Omar Xalil
11K subscribers
1.16K photos
445 videos
22 files
359 links
Shiorimiz:

• Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish
• Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish
• Samimiylik va muhabbatni tarannum etish
• Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish

Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yolgʻonlar shahriga aylanib borayotgan yurtimizda odamlarning bir birini qanday aldab muomala qilishi haqida qisqa metrajli rolik ishladik.

👉 @umarhalil 👈
👍189😢47👏19❤18❤‍🔥8🔥8😁2🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shanba kuni, ya’ni ertaga soat 14:00 da Mezana ilm markazida notiqlik darsimizni bitirgan yigit va qiz oʻquvchilarinizga sertifikat topshirish va yakuniy dars oʻtib beriladi. Ochiq darsimizda istagan koʻngillilar kelib ishtirok etib ketishlari mumkin. Kelmoqchi boʻlganlar quyidagi raqamlar bilan bogʻlaning 👇

+998991155556
+998991155510
+998991155512
@Mezana_xodima

Manzil: Mezana ilm markazi, Yunusobod fililali 📍
❤63👍51😢11❤‍🔥10🥰1🕊1
Muhabbatning boshi oʻzida yoʻqlarini toʻldirish, oxiri esa oʻzida borlarini bagʻishlashdir. Samimiy muhabbat pinhon boʻladi, yashirin va sirli yashaydi. U odamlarga aytilavermaydi, balki zimdan yaxshilik qilib va yaxshilik tilab yashaydi. Erni xotinga yoki xotinning eriga boʻlgan oʻz muhabbatini boshqalarga zohir qilaverish, aslida oiladagi muhabbatsizlikning muhabbat ortiga berkitilishidan oʻzga narsa emas. Chunki, habib oʻz mahbubini odamlarning oʻylaridan ham rashk qiladi. Samimiy qalbdagi begʻubor sevgi hech qachon mahbubiga la’nat aytmaydi, uni harom harishga chiqarish evaziga oʻzini poklamaydi. Chunki, muhabbatning lugʻatida yaxshilik tilash va ezgulik sogʻinishdan boshqasi boʻlmaydi. Yaxshi koʻrdingmi, yaxshilik qil. Yaxshilik qildingmi, yaxshi koʻr!

👉 @umarhalil 👈
👍166❤‍🔥69❤46🥰34🔥13🕊13😢8🤩4🎉2👏1
Ular to jur’at degan kuch kelib ketlaridan tepmaguncha, oʻzi istamagan va yoqtirmagan hayot tarzini chorasizlikdan oʻzi uchun oqlab yashayveradi.

👉 @umarhalil 👈
👏75👍28🔥24😢6❤‍🔥3❤3🤩2🎉1🕊1
Oʻzni aldash sindromi

Agar odamning vaziyatni oʻzgartirishga qudrati yoki jur’ati yetmasa, unga boʻlgan munosabatini oʻzgartirishiga urinishni boshlaydi. Masalan, qurbaqadan boʻsa olish uni shahzodaga aylantirmasa (vaziyatni oʻzgartirmasa), u baribir avval shahzoda boʻlgan, deya oʻzini ishontirishga oʻtadi.

Qachonki, inson oʻzini vaziyatni oʻzgartirishga salohiyati, kuchi yetmaganini bilsayu, lekin uni tan olishni istamasa mana shunday sindromga giriftor boʻladi. Bu xalqaro siyosatdagi ojizlikda ham, ichki siyodatdagi zaiflikda ham va hatto, oiladagi baxtsiz hamda sharafsiz hayotga rozilikda ham oʻz ifodasini topadi.

👉 @umarhalil 👈
❤‍🔥92👍64😢31🔥16👏13🕊6❤4😁3🥰1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Voqea aslida qanday boshlangan 😂😁

👉 @umarhalil 👈
😁500👍22🔥10😢9❤‍🔥8👏7🤩6❤4😍3
U shunday fazilatlarga ega ediki, uni eslash shirin, uni oʻylash shirin, u bilan suxbat qurish shirin, uni yonida boʻlish shirin, u bilan birga boʻlish shirin.

