Omar Xalil
11.1K subscribers
1.15K photos
445 videos
22 files
359 links
Shiorimiz:

• Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish
• Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish
• Samimiylik va muhabbatni tarannum etish
• Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish

Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot
Download Telegram
Doktor Kristin Neffning ushbu kitobi kimlar uchun mo’ljallangan?

1) Oilasida doim tanqid va solishtirib yashalgan odamlar, jumladan ota, ona, aka, opa va boshqa a’zolar tomonidan doimiy tanqid, haqorat va boshqalarga solishtirib yashalganlar;

2) Otasi yoki onasi bilan doimiy ziddiyat va muammosi borlar. Xususan, “men ularga o’zi kerakmanmi?” degan savol bilan yashaydiganlar;

3) Oilada o’z o’rniga ega bo’lmagan, men faqat foydam teksagina kerakman degan tushunchada yashaydiganlar;

4) O’zini doim tanqid qilib ayblashga odatlangan, o’z manfaatlarini doim keyingi o’ringa qo’yadigan odamlar;

5) Haddan ortiq boshqalarga moslashadigan, doim hamma uchun murosaga intiluvchan odamlar;

6) O’z ichki tayanchiga tayana olmaydigan, boshqalarning bahosi va fikriga qarab yashaydiyan, qaror qabul qiladigan va ta’sirlanaveradigan odamlar.

Asar yuqorida sanab o’tilgan shaxsiyatlarning muammolarini o’rgangan va tadqiq qilgan. Ularga yechimlar va mashqlar bergan.
❤12🕊7🔥5😢2🌭1🦄1
Barchangizga xayrli tong tilayman. Biroz vaqtingizni olaman, ijozatingiz bilan. “Payg’ambarning atirgullari” kitobini tingladingizmi? Asar haqida qanday taassurotlaringizni bo’lisha olasiz? Bilaman, siyrat kitoblari judayam ko’p, bu asarni boshqa kitoblardan farqi bor deb hisoblaysizmi?

Meni bir narsa juda hursand qilyapti. Kitobni nafaqat o’ziga biror yaqinlariga sovg’a qilib olib berayotganlarga rahmat aytaman. Intellektual mehnatimni kim uchundir hadya sifatida ravo ko’rilishi kaminani shod qiladi. Bu e’tirofingiz uchun cheksiz minnatdorman. Ayniqsa, yaqinda bir do’stimiz naq 5 ta audiokitobni singillarimizga hadya qilgan. Audiokitob tinglash madaniyati rivojlanayotgani bu quvonarli jarayon.
❤27🕊18❤‍🔥3🔥1
Doktor Kristin Neffning kitobidagi muhim anglashlarni qayd qilib boraman.

Masalan, muallif o’z o’ziga g’amxo’r bo’lish bu hudbinlik va dangasalikka olib keladi degan fikrlarga qarshi turadi. Kitobning ko’p tanqid qilingan jihati aynan shu nuqtada bo’lgan.

Misol uchun: bir odam o’z ustida ishlashi, nimagadir erishishi uchun o’zini tanqid qilib turishi kerak. Bo’lmasa u harakat qilmaydi. Dangasalik kelib chiqadi. “Harakat qil, yo’qsa itni keyingi oyog’i bo’lib qolib ketasan, ahmoqsan, lapashang va qo’rqoqsan, birovlarga povutingni bermasliging kerak edi” kabi tanqidlar insonni o’zi xohlamagan darajaga tushib qolmasligini ta’minlaydi, shu holatga tushmaslik uchun odam harakat qiladi, deydiganlarga Neff raddiya bildiradi va o’z o’ziga g’amxo’rlik usuli dangasalikka emas mutlaqo progressiv natija berishini isbotlaydi.
🔥18❤6🕊6👍1
Omar Xalil
Doktor Kristin Neffning kitobidagi muhim anglashlarni qayd qilib boraman. Masalan, muallif o’z o’ziga g’amxo’r bo’lish bu hudbinlik va dangasalikka olib keladi degan fikrlarga qarshi turadi. Kitobning ko’p tanqid qilingan jihati aynan shu nuqtada bo’lgan.…
Kitob nashr qilingandan keyin uning go’yasiga bo’lgan tanqidlarning yana biri agar inson o’ziga doim g’amxo’r munosabatda bo’lsa bu mas’uliyatsizlik va hudbinlikka olib kelishida, deb o’ylashgan.

