Omar Xalil
11K subscribers
1.16K photos
445 videos
22 files
359 links
Shiorimiz:

• Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish
• Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish
• Samimiylik va muhabbatni tarannum etish
• Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish

Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot
Download Telegram
Bu hodisa hech esimdan chiqmaydi | Bo'lgan voqea | Omar Xalil
Omar Xalil
#Hikoya

Bu voqea hech qachon yodimdan chiqmaydi yohud uzuk voqeasi...

Muallif: Lola
Ijrochi: Omar Xalil

👉 @umarhalil 👈
😇25👍22❤10😢5🔥4🦄4🍓3🤯1🕊1
Boy va kambagʻal, shaharlik yoki qishloqlik boʻlsin, yoshi katta yohud kichik boʻlsin, semiz yoki oriq boʻlsin, yuvosh yoki shoʻx boʻlsin, xunuk yoki chiroyli boʻlsin - bu ayollarning hammasi bir narsada mushtarakdir. Ular sevilib yashashni istaydi. Agar ayollarga mana shu narsa berilmasa, ular bu e’tiborni yo farzandlaridan talab qiladigan yoki doʻstlaridan va yoki begona erkakdan qidirishni boshlaydi.

“Muhabbat madrasasi” asarimizning ovozlashtirish va montaj ishlari yakunlandi. Tez orada premyera kuni va soatini e’lon qilamiz.
👍135❤31🔥16🕊12😇4🎉2😍2❤‍🔥1🌭1🍓1🦄1
“Erkaklar oʻzlari erkin boʻlishni yaxshi koʻrishadi, lekin erkinlik berilgan ayolga ishonishmaydi.”.

“Yigit ham, qiz ham bir biri uchun qiymat hosil qilmagan munosabat, garchi u sevgi deb nomlansa ham, uzoqqa bormaydi”.

“Erini hurmat qilgan va eri ham uni yaxshi koʻrgan ayolning xiyonatiga koʻpchilik yoqa ushlaydi. Buning mantigʻini tushunmaydi. Aslida bu ayol kishining qizlik ideali va real vaziyati oʻrtasidagi hatarli sinovdir”.

“Muhabbatning 55 muammosi” audiokitobi tayyor boʻlish arafasida. Bu audiokitob bilan oʻzimiz bilan bogʻliq koʻplab muammolarni tahlil qilamiz.

👉 @umarhalil 👈
❤66👍34🕊8🔥3🍓1
Uzoq va intiq kutilgan asar bugun soat 20:00 da “Muhabbat madrasasi yohud muhabbatning 55 muammosi” audiokitobi premyera qilinadi. Ovozli chatni Omar Xalil olib boradi. Barcha muxlislarni taklif qilamiz 🎉

👉 @umarhalil 👈
👍133❤40🎉16🔥7🍓4🤩3⚡2👏2😍1🍾1😇1
Premyeraning ovozli chatini kutayotgan ashaddiy muxlislar 😹
🔥173😁77🤣47👍18🙈10🕊7⚡6❤‍🔥4🍓4😇1🦄1
Premyera
Omar Xalil
“Muhabbat madrasasi” audiokitobining premyerasi

Yozib olingan ovozli chat ulgurmagan va kirolmaganlar uchun maxsus 😎

Rahmat, shart emas 😉

👉 @umarhalil 👈
👍183🥰32❤24🔥13🕊8😍3🐳2🍓2🤗2❤‍🔥1🙈1
⚡️E’LON⚡️

“Muhabbat madrasasi” audiokitobi sotuvga chiqdi.

Narxi: 99.000 soʻm

Sotib olish uchun: @kordinator_notiq ga yozing.

Audiokitobni keng tarqalishi bu keyingi noyob asarlarni tarjima qildirish va ovozlashtirib taqdim qilishga xizmat qiladi.

