Omar Xalil
11K subscribers
1.16K photos
445 videos
22 files
359 links
Shiorimiz:

• Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish
• Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish
• Samimiylik va muhabbatni tarannum etish
• Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish

Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot
Download Telegram
E’lon❗️

Notiqlik kursimizga qilingan chegirma 1-dekabrga qadar davom etadi va keyin oʻzining avvalgi narxiga qaytadi.

Vatandoshlarimizga, nutq bilan, oʻzini namoyon qilish bilan va psixologik muammolar bilan qiynalayotgan muxlislarimizga yengillik yaratish maqsadida kurs narxini 550.000 soʻmdan 197.000 soʻmga chegirma qilib ancha muddat yengillik yaratishga harakat qildik. Bugun professional tajriba va bilimlarimni qulay narxda 170 nafar oʻquvchi foydalanyapti. Bularni orasida hadya qilganlarim ham juda koʻp boʻldi.

Bugun sizda ehtiyoj bor, lekin talab qila oladigan darajada pulingiz boʻlmasa chegirma tugaguncha intilib qoling. Chegirma narx tugashiga 10 kun qoldi.

Murojaat: @kordinator_notiq
❤48👍16🦄5😢3🔥2🍓2😎2🕊1🌭1🍾1
Jur’at - bu xohlagan ishingni qilishga boʻlgan istak emas. Bu oʻzing istamagan hayotingda yashamaslik huquqing uchun kurashdir.

Omar Xalil
👍134🔥13❤12💯9❤‍🔥7💔3🎉2🕊1🐳1🌭1👨‍💻1
Jur’at - yaxshi ishlarga, ezgulikka, haqiqatni qaror toptirishga, toʻgʻri yashashga, adolatli boʻlishga, haqni talab qilishga, nohaqlikka qarshi turishga, adolatsizlikni yengishga, birdamlikka, prinsiplarni mahkam ushlashga, erkin soʻz va fikrni ayta olishga, oʻz muhabbatini izhor qila olishga, mustaqil qaror qabul qilishga boʻlgan xatti-harakatdir va tashlangan qadamdir.

Omar Xalil
❤101👍32😐12🔥6😎5❤‍🔥3🕊2🍓2🌭1🍾1💘1
Kimning dardini eshitsang hamma oʻzini mazlum deb hisoblaydi. Huddi zolim yoʻqdek. Koʻngilxiraliklarning kengayishi va tugamasligi ham shundan. Chunki, har birimiz oʻzimizga yetgan zulmni zikr qilamiz, oʻzimiz yetkazgan zulmni emas.

Omar Xalil

👉 @umarhalil 👈
🔥118👍62😢42❤15💔13💯8🙏4⚡2🦄2😍1🌭1
Ayriliq ikki turli boʻladi:
Biri majburlikdan, biri kibrdan. Birinchisi sogʻintiradi, talpintiradi, muhabbatni alangalaydi, sadoqatni mustahkamlaydi. Ikkinchisi esa adovat va gʻashlikni kuchaytiradi. Chunki, takabbur odam oʻz xatolari va dilxiraliklarini tan olmaydi, oʻzini aybdor ekanini e’tirof qilishga xudbinligi yoʻl bermaydi va kechirim soʻrab murosa qilishga, yoʻqotilayotgan vaqtlarga achinmaydi.

👉 @umarhalil 👈
👍124❤29🔥14🕊10🍓6😢4💯2⚡1🥰1
Videodarsliklarimni qulay narxda harid qilib ishlatayotgan oʻquvchilarim 183 nafarga yetdi. Odamlarga imkoniyat berish uchun ushbu mukammal ishlangan videodarsliklarimni sal kam 3 oy davomida 197.000 soʻm qilib berdim. 2 kundan keyin esa oʻz narxiga 550.000 soʻmga qaytishini eslatib oʻtaman. Videodarslikka boshqa chegirma berilmaydi.

