Omar Xalil
11K subscribers
1.16K photos
445 videos
22 files
359 links
Shiorimiz:

• Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish
• Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish
• Samimiylik va muhabbatni tarannum etish
• Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish

Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot
Download Telegram
Dunyoga Tanilgan Mashhur Hikoya | Omar Xalil | Avliyo | @Omarxalil
Omar Xalil
O'sha siz bilgan millionlab yaqinlarimiz qalbidan joy olgan Zulfiya Mahmudning Avliyo qaynona hikoyasi.
Suhandon: Omar Xalil

👉 @Umarhalil 👈
👍111❤35😢26🔥11🕊9❤‍🔥5🥰2😁2
Tez kunda Omar Xalil bilan ovozli chat qilamiz. Qaysi mavzuda suhbatlashishni xohlaysiz?
Anonymous Poll
12%
Ijodiy faoliyat haqida
7%
Ijtimoiy-siyosiy mavzuda
20%
Shaxsiy savollarimizga javob olish
62%
Hayot, falsafa, tasavvuf va psixologiya
👍135❤‍🔥25❤13🤩10😢8🥰6🔥3🎉3
Ayollar muhabbat va fidokorlikda erkaklardan ustun boʻlishadi

• Er unga ishonch bersa, ayol unga butun hayotini topshiradi
• Er ayolga urugʻ eksa, ayol unga farzand qilib qaytaradi
• Er unga masalliq bersa, ayol unga mazali taom qilib qaytaradi
• Er unga uy tamin etsa, ayol butun umr uyni parvarishlaydi
• Er unga tabassum qilsa, ayol unga bagʻrini ochadi
• Er kasal boʻlsa ayol gʻamxoʻrlik qiladi, ayol kasal boʻlsa ham yuk boʻlishni istamaydi

Ayollar har bir qilingan yaxshilikni koʻpaytirib qaytaradi. Tongda ishga ketayotganda birgina sevishingni aytganing uchun to qaytguningcha sendan boxabar boʻladi. Faqat birinchi qadamni erkak tashlashini kutishadi xolos. Fahm-farosatli erkaklar birgina tashabbus bilan ayollarining hurmat va muhabbatini qozona olishadi, bunga ahamiyatsiz boʻlgan erkaklar esa oila binosining poydevorini moʻrtlashib qolishiga sabab boʻlishadi. Loqaydlik va qilingan zulmga ham oʻn barobar qilib javob qaytarishadi. Butun boshli erkak ekaninga tupurishadi. Shuni ham unutma!

👉 @umarhalil 👈
👍224❤60🕊21👏17😢15🥰11❤‍🔥10🔥8😁6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻgʻlim Umarni Hazrati Umar roziyallohu anhudek adolatli rijol qilib tarbiyalashni niyat qilganman. Toki, lugʻatidan adolat oʻchib ketgan bu xalqni qaddini tiklasin, qadrini koʻklarga koʻtarsin, ellar ichida farovon qilsin, nochor xalqining koʻksiga xurlik shabadasini olib kelsin. Eng kamida ikkimiz ham shu yoʻlda yashab oʻtamiz, inshaalloh.

👉 @umarhalil 👈
🥰466👍158❤‍🔥63❤59👏31🕊20😢11😍7🔥5🎉4🤩4
Alloh bir bandani sevsa Jabroil alayhissalomga ham uni sevishni buyuradi. Jabroil ham samo farishtalariga oʻsha bandani sevishlarini aytadi. Natijada butun koinot ahli oʻsha bandaga muhabbatli boʻla boshlaydi. Parvardigorimning muhabbat nazari mening nifoq toʻla qalbimga tushib uni poklashidan umidvorman. Boyazid Bistomiy hazratlarining tabirlari bilan aytganda, mening Allohim deyishim hech narsani hal qilmaydi, magar U bandam demasa.

