Omar Xalil
11.1K subscribers
1.15K photos
445 videos
22 files
359 links
Shiorimiz:

• Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish
• Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish
• Samimiylik va muhabbatni tarannum etish
• Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish

Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot
Download Telegram
Kecha g’olib bo’lgan obunachimizning onajonlariga hadyani berib qo’ydik. Juda hursand bo’ldilar.
🔥15💘8❤7💯3🕊1
Sizlarning har bir so‘zingiz biz uchun juda qadrli...
“Payg‘ambarning atirgullari”ni tinglab, biz bilan o‘z taassurotlaringizni bo‘lishayotgan azizlarimizga chin qalbimizdan rahmat aytamiz.
Har bir yozgan so‘zingiz bizga yana-da chiroyli ishlar qilishga kuch beradi.
Alloh barchangizdan rozi bo‘lsin. 🤲🏻
Asar qalblaringizga oz bo‘lsa-da nur va manfaat bergan bo‘lsa, bundan biz juda xursandmiz. 🌹
🍓13❤8🕊3
Endi qaysi kitobni ovozlashtirsam ekan deb turibman. Qaysi asar borki, tinglashga talab yuqori? Yoki hali nashr qilinmagan qanday zo’r kitoblar bor sizni qiziqtirgan? Izohlarda yozinglarchi
❤20🔥2
❤26🔥6🤩1🆒1
🌹 BA’ZI HADYALAR UZOQ MASOFANI HAM YENGIB O‘TADI…
Bugun bizni juda chiroyli bir voqea quvontirdi…
Bir ayol musofirlikda yurgan jufti haloliga mehr bilan “Muhabbat madrasasi” audio kitobini hadya qildi.
U esa uzoqdan turib, go‘yo:
“Seni men ham o‘ylab yuribman…” degandek, o‘z navbatida ayoliga “Payg‘ambarning atirgullari” audio kitobini hadya qildi. 🌹
Ular bir-birlariga shunchaki audio kitob sovg‘a qilishmadi…
Bir-birlariga vaqt, e’tibor, muhabbat va go‘zal ma’no hadya qilishdi.
Masofa uzoq edi…
Ammo qalblari bir-biridan uzoq emas edi.
Ba’zan inson:
“Meni eslayapsanmi?” deb so‘ramaydi.
Uning o‘rniga birgina hadya keladi…
va o‘sha hadya hammasini aytib turadi.
Alloh bu ikki qalbning mehrini, muhabbatini va bir-biriga bo‘lgan e’tiborini ziyoda qilsin. 🤲🏻
Siz bo‘lsangiz, jufti halolingizga qaysi kitobni hadya qilgan bo‘lardingiz?
🔥17❤13🐳3❤‍🔥2🕊1😇1💘1
👍16❤10❤‍🔥8🔥1🐳1
🐳8🔥5🕊2❤1👍1
HADYALAR O‘Z EGALARIGA YETIB BORDI… 🎁
Alhamdulillah, mehr bilan yo‘lga chiqqan har bir hadyamiz o‘z egasini topdi.
Kimdir yaqinini xursand qildi,
kimdir uzoqdagi insoniga mehrini yubordi,
kimningdir qalbiga esa go‘zal bir esdalik bo‘lib kirdi.
Bizga ishongan va bu go‘zal hadyada ishtirok etgan barchangizga chin qalbimizdan rahmat!
Alloh hadya qilgan qo‘llaringizni,
hadya qabul qilgan qalblaringizni hamisha xursand qilsin. 🤲
Har bir hadya — bir mehr.
Har bir mehr — bir duo.
❤17🕊5🔥2🤩2🐳1💯1
Bir kitob. Bir jumla. Bir o'zgarish…
Ba’zan hayotimizda shunday kitob uchraydiki, uni yopganimizdan keyin ham qalbimizda davom etaveradi.
Bir jumlasi xayolimizdan ketmaydi…
Bir qahramoni yodimizda qoladi…
Bir voqeasi esa o‘zimizga qarashimizni o‘zgartiradi.
Balki sizda ham shunday kitob bordir…
📖 Ayting-chi, hayotingizda iz qoldirgan kitob qaysi?
Va eng qizig‘i:
Agar o‘sha kitobni bugun yana bir marta tinglash imkoniyati berilsa — tinglarmidingiz?
👇 Kitob nomini yozing va nega aynan u siz uchun qadrli ekanini biz bilan bo‘lishing.
Balki sizning javobingizni o‘qib, yana bir inson o‘sha kitobni izlab qoladi…
🔥15❤6🕊1
“Hayotingizda iz qoldirgan kitob qaysi?”
Javoblaringizni o‘qib, rostini aytsam, hayratda qoldik… 🥹
Kimdir bir kitob sabab yig‘laganini,
kimdir bir kitob sabab uyg‘onganini,
kimdir esa aynan bir kitobdan keyin kitob o‘qishni boshlaganini yozdi.
Eng ta’sirlisi — ayrim kitoblar sizlar uchun shunchaki kitob emas ekan…
Kimdir uchun — otasining xotirasi.
Kimdir uchun — hayotidagi burilish.
Kimdir uchun — Islomni yanada chuqurroq anglashga sabab.
Kimdir uchun esa — qayta-qayta o‘qigisi keladigan bir olam.
🔥12❤3❤‍🔥2🤗2
💙💙💙
Musobaqada Qur'on o'qing va qimmatbaho pul mukofotini qo'lga kiriting!

🔊 "Tajvid Center" kanalida QUR'ON MUSOBAQASI boshlandi!

💰Musobaqada qatnashsangiz, qimmatbaho pul mukofotlariga ega bo'lasiz.

Musobaqa g'oliblari qimmatbaho pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
1 - O'RIN 💰200$
2 - O'RIN 💰100$
3 - O'RIN 💰50$

▫️Musobaqadan so'ng Qur'on va tajvid kurslari boshlanadi, bu orqali bilimingizni yanada mustahkamlashingiz mumkun.

⏳ Joylar soni cheklangan, Musobaqada qatnashish va barcha shartlarni bilish uchun hoziroq kanalimizga qo'shiling!

Telegram kanalimiz
: @tajvid_center
❤9🔥3❤‍🔥1🤓1
Bugungi juma hadyasini siz tanlaysiz.
Bugun sizlarga kichik bir hadyam bor.
🎧 Qaysi audio kitobimizdan bir parcha eshitishni xohlaysiz?
Izohlarda kitob nomini yozing. 👇
Qaysi kitob nomi eng ko‘p yozilsa,
aynan o‘sha kitobdan sizlar uchun eng ta’sirli parchani chiqarib beraman.
Bugun kitobni men emas, siz tanlaysiz.
👇 Qaysi kitobni eshitishni xohlaysiz?
Nomini yozib qoldiring! 📖
❤14⚡1🐳1
🔥23🐳3❤‍🔥2❤1
Jur'at - 4
<unknown>
🎧 Nihoyat, kutganingiz tayyor!✨
Bir oz vaqtni o‘zingizga ajrating, quloqchinlarni taqing va shunchaki tinglang...
Ba’zan birgina fikr ham insonning o‘ziga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirib yuborishi mumkin.
❤‍🔥16👍8❤7🕊5🔥3🐳1
🌿 BUGUN O‘ZINGIZGA BIR SAVOL BERING...
Tasavvur qiling...
Siz uchun juda qadrli inson katta xato qildi.
Uning ko‘ngli cho‘kdi va sizga shunday dedi:
— Men yana eplay olmadim...
Men hech narsaga yaramayman shekilli.
Siz unga nima degan bo‘lardingiz?
Uni ayblarmidingiz?
Xatosini yuziga solarmidingiz?
Yoki aksincha, tushunishga va dalda berishga harakat qilarmidingiz?
Endi esa bundan ham muhimroq savol:
Xuddi shu xatoni O‘ZINGIZ qilganingizda, o‘zingizga qanday gapirasiz?
Ba’zan biz boshqalarga aytishga tilimiz bormaydigan darajada og‘ir gaplarni o‘zimizga bemalol aytamiz.
«Nega yana shunday qildim?»
«Mendan hech narsa chiqmaydi.»
«Boshqalar uddalayapti, men esa...»
«Men bundan yaxshiroq bo‘lishim kerak edi.»
Balki insonning o‘ziga bo‘lgan munosabati ham aynan shu yerdan boshlanar...
Bugun kun davomida shu mavzu haqida gaplashamiz.
👇 Siz-chi? Xato qilganingizda o‘zingizga qattiq gapirasizmi?
❤12🔥10😐1
Xato qilganingizda, ichingizdagi ovoz sizga nima deydi?
Biror ishni eplay olmadingiz. Noto‘g‘ri qaror qildingiz. Yoki kutgan natijangizga erisha olmadingiz...
Shunday paytda o‘zingizga odatda nima deysiz?
📊 OVOZ BERING 👇
🔘 Mayli, xato qildim. Tuzataman.
🔘 Nega men doim shunaqa qilaman?!
🔘 Men bundan yaxshiroq qilishim kerak edi.
🔘 Boshqalar uddalayapti, men esa...
🔘 O‘zimdan hafsalam pir bo‘ldi.
Ko‘p o‘ylamang. Sizda birinchi bo‘lib paydo bo‘ladigan javobni belgilang.
Kechroq natijalarni birgalikda tahlil qilamiz.
🔥14❤4❤‍🔥3
Bayon-ul Furqon - 59
Omar Xalil
Qur’oni Karim ma’nolarining izohli tarjimasi:

52 - Tur surasi
🕊6🔥4❤1❤‍🔥1😍1
QIZIQ, O‘ZIMIZGA BUNDAY MUNOSABATNI KIM O‘RGATGAN?
Bugungi javoblaringiz orasida bir gap ko‘p takrorlandi:
«Nega men doim shunaqa qilaman?»
O‘ylab ko‘ring...
Do‘stimiz xato qilsa, uning bir xatosidan butun shaxsiga hukm chiqarmaymiz.
Ammo o‘zimiz xato qilsak, bir voqea birdan:
«Men nega shunaqaman?»
«Mendan yaxshiroq chiqishi kerak edi...»
«Boshqalar uddalayapti, men esa...»
degan ichki suhbatga aylanib ketadi.
Eng qizig‘i — biz buni ko‘pincha shafqatsizlik deb ham bilmaymiz.
Uni talabchanlik, vijdon, mas’uliyat, hatto o‘z ustida ishlash deb ataymiz.
Lekin ular rostdan ham bir narsami?
O‘ziga talabchan bo‘lish bilan o‘ziga shafqatsiz bo‘lishning chegarasi qayerda?
Siz bu chegarani qanday ajratasiz?
Javoblaringizni yozing.
Keyingi suhbatimiz aynan shu yerdan boshlanadi.
🔥14👍5❤4❤‍🔥3
🌿Izohlaringizni birma-bir o‘qib chiqdik...
Kimdir o‘zini ko‘p koyishini yozdi. Kimdir o‘ziga shafqatsizligini hatto normal deb bilishini. Yana kimdir kechira olmay qiynalayotganini...
Bir narsani sezdik: ba’zan insonning eng og‘ir suhbatlari boshqalar bilan emas, o‘zi bilan bo‘lar ekan.
O‘zimizdan ranjiymiz, o‘zimizni ayblaymiz, yana o‘zimizni ovutishga harakat qilamiz...
Siz yozgan har bir izoh biz uchun qadrli. Chunki keyingi suhbatlarimizni aynan siz aytgan kechinmalar asosida davom ettiramiz.
Bu mavzuni hali birga chuqurroq ochamiz...
🔥10❤‍🔥6❤5🕊5💯1🙈1