Omar Xalil
11K subscribers
1.16K photos
445 videos
22 files
359 links
Shiorimiz:

• Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish
• Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish
• Samimiylik va muhabbatni tarannum etish
• Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish

Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot
Download Telegram
Bugun Mezana ilm markazida “Oʻzgaramiz” online marafoni oʻquvchilari bilan jonli uchrashuv boʻlib oʻtdi. Dars oʻtgan spikerlar va oʻquvchilar oʻrtasida savol javob, she’rlar ijrosi, nashid va Qur’on tilovati hamda dastxat tushurilgan kitoblar bilan fayzli oʻtdi. Barchalariga tashakkur izhor qilaman va bu loyihaning kelajagi porloq boʻlishini tilab qolaman.

👉 @umarhalil 👈
👏159👍44🥰40❤‍🔥29❤17🔥14😢12🕊4😁2🎉2🐳1
• Sevilganlar uyquda, sevganlar esa bedor.
• Sevilganlar toʻq, sevganlar esa och.
• Sevilganlar rohatda, sevganlar esa mehnatda.
• Sevilganlar shodlikda, sevganlar esa gʻamda.

Sevilish ne’mat, sevish esa kamolot.

👉 @umarhalil 👈
👍243❤92❤‍🔥43😢29🔥18🕊15😁10😍3🎉2
- Senga kitob oʻqib bersam, bilgingki bu seni sevaman deganim )
- Ular muhabbatimizni baribir tushunishmaydi (
- Lekin, senga har kuni kitob oʻqib beraveraman )
- Ular bilib qolishadi!
- Qoʻrqma, ular baribir bizni tushunishmaydiku )

Avvaliga seni yoʻqotishdan qoʻrqib aytolmadim. Endi esa seni yoʻqotishlaridan qoʻrqib aytolmayman.

👉 @umarhalil 👈
👍169❤79❤‍🔥40😢22🕊17🥰11🔥10😍4👏3
• Oʻziga keraksiz boʻlgan narsani berish sadaqa boʻladi.
• Oʻziga kerakli boʻlgan narsani berish ehson boʻladi.
• Oʻzi yaxshi koʻrgan narsani berish hadya boʻladi.
• Oʻziga zarur boʻlgan narsani berish fidokorlik boʻladi
• Oʻzni berish esa muhabbat boʻladi.

👉 @umarhalil 👈
❤‍🔥220❤52👍42🥰38🔥14😢8🕊8👏1
Ehtiyojimiz bor
@umarhalil
Ochkoʻzlik va qanoat oʻrtasidagi yagona farq - ehtiyojga yarasha intilish hamda ehtiyojdan ortigʻiga mukkadan ketish.

👉 @umarhalil 👈
😢79👍31❤7❤‍🔥7👏2🤩1
Qalbi qattiq odam boshqalarning koʻnglidan joy topa olmaydi. Koʻngillarni qozonish uchun suv kabi boʻl, doʻstim.

👉 @umarhalil 👈
❤199👍69❤‍🔥23👏22🕊15🔥10😢2🥰1
Buzilgan nizom
@umarhalil
Islomda ayollarning haq va huquqlari toptalmaydi, balki adolatli qoidalar bilan qadrlarini ximoyalaydi. Muammo musulmonlarning shu haq-huquqlarni ta’min etmasligidan kelib chiqadi. Islom ayolni xorlik iskanjasidan olib chiqqanida, musulmonning oʻzi uni yana shu iskanjaga otmasligi kerak. Bu uchun islomni toʻgʻri tatbiq va tamsil etish oʻta muhimdir. Ushbu kitob bir kun tarjima boʻlishidan umidvorman.

👉 @umarhalil 👈
👏58👍21❤‍🔥11😢10🕊4❤3😍1
​​Mustamlakachilar tomonidan tarbiyalangan “elita” mamlakatning eng ashaddiy dushmanidir

Mahatma Gandi




“Xozir Ozodlik radiosida Oʻzbekistonning gaz borasidagi Rossiya bilan kelishuvlari toʻgʻrisidagi surishtiruvni koʻrdim. Efirni, adashmasam, 5-6 marta pauza qilib koʻrdim, asablar chidashi qiyin boʻldi. Oʻzbekiston – Rossiyaning energetik nazorati ostida ekanligiga ishonch hosil qildim. 2005 yilda, Andijondan keyin erkimizni oldirdik deb oʻylardim. Yoʻq, 2017 yilda ham 35 yilga gaz konlari-yu, shu soha infrastrukturalarini qoʻsh-qoʻllab berib yuborgan ekanmiz.

