Kam oʼqisang - kam bilasan. Kam bilsang - koʼp xato qilasan. Butun dunyoga mana shu kam qarich nazaring bilan baho berasan. Voqealarga kam fahming bilan yondoshasan. Odamlarning xatti-harakatiga kam aqling bilan munosabat bildirasan. Gʼoya va mafkuralarga, dinga, siyosatga, ijtimoiy hodisalarga oʼsha kam biliming bilan qaraysan. Shu kam biliming bilan fikrlaysan, oʼylaysan, anglaysan, tushinasan va xulosa chiqarasan. Eng yomoni, shu kamchiligingni mudom toʼgʼri fikr, toʼgʼri qarash deb ishonasan. Xato fikrlab qoʼyishdan aslo choʼchimaysan. Tilinga osongina koʼchadigan fikrlaring bilan hisoblashish borligini his qilmaysan.
👉 @umarhalil 👈
👉 @umarhalil 👈
🔥119👍73😢21❤11❤🔥10🕊7😍1
Сен ва Мен Тўлиқ Холда | Омар Халил | Бўлган Воқеа
Sakiyna
#Hikoya
Xayotimizda bo‘ladigan bizni ta’sirlantiradigan xikoyalarning cheki yo‘q. Ba’zida bizni atrofimizdagilarning hayoti bizga o‘zimiznikidanda ko‘proq dars bo‘ladi. Ushbu voqeadagi erkakning xayoti o‘zimizda sodir bo‘lgani uchun xam shubxasiz o‘ylaymanki sizni ta’sirlantiradi. Sababini esa tinglab bilib olishingiz mumkin. Alloh ushbu voqeadagideklarga sabr matonat va ulkan ajr bersin.
Sen va Men - Bo‘lgan voqea | To'liq holda
Muallif: Zulfiya Mahmud
Ijrochi: Omar Xalil hamda Sakiyna kanali hamkorligida tayyorlandi..
👉 @Umarhalil 👈

🥰81👍55❤🔥14❤14😢6👏5🕊4🔥3😁2🎉2😍2
Offline kurslarimizda qatnasholmay bizdan koʻpchilik online kurs ochishimizni soʻrashardi. Inshaalloh, tez orada shu tizimni yoʻlga qoʻyish arafasidamiz. Endi chet mamlakat va boshqa viloyatda boʻlishingizga qaramasdan Omar Xalil ustozligida undan online notiqlik boʻyicha ta’lim olishingiz mumkin.
Agar qiziqsangiz ushbu @Omar_Xalil_bot manzilimizga murojaat qiling.
👉 @umarhalil 👈
Agar qiziqsangiz ushbu @Omar_Xalil_bot manzilimizga murojaat qiling.
👉 @umarhalil 👈
👍120❤27🔥16👏12😁4🥰3🕊3🎉2❤🔥1
Zaiflik seni boshqalar tomonidan mahv etilishinga zamin hozirlaydi. Sen to’laqonli insoflilar jamiyatida yashamayotganingni anglab olishing va shuning uchun ham har jihatdan kuchli inson bo’lmog’ing darkor. Adolatni qadriyat bilmagan xalq orasida zaif bo’lib yashash o’ta xatarlidir. Kuchli bo’lki, sening haqlaring va tanlovlaring bilan hisoblashishlariga to’g’ri kelsin, sening o’rning, qarorlaring hamda o’zliging borligini tan olishsin.
👉 @umarhalil 👈
👉 @umarhalil 👈
😢136👍74🔥36👏20❤16🕊8❤🔥5🎉1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda qor yoqqanda tasvirga olgandim. Manzarani goʻzalligidan bahra olinglar deb ulashdim. Qish ham oʻtdi, ketdi…
👉 @umarhalil 👈
👉 @umarhalil 👈
👍144❤🔥50❤22😍21🥰16🔥11🕊7😁3😢3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muhabbat madrasasi | Omar Xalil
Oqqant choyga tushadiyu, erib koʻzdan gʻoyib boʻladi. Oʻzidan keyin esa faqat shirin ta’m qoladi. Bu dunyodan oqqant kabi oʻting.
