridagi imkoniyatni tayyorladik. ☝️
Anchadan beri ko‘zingiz tushib yurgan audio kitob bo‘lsa — bugun o‘zingizga olib qo‘ying.
Yoki bir kitobni ko‘rib:
“Bu falonchiga juda kerak…”
degan inson xayolingizga kelsa — unga yuboring. 🎁
Chunki ba’zan eng yaxshi sovg‘a:
“Seni esladim” emas,
“Senga foydasi tegadi deb o‘yladim” degan sovg‘adir.
📚 Qaysi kitobdan boshlashingizni ayting — tanlashga yordam beramiz.
❤14🔥8🕊2
🤩7❤1
Forwarded from Kundalik | Omar Xalil
Bugun Qo’qonda yomg’ir shig’alab yog’ib turibdi. Salqin va toza havo hukmron. Uch qiz va uch yigit bugungi dam olish kunlarini boshqacha reja qilishibdi. Ular oila a’zolari bilan uyda hordiq chiqarishlari, yaqinlari bilan shaharda sayr qilish, boshqa ko’ngilochar joyga borish yohud derazaga urilib yog’ayotgan yomg’ir tomchilarini derazadan kuzatgancha dam olishlari mumkin edi. Lekin, ularning hayotida kaminaning Alloh bergan azizligi bor ekanki, men uchun vaqt va e’tibor ajratib uchrashuvga taklif qilishdi. Shogirdlarim bilan turli xil mavzularda gurung qildik, betakror usulda hadyalar ulashishdi. Yuzlab shogirdlarni o’qitganman. Kimdir nimadir olgan, kimningdir ehtiyoji yoki muammosiga yechim topilgan, kimningdir butun boshli hayoti, yana kimningdir shaxsiyati o’zgargan. Ustozning haqiqiy o’rni shogirding shaxsiyati o’zgargan joyda qolar ekan. Ustozning o’zi emas, uning go’yasi shogirdlar ichida yashaydi. Mana shu mustahkam robita bo’ladi. Umidimiz oxiratda Rasulullohning atroflarida ham to’planish.
❤33🕊7🔥2🙈2🤝2🍾1🦄1
🔥8😢4🕊2❤1
❤17🔥10💘5🕊4
Odamlar ko‘pincha hayotidan charchadim, deb o‘ylaydi.
Aslida esa ba’zan inson hayotidan emas, o‘zidan uzoqlashib ketganidan charchaydi.Imom G‘azzoliy ta’limotida insonning eng muhim safarlaridan biri tashqariga emas — o‘z qalbiga qarab boshlanadi.
Chunki sen dunyoni o‘zgartirib ham bezovta qolishing mumkin.
Atrofingdagi odamlarni almashtirib ham o‘sha og‘riqni olib yurishing mumkin.Ko‘proq pul, e’tibor va imkoniyat topib ham ichingdagi bo‘shliqni to‘ldirolmasliging mumkin.
Ba’zan hayotimizga yana nimadir qo‘shish kerak emas.Ba’zan undan bizni o‘zimizdan uzoqlashtirgan narsalarni olib tashlash kerak.
❤‍🔥30💯17❤6👍3🔥2🕊1
Demak, izohlarda ko’proq tanlangan audiokitob “Fotima bu Fotima” bo’ldi. Tez orada asardan bir parchasini taqdim etamiz.
❤‍🔥23❤10🔥7
Fotima bu Fotima - 21
Omar Xalil
Asar nomi: “Fotima bu Fotima”

