Omar Xalil
11K subscribers
1.16K photos
445 videos
22 files
359 links
Shiorimiz:

• Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish
• Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish
• Samimiylik va muhabbatni tarannum etish
• Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish

Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot
Download Telegram
“Isinishga koʻrpadan boshqa narsa qolmadi…”

XXI asr, 2023-yil, yanvar oyi
Oʻzbekiston, Uchunchi renessans davri, ommaviy axborot vositalarida “Mamlakatimizda keng koʻlamli islohotlar olib borilmoqda” deyayotgan bashang kiyimdagi boshlovchilar nutqi yangrab turibdi.

******
Yolgʻon va haqiqatning orasi bir satr


👉 @umarhalil 👈
😢211👍68👏22😁18🔥14❤‍🔥6❤4🎉2
Yana bir xalqimizning ichidagi dardi borlardan birining ayanchli voqeasi. Minglab balkim millionlagan desak ham adashmagan bo'larmiz, yana ham Alloh bilguvchi. Ushbu keltirilgan qisqagina voqeamizda dardi osmonlarga yetadigan ammo qorni to'qlarga yetib bormagan bir ayolning hikoyasini tinglashingiz mumkin. Qarg'ish yomon narsa, ammo haq bo'lsa...

Ushbu voqeani yaqinlarimizga ulashishda o'z hissangizni qo'shib ko'makchi bo'lasiz degan umiddamiz.

Havola: https://youtu.be/0TgvmTKF-0s
👍36🕊15❤‍🔥8❤5😢5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Odamlarda negativlik nima uchun koʻpayib boryapti?

Mana shu masalada fikrlarimni qisqacha oʻrtoqlashdim.

👉 @umarhalil 👈
👍59👏11❤‍🔥8❤4😢3🕊2🎉1
Jondan O'tgan Qarg'ish Voqeasi | Omar Xalil
Omar Xalil
Yana bir xalqimizning ichidagi dardi borlardan birining ayanchli voqeasi. Minglab balkim millionlagan desak ham adashmagan bo'larmiz, yana ham Alloh bilguvchi. Ushbu keltirilgan qisqagina voqeamizda dardi osmonlarga yetadigan ammo qorni to'qlarga yetib bormagan bir ayolning hikoyasini tinglashingiz mumkin. Qarg'ish yomon narsa, ammo haq bo'lsa...

Suhandon: Omar Xalil

👉 @umarhalil 👈
👍73😢27❤‍🔥11🔥4👏3🕊3
Yaqin doʻstim va maslakdoshim dolzarb mavzularda teran fikrlari bilan yechim berib boradigan kontent qila boshlagan. Agar magistraturada oʻqiyotganlar va oʻqimoqchi boʻlganlar boʻlsa ushbu video ayni muddao.

https://youtu.be/tmznb5Q3b8w
👍46😢7❤‍🔥3😁2❤1🥰1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sizda ham soxta dixotomiya, ya’ni hayotni faqat oq va qora ranglarda koʻrish odati boʻlishi mumkin.

👉 @umarhalil 👈
👍109😁35🔥14👏10❤‍🔥3❤3😢3🥰1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gazlayting - insonni oʻzi qilishni xohlamagan ishiga psixologik manyovr bilan majburlashga aytiladi. Ya’ni, insonni oʻziga boʻlgan shubhasini kuchaytiradi va aybdorlik hissini uygʻotadi. Oqibatda inson uni oldida oʻzini oqlashga harakat qilishni boshlab, oʻzi qilishni istamagn ishni amalga oshiradi.

👉 @umarhalil 👈
👍99👏21🔥13😁11❤‍🔥6❤3🥰2🕊2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Odam oʻzi iddao qilayotgan narsasida to ogʻir vaziyatga tushmaguncha siddiq hisoblanmaydi. Insonlarning asliyati vaziyat keskinlashganda yuzaga chiqadi.

👉 @umarhalil 👈
👍105👏20❤‍🔥19😢17❤5🔥5🕊3
Mudom hayot yoʻlinga uzoq safarga chiqar ekansan, yoningdagi hamsafaring munofiq yoki mujmal odam boʻlmasligiga ishonch hosil qil. Chunki ikkisi ham mashaqqat kelganda va vaziyat torayganda seni tashlab qochadi. Munofiq ehtiyojlari uchun senga yolgʻondan da’vo berib amalda bajarmasligi bilan, mujmal senga koʻzi yetmaganida xayr-ma’zur bilan xoyinlik qiladi. Lekin, aslo vaziyat keskinlashganda sof asliyatingni oʻzgartirma. Agar senga xiyonat qilishsa, sen ham xoyinga aylanma. Agar seni aldasalar sen ham yolgʻonchiga evrilma, agar seni tashlab qochsalar sen ham nomard odamga oʻzgarma. Chunki, ogʻir ahvolda sharafli qolish, sharmandali omon qolishdan afzaldir.