Masalan, bir odam o’z juftiga xiyonat qildi. Normal inson bu qilmishi uchun o’zida aybdorlik hissini tuyishi, vijdon azobini tortishi, kerak bo’lsa jazolanishi kerak. Agar bu odam o’ziga nisbatan gamxo’r bo’lsa, o’zini kechirishi oson bo’lsa, qilmishlariga nisbatan javobgarlik hissi pasayadi, keyingi xatolari uchun o’zida vijdoniy to’siq sezamay qo’yadi, bu esa hudbinlikka olib keladi deb hisoblashadi.

Kristin Neff esa bu tanqidlarga o’zining hayotiy hikoyasini keltiradi va o’ziga g’amxo’rlik=hudbinlik degan tenglamani bir biridan ajratib beradi. Muallif bir inson xiyonat qilsa uch xil munosabatni taqqoslaydi.

1) Xiyonat qilish=aybdorlik hissi=bir umr xiyonat tamg’asi bilan qadrsiz yashashga rozi bo’lish

2) Xiyonat qilish=o’zini oqlash=javobgarlikdan qochish=hudbinlik

3) Xiyonat qilish=nega bunday qilganini o’zi uchun tushinib olish=mas’uliyatni bo’yniga olish=axloqiy saboq chiqarish

Neff nazarda tutgan formula inson o’z xatolariga nisbatan uchinchi munosabatda bo’lish ikki tomondan ham foydali deb hisoblaydi va buni asoslaydi. O’ziga g’amxo’rlik tizimi noto’g’ri ishni oqlamaydi va o’z qadrini xato bilan bog’lamaydi ham. Undan axloqiy saboq chiqarishni targ’ib qiladi.
🔥13👍3👏2🌭2❤1🕊1💘1🦄1
Inson qachon va qaysi omilga ko’ra o’z-o’ziga qattiqqo’l, shafqatsiz bo’lib qoladi? Doim o’zini tanqid qiluvchi, aybni mudom o’zidan qidiruvchi bo’lib qoladi. Bunga Neff birinchi navbatda oilaviy tarixni eng muhim omil sifatida sanaydi.

Neffning kitobida keltirgan misollaridagi odamlar bilan pedgagog sifatida ayrim o’quvchilarimning misollarida o’xshash tarixni kuzataman. Aynan o’ziga ishonchi past, xato qilsa, tanlovdan adashsa, muvaffaqiyatsizlikka uchrasa o’zini kechirolmaydigan, o’z qadr-qiymatini past baholaydigan, atrofdagi odamlarga, maktabda o’qisa dominant sinfdoshlariga, ishxonada dominant hamkabslarga moslashadigan bo’lib qoladi yoki aksincha yakkalanib qoladi.

Bunday odamlarning oilaviy tarixiga nazar tashlasak onasi yoki otasi, tog’asi yoki amakisi, opasi yohud akasi tomonidan muntazam tanqid qilingan, eski xatolari yuziga solingan, kamsitilgan va eng yomon munosabatga loyiq ko’rilgan bo’ladi. Yana quyida o’zimning o’quvchilarimdagi real misollarni sanab beraman.
❤7🕊2
Omar Xalil
Inson qachon va qaysi omilga ko’ra o’z-o’ziga qattiqqo’l, shafqatsiz bo’lib qoladi? Doim o’zini tanqid qiluvchi, aybni mudom o’zidan qidiruvchi bo’lib qoladi. Bunga Neff birinchi navbatda oilaviy tarixni eng muhim omil sifatida sanaydi. Neffning kitobida…
Neff inson o’zini boricha qabul qilolmay qolishning muhim omillaridan biri sifatida oilaviy tarixni sanab o’tgan. Men esa ustozlik faoliyatimda bunday o’quvchilarga ko’p duch kelganman.