@umarhalil 👈
❤237👍80😢74❤‍🔥26🥰8🕊8😍7😁6🔥5👏4🎉2
- Мени нега яхши кўрасиз ўзи, Бегим?
- Жиннилигинг учун )))
- Агар жинни бўлмаганимдачи? ((
- Жинни қилиб олардим 😂
- Жинни қилолмасангизчи 😛
- Унда ўзимни алдайман
- Қандай қилиб?
- У ростан жинни деб 😝 ❤️

👉 @umarhalil 👈
😁385❤59🥰34👍24❤‍🔥19😢12🕊10🔥5😍4🤩2
Inson qadri
@umarhalil
Аgar Iroqda xachir adashib qolsa, Аlloh taolo u haqda: "Nima uchun uning yoʼlini toʼgʼirlab qoʼymading, ey Umar?!" deb mendan soʼraydi.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu

👉 @umarhalil 👈
🕊50😢43👍28❤11❤‍🔥10🔥2👏2🥰1
Qishga safar
@umarhalil
Diyorimizga doim qish kelganda birgina faslning oʻzi hali taraqqiy etmaganimizni, turmush tarzimiz huddi oʻrta asrga qaytib qolgandek taassurot berishni boshlaydi. Inson qadri uchun degan shiorlar bilan ovoz toʻplaymiz, lekin shu insonlarga qadrli hayotni taqdim qilmaymiz. Haqiqatni bilishning oddiy usuli bor deyishardi. Qanday desangiz, shunday odamlarning turmushiga nazar soling va yuzlariga boqing. Gapirilayotgan gaplardagi oʻsha farovon hayotni xalq hayotida koʻryapsizmi yoki yoʻq? Yaqqol fahmlaysiz.

👉 @umarhalil 👈
❤‍🔥63👍53😢13❤10🔥5👏4🕊2🥰1
Xalqimiz yaltir-yultur va hashamatga berilib ketganini sezaman. Oʻziga qulaylik haqida emas, balki oʻzgalarga jozibali koʻrinish uchun bellashadilar. Hamma narsaning tashi goʻzal boʻlishiga tirishadilar-u, lekin botiniy fazilatlarni go’zallashtirishni oʻylamaydilar. Uylari hashamdor, ulovlari hashamdor, kiyimlari hashamdor, borar joylari hashamdor, telefonlari hashamdor va hatto basharalarini ham hashamdor qilishda poyga oʻynashadi. Goʻyoki, hayotdagi missiyalari barcha narsani hashamatga aylantirishdan iboratdek. Nimaga shunday, bilasizmi? Sababi birov birovning fazilatini emas, hashamatining ishqibozi boʻlib qolganida. Ichni goʻzal, tashni harob holda boʻlsin, demoqchi emasman. Shunchaki, yuviqsiz ahvolda pokiza kiyim kiyish durust boʻlmaganidek, botini kir, usti hashamatli boʻlishda mazmun yoʻqligini uqtirmoqchiman. Ozoda kiyimga kir badan toʻgʻri kelmaganidek, marazliklar toʻla qalbga hashamat yopishmaydi.

👉 @umarhalil 👈
😢82👍73🔥35👏13❤9❤‍🔥6🥰2
Men sizni faqat qalbimda saqlab chin koʻngildan yaxshi koʻraman deb amalda yaxshi koʻrgan odamiga hech narsa qilmaydigan odam oʻzi da’vo qilayotgan sevgisiga avvalo oʻzi xiyonat qilayotgan boʻladi.

👉 @umarhalil 👈
❤‍🔥129👍64😢19👏18❤15🔥4🎉3🥰2
Haqiqiy sevgi
@umarhalil
Hayotingni oʻzing istagan tomonga borishi yoki oʻzgarishi uchun - jur’at kerak. Bu uchun esa insonda ulkan qalb boʻlishi lozim. Qalb Allohga tavakkul qilishni oʻrgangandagina kattalashadi.

Jur’atli boʻling - yoʻqsa jur’atlilarning belgilab bergan hayotidan nariga chiqolmaysiz.

👉 @umarhalil 👈
👏100👍39😢16❤13🕊11❤‍🔥7🥰6🔥4😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ishning zohiri doim ham toʻgʻri boʻlib chiqavermaydi. Botinini fahmlash uchun basirat koʻzi ham ochiq boʻlishi lozim. Har chiroyli gapirgan yaxshi boʻlmaganidek, har xunuk gapirgan ham yomon boʻlib chiqmaydi.