👉 @umarhalil 👈
👍134🔥27❤‍🔥16🕊11❤10😢6🎉4
Hozirgi kunda farosatli ayol va qizlarimiz ehtiyotkor va xushyor boʻlishadi. Sababi, ayrim dugonalarining erlari shu qadar rashkchi ekanki, fahm-farosatlarini ham rashk yeb bitirganini guvohi boʻlishadi. Ular xotinlarining telefoniga ulanib nazorat qilib turishar ekan. Bunday erkaklarni ayoli qaysi dugonasi bilan nima mavzuda gaplashgani, necha marta urinishda farzandli boʻlgani, qaysi guruhlarda qanday mavzular gapalashilayotgani, qaysi ich kiyimni olgani-yu rasmlarigacha koʻrib olish imkoniyati borligini bilgan farosatli muslima ayollarimiz dugonalari bilan gaplashganda ehtiyot boʻlishar ekan.

👉 @umarhalil 👈
👍255😢162🔥47😁47👏25❤‍🔥17❤8🤩2😍2🎉1🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana shu kuni qizalogʻim juda qattiq chinqirib yigʻlayotgandi. Uni yupatib xursand qilish uchun man shunday qilib ovutgandim.

Hayotimda shunday paytlar keladiki, qilayotgan mehnatlarim samarasiz, ibodatlarim halovatsiz, topganlarim yoʻqotganlarimdan kamayib borishi, ehtiyojlarimga imkoniyatlarim mutanosib kelmasligi, sevganlarim yonimda emasligi, hayotga ham, ijodga ham, ishlashga ham bor ishtiyoqimni yoʻqotib qoʻygan pallada: ham moddiy, ham ruhiy tanglik meni chulgʻab oladi. Mana shu onda qizalogʻimning ham bu tang ahvoldan dadasini oʻzining begʻubor koʻzlari-yu, yuzlari hamda ovozlari bilan qanday qilib ovutishi u yonimda yoʻq boʻlgan paytlarida juda sezilib ketadi. Muhabbatim mevasi qizimni ne’mat qilib bergan Allohimga behisob hamdlar aytaman!

👉 @umarhalil 👈
❤403🥰135👍69🕊32❤‍🔥23🔥16😢16👏14🎉4🤩4😁3
Yangi mediamiz chiqdi.

Turmushga hali beri chiqmayman yohud dadamni tashlab ketolmayman.

Havola: https://youtu.be/8TXnKMRKsDU
🕊59❤31👍26😢14👏9🔥7❤‍🔥5🥰4😁2😍1
Dadamni Tashlab Ketolmayman | Omar Xalil
Omar Xalil
#Hikoya

Farzand ne'mat, qiz farzand esa und
anda go'zal ne'mat. Lekin oralarimizda guldek g'unchalarini yoqtirmaydiganlar ham topilib turadi. Qiyomat kunida Allohni izni ila do'zohdan parda bo'lishini dunyo hayotida ko'zlarinig quvonchi ummatlarning yetakchi onasi bo'lishini afsuski anglamaydi.

Quyidagi hikoya ana shunday insonlarning birida bo'lgan hodisalardan bir misol.