Oʻzbekiston demokratiya boʻlmas ekan, yaʼni, siyosiy elita keng va oʻzaro bir-birini nazorat qilmas ekan – oʻzbekistonliklar boshqalarning quli va mardikori boʻlib yuraveradi. Oʻzidan gaz chiqib, sovuqda oʻtiradi. Boshqalar huzurini koʻrib yashayveradi. Hukmdorlar kelib-ketaveradi. Xalqning dardini gapirsangiz – shu xalqning oyogʻi ostidagi resurslar hisobiga, shu xalqning qora terisidan yigʻilgan soliqlar hisobiga, yana oʻsha xalqni dardini gapirganlarni ovozini oʻchirib oʻtaverishadi. Bu – ming-ming yillik siyosiy anʼana.

Ming-ming yillar oʻtti, lekin shu xalq hech qachon oʻz hokimiyatini oʻz manfaatlariga bogʻlay olmadi. Hokimiyat ham, faqat u oʻtkanidan keyin tanqid qilindi, laʼnatlandi. Lekin shu xalqni yuziga, koʻziga qarab, gaplasha olmadi. Oʻzi bu millat qachondir erkin va insoniy qadr-qimmat bilan yashay olarmikin, degan savol bor. Xudo ham shu millatga xalqdan qoʻrqmaydigan, xalqqa erk, siyosiy faollik va dengiz kabi qalqiydigan erkin ruhiyat beruvchi rahbarni bermadi”.

©️ Kamoliddin Rabbimov
👍113😢72❤‍🔥20👏12🔥6❤1
Uning sevganlari sizning sevikli narsangizga aylanib ketmaguncha, sevgan hisoblanmaysiz. Allohni sevgan u sevganlarni sevishi, Rasul alayhissalomni sevgan u zot sevganlarini sevishi lozim. Agar habib mahbubi uchun sevinadigan darajaga chiqmasa hali muhabbat neligin bilmabdi.

👉 @umarhalil 👈
❤‍🔥207❤42👍37😢17🥰16🕊13🔥5👏5
Ayriliq - faqat koʻz bilan sevadiganlar uchun tegishlidir. Dildan sevganlarda ayriliq degan narsaning oʻzi yoʻq.

Mavlono Jaloliddin Rumiy

Koʻz bilan sevgan habibning mahbubini koʻzdan toʻsish bilan ayirish mumkin. Ammo, koʻngil bilan sevilgan mahbubni na toʻsib boʻladi, na ayirib, na oʻchirib, na kuydurib, na yoʻq qilib!

👉 @umarhalil 👈
❤186❤‍🔥57👍44😢18🕊8🔥7🥰7
​​Agar roʻmol oʻraganingiz uchun sizni “oqim”ga kirib qolganlikda ayblashsa, siz avtomatik ravishda roʻmol oʻrash huquqingiz ekanini aytishga emas, balki oʻzingizni qandaydir “oqim”ga aloqangiz yoʻqligini isbotlashga kuch sarflaysiz.

Muammoning nozik nuqtasi ayni mana shu yerda joylashgan. Roʻmol oʻrash oʻta shaxsiy huquq. Chunki bosh faqat oʻzingizniki. Agar bu huquqdan toʻgʻridan toʻgʻri mahrum qilmoqchi boʻlinsa ta’qiq asossiz va ziddiyat paydo boʻlishi mumkin. Agar sizni roʻmol oʻraganingiz uchun “oqim”ga aloqadorlikda gumon qilishsa, endi ular emas, siz oʻzingizni oqlashingizga majbur boʻlib qolasiz.

Natijada tasavvuringizda soxta dixotomiya hosil boʻladi: yo roʻmolni yechib oʻzingizni oqlash yoki roʻmolda boʻlib aybdorlikni tan olish. Oqibatda esa roʻmol oʻrash shunchaki huquqingiz ekanligi maydondan chiqib ketadi. Bunday manyovrni yaqinlaringiz oʻylab topmagan, ularning miyasiga yillar davomidagi targʻibot-tashviqotlar orqali singdirib shakllantirib kelingan xolos.

Bunday kir texnologiyadan biz foydalanmasak ham, ulardan ogoh va sergak turishimiz uchun oʻrganishimiz darkor, degan edi Mustafo Mahmud.

👉 @umarhalil 👈
👍180🔥40😢26❤23🕊15❤‍🔥5👏3😁1
Ayriliq ikki turli boʻladi:
Biri majburlikdan, biri kibrdan. Birinchisi sogʻintiradi, talpintiradi, muhabbatni alangalaydi, sadoqatni mustahkamlaydi. Ikkinchisi esa adovat va gʻashlikni kuchaytiradi. Chunki, takabbur odam oʻz xatolari va dilxiraliklarini tan olmaydi, oʻzini aybdor ekanini e’tirof qilishga xudbinligi yoʻl bermaydi va kechirim soʻrab murosa qilishga, yoʻqotilayotgan vaqtlarga achinmaydi.