Siz ham shunday fazilatlarga ega boʻlinki, siz bilan yashash ham, sizni sevish ham shirin boʻlsin. Oʻzingizdan shirin xotira qoldiring.

👉 @umarhalil 👈
🥰153❤35👍32❤‍🔥20🕊10😢9👏7🔥4😁2😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Alloh oʻlik qalbga muhabbat ne’matini bermaydi. Sevish - koʻngilning tirik ekanidan darakdir. Zero, nafas tirik oʻpka uchun kerakdir, oʻlik oʻpkaning nafasga ehtiyoji yoʻq.

👉 @umarhalil 👈
❤‍🔥150👍45❤26🕊16😢12👏9🔥6
Sogʻinish…
@umarhalil
Odamlarni sogʻintiradigan darajada xushhulq boʻling. Sizni bilganlar yaxshiliklaringizni sogʻinib kutsinlar, sogʻinib eslasinlar. Sogʻinchga arzigulik umr kechiring.

👉 @umarhalil 👈
😢162❤57👍41❤‍🔥22🕊13🥰10🔥8👏5🎉2🤩1
Agar qalamni me’yoridan ortiq bosilsa sinadi, me’yordan kam boʻlsa yozilmaydi.

Hayot yoʻlimizda, yashash tarzimiz, prinsiplarimizda, nafs-u havo istaklarida me’yorga rioya qilinmasa nizom buziladi. Hatto, odamlarga mehr-muhabbat qilishda ham me’yorga amal qilish kerakligini tushunish lozim. Zotan, me’yoridan ortiq e’tibor qattiq bogʻlanish va oshiqning qadrsizlanishi bilan yakun topsa, me’yoridan ozi esa rishtalarning soʻlishiga olib keladi. Har bir jabhada vasat yoʻlni ushlash, Allohning bizga taqdim qilgan oltin oʻrtaligidir.

👉 @umarhalil 👈
👍171❤45🔥21👏19❤‍🔥12😢6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Birovlarga zulm qilayotgan boʻlsang, bunga meni majburlashdi, ota-onam shunday talab qoʻyishdi, rahbar shuni buyurdi, oʻshanda vaziyat shunaqa edi degan vajlar oʻtmaydi. Har kim oʻzi javob berishini yodimizda saqlashimiz kerak.

👉 @umarhalil 👈
🔥93👍42❤17👏16😢15❤‍🔥9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hikoya

Xayotimizda bo‘ladigan bizni ta’sirlantiradigan xikoyalarning cheki yo‘q. Ba’zida bizni atrofimizdagilarning xayoti bizga o‘zimiznikidanda ko‘proq dars bo‘ladi. Ushbu voqeadagi erkakning xayoti o‘zimizda sodir bo‘lgani uchun xam shubxasiz o‘ylaymanki sizni ta’sirlantiradi. Sababini esa lavxani tomosha qilib bilib olishingiz mumkin. Alloh ushbu voqeadagideklarga sabr matonat va ulkan ajr bersin.

Sen va Men - Bo‘lgan voqea | 1-qism
Muallif: Zulfiya Mahmud
Ijrochi: Omar Xalil hamda Sakiyna kanali hamkorligida tayyorlandi..


👉 @Umarhalil 👈
👍86❤‍🔥20❤17😢7🔥6👏2🎉2🕊2
Кўпларни Таъсирлантирган Воқеа | Сен ва Мен 1-қисм | Омар Халил…
#Hikoya

Xayotimizda bo‘ladigan bizni ta’sirlantiradigan xikoyalarning cheki yo‘q. Ba’zida bizni atrofimizdagilarning hayoti bizga o‘zimiznikidanda ko‘proq dars bo‘ladi. Ushbu voqeadagi erkakning xayoti o‘zimizda sodir bo‘lgani uchun xam shubxasiz o‘ylaymanki sizni ta’sirlantiradi. Sababini esa tinglab bilib olishingiz mumkin. Alloh ushbu voqeadagideklarga sabr matonat va ulkan ajr bersin.

Sen va Men - Bo‘lgan voqea | 1-qism
Muallif: Zulfiya Mahmud
Ijrochi: Omar Xalil hamda Sakiyna kanali hamkorligida tayyorlandi..

