Omar Xalil
11K subscribers
1.16K photos
445 videos
22 files
359 links
Shiorimiz:

• Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish
• Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish
• Samimiylik va muhabbatni tarannum etish
• Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish

Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot
Download Telegram
Keyingi bekat — Fargʻona!

iBook.uz'ning taqdimot safarlari davom etadi. Ertangi bekat — Fargʻona va Qoʻqon shaharlari.

Mehmonlar:

— Ilm sohibi va taniqli suxandon Omar Xalil;
— "Qalb iffati" tarjimoni va "Mujodala" muallifi Oʻtkirbek MuhammadSobir;
— Ijodkor, "Mona Liza tabassumi" muallifi Sherzod Ortiqov.

Fayzli ilm davrasi, sovgʻalar va chegirmalardan bebahra qolmang!

📆 Sanasi: 26-noyabr

Fargʻona shahrida:

📍Manzil: Ahmad al Fargʻoniy nomidagi kutubxona.
Mo’ljal: TojMahal.
⏳Vaqti: 10:00

Qoʻqon shahrida:

📍Manzil: Qoʻqon univetsiteti. Moʻljal: Pedagogik kollej roʻparasida
⏳Vaqti: 14:30

📱 Telegram 🌐 Instagram  🌐 Facebook  🌐 TikTok
👍37🕊16❤‍🔥3🎉3❤2👏1
Ertangi taqdimotimiz "Anjanchasiga"

🤗 Andijon ahlini navbatdagi fayzli taqdimotimizga taklif etamiz. Soʻnggi bekat — Andijon!

Taqdimotda sizni 🔥atmosfera va 💣 chegirma va sovgʻalar kutmoqda. Ishonmasangiz Namangan va Fargʻonalik kitobxon doʻstlaringizdan soʻrang)

📆 27-noyabr
⏳ 10:00
📍 Andijon Mashinasozlik instituti kutubxonasi.

Ziyo davrasini oʻtkazib yubormang. Barchangizni kutamiz!

📱 Telegram 📱 Instagram  📱 Facebook  📱 TikTok
👍60❤‍🔥9🎉6❤5🔥5😢3🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mezana ilm markazida ayollar va erkaklarga ham notiqlik kursimiz davom etyapti. Agar sizda kuchli hayajon boʻlsa, agar siz ravon va sof nutq qilmoqchi boʻlsangiz, agar siz mustaqil fikrli va malakali muloqot olib borishga ehtiyoj sezayotgan boʻlsangiz biz sizga yordam beramiz.

Quyidagi raqamlarga qoʻngʻiroq qilib Omar Xalilning notiqlik kurslariga yozlishingiz mumkin:
📞 +998991155556
📞 +998991155512

Telegram akkaunt: @mezana_xodima
👍46❤22❤‍🔥7
Ilm + axloq + amal = yuksalish

1. (Ilm) Halollikni oʻrgandi - (axloq) oʻzini isloh qilmadi - (amal) boshqalarga ham tatbiq qilmadi = tanazzul

2. (Ilm) Halollikni oʻrgandi + (axloq) oʻzini isloh qildi - (amal) boshqalarga tatbiq qilmadi = muvaffaqiyatsizlik

3. (Ilm) Halollikni oʻrgandi + (axloq) oʻzini isloh qildi + (amal) boshqalarga ham tatbiq qildi = taraqqiyot

Formulaning misoli: Ilm olib halollikni oʻrgandi + halol yashadi + atrofidagilarni nohalol boʻlishga yoʻl qoʻymadi = muvaffaqiyat!

Ushbu formulaning biror boʻgʻini ishlamasa barobar toʻgʻri chiqmaydi.

👉 @umarhalil 👈
👍86🕊24🔥15👏15❤‍🔥13❤5
Muammoga duchor boʻlganlarga qarata tabassum bilan gapirayotgan notiq garchi ularni aldayotgan, avrayotgan boʻlsa ham, avomning unga ragʻbati va ishonchi ortadi.