Murojaat uchun: @Kordinator_notiq akkauntiga bogʻlanishingiz mumkin.
👍54😢16🤔4🍓3❤2🤝2❤‍🔥1🌭1
Insonlarga qilayotgan yaxshiliklaring mashaqqati haqida gapirma. Yoʻqsa bu ularda aybdorlik hissini paydo qiladi va shundoq ham sen orqali topayotgan halovatlari hamda sevinchlari mahzunlik bilan yakun topadi.

Omar Xalil
💯116👍33❤25❤‍🔥16🔥8💔5🕊4😍4☃2🍓2🥰1
Kechagi e’londan keyin arzon narxda sotib olishga ulgurmagan, muddatdan bexabar qolgan boʻlajak oʻquvchilarimiz ham boʻldi. Biz ulardagi ixlos va qiziqishni hisobga olib bugun oxirgi kun ekanini eslatib qoʻymoqchimiz hamda ulardagi sharoitni inobatga olib garchi hozir toʻlov qilishga imkoniyatlari boʻlmasa-da, kordinatirga yozib joylarini band qilib qoʻyishlariga va shundan keyin imkoniyatlari boʻlishi bilan arzon narxda kursni harid qilib olishlariga ruxsat beramiz. Chegirma narxda joyni band qilib qoʻyish faqat bugun soat tungi 24:00 gacha mumkin boʻladi.

Murojaat uchun: @kordinator_notiq
👍58🔥7😱4😍4🍓4❤‍🔥2🎉2🕊1
Allohga nimani da’vo qilsang, shundan sinov keladi. Masalan, halol yashashga qasd qilding. Halollik mashaqqat va harom oson qilinadigan sinov keladi. Oʻz da’volaringda sobit tura olasanmi yoki yoʻq, oʻzingni kim ekaningni oʻzinga isbotlash uchun kerak.

Omar Xalil
👍224💯39❤33🔥20⚡7❤‍🔥6😢5🍓2👏1🕊1🐳1
Qisqa ammo kattagina ma'nolarni o'z ichiga olgan hikoya.

Ayni paytda hikoyani youtube sahifamizdan tinglasangiz bo'ladi.

Havola: https://youtu.be/NgqDoAprDMg?si=T8hg_BaQ22v_X7JI 👈
❤52👍30🔥6😢3😇3❤‍🔥2🕊2🍓2🌚1💯1😎1
Yo'qchilik qursin | Omar Xalil
Omar Xalil
#Hikoya

Qisqa ammo katta ma'nolarni o'z ichiga olgan hikoya yohud yo'qchilik qursin...

Muallif: Feruza Salxodjayeva

👉 @umarhalil 👈
🔥54👍30❤‍🔥9❤5🍓5😢2🌚1💔1
Musibat senga keladi, azobini esa onang tortadi.

@umarhalil
😢289💔59❤29👍18🔥13🙈6😱3💯3🌚1👨‍💻1💘1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Аyol uyini, ota-onasini, erkaliklarini, bolaligini, erkinligini tashlab keladi. Kechib kelgan narsalari evaziga unga mehr-muhabbat, muruvvat, suyanch va sadoqat berish lozim.

👉 @umarhalil 👈
👍161😢57❤46🕊15🔥13💯5❤‍🔥4😍2🫡2🤝1🦄1
BILDIRGI

Omar Xalil ijodiy faoliyatini yana davom ettiradi. Hikoyalar, she’rlar, audiokitoblar, kurslarimiz davom etadi. Yoʻl qoʻyilgan xatolar va kamchiliklar toʻgʻirlandi.
Bizdan havotir olgan doʻstlarimizga hammasi joyida ekanini aytib qoʻymoqchimiz.
Hikoyalarimizda hech qanday zararli element mavjud emas va hech qanday zararli xarakterga ega emasligi haqida “Din ishlari boʻyicha qoʻmita” tomonidan ijobiy xulosa berilgan. Faqat tegishli ruxsatnoma asosida boʻlmagani bois belgilangan miqdorda jarima chiqarildi va texnika musodara qilindi. Alloh nasib etsa koʻrilgan zararlarni ham tiklab olamiz.