Toshkentda birinchi mavsum o’quvchilarim bilan qabul vaqti suxbat jarayonida edim. Yuzida istarasi bor, odmigina kiyingan, nimtabassum bilan bir gavdali yigit kirdi. Uni bu gavdasiga ancha dag’alroq, dadil yigit bo’lsa kerak degan hayol keldi. Ammo, o’zini tutishi halim insonni eslatardi. Uning muhimroq muammosi notiqlik emas, ichki tayanchni shakllantirish ekanini sezdim. Otasi tomonidan boricha qabul qilinmagan o’g’il, doim norozilik va tanqid bilan o’sgan bola ulg’aygach “men o’zi otamga kerakmanmi?” degan og’riqli savol bilan yashagan.

Uning og’rig’ini aniqlab olish menga qiyin bo’lmadi. Unga: “Tasavvur qiling, hozir sizga qo’ng’iroq bo’lsa va u odam otangiz bo’lsa. Qo’ngiroqni ko’targaningizda otangiz shunchaki sizdan xabar olish uchun telefon qilganini aytsa, sizga o’g’lim seni juda sog’indim, o’ylab qarasam umrimizda biror marta senga o’g’lim yur, birga sayr qilamiz, choy ichamiz, ota-bola dildan suxbatlashamiz demagan ekanman. Kel, vaqting bo’lsa bugun poytaxtga boraman. Bir ota-bola sayr qilib suxbatlashamiz”, deb qolsalar nima degan bo’lardingiz deganimda yigitning ikki ko’zi qizarib yoshga to’lib bo’lgan edi.

Shunda uning birinchi muammosi muloqotda emas, psixik regulyatsiyasida ekanini tushingandim. Darslarimiz va suxbatlarimizdan keyin birodar bo’lib qoldik. U o’z irodasidan tashqaridagi narsalarda o’zini ayblamaslik va ancha ichki tayanchga ega bo’lgan.
❤18🔥2🕊1
Audio
Bu ijroni Abrorbek shogirdim qilgan. To’g’rirog’i, “Sakiyna” kanalini birgalikda yelkama yelka tashkil qilgan birodar ukam hisoblanadi. U hech qachon mendan to’g’ridan to’g’ri ta’lim olmagan, ijro ustida jiddiy ishlamaganmiz. Biroq, hozirgina yuborgan ijrosini o’tqizgim kelmay oxirigacha tingladim. Unda jozibador talaffuz bor deb aytolmayman, lekin men uchun muhim narsa yurakdan chiqqan ovoz bor edi. Abrorbek doim o’z imkoniyatlarini past baholab kelgan. Bugun o’zi uchun shu narsani aytib ketmoqchiman: Sakiyna kabi ulkan auditoriyali kanallar loyihasini yaratish va uni boshqarish, yillab muntazam mehnat qilish, o’z kasbiga va qiziqishlariga sodiq qolish, eng asosiysi yuz minglab odamlarning ko’ngliga yaxshilik urug’i va pand-nasihatni kirib borishida xizmatlari beqiyos. Abrorbekni eng kamida men nima uchun yashadim degan savoliga o’z javobi bor.
❤29🔥7👍5🕊2⚡1
Bugungi juma hadyasini siz tanlaysiz.
Bugun sizlarga kichik bir hadyam bor.
🎧 Qaysi audio kitobimizdan bir parcha eshitishni xohlaysiz?
Izohlarda kitob nomini yozing. 👇
Qaysi kitob nomi eng ko‘p yozilsa,
aynan o‘sha kitobdan sizlar uchun eng ta’sirli parchani chiqarib beraman.
Bugun kitobni men emas, siz tanlaysiz.
👇 Qaysi kitobni eshitishni xohlaysiz?
Nomini yozib qoldiring! 📖
💘12❤6🕊4
👏16❤4🕊2🐳1
Jur'at - 8
Omar Xalil
Bob: Oshiqlar yoʻli