Tashvishlarga koʻmilganlarga qarata kuyinib gapirayotgan notiq, garchi haqiqatni aytayotgan boʻlsa ham avomning unga ragʻbati va ishonchi ortmaydi. Sababi, fikriy falajlangan avom masalaning mohiyatini emas, qanday yetkazilishini oson ilgʻaydi.

Shu uchun kuldirganlarning oshigʻi koʻp, kuyinganlarning dushmani. “Millionni” million qilgan kulgichlarning oʻzidir.

👉 @umarhalil 👈
👍89❤22❤‍🔥17🎉9🔥4😢4🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayotingizda notoʻgʻri ishingizni oqlash holati boʻlganmi?

Umuman umringiz davomida ayblaringizni tan olish qiyinmi yoki ularni oqlashmi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring…

👉 @umarhalil 👈
😢53👍33🔥17❤‍🔥2❤1
Ota-onalarimiz farzandlariga moddiy bino qurishni oʻrgatishdi, lekin inson binosini qurishni oʻrgatishmadi. Farzandlarga toʻygacha uyni ta’mirlash kerakligi uqtirildi, biroq koʻngilni ta’mirlash oʻrgatilmadi, bolaga pul qilish oʻrgatildi, ammo yaxshilik qilish oʻrgatilmadi, farzandga begonalardan shubha qilish oʻrgatildi, lekin begonalar uchun ishonchli boʻlish oʻrgatilmadi. Natijada, bu farzand katta boʻlib uy qururshni oʻrgandiyu, oila qurushni eplolmadi, bu bola ulgʻayib soqqa qilishni oʻrgandiyu, ezgulik qilishni ish bilmadi, qiz bolani xoʻrlashni sharaf deb bildi, lekin keksayganda ona deb muqaddaslashtirdi, odamlarni aldashni uddaburonlik deb, ishonchli boʻlishni nodonlik bildi. Munofiqlikni vaziyatdan chiqish deb bildi, toʻgʻrilikni qusur hisobladi, boshqalarni yolgʻonchi dedi, lek oʻzi ishonchli boʻlmadi.

👉 @umarhalil 👈
👍86🔥47😢31❤10👏7❤‍🔥2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mezana ilm markazida ayollar va erkaklarga ham notiqlik kursimiz davom etyapti. Agar sizda kuchli hayajon boʻlsa, agar siz ravon va sof nutq qilmoqchi boʻlsangiz, agar siz mustaqil fikrli va malakali muloqot olib borishga ehtiyoj sezayotgan boʻlsangiz biz sizga yordam beramiz.

Quyidagi raqamlarga qoʻngʻiroq qilib Omar Xalilning notiqlik kurslariga yozlishingiz mumkin:
📞 +998991155556
📞 +998991155512

Telegram akkaunt: @mezana_xodima
👍44❤‍🔥3👏3😢1
Тирик инсон учун бадан оғриғидан кучлироқ тоқатни синайдиган нарса йўқ. Шу дунёдаги тоат ва ибодат машаққатларига чидамаган бадан, барибир бундан анча оғир ва абадий бўлган куйиш азобига тоқат қилиб туришига тўғри келади.

Нима демоқчиман, бугун яхши амалларга ҳаракат қилмай танамни аяб дангасалик қилар эканман, охиратда шу танамни баттар оғриши ва қийналишига барибир тоқат қилишга мажбур бўламан. Ҳозир эса енгилини танлашга фурсатим бор.

👉 @umarhalil 👈
👍152❤‍🔥38😢30❤16🔥6👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻz qadriyatlaringiz boʻyicha erkin yashaysizmi yoki atrofingizdagilar hayotingizda koʻp narsani belgilaydimi?

Izohlarda oʻz xoxishingiz bilan erishgan narsalaringiz va atrofdagilarning bosimi bilan rozi boʻlgan narsalaringizdan misol yozing.