👉 @Umarhalil 👈
❤‍🔥71👍51❤15😢9🕊6🥰5👏5🔥3
To oldingizga qoʻygan hadafga muhabbat qoʻymaguningizcha u bilan bogʻliq hamma narsa mashaqqatdek tuyilaveradi.

Agar sevsangiz unga tomon uzun yoʻl ham qisqarib qoladi, u bilan oʻtgan vaqt tezlashadi, unga qilgan harajatingiz kamdek koʻrinadi, u bilan kechirgan musibatingiz yengildek kechadi, u bilan birgalikda kurashadigan toʻsiqlaringiz pastdek koʻrinadi, u bilan zulmat yorugʻ oʻtadi.

Aslida muhabbat vaziyatni oʻzgartirmaydi, bil’aks oʻsha vaziyatga qarshi sizni kuchli qiladiki, vaziyat osonlashadi xolos.

👉 @umarhalil 👈
👍86❤38❤‍🔥20🥰13🕊9😢2
Bokschi Muhammad Alining bir gapi boʻlardi, yuksalganingda oʻzingni qanday inson ekaningni bilasan, yiqilganingda esa atrofingdagilarning qanday inson ekanini bilsan.

Hayotimda shunday sinovlar keladiki, oʻta qudratli boʻlishiga qaramasdan koʻmakka yaramaydigan va malollanadigan tanishlar oldida faqir boʻlishiga qaramasdan borini berib tirgak boʻladigan yaqinlar borligi koʻzimga yosh qalqitishga sabab boʻladi. Umrim davomida juda koʻp tanishlar orttirdim, biroq ularning orasida hazrati insonlar sanoqli boʻlardi. Alloh mana shunday insonlarning buyuk qalbini anglay olish va ularga shukur qila oladigan basirat koʻzimni ochiq qilgani uchun hamd aytaman!

👉 @umarhalil 👈
🕊117👍90❤‍🔥40❤27😢17👏10🥰4🔥3
Insoniylik hikoyalarimizni sogʻingan muxlislarimiz uchun xushnud qiluvchi mujda bor. Alloh nasib etsa, bugun kechki payt suratdagi hazrati inson haqida hikoya qilamiz.

©️ Omar Xalil

👉 @umarhalil 👈
🥰116👍51❤19😢12🔥11🕊6❤‍🔥3🤩2😍2
Mersides Qodir
@umarhalil
Taraqqiyotda oldinga qarab ketayotgan, insoniylikda esa ortga qarab qaytayotgan olamimizda bu kabi hazrati odamlar bizga insoniylik namunasini koʻrsatib ketaverishar ekan.

👉 @umarhalil 👈
👏41😢34👍18🕊8❤6❤‍🔥5
Bu hikoyamiz qahramoni Mersides Qodir. U internetda juda mashhur boʻlib ketgan edi. Undan hatto intervyu ham olishgan.
Alloh rahmatiga burkasin!

👉 @umarhalil 👈
😢109👍39❤17🔥5❤‍🔥2🕊1
Rashk - bu koʼngil mulkining himoyasidir. Oʼziga tegishli koʼngildan ayrilib qolish xavfidan muhofaza qilish chorasidir. Rashk qilayotgan inson hech istisnosiz malomat qilinmasligi kerak. Chunki u oʼz muhabbati uchun kurashmoqda. Faqat birgina oʼrinda rashk fojeaga yetaklaydi. Qachonki, rashkka badgumonlik qoʼshilib qolsa, u endi koʼngildagi muhabbat mulkini muhofaza qilmaydi, balki oʼz mulkini yakson qilib, muhabbatini oʼldiradi.

Nabiy alayhissalom rashkni iymondan dedilar, yomon gumonni esa iymondan ayiradi deya ogohlantirdilar. Buni amalda aralashtirib yuborayotganlar esa har doim oʼzlariga ham, yaqinlariga ham aziyat berib qoʼyayotganlari bor gap.

👉 @umarhalil 👈
❤106👍50❤‍🔥21👏15🕊12🥰6😁5🔥4😢4