5-qism

Muallif: Omar Xalil
🔥18👍8👏5❤‍🔥4❤3🕊2🦄1
🌹 Assalomu alaykum, aziz obunachilar!
Kecha sizlardan yana bir go‘zal istak keldi. Ko‘pchiligingiz“Payg‘ambarning atirgullari” audio kitobidan parcha eshitishni xohladingiz.Shunday ekan, bugun sizlar uchun ushbu asardan qalbingizga yetib boradigan, eng ta’sirli parchalardan birini tayyorlaymiz.Balki bu parcha kimningdir qalbida Rasululloh ﷺga bo‘lgan sog‘inchni uyg‘otar…
Balki kimdir bir lahzaga Saodat asriga sayohat qilgandek bo‘lar. Bugun yana bir bor atirgullar bog‘ida uchrashamiz…
❤‍🔥13❤4🔥4🕊3💘3🦄2
Payg'ambarning atirgullari - 13
Omar Xalil
😢21❤‍🔥7🔥4❤3🕊1💘1🦄1
❤38🕊6🤝2
Bir muddat kanalga qaray olmadim. Samarqandda ish bilan safarda bo’ldim. Shu bahona “Imom Buxoriy” kompleksiga ham borib ko’rdim. Juda chiroyli maskanga aylanibdi. Ayniqsa binoning ro’parasida tovlanib turadigan keng hovuz ajoyib peyzaj vazifasini o’tar ekan.
1❤37🔥7❤‍🔥4🤩4🤗4⚡2👍1😍1🐳1
Forwarded from Kundalik | Omar Xalil
Samarqandda biznes muxiti shitob bilan o’syapti ekan. Toshkentlik tadbirkorlar ham, infobiznes bilan shug’ullanuvchilar ham shu yerga intiladigan bo’lib qolishgani bejizmas. Hafta boshida call-markaz operatorlarining sertifikat olish marosimiga mehmon suxbatdosh sifatida taklif qilingandim. Bir yo’la tadbirkorlar klubiga ham suxbatga taklif qilishdi. Maroqli suxbat qurdik. Men tadbirkorni 10 ming so’mni 20 ming so’m qilishdan muhimroq tashvishi bo’lmaydi deb o’ylardim. Ammo, men o’ylaganimdan biroz farq qilar ekan. Biznesmenlar uchun jamiyat, muammolar, rivojlanish psixologiyasi, boshqaruv, bolalar tarbiyasi ham ancha qiziqarli mavzu ekanini sezdim. Gurungimizdan so’ng bir tadbirkor do’stimiz oilaviy muammilari haqida gapirib qoldi. Bu muammo men avvalroq yozgan narsissistik xususiyatlar haqida edi. Keyingi postimda narsist ayol va tadbirkor er o’rtasida qanday muammoni yuzaga keltirayotyanini tavsiflab beraman. Nazariyani real misoli bilan o’rganish qiziqroq bo’ladi, albatta.
👏18❤3🔥3🕊3🐳2⚡1🤩1
🌙 Assalomu alaykum, qadrli obunachilarim!
Juma kuningiz muborak bo‘lsin! 🤲🏻✨
Bugun sizlar uchun kichikgina, ammo juda chiroyli bir sovg‘a tayyorlagim kelyapti. 🎁📚
Bu safar kitobni men emas, siz tanlaysiz!
Agar sizga bitta audio kitob hadya qilish imkoni bo‘lsa, qaysi kitobni eng yaqin insoningiz uchun tanlagan bo‘lardingiz? 🎧📖
💬 Kitob nomini izohlarda yozib qoldiring.
Balki aynan siz tanlagan kitobdan bir parchani birgalikda tinglab, uni bugungi muborak Jumaning eng chiroyli sovg‘asiga aylantirarmiz.
Kim biladi, balki siz uzoq vaqtdan beri eshitishni istagan kitobingiz aynan bugun siz uchun yangrar... ✨📚
🤲🏻 Juma kuningiz fayzli, qalbingiz xotirjam, xonadoningiz tinch, rizqingiz mo‘l va kuningiz barakali bo‘lsin!
Jumangiz muborak bo‘lsin, azizlarim!
❤22🔥3⚡1❤‍🔥1
❤16😍1
Hazratim Abu Bakr 15-qism
