Omar Xalil
11K subscribers
1.16K photos
445 videos
22 files
359 links
Shiorimiz:

• Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish
• Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish
• Samimiylik va muhabbatni tarannum etish
• Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish

Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot
Download Telegram
Inson qadri
@umarhalil
Аgar Iroqda xachir adashib qolsa, Аlloh taolo u haqda: "Nima uchun uning yoʼlini toʼgʼirlab qoʼymading, ey Umar?!" deb mendan soʼraydi.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu

👉 @umarhalil 👈
🕊50😢43👍28❤11❤‍🔥10🔥2👏2🥰1
Qishga safar
@umarhalil
Diyorimizga doim qish kelganda birgina faslning oʻzi hali taraqqiy etmaganimizni, turmush tarzimiz huddi oʻrta asrga qaytib qolgandek taassurot berishni boshlaydi. Inson qadri uchun degan shiorlar bilan ovoz toʻplaymiz, lekin shu insonlarga qadrli hayotni taqdim qilmaymiz. Haqiqatni bilishning oddiy usuli bor deyishardi. Qanday desangiz, shunday odamlarning turmushiga nazar soling va yuzlariga boqing. Gapirilayotgan gaplardagi oʻsha farovon hayotni xalq hayotida koʻryapsizmi yoki yoʻq? Yaqqol fahmlaysiz.

👉 @umarhalil 👈
❤‍🔥63👍53😢13❤10🔥5👏4🕊2🥰1
Xalqimiz yaltir-yultur va hashamatga berilib ketganini sezaman. Oʻziga qulaylik haqida emas, balki oʻzgalarga jozibali koʻrinish uchun bellashadilar. Hamma narsaning tashi goʻzal boʻlishiga tirishadilar-u, lekin botiniy fazilatlarni go’zallashtirishni oʻylamaydilar. Uylari hashamdor, ulovlari hashamdor, kiyimlari hashamdor, borar joylari hashamdor, telefonlari hashamdor va hatto basharalarini ham hashamdor qilishda poyga oʻynashadi. Goʻyoki, hayotdagi missiyalari barcha narsani hashamatga aylantirishdan iboratdek. Nimaga shunday, bilasizmi? Sababi birov birovning fazilatini emas, hashamatining ishqibozi boʻlib qolganida. Ichni goʻzal, tashni harob holda boʻlsin, demoqchi emasman. Shunchaki, yuviqsiz ahvolda pokiza kiyim kiyish durust boʻlmaganidek, botini kir, usti hashamatli boʻlishda mazmun yoʻqligini uqtirmoqchiman. Ozoda kiyimga kir badan toʻgʻri kelmaganidek, marazliklar toʻla qalbga hashamat yopishmaydi.

👉 @umarhalil 👈
😢82👍73🔥35👏13❤9❤‍🔥6🥰2
Men sizni faqat qalbimda saqlab chin koʻngildan yaxshi koʻraman deb amalda yaxshi koʻrgan odamiga hech narsa qilmaydigan odam oʻzi da’vo qilayotgan sevgisiga avvalo oʻzi xiyonat qilayotgan boʻladi.

👉 @umarhalil 👈
❤‍🔥129👍64😢19👏18❤15🔥4🎉3🥰2
Haqiqiy sevgi
@umarhalil
Hayotingni oʻzing istagan tomonga borishi yoki oʻzgarishi uchun - jur’at kerak. Bu uchun esa insonda ulkan qalb boʻlishi lozim. Qalb Allohga tavakkul qilishni oʻrgangandagina kattalashadi.

Jur’atli boʻling - yoʻqsa jur’atlilarning belgilab bergan hayotidan nariga chiqolmaysiz.

👉 @umarhalil 👈
👏100👍39😢16❤13🕊11❤‍🔥7🥰6🔥4😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ishning zohiri doim ham toʻgʻri boʻlib chiqavermaydi. Botinini fahmlash uchun basirat koʻzi ham ochiq boʻlishi lozim. Har chiroyli gapirgan yaxshi boʻlmaganidek, har xunuk gapirgan ham yomon boʻlib chiqmaydi.

👉 @umarhalil 👈
👍110❤18😢18❤‍🔥7🔥6🥰1
hurlik va mutelik
Sultonlik, xonlik, Chor Rossiyasi, sovet diktaturasidan keyin davom etgan shaxsga sigʻinish illati xalqlarning qon-qoniga, zehniyatiga singib ketdi. Islomning maslagi esa insonni yakka Hudodan boshqa narsaga ma’nan mute boʻlishiga aslo yoʻl qoʻymaydi. Xususan, rahbar va xalq oʻrtasidagi munosabatlarda.

Bu borada Abdulqodir Samarqandiy ustozimizdan juda yaxshi maqola yozilgan ekan. Biz esa uni ovozlashtirdik.

👉 @umarhalil 👈
👍73👏9❤5❤‍🔥5🔥2😁1😢1
Bir kam dunyo

Ikki toifadagi muvaffaqiyatsiz oila turi bor. Biri komfortta mehr-muhabbatsizlikdan aziyat cheksa, biri mehr-muhabbat ichida yetishmovchilikdan aziyat chekib yashayotganlardir. Undan ham achinarlisi mana shu toifalardagi oilalarni koʻpligida.