👉 @umarhalil 👈
Oqqant choyga tushadiyu, erib koʻzdan gʻoyib boʻladi. Oʻzidan keyin esa faqat shirin ta’m qoladi. Bu dunyodan oqqant kabi oʻting.
👉 @umarhalil 👈
❤182👍48🥰22🔥13🕊11❤🔥6👏4😁3
Bolaligimdan to talabalik davrimgacha nutqiy fobiyalarni mana shu uchchalasi ham menda boʻlgan. Bu nafaqat nutq bilan bogʻliq narsa, balki insonning oʻzini kashf qilishga monelik qiladigan sun’iy qobigʻi ham desa boʻladi. Agar mana shu uch illatni oʻzimdan bartaraf qilmaganimda na qobiliyatlarimni ocha olardim, na Omar Xalil degan shaxs mavjud boʻlardi. Endilikda oʻz tajribalarim va mehnatlarim hosilasini boshqalarga ham oʻrgatib kelyapman. Shoyad, shu orqali jamiyatda jur’atlilar, pragmatiklar, yaxshilik taratuvchi oqqantlar orasida mening ham shogirdlarim boʻlsa.
👉 @umarhalil 👈
👉 @umarhalil 👈
❤131👍64❤🔥27🔥9😁7🥰4👏3🕊2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁362😍25👍21🥰13❤🔥5🤩4🕊3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Insonlarning hayot tarzining tarixiga qarasangiz, to sanoat inqilobi davrigacha ularning turmushlarining asosini din tashkil qilardi. Odamlar kiyinishi, axloqi, yemaklari, toʻy marosimlari ham din qadriyatlari talabidan kelib chiqqan. Hozirgi kunda an’anaviy jamiyatlarda yoki oilalarda ham shunday.
Sanoat inqilobidan keyin ateizm kuchaydi va kengayib bordi. Endilikda odamlar uchun toʻgʻri va notoʻgʻri narsani ilm-fan belgilab beradigan boʻldi. Xalqlar oʻz turmush tarzlarini ilm-fan asosiga qurishni boshladilar.
Postindustrial davrdan keyin madaniy inqilob davri boshlandi. Endilikda odamlar na dinga, na ilm-fanga qarab yashashni, balki ularning hayot tarzini, axloqini, toʻy-marosimlarini koʻngilochar oʻyin va raqslar belgilab beradigan boʻldi. Xususan, an’anaviy jamiyat boʻlishiga qaramasdan oʻzbekning yangi avlodi uchun san’at, oʻyin-kulgi, raqslar uning dunyoqarashini belgilab beruvchi eng asosiy masdar boʻlib qoldi. Hatto toʻy marosimlarida ham buning isbotini koʻrish mumkin.

😢268👍38🔥10❤🔥7👏4😁2
Qizlarning qadr-qiymati u kelin bo‘lib borgan joyda zolim er yoki insofsiz oila boshilar tomonidan buzilsa, unga sabr tilash emas erkaklari ximoyasiga chiqishi lozim bo‘ladi. Ojizaning qadrini otasi, akasi, ukasi, amakilari va tog‘alari ximoyasida ekanini his qilgan zolim kim bo‘lishidan qat'iy nazar o‘zini yig‘ishtirib olishga to‘g‘ri keladi. Adolat buzilganda mazlumga sabr tilash, zolimga esa sukut qilish ojizlik bo‘lib, buning oqibatida kelajakda Inson binosining qulashiga olib keladi. Shariat shaxslardan ko‘ra qonunlarni ustuvor ko‘rishni talab qiladi. U onami, otami, qaynonami, qaynotami, ermi, kattami, olimmi, hokimmi, amirmi - hammasi shariatning nizomidan ustun qo‘yilmaydi va adolatni buzishga birortasiga imtiyoz berilmaydi. Uni ijrosi esa o‘zimizning qo‘limizda. Shaxslarni ustun qo‘yilganda adolat buziladi, shariat ustun qo‘yilganda hammaning haqlari ximoyalanadi.