👉 @umarhalil 👈
👏63👍39❤15🔥10❤‍🔥9🥰4😢2🕊2
YouTubedagi medialarimiz faoliyati so'nggi kunlarda faolligi kamaygan. Faolligimizni oshirish maqsadida Omar Xalilning oldingi o'qigan audiolarini qanchalik katta bo'lmasin jamlashga harakat qilib sahifalariga yuklamoqdamiz. Tanbehul G'ofilin kitobini ham shunday ko'rinishda jamlanma ko'rinishda 2 qismda chiqardik. Bu 2-qism. Endilikda Omar Xalilning medialarini uzluksiz katta vaqt mobaynida ish vaqti, yoki hordiq vaqtida hotirjam tinglashingiz mumkin.

Havola: https://youtu.be/PWfvruiElxs 👈
🔥75👍36❤‍🔥22👏7🥰3
Qish mavsumi kitobxonlarning sevimli davri. Shinamgina xona sevimli kitobingizni mutolaa qilish yoki sevimli hikoya, kitobingizni audiosini maroq bilan tinglash imkoniyati. Omar Xalilning ovozlashtirgan kitoblarining ichida eng uzun daqiqalik bo'lgan Tanbehul G'ofilin kitobi. Endilikda kitobni to'liq tinglashingiz mumkin. Kitobning umumiy vaqti 24 soat bo'ldi.
Hozirda youtube sahifamizda premyera ko'rinishda ketmoqda. Ayni paytda jonli uzatmani tinglashingiz yoki premyera tamoman tugaganidan so'ng audiosini telegram sahifamizda tinglashingiz mumkin. Qish kunlarida yoqimli mutolaa yoqimli hordiq hamrohingiz bo'lsin.

Havola: https://youtu.be/fPdJXFWlws4
🥰93👍65❤20🕊18❤‍🔥10🤩5🔥4👏2
Tafakkur Ila Mazza Qilib Tinglaysiz | Tanbehul G'ofilin | To'liq…
Omar Xalil
Tanbehul G'ofilin kitobi. Muallif: Faqih Abu Lays Samarqandiy Rahmatullohi Alayh.
Suhandon: Omar Xalil
To'liq holda.

👉 @umarhalil 👈
👍144❤‍🔥18🥰17❤12🕊11👏9😢6🔥5😁1🤩1
Oʻyinlarning eng yomoni odamlarning koʻnglini oʻyin qilishdir. Bunday oʻyinchi koʻngil binosini qurolmaydi, balki uni qulatadi. Qulagan koʻngillarga esa ishonchsizlik urugʻini ekadi va qalbi qattiq mahluqlarning shakllanishiga sababchi boʻladi.

👉 @umarhalil 👈
😢167👍58❤22❤‍🔥20🔥14👏8🕊8🥰2
​​QAYISHQOQ VIJDON

Ya’ni, egiluvchan, bukiluvchan vijdon degani. Bunday vijdon sohiblarini ayblash qiyin. Chunki, bular kelishini ham oqlay oladi, ketishini ham oqlay oladi. Bunday tur vijdon egalari bilan har qanday insoniy munosabatlarga kirishish muvaffaqiyatsizlik sari yetaklaydi, ayanchlisi faqat qayishqoq vijdon egasidan tashqari unga ishongan barcha odam yutqazadi. Psixologiyada kognitiv dissonans degan miya ziddiyati bor. Bunda insonning oʻz istaklari yashash tarziga mos kelmaganda yuz beradi. Qalb istagi va hayot tarzi bir biriga zidlashib qoladi. Mazkur vaziyatda odam oʻz istaklarini hayot tarziga moslashtirib oʻzgartiradi, holati yaxshi ekaniga oʻzini oʻzi ishontiradi yoki yashash tarzi notoʻgʻri qurilganini tan olib istaklari uchun hayot tarzini oʻzgartiradi. Vijdon ikki holatdan biriga oʻtishi kerak boʻladi. Qayishqoq vijdon esa birini qoralab unisini oqlasa, birozdan keyin unisini qoralab bunisini oqlashni boshlaydi. Bunday mujmal inson nafaqat oʻzini, balki ishontirgan odamlarini ham ogʻir ahvolga solib ketadi. Mardlik, aniqlik va jur’at kabi xususiyatlar shakllantirilmagan odamda mana shunday illatlar oʻrnashishi oson kechadi.