👉 @umarhalil 👈
😢205👍46❤‍🔥23❤14🔥13🥰1🕊1
- Bilasanmi malikam, men uchun dunyoda bir yoqimli azob bor.
- Azob ham yoqimli boʻlar ekanmi?
- Ha, albattada ))
-Qanday yoqimli azob ekan u?
- Seni sogʻinish hissi! )

👉 @umarhalil 👈
❤243😢66👍33🕊30❤‍🔥23🥰16😁14😍10🔥5🎉1🤩1
Mashinasi qirilsa figʻoni falakka chiqadigan, telefoni yerga tushib ketsa sochi tikka boʻladigan, kiyimiga dogʻ tegsa haftasiga siqilib yuradigan, topganini beton uyiga chaplaydigan, lekin insonlarning koʻnglini bir tiyinga olmaydigan odamni koʻrsang, bilgilki, sen nasli buzilgan mahluqning oldida turibsan.

👉 @umarhalil 👈
👍251😢93🔥32👏19❤17🎉4❤‍🔥2😁1🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muhabbat - koʼngil qoʼygan insoningni oʼzingdan afzal bilishingni anglatadi. Аgar shu tuygʼu ikkalasida ham jam boʼlsa, oʼsha oila aniq baxtli yashaydi. Bitta ovqatni ustida shuncha mehr va himmat. Men mana shunday juftliklarni bilaman. Ular chinakam baxtiyor oila binosini qura olgan mohir quruvchilar.

👉 @umarhalil 👈
👍138🥰119❤‍🔥30❤29😁26🕊16😍11👏9😢6🔥4🎉1
Ko‘ngli yo‘qlarning turmushi ancha qimmatga tushadi. Badali oilaning ajralishi, ketgan harajatning xabata bo‘lishi, farzandlarning yetim qolishi va ikki qalbning o‘limi bilan to‘lanadi.

👉 @umarhalil 👈
😢182👍53❤‍🔥27👏12🔥10❤6🕊2🥰1
Ilhaq*

Odamlar mashaqqatlarga sabrli, toʻsiqlarga, dard-u azoblarga bardoshli boʻla olishi, uzoq yillarnida kuta oladigan matonati boʻlishi mumkin, ammo “qaytaman” degan mavhum soʻzga ilhaq boʻlish har qanday sabrni, bardoshni va matonatni ham yemirib bitiradi.

Ilhaq - na kelishi, na kelmasligi aniq boʻlgan odamni kutish.

👉 @umarhalil 👈
😢105👍63❤‍🔥16❤13🔥12👏4🥰3🕊3😁2🤩2😍2
Аgar sen boy va mansabdor odamlar bilan oddiy insonlardek koʼrishmasang, demak, sening tabiatingda qullik xususiyati bor.

👉 @umarhalil 👈
🔥113👍70👏23😁17❤‍🔥13😢7🥰5❤2🕊2
• Qaysi oilada tinchlik, farovonlik koʼrsam, ularning oʼzaro munosabatida bir birlarini sevib oʼzlarini tanqid qilganliklaridan ekan.

• Qaysi oilada notinchlik, norozilik kayfiyatini koʼrsam, koʼproq oʼzlarini sevib bir birlarini tanqid qilaverganliklaridan ekanini bildim.

👉 @umarhalil 👈
👍136🔥33❤25🕊18😢11❤‍🔥6
Telefon bugungi kun odamining ajralmas bir boʻlagi va eng kerakli narsasi hamda hayotini tubdan qulaylashtirgan vosita boʻldi, lekin u insondag eng gʻanimat ne’matlarni tortib olmoqda.

👉 @umarhalil 👈
😢196👍36❤16👏13❤‍🔥4🔥3🎉1🕊1
#AJIB

• Odamlar ikki sevishgan qalbni ajratishga, toʼsqinlik qilishga doim tayyor.
• Ikki adovatli insonlarni yarashtirishga, birlashtirishga toqati yoʼq.

👉 @umarhalil 👈
❤‍🔥136😢70👍47🔥17❤14🕊12👏10🎉2
Norasidalar
@umarhalil
Ushbu she’r manfur farmasevtik biznes yurgʻizuvchi nokaslarning kasriga nobud boʻlgan bolalarimizning yorqin xotirasiga motam sifatida ijro qilindi. Allohim, biz gʻaflatdagi noshutlarni gunohimizni avf et, jannat rayhonlaring norasidalarni rahmatinga gʻarq qil. Bu olib-sotarlar jamiyatida odamdek yasholmagan goʻdaklaringni Jannating bilan rizqlantirishingni oʻtinib soʻrayman!

👉 @umarhalil 👈
😢149👍17🕊8❤7❤‍🔥2🔥2🥰2
Sotib olish va olingan boʻlsa ishlatmaslik zudlik bilan toʻxtatilishi kerak boʻlgan dorilar roʻyxati e’lon qilindi. Bularning ichida eng koʻp reklama va xalq tomonidan sotib olinadigan dorilar juda koʻp. Ogoh boʻlinglar.

Roʻyxat Oʻzbekiston milliy axborot agentligi tomonidan e’lon qilingan.

👉 @umarhalil 👈
😢89👍26👏4🔥3❤‍🔥2🕊1
Sevsam kam...
@umarhalil
Muhabbat odamni tarbiyalaydi, kamolotga eltadi, xulqlarni shakllantiradi, fidokorlik va himmat bilan siylaydi, maqsad va maslak bilan ta’minlaydi va hatto qurbonlikka ham shay qiladi. Men havas yoki garmonlar oʻyini haqida gapirmayapman, balki chin sevgi haqida gapiryapman.

👉 @umarhalil 👈
😢108❤47👍30❤‍🔥20🕊16👏5🥰4🎉4😍4🔥1🤩1