👉 @umarhalil 👈
👉 @umarhalil 👈
❤🔥243👍157🔥38😢34❤24👏14🕊4🥰1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kelganda quvonadigan, ketganda qaygʻuga botadigan yoʻl bu - oilam tomonga olib boradigan yoʻldir.
👉 @umarhalil 👈
👉 @umarhalil 👈
👍184🥰58❤37😢27🕊18❤🔥11🔥8😍2
Agar Omar Xalil ham kitob chiqarsa qanday boʻladi?
Anonymous Poll
70%
Yorvoreyshn boʻlardi 😎
30%
Sinab koʻrish kerak 🤔
😁361👍149❤🔥48🔥25👏20🕊17❤12🤩12🎉11😍3🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Instagram sahifamiz 80.000 bo’lishi munosabati bilan nutq boʻyicha bepul dars tashkil qildik
👉 Sovgʻani olish uchun bosing 🎁
👉 Sovgʻani olish uchun bosing 🎁
❤🔥187👍87❤21🕊15👏13🔥6🤩5🎉4🥰3😁3😢3
Erning ulkan yaxshiliklari oldida uning mayda xatolari itoatsizlik va hurmatsizlikka bahona boʻlayotgan boʻlsa bu makonda mehr-muhabbat oʻlibdi.
👉 @umarhalil 👈
👉 @umarhalil 👈
🔥210😢84👍58❤36❤🔥11👏8🕊8😍4🎉2😁1
Arazlash, urush qilish, xafa boʻlish, norozi boʻlish hammaning ham qoʻlidan kelaveradi. Biroq, arazlaganning koʻnglini olish, urushga murosa qila olish, xafalikni hursandchlikka aylantira olish va norozilikni rozi qila olish buyuk qalblarning qoʻlidan keladi xolos.
👉 @umarhalil 👈
👉 @umarhalil 👈
👍263❤106🕊27😢23❤🔥13🥰11🔥10👏5😁1
Волидам...
@umarhalil
👍45❤25😢18👏7❤🔥3🥰1😁1
Hasan Basriy hazratlari itni koʼrsalar ham oʼzlarini undan afzal sanamasdilar. U kishidan nega bunday tushunchadasiz deb soʼralganda:
- Qiyomatda men jannatga kirsamgina undan afzal boʼlishim mumkin. Аgar doʼzox ahlidan boʼlib qolsam, bu it yuzta Hasandan afzaldir, deya javob bergandilar.
Hali Oxiratdagi holim va natijam hal boʼlmay turib boshqa gunohkorlarni muhokama qilolmayman. Bugun men ularni tanqid qilib, nafrat va qargʼishlarimni izhor qilib qoldirsam, ularning gunohini ommani oldida tarqatib sharmandaligiga oʼtin qalasamu, to oʼlgunicha Аlloh uni kechirib hidoyatiga musharraf qilsa, men qiyomatda Аlloh va uning orasida uyatda qolishdan qoʼrqaman. Gunohkorni jazolashni mahkamaga topshirish, oʼzim esa yaxshilik tilab duo qilishim yaxshi yechimdir.

👍183😢77❤🔥34❤18🔥10🕊7👏6🎉3😁1
Avval falonchiga, birinchi mana bunga, keyin mana bunga yaxshilik qilish lozim degan gaplarga mutloq bogʻlanib qolmang. Fursat boʻlishi bilan istalgan narsaga yaxshilik qilib yashayvering. Chunki, yaxshilik qilishda ketma ketlik yoki raqamlar emas, imkoniyat va fursat rol oʻynaydi.
👉 @umarhalil 👈
👉 @umarhalil 👈
👍191❤76👏17❤🔥13🕊9🎉6🔥3😁3😢3🥰2