👉 @umarhalil 👈
❤‍🔥43👍32😢20👏5🎉1
Bu audiomizni siz ham tinglagan edingiz. Omar Xalilning millionlab insonlar tinglagan eng mashhur hikoyasi.

Havola: https://youtu.be/qys3huCZGA4
👏70👍29❤‍🔥12❤8😢7😁2
Dunyoga Tanilgan Mashhur Hikoya | Omar Xalil | Avliyo | @Omarxalil
Omar Xalil
O'sha siz bilgan millionlab yaqinlarimiz qalbidan joy olgan Zulfiya Mahmudning Avliyo qaynona hikoyasi.
Suhandon: Omar Xalil

👉 @Umarhalil 👈
👍111❤35😢26🔥11🕊9❤‍🔥5🥰2😁2
Tez kunda Omar Xalil bilan ovozli chat qilamiz. Qaysi mavzuda suhbatlashishni xohlaysiz?
Anonymous Poll
12%
Ijodiy faoliyat haqida
7%
Ijtimoiy-siyosiy mavzuda
20%
Shaxsiy savollarimizga javob olish
62%
Hayot, falsafa, tasavvuf va psixologiya
👍135❤‍🔥25❤13🤩10😢8🥰6🔥3🎉3
Ayollar muhabbat va fidokorlikda erkaklardan ustun boʻlishadi

• Er unga ishonch bersa, ayol unga butun hayotini topshiradi
• Er ayolga urugʻ eksa, ayol unga farzand qilib qaytaradi
• Er unga masalliq bersa, ayol unga mazali taom qilib qaytaradi
• Er unga uy tamin etsa, ayol butun umr uyni parvarishlaydi
• Er unga tabassum qilsa, ayol unga bagʻrini ochadi
• Er kasal boʻlsa ayol gʻamxoʻrlik qiladi, ayol kasal boʻlsa ham yuk boʻlishni istamaydi

Ayollar har bir qilingan yaxshilikni koʻpaytirib qaytaradi. Tongda ishga ketayotganda birgina sevishingni aytganing uchun to qaytguningcha sendan boxabar boʻladi. Faqat birinchi qadamni erkak tashlashini kutishadi xolos. Fahm-farosatli erkaklar birgina tashabbus bilan ayollarining hurmat va muhabbatini qozona olishadi, bunga ahamiyatsiz boʻlgan erkaklar esa oila binosining poydevorini moʻrtlashib qolishiga sabab boʻlishadi. Loqaydlik va qilingan zulmga ham oʻn barobar qilib javob qaytarishadi. Butun boshli erkak ekaninga tupurishadi. Shuni ham unutma!

👉 @umarhalil 👈
👍224❤60🕊21👏17😢15🥰11❤‍🔥10🔥8😁6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻgʻlim Umarni Hazrati Umar roziyallohu anhudek adolatli rijol qilib tarbiyalashni niyat qilganman. Toki, lugʻatidan adolat oʻchib ketgan bu xalqni qaddini tiklasin, qadrini koʻklarga koʻtarsin, ellar ichida farovon qilsin, nochor xalqining koʻksiga xurlik shabadasini olib kelsin. Eng kamida ikkimiz ham shu yoʻlda yashab oʻtamiz, inshaalloh.

👉 @umarhalil 👈
🥰466👍158❤‍