Omar Xalil
❤16👍6🕊3🔥2😍1
“O’zimga mehr” kitobida mansublik masalasi bor. Odam tug’ilishidan boshlab o’zi yashayotgan muxitda mansublik his qilishga ehtiyoj sezadi. Masalan, siz diniy mavzularda suxbat quradigan, hayotiy qarashlari dinga muvofiq keluvchilar, halol va haromga jiddiy qaraydigan odamlar bilan do’stlashasiz, shu davralarda yurasiz. Bu orqali siz o’zingizni shu segmentga mansublik his qilasiz. Yana kimdir ish bilarmon, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan, biznes klublarga boradigan odam. Bu odam o’zini shu guruhga mansub his qiladi. Boshqa bir odam esa ko’ngilochar bloglar kuzatadi, dam olish va sayohatlarni yoqtiradi, tungi klublarga borib turadi, sekulyar hayotni yaxshi ko’radi. Million va shunga o’xshash konsertlarni qoldirmadi. Chunki, o’zini shu sferaga mansub his qiladi. Yana kimdir faqat ilm olishga qiziqadi, kitob taqdimotlarini qoldirmaydi, kitob harid qilishni yoqtiradi, metroda yursa ham quloqchin taqib ilmiy podkastlarni tinglashni hush ko’radi. O’zini shunday toifadagi odamlarga mansub his qiladi.
🕊18❤3
Omar Xalil
“O’zimga mehr” kitobida mansublik masalasi bor. Odam tug’ilishidan boshlab o’zi yashayotgan muxitda mansublik his qilishga ehtiyoj sezadi. Masalan, siz diniy mavzularda suxbat quradigan, hayotiy qarashlari dinga muvofiq keluvchilar, halol va haromga jiddiy…
Agar mana shu mansublikni his qilmasa odam atrofida yaqinlari bo’lishiga qaramasdan o’zini yolg’iz his qiladi. Siz tasavvur qilib ko’ring, maktabda 30 ta bolani ichida o’zini yolg’iz his qiladigan bolalarni, mahallada hech kimga qo’shila olmaydigan o’smir yaqiningizni, ishxonada hech qanday yig’inlarga, o’tirishlarga qo’shilmaydigan hamkasabangizni, jamiyatda hech qaysi guruhlar bilan integratsiya qila olmayotgan odamlarni. Inson uchun eng muhim mansublik zonasi birinchi o’rinda uning oilasi bo’lishi kerak. Agar odamning o’z ota-onasi, umuman oilasiga nisbatan mansublik hissi bo’lmasa psixik barqarorlik qiyinlashadi. O’zini tinglaydigan, tushinadigan, ammo noto’g’ri guruhlarga qo’shilib ketish xavfi ham paydo bo’ladi. Shu yerda 2018-yilda “Oskar” mukofotini olgan “Yashil kitob” filmini eslab o’tishni lozim topdim. Don Shirlining hayotiga asoslangan kinoda qora tanli musiqachi hech qaysi qatlamga mansublik his qilmagani uchun o’zini yolg’iz his qiladi. Pul, obro’, aristokratiya, mahorat bor bo’lsa ham birgina odamlarga tegishlilik hissining yo’qligi butun hayotini rangsiz qilib qo’yadi. Neff mansublik masalasiga izoh beradi, ammo uni radikal ko’rinishga kelishini ziddiyatni kuchaytiruvchi omil sifatida ko’rsatadi. Agar odam o’zining xatolarini umuminsoniy tajribaning bir qismi sifatida ko’rsa o’zini ayblashi pasayadi va undan oqilona saboq chiqarishni o’rganadi deydi.
🔥15❤9💯2😐2🦄1
❤31🔥9❤‍🔥7🦄3🏆2