👉 @umarhalil 👈
❤92👍51😢16❤‍🔥9🕊7🥰5🔥1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mahbubangni qalbiga shu qadar oʻq uzginki, muhabbatingni qalbidan bir umr sugʻura olmasin!

Yorvoreyshn 😎

👉 @umarhalil 👈
😁381❤82👍44🔥24🥰18❤‍🔥16🕊5🤩4😢3😍3🎉2
Qaysi mavzuda bepul vebinar oʻtib berishimni istaysiz?
Sizni qaysi muammo koʻproq qiynasa oʻsha mavzuni belgilang.
Anonymous Poll
41%
Hayajonni yengish
46%
Ravon gapirish
13%
Intonativ (obrazli) nutq
🥰103👍48❤‍🔥21🕊19🔥8❤4😢3😍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nostalgiya

1990-yil yozning soʻngi kunlarida tasvirga olingan Qoʻqon manzaralari. Daraxtlari koʻp boʻlgan, toza va salqin havoli, odamlari esa hozirgidan ancha samimiy hamda insofli boʻlgan davrlar.

👉 @umarhalil 👈
👍100😢47❤‍🔥11❤10🔥9🕊4👏2🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yolgʻonlar shahriga aylanib borayotgan yurtimizda odamlarning bir birini qanday aldab muomala qilishi haqida qisqa metrajli rolik ishladik.

👉 @umarhalil 👈
👍189😢47👏19❤18❤‍🔥8🔥8😁2🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shanba kuni, ya’ni ertaga soat 14:00 da Mezana ilm markazida notiqlik darsimizni bitirgan yigit va qiz oʻquvchilarinizga sertifikat topshirish va yakuniy dars oʻtib beriladi. Ochiq darsimizda istagan koʻngillilar kelib ishtirok etib ketishlari mumkin. Kelmoqchi boʻlganlar quyidagi raqamlar bilan bogʻlaning 👇

+998991155556
+998991155510
+998991155512
@Mezana_xodima

Manzil: Mezana ilm markazi, Yunusobod fililali 📍
❤63👍51😢11❤‍🔥10🥰1🕊1
Muhabbatning boshi oʻzida yoʻqlarini toʻldirish, oxiri esa oʻzida borlarini bagʻishlashdir. Samimiy muhabbat pinhon boʻladi, yashirin va sirli yashaydi. U odamlarga aytilavermaydi, balki zimdan yaxshilik qilib va yaxshilik tilab yashaydi. Erni xotinga yoki xotinning eriga boʻlgan oʻz muhabbatini boshqalarga zohir qilaverish, aslida oiladagi muhabbatsizlikning muhabbat ortiga berkitilishidan oʻzga narsa emas. Chunki, habib oʻz mahbubini odamlarning oʻylaridan ham rashk qiladi. Samimiy qalbdagi begʻubor sevgi hech qachon mahbubiga la’nat aytmaydi, uni harom harishga chiqarish evaziga oʻzini poklamaydi. Chunki, muhabbatning lugʻatida yaxshilik tilash va ezgulik sogʻinishdan boshqasi boʻlmaydi. Yaxshi koʻrdingmi, yaxshilik qil. Yaxshilik qildingmi, yaxshi koʻr!

👉 @umarhalil 👈
👍166❤‍🔥69❤46🥰34🔥13🕊13😢8🤩4🎉2👏1
Ular to jur’at degan kuch kelib ketlaridan tepmaguncha, oʻzi istamagan va yoqtirmagan hayot tarzini chorasizlikdan oʻzi uchun oqlab yashayveradi.

👉 @umarhalil 👈
👏75👍28🔥24😢6❤‍🔥3❤3🤩2🎉1🕊1
Oʻzni aldash sindromi

Agar odamning vaziyatni oʻzgartirishga qudrati yoki jur’ati yetmasa, unga boʻlgan munosabatini oʻzgartirishiga urinishni boshlaydi. Masalan, qurbaqadan boʻsa olish uni shahzodaga aylantirmasa (vaziyatni oʻzgartirmasa), u baribir avval shahzoda boʻlgan, deya oʻzini ishontirishga oʻtadi.

Qachonki, inson oʻzini vaziyatni oʻzgartirishga salohiyati, kuchi yetmaganini bilsayu, lekin uni tan olishni istamasa mana shunday sindromga giriftor boʻladi. Bu xalqaro siyosatdagi ojizlikda ham, ichki siyodatdagi zaiflikda ham va hatto, oiladagi baxtsiz hamda sharafsiz hayotga rozilikda ham oʻz ifodasini topadi.

👉 @umarhalil 👈
❤‍🔥92👍64😢31🔥16👏13🕊6❤4😁3🥰1🎉1