Suhandon: Omar Xalil

👉 @Umarhalil 👈
👍53👏47❤31😢26❤‍🔥4🔥4🎉2🤩2🕊2😍1
​​Erkak va ayol oʻrtasidagi chin muhabbat ikki turdagi jamiyatlardagina paydo boʻlishi mumkin. Yo oʻta diyonatli, yo oʻta hudosizlashgan jamiyat orasida. Diyonatli jamiyat odami bir biriga koʻngil qoʻysa, mahbubini aldashga, undan foydalanishga, uni ogʻir ahvolda tashlab ketishga Robbidan hayosi yoʻl qoʻymaydi. Bu muhabbat nikoh bilan bogʻlanib oʻlimgacha davom etadi. Hudosiz jamiyatdagi odam esa oʻz mayllarini bemalol qondirishga, istagani bilan munosabat oʻrnatishga imkoniyati bor, lekin ruhiy munosabatga boʻlgan ehtiyoj bu jamiyat odamini chin ma’nodagi muhabbat oʻrnatishga undaydi. Chunki, bu jamiyat odami boshqalarga shaxvatlarini qondiruvchi vosita sifatida qaragani kabi, boshqalar ham unga bir vosita kabi munosabatda boʻladi. Bu oʻz-oʻzidan odamni boshqa odam tomonidan chin ma’noda sevilish ehtiyojini uygʻotadi va fazilatli muhabbat oʻrnatishga intiltiradi. Ammo, uchunchi xil jamiyat borki, bunda nafs-u havo sevgi deya talqin qilinadi, shaxvatga esa muhabbat libosi kiydiriladi. Koʻrinishi ishonchli dindorning qiyofasi, maqsadi esa mayllarini qondirish va bu yoʻlda mahbubdan unumli foydalanish kabi qabihliklarni oʻz ichiga oladi. Buning oqibatida bu jamiyatda erkak va ayol oʻrtasida sun’iy jarlik hosil boʻladi: ayollar erkaklardan, erkaklar ayollardan nafratlanadi, qizlar uchun yigitlar, yigitlar uchun qizlar mazah mavzusiga aylanadi; bu ikki jins oʻrtasida na ishonch, na hurmat va na iliq fikr qoladi. Bu jamiyat odamlarining qalbida nifoq boʻlib, uning nomi munofiq jamiyatdir.

👉 @umarhalil 👈
😢183👍87🔥37👏25❤‍🔥20🕊11❤7😁6🥰3😍2🎉1
Bu millat tiz choʼkdi...

Bolaligimda koʼp mol boqqanman. Oldiga yem-xashak tashlasam oʼziga maʼqulini saralab yerdi. Dalada ham bedaning gulini, barrasini yerdi.

Vaqt kelardiki, molga yem tugul somon ham topilmasdi. Bilasizmi keyin u nima qilardi? Kecha yeyishni istamagan somonni, bora-bora oyogʼi ostidagi isqirt, toptalgan makkayi poyasini, zoʼr kelsa daraxtlarni kamirardi.

Ikki hafta avval metanga navbatdan dod dedik. Toʼxtatishdi. Sakson benzinga navbatda turdik. Toʼxtatishdi. 91-92 ga navbatga turdik. Bugun shuyam yoʼq, 95 bor faqat... Oʼsha molga oʼxshab tishimiz oʼtmaganini, holimizga yarasha boʼlmaganini isteʼmol qilyapmiz hozir.

Xullas, hukumat molning holiga tushirgan xalqidan uchinchi renessans kutyapti.

Isomiddin Poʻlatov

👉 @umarhalil 👈
😢236👍87🔥43👏26😁8❤‍🔥3
Oʻzingizga ishonchli mahbub qidiryapsizmi? Unda quyidagi koʻrsatmalarimni yaxshilab yodda saqlang:

Sizni koʻrganda koʻzi quvnaydigan, ovozingizni eshitganda yayraydigan, yoʻqlaganingizda sevinadigan, sizni doim oʻylayverganidan har bir gapingizdan ta’sirlanaveradigan insonlarga himmatingizni ayamang. Ular sizga samimiy oshiqdirlar.

👉 @umarhalil 👈
❤‍🔥176👍54❤48🥰31😢24🕊18🔥6👏6😁3🤩3
Устозим Рўмолда Келма Дейди | Омар Халил | @Omarxalil
Sakiyna
#Hikoya

Siz muslima boʻlsangiz nega roʻmol oʻramaysiz opajon degan soliha qizaloq.

Muallif: Maqsadoy Izzatullayevna
Suhandon: Omar Xalil

👉 @umarhalil 👈
👏70👍38😢23❤‍🔥16🕊5❤4🔥1
Omar Xalil |Hijobga kirgan qiz hikoyasi | Ҳижобга кирган қиз
#Hikoya

Ishxonamda hijob o'ray olmas edim, ishdan bo'shadim. Hijobga kirishim uchun otam hursand bo'ldilar ammo onam, yohud hijobga kirgan muslima qizning ta'sirli voqeasi.

Suhandon: Omar
Xalil

👉 @umarhalil 👈
❤98👍40😢23🥰14🔥7❤‍🔥3😍2🕊1
​​Bir narsa meni ajablantiradi: fosiq, axloqi buzuq, munofiq odamga turmushga chiqqan yoki shunday odamga qizini bergan odamlar: “Biz Allohdan yaxshisini soʻragandikku” deya nolishganini kuzataman. Ishonamanki, har bir inson oʻziga yaxshi juft nasib etishini soʻraydi, lekin nega taqdirida soʻraganining aksi chiqqaniga aqli qosirlik qila boshlaydi. Muammo duolarimizda emas, qanday narsaga talpinganimiz, ya’ni taqidirimizda emas, tadbirimizdadir. Biz Robbul Izzadan yaxshisini soʻraymiz, biroq oʻsha yaxshi degan narsa bizning nazdimizda oʻzi nima ekanini anglab olganmizmi?