👉 @umarhalil 👈
❤126👍57😨17😢8😍7❤‍🔥4🔥4🕊4🍓3🌚2☃1
Audiokitobni birinchilardan boʻlib bir singlimiz sotib oldilar. Audiokitobga erishganlaridan juda hursand boʻlib ketdilar. Endi ertalabgacha uxlamasdan eshitib chiqishlari aniq. 😅

Tabriklaymiz 🎉🎁
🔥215❤29👍23😍23🕊8❤‍🔥7🤷4☃3👏3💯2😇2
​​Kechasi birinchi boʻlib audiokitobni sotib olgan Zulayxo ismli singlimiz hali bir sutka boʻlmasidan asarning yarmidan koʻpini eshitib boʻlishibdi. Quyida “Muhabbat madrasasi”ning singlimizga ta’siri haqidagi fikrlarini oʻqiymiz.

Assalomu alaykum. Xayrli kun.
Asarni 35-hikoyasiga keldim lekin ichimda gaplarim koʻpayib ketti, fikrlarimni yozdim

"Qurʼon sirlari" kitobidagi oʻtkir fikrlar, tahliliy mavzulari bilan hayron qoldirgan Mustafo Mahmudning 55 muammoga bergan yechimlarida huddi 101 kecha ertaklariga tushib qolgandek boʻldim.
Har ikki asarni bir tarjimon mahorati bilan oʻzbekchada oʻqish ham oʻzim kashf etgan qahramonimni mulohazalarini bir yoʻsinda toʻliq tushunishimga yordam berdi.

Shu oʻrinda aytamanki, badiiyatni goʻzal tarzda berilishi va uni aynan tarjimon oʻzi ovozlashitirishi ham tub mohiyatga tezroq olib bordi. Odatda tarjima asarlarda badiiyat koʻrinmaydi, men oʻqigan bu asarlar esa oʻzbek tilida yozilganday tuyuldi!

"Muhabbat madrasasi" asarini intiqib kutishimga bir sabab asar muallifi boʻlsa, yana bir sabab tarjima jarayonida berib borilgan kichik qismlarni hayotiyligi bilan oʻziga tortishi va davomini kutishga majbur qila olishi edi.
Uzoq kutdim va oʻsha kun keldi.

"Muhabbat madrasasi yohud muhabbatning 55 muammosi" asarini faqat eshitgan boʻlsam ham (odatda audio kitobda maʼnoga yetib borishim qiyin boʻladi) taʼsiri kuchli boʻldi. Hikoyalarda oʻzimni yoki yaqinlarimni topdim. Ayovsiz hayot zarbalari sifatida qabul qilganlarim vaziyatlarda asli jarayon qanday kechganini endi anglab yetdim.

55 muammoning har biridagi juftliklar orqali yuzdan ortiq insonlarning qismati bilan tanishishim ich-ichimdan shukrga olib keldi. Baʼzisida achinish, baʼzisida nafrat bilan "Doktor Mustafo Mahmud javob beradi" deyiladigan qismni kutdim. Har bir hikoyaning birinchi qismi hayolimda kinodek oʻtsa, doktordan keladigan javoblar meni haqiqiy donishmandga aylantirdi. Men oʻzimni qalbshunosdek his qila boshladim. Har bir tuygʻumni yoki atrofdagimdagilar harakatlariga sabab boʻlgan qalb kechinmasini tushunganday boʻlyapman. Men avvalo oʻzimni, qalbimni, qisman ruhimni harakatlarini tahlil qila olyapman. Qisqa muddatda bu holatga kelishimdan endi ularni boshqara olarman ham deb oʻylab qoldim.

Oʻzi psixologiyaga qiziqaman lekin bugungi kunda tushunilyotgan, gapirilyotgan, sotilayotgan psixologiyaga emas. Lekin buning muqobilidagi men xohlayotgan ruhoniyat olami nima ekanligini tushunolmasdim. Mustafo Mahmud bu asar orqali menga aynan mana shu men xohlayotgan narsani topib berdi.

Asarni bizga yetib kelishiga sababchi boʻlgan Ustozimizdan Alloh rozi boʻlsin.

Hammaga tavsiya qilaman, bu mutolaa orqali siz ham, albatta oʻzgarasiz.
👍124❤32❤‍🔥6⚡5🔥4🤔1🕊1🌭1🍓1
Qisqagina ammo katta ma'nolarga ega bo'lgan hikoya.