Muallif: Ali Shariatiy
🔥29❤9❤‍🔥1
🔥33❤14🕊7😍6🐳3😢2😇1
Omar Xalil
Neff inson o’zini boricha qabul qilolmay qolishning muhim omillaridan biri sifatida oilaviy tarixni sanab o’tgan. Men esa ustozlik faoliyatimda bunday o’quvchilarga ko’p duch kelganman. Toshkentda birinchi mavsum o’quvchilarim bilan qabul vaqti suxbat jarayonida…
Esingizda bo’lsa, ichki tayanch masalasida bir o’quvchimni misoliga to’xtalgan edim. Huddi shunday masalada yana bir shogirdim bor edi. U 4 ta aka-ukaning eng kenjasi edi. Ko’p farzandli oilalarda katta akalar ota ro’lini olishadi, ukalariga ham farzandga muomala qilgandek munosabatda bo’lishadi. Shogirdimdagi muammo birinchi navbatda mulqot ko’nikmalari emasdi, psixologik ichki ruxsatlarning yopiq ekanida edi. Misol uchun, aka noto’g’ri topshiriq berdi, uka garchi bu noto’g’ri bo’lsa ham gap eshitmaslik uchun bajardi. Oqibati muammo tug’dirgandan keyin, aka o’z qarori uchun javobgarlikni olishni o’rniga ukani muammoni hal qila olmaslikda aybdor qildi. Uka esa bu borada hech qanday e’tiroz bildira olmadi. Tashqaridan qaraganda buni muloqot bilan bog’liq muammodek ko’rinadi, aslida ildiz bundan chuqurroq joylashgan. Ukaning ongida aka otaga tenglashtirilgan avtoritet, kattalarga e’tiroz bildirish tarbiyasizlik degan e’tiqod bor. Bu oilaviy muxit ukada xato qilish og’riqli, sen biz aytgandek bo’lishing kerak degan e’tiqodni mustahkamlagan. Natijada perfeksionistik persona shakllangan. Bu kamera qarshisida turganda robot kabi tutish, monoton gapirish, emotsianal fonning yo’qligi, jonsiz muloqot ko’rinishida namoyon bo’lgan. Darslardan tashqari ustoz-shogird olib borgan suxbatlarimizning ham ancha foydasi tekkan. E’tirozni o’z vaqtida sog’lom yo’l bilan ifodalash, yo’q deyishni o’rganish shogirdimning soyasiga qamalib qolgan sifatlarini personasi bilan birlashtirishga yordam berdi. Aytishim kerakki, ichki tayanchni mustahkamlashning o’rni katta bo’lgan. Ustoz sifatida vaziyatlarga boshqa insonning bahosi, ijobiy affirmatsiyalar shogirdimni yangi e’tiqodi shakllanib mustahkamlanishiga turtki bergan. Kristin Neffning o’z-o’ziga mehribon bo’lish g’oyasida ham ichki tayanch kosnepsiyaning mag’zi hisoblanadi.
❤12🕊3🔥1
❤20🔥8💯2
🌿 Assalomu alaykum, azizlar!

Bugun sizga bitta savol, lekin javobi hammada har xil...

Agar hayotingizdagi bitta narsani o‘zgartirish imkoniyati berilsa, nimani o‘zgartirgan bo‘lardingiz?

O‘zingizni?
Biror qaroringizni?
Biror munosabatingizni?
Kasbingizni?
Yoki umuman hech narsani o‘zgartirmagan bo‘larmidingiz?

👇 Javobingizni izohda yozing.

Ism-sharif shart emas.
Chin dildan yozing — bu yerda hukm qiladigan hech kim yo‘q.
🔥13😢5❤3
Azizlar, javoblaringizni o‘qib, bir narsani his qildik…

Har bir insonning qalbida o‘zi bilgan bir hikoya bor ekan.

Kimdir o‘tmishdagi qaroridan afsusda, kimdir o‘zini o‘zgartirishni istaydi, kimdir esa yaqinlari bag‘rida bo‘lishni eng katta baxt deb biladi…

Ayrim javoblarni o‘qib, insonning dardi tashqaridan ko‘rinmasligini yana bir bor angladik.

Ayniqsa, farzandlari uchun sog‘inch bilan yashayotgan onaning so‘zlari qalbimizga tegdi. Alloh farzandlariga najot, onaning qalbiga sabr va umid bersin. 🤲

Bilasizmi, azizlar, ba’zan biz o‘zgartirmoqchi bo‘lgan narsalar aslida hayotimizdagi eng katta saboqlarimiz bo‘ladi.

O‘tmishni qaytara olmaymiz, ammo bugungi qarorlarimiz bilan ertangi kunimizni o‘zgartirishimiz mumkin.

🌿 Bir-birimizni hukm qilishga shoshilmaylik. Har bir insonning biz bilmagan hikoyasi bor.

Fikrlaringizni biz bilan bo‘lishganingiz uchun rahmat. Mehrimiz va samimiyatimizni asraylik.
❤13😢7🔥3💯3🕊2🐳1
🔥19❤6🤩3💘2