Endilikda faqatgina diniy mazmundagi hikoya va she’rlarni chiqarmoqchi boʻlsak, din ishlari boʻyicha qoʻmita ruxsati asosida chiqaramiz.

👉 @umarhalil 👈
❤232👍78❤‍🔥24🕊14🎉12🤝10🔥8🥰3🍓3😍2🍾2
Hatto umr yoʻldoshingni tanlayotganda unga rozi boʻlish uchun uni sinab koʻrasan. Parvardigor ham sendan rozi boʻlishi va jannatiga yetkazish uchun sinov qilmasmidi?

👉 @umarhalil 👈
🔥192👍67❤55🕊20❤‍🔥9😢5🌚4🙈4🙏3🍓3☃1
Toshkentda qor yogʻyapti, Qoʻqonda esa maydalab yomgʻir..

Lahzalarni izohlarda video va rasmlar bilan boʻlishinglar. Odam tashvishlardan charchadi. Bir tabiatdan bahra olaylik 🫠
❤225👍44🔥20☃17😍9🍓5🕊4🌭4💯3💔2⚡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kuz oyida Qo’qondagi “Yuksalish” akademiyasi o’quvchilari bilan suxbat qilgandik. Sevimli kasb qanday tanlanadi, qobiliyatlar qanday aniqlanadi, liderlikka da’vogar odam nimalarni bilishi kerak? kabi mavzularda savol-javob qildik.

👉 @umarhalil 👈
🔥63👍27❤15🕊5🍓4👨‍💻2
Ayrim odamlarni kuch bilan tutqunlikda ushlab turishga hojat boʻlmaydi. Chunki, ular oʻz fikrlari va jur’atsizliklariga tutqun boʻlib yashayverishadi.

👉 @umarhalil 👈
💯98👍19🔥13💔13😁7😢5🕊3🍓3🆒3🦄3🤔2
Forwarded from Amirxon Valijonov | Blog
Yana bir xayrli kelishuv! 🤝🤝🤝

"Kitobxona" ilovasi uchun audiokitoblar o'qish bo'yicha ko'plab kitobxonlar orasida ovozi mashhur bo'lgan Omar Xalil bilan og'zaki shartnoma imzolandi. Akaning 10 dan ziyod audiokitoblari shu kunlarda ilovaga yuklanadi ("Tanbehul g'ofiliyn", "Qaynona", "Imomning maniken qizi" kabi). Hamma yoqimli ovozlarda o'qilgan kitoblar bir ilovaga joylansa, maza bo'lsa kerak-a? 😋

Aytgancha, 3 kun oldin ilova foydalanuvchilari sonini 1000 kishiga yetkazishni va sotuv sonini 100 ga chiqarishni maqsad qilgandik. Omar Xalil bilan kelishuv asnosida obunachilar soni 1000 kishidan oshdi, xaridlar esa salkam 100 ga yetdi.

Tashakkur, kitobxonlar! 🤗

Ilovani yuklash uchun havola: Kitobxona
🔥120👍65❤20🥰7❤‍🔥6🤩2🍓2🕊1
Ажойиб услуб!!!
@umarhalil
Болаларимизга айтаётган эртаклардан сюжети ва ғоясини ўзгартириш орқали уларга намозни ҳам ўргатиб олсак бўларкан. Яхши ғоя бўлибди.

👉 @umarhalil 👈
❤90👍29🍓7🔥4🕊4🤗2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Alloh oʻlik qalbga muhabbat ne’matini bermaydi. Sevish - koʻngilning tirik ekanidan darakdir. Zero, nafas tirik oʻpka uchun kerakdir, oʻlik oʻpkaning nafasga ehtiyoji yoʻq.

👉 @umarhalil 👈
❤150👍22🕊22🔥14😢9❤‍🔥8🍓5💘3⚡2🤔2🦄1