Biz oʻzimizga yaxshi muomala qiladigan, xonadonimizda hazrati insondek qadr koʻradigan, bizga himmat va fidokorlik qilishga tayyor boʻlgan, kechirimli hamda gʻamxoʻr odam nasib etishini soʻraymiz, ammo biz tanlayotgan insondagi mana shu sifatlarni bor yoki yoʻqligiga, omonatdor va fazilatli inson ekaniga e’tibor qaratdikmi?

Ular bilan xos suxbat qilib miyasini kunda band qiladigan narsalar ulkan va ufqlar qadar kengaygan maslalar ekaniga yoki maishiy hamda mayda narsalar bilan mashgʻul ekanini tekshirdikmi? Oilada vaziyat ogʻirlashsa muvozanat ushlash uchun adolatli yechimgami yoki tarafkashlikka moyil ekanini aniqladikmi? Bizning oʻlchovlarimiz va talabimiz uning topish-tutishi koʻp boʻlishi boʻlib, qanday yoʻl bilan topishi oʻylantirdimi? Yoki turar joyi, yuz-koʻzi boʻlib, diyonatiga qiziqdikmi?

Qarshimizdagi bu juftlikka da’vogar odam bizni alday olmasligi uchun nimalarni tayyorladik, nimalarni oʻrgandik, qanday ximoyalanish va yolgʻonni fosh qilish bilimlarini hayotimiz uchun, kelajagimiz uchun butladikmi? Oʻlchovlarimiz va talabimiz tadbiri boshqa, Allohdan soʻraganimiz boshqa boʻlgani bois taqdirimizdan hayratimizni yashirolmayapmiz. Duolarimizda pokizalikni soʻraganimiz yangligʻ talablarimizda ham pokizalik talabi bilan yondashuvimiz kerak.

👉 @umarhalil 👈
👍216😢47❤34❤‍🔥20🔥15👏6🕊4🥰2😁1
Chaqimchilik bu bir gapni eshitib uni boshqa odamga yetkazish emas, balki eshitilgan gapni aynan nizo qoʻzgʻash maqsadida yomon mazmunda talqin qilishga aytiladi. Shuning uchun ham bir inson haqidagi boshqa bir insonning fikrlarini oʻziga aytayotganingizda uni notoʻgʻri talqin qilib qoʻyishdan tiyiling. Siz uchun soʻzlarni mas’uliyat bilan ishlatmaslik katta gunohdek koʻrinmasligi mumkin, biroq bu talqin ikki odam orasiga adovat solishi; yaxshini yomonga, sodiqni xoyinga, omonatdorni oʻgʻriga, muhabbatni oʻyinga aylantirib yetkazishi mumkin. Shuning uchun sizga kelgan har qanday ma’lumotni 3 ta shubha elagidan oʻtkazing:

1. Bu gapga tekshirmasdan ishonish bizga zararmi yoki foyda? (foyda va zararni taqqoslang)
2. Bu gapni gapirgan odam notoʻgʻri gapirdimi yoki men xato tushundimmi? (avval oʻzidan soʻrang)
3. Murosa qilish mumkinmi yoki yoʻqmi? (ziddiyatning sabablariga qarang)

Agar shu kabi farosat taqozo etgan qoidalarga amal qilinsa, oramizga tushadigan sovuqchilikni oldini olgan boʻlamiz.

👉 @umarhalil 👈
👍156❤24🔥21👏12❤‍🔥8🕊5🥰3😢2
Men uni deb bahorni yaxshi koʻraman dedim, u esa men uchun kuzni yaxshi koʻrishini aytdi. Asli men kuzni, u esa bahorni yaxshi koʻrardi. Muhabbat - bu u uchun yaxshi koʻrishni boshlashing, oʻzingni emas uning koʻnglini oʻylashni boshlashing, uning shodligidan oʻzingning shodligingni yasay olishing, uning baxtidan oʻz baxtingni bino qila olishing malakasidir. Usiz na choy shirin, na mutolaada zavq bor! Hamma narsa faqat u bilangina totli boʻlish hissidir!

👉 @umarhalil 👈
❤‍🔥339❤95👍85😢27🥰24🕊20🔥12😍10👏4🤩4🎉3