👉 @umarhalil 👈
👍110❤18😢18❤‍🔥7🔥6🥰1
hurlik va mutelik
Sultonlik, xonlik, Chor Rossiyasi, sovet diktaturasidan keyin davom etgan shaxsga sigʻinish illati xalqlarning qon-qoniga, zehniyatiga singib ketdi. Islomning maslagi esa insonni yakka Hudodan boshqa narsaga ma’nan mute boʻlishiga aslo yoʻl qoʻymaydi. Xususan, rahbar va xalq oʻrtasidagi munosabatlarda.

Bu borada Abdulqodir Samarqandiy ustozimizdan juda yaxshi maqola yozilgan ekan. Biz esa uni ovozlashtirdik.

👉 @umarhalil 👈
👍73👏9❤5❤‍🔥5🔥2😁1😢1
Bir kam dunyo

Ikki toifadagi muvaffaqiyatsiz oila turi bor. Biri komfortta mehr-muhabbatsizlikdan aziyat cheksa, biri mehr-muhabbat ichida yetishmovchilikdan aziyat chekib yashayotganlardir. Undan ham achinarlisi mana shu toifalardagi oilalarni koʻpligida.

👉 @umarhalil 👈
😢205👍46❤‍🔥23❤14🔥13🥰1🕊1
- Bilasanmi malikam, men uchun dunyoda bir yoqimli azob bor.
- Azob ham yoqimli boʻlar ekanmi?
- Ha, albattada ))
-Qanday yoqimli azob ekan u?
- Seni sogʻinish hissi! )

👉 @umarhalil 👈
❤243😢66👍33🕊30❤‍🔥23🥰16😁14😍10🔥5🎉1🤩1
Mashinasi qirilsa figʻoni falakka chiqadigan, telefoni yerga tushib ketsa sochi tikka boʻladigan, kiyimiga dogʻ tegsa haftasiga siqilib yuradigan, topganini beton uyiga chaplaydigan, lekin insonlarning koʻnglini bir tiyinga olmaydigan odamni koʻrsang, bilgilki, sen nasli buzilgan mahluqning oldida turibsan.

👉 @umarhalil 👈
👍251😢93🔥32👏19❤17🎉4❤‍🔥2😁1🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muhabbat - koʼngil qoʼygan insoningni oʼzingdan afzal bilishingni anglatadi. Аgar shu tuygʼu ikkalasida ham jam boʼlsa, oʼsha oila aniq baxtli yashaydi. Bitta ovqatni ustida shuncha mehr va himmat. Men mana shunday juftliklarni bilaman. Ular chinakam baxtiyor oila binosini qura olgan mohir quruvchilar.

👉 @umarhalil 👈
👍138🥰119❤‍🔥30❤29😁26🕊16😍11👏9😢6🔥4🎉1
Ko‘ngli yo‘qlarning turmushi ancha qimmatga tushadi. Badali oilaning ajralishi, ketgan harajatning xabata bo‘lishi, farzandlarning yetim qolishi va ikki qalbning o‘limi bilan to‘lanadi.

👉 @umarhalil 👈
😢182👍53❤‍🔥27👏12🔥10❤6🕊2🥰1
Ilhaq*

Odamlar mashaqqatlarga sabrli, toʻsiqlarga, dard-u azoblarga bardoshli boʻla olishi, uzoq yillarnida kuta oladigan matonati boʻlishi mumkin, ammo “qaytaman” degan mavhum soʻzga ilhaq boʻlish har qanday sabrni, bardoshni va matonatni ham yemirib bitiradi.

Ilhaq - na kelishi, na kelmasligi aniq boʻlgan odamni kutish.

👉 @umarhalil 👈
😢105👍63❤‍🔥16❤13🔥12👏4🥰3🕊3😁2🤩2😍2
Аgar sen boy va mansabdor odamlar bilan oddiy insonlardek koʼrishmasang, demak, sening tabiatingda qullik xususiyati bor.

👉 @umarhalil 👈
🔥113👍70👏23😁17❤‍🔥13😢7🥰5❤2🕊2
• Qaysi oilada tinchlik, farovonlik koʼrsam, ularning oʼzaro munosabatida bir birlarini sevib oʼzlarini tanqid qilganliklaridan ekan.

• Qaysi oilada notinchlik, norozilik kayfiyatini koʼrsam, koʼproq oʼzlarini sevib bir birlarini tanqid qilaverganliklaridan ekanini bildim.

👉 @umarhalil 👈
👍136🔥33❤25🕊18😢11❤‍🔥6