Havola: https://youtu.be/-hTzJl-kDjk?si=v0eicocchpxAg7I5 👈

👉 @umarhalil 👈
👍39❤9🍓7🔥2🕊1
​​“Muhabbat madrasasi” audiokitobimiz haqida navbatdagi kitobxon e’tirofi:

“Assalamu alaykum. Xayrli kech, ustoz! Birinchi navbatda sizga katta raxmat aytmoqchiman. Chunki arab tilda yozilgan asarni, yanayam boshqa millat hayotida sodir bo'lgan voqealar asosida yozilgan kitobni mahorat ila bizgacha kamchiliklarsiz,mukammal audio kitob holatda yetkazib berganiz uchun. Alloh rozi bo'lsin!

Bu kitob taxminan besh yarim soatdan ortiqroq boʻlishiga qaramasdan, ishonsangiz qiziqib ketganimdan ertalabgacha uxlamasdan eshitib boʻldim. Bu kitob nomini birinchi eshitishda bu kitob faqat muhabbat haqida bo'lsa kerak degan xulosaga kelgandim. Lekin har bitta yo'llangan xatda va uning javobida turli xil bir nechta muhim tushunchalarni oldim. Bitta xatda olingan xulosalar ikkinchisida takrorlanmaydi. Va shuni bildimki, bu audiokitobdagi xat va uning javoblari 55 donani tashkil qilsa ham, shularni ichidan o'zizga, vaziyatingizga tengishli bo'lgan bittasini bo'lsa ham albatta toparkansiz. Man bu xatlar orasidan manga tegishlisini topa olmasam kerak, chiqmasa kerak deb o'ylagan edim. Lekin bir nechtasini topdim. Doktor Mustafo Mahmudga kelgan savollarning qanchalik nozik va murakkabligini va doktor ham juda ziyraklik va ochiqlik bilan javob berganini eshitib qoyil qolmasdan ilojiz yo'q. Har bitta bo'limida olam-olam ma'no yashirilgan. Bu kitob real hayotiy voqealar asosida va bugungi kunimizdagi muammolarga tajribali inson tomonidan juda to'g'ri javoblar berilgani va bu kitob savol javob shaklida ekanligi ham eshituvchini o'ziga tortar, qiziqtirib mixlab qo'yar ekan odamni. Bu audiokitob sizni ijodingizdagi eng shedevr asar boʻlib qolsa kerak.

Agar bu kitobdan bexabar qolib eshitolmay yashaganimda ancha muhim jumboqlarni yecholmay yurgan boʻlarkanman. Chunki o'zimga olgan xulosalarimdan keyin bildimki, muallif nafaqat sizga muammoni tushuntiradi, balki achchiq soʻzlari bilan oʻzingizga kelishingiz uchun tarsaki tushurgandek boʻladi. Meni bu kitobdan hayotim uchun olgan xulosalarim esa qimmatliroq bo'ldi”.

©️ Ummu Odina
🔥45👍33😍7🍓3❤2🕊1
​​Navbatdagi kitobxon e’tirofi:

Assalomu alaykum. Avvalo “Muhabbat madrasasi” kitobi haqida gapirishdan avval, bu kitobni tarjima holatidan tortib to biz aziz kitobxonlar qo’liga audio kitob holatida yetib kelishigacha bo’lgan davr mobaynida zarra qadar hissa qo’shgan har bir fazilat sohibiga Allohdan ajr-u savoblarini ko’paytirib berishini so’rab qolaman.

Ustoz Omar Xalilning ijodini kanal ilk yaratilgandan buyon kuzatib kelaman, ustozning barcha audio hikoyalarini qayta-qayta eshitib zerikmayman negadir, hatto ba’zan kitoblarni mutolaa qilganimda ichki ovozim ham ustozning ovozida nutq qilayotgandek tuyiladi. Ustozning bir qator hikoyalarini, ayniqsa “Soliha juft-u halol istayman” audio hikoyasini ko’p eshitganimdan, bemalol so’zma-so’z aytib bera olaman.

Bu galgi “Muhabbat madrasasi” kitobi ham aynan oila qurish yoshida bo’lganim uchunmi menga juda ham manzur keldi. Hikoya shunchalik o’ziga jalb etganidan, boshlagan inson men kabi bir eshitishda yakunlashiga shubham yo’q. Muhabbat muammolariga duch kelgan oilali shaxslar uchun, hikoyada berilgan javoblar har qanday savollariga javob bo’la olishiga aminman. Va albatta oila qurish arafasidagi yoshlarimiz uchun ham bu javoblar, muhabbat yo’lidagi muammolarga duch kelmasliklariga sababchi bo’lshiga umidvorman.

Kitobni eshtish sizga ham nasib qilsin deya, yangi hikoyalarni kutib qoluvchi: Nurbek Ahmadjonov.
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatuh…
🔥30👍6😍5🕊3🍓3⚡1
Ichkuyov | Achchiq haqiqat | Omar Xalil
Omar Xalil
#Hikoya

Kelin tarafdan kelgan kiyimlar, mebel jihozlarni qabul qilganmisiz, aslida ichkuyovlik qanday bo'ladi siz nima deysiz ichkuyov kim?

👉 @umarhalil 👈
🔥44👍28👏6🥰3❤2🏆2🍓2🕊1
Muxlislardan birilari yuborishibdi. Omar Xalil qor ko’rmasdan o’tmasin bu yil degandirda )))

E’tibor uchun rahmat.
😇171😁97👍42❤‍🔥17🔥10😍7👏6🍓3🤗3😢2🐳2
Men darveshman
Omar Xalil
She'riyat bo'stonida sayr qilmaganimizga ham ancha bo'lib ketdi. shu yaqin kunlarda bir biridan ajoyib she'rlarni ijro qilib ulashaman.

👉 @umarhalil 👈
❤44👍25🔥5🍓4❤‍🔥3⚡1🕊1🦄1
Hozir bo'sh vaqtimdan foydalanib muxlislar bilan bir ovozli chat qilsak deb turibman. Istagan odam qo'shilib savol va takliflari bo'lsa gaplashaveramiz.

suxbatlashamizmi?
🕊100👍50🥰12🔥11😍9⚡8❤3🍓3👨‍💻3🆒2🤝1
Shunday himmati baland tanishlaring boʻlsa-da, sen intizor kutgan, sen uchun qimmatli boʻlgan hadyani kutilmaganda yuborib tursa, mazzada! Mazzada 🥰

“Muhabbat madrasasi” 🎁 😉
❤167👍31😢20🔥10🕊8🥰5🍓4❤‍🔥3⚡2👏1🌚1
Ertalab uygʻonishlariga ajoyib sovgʻa kutmoqda singlimizni.

Endilikda “Muhabbat madrasasi” audiokitobini biror yaqiningizga hadya qilmoqchi boʻlsangiz uning ism-familiyasi nomiga shaxsan Omar Xalil taxallusi va imzosi tushirilgan, qisqacha tilak yozilgan taklifnoma bilan birgalikda sovgʻani yetkazamiz. Ushbu xizmat esa mutlaqo bepul qilinadi.

Singlimiz erta tongda ajoyib xushxabardan sevinishadi degan umiddamiz 😊

👉 @umarhalil 👈
❤106🥰41👍35😍11🕊9😁2🍓2❤‍🔥1🤗1
Muallif uchun oʻquvchilari e’tirofidan ortiqroq baxt boʻlmasa kerak. Allohim oʻzing yuzimizni yorugʻ qil!

“Jur’at” kitobi baribir boshqacha chiqqanda )

👉 @umarhalil 👈
😍81👍26🔥9💯9😇4❤3❤‍🔥2⚡2🕊2🍓2🤓2
She'riyat
Omar Xalil
She'riyat bo'stonidan bir tomchi. Shoir O'tkirbek Muhammadsobir ijodidan

👉 @umarhalil 👈
👍61🔥6💔6😢4❤‍🔥1🕊1🍓1😇1
Bilmaysan...
Omar Xalil
Bilmaysan, tasavvur qilmaysan hatto...

Malika Tavfiq she'riyatidan bir chimdim

👉 @umarhalil 👈
🔥68👍18😢15❤8🍓5🕊4🥰2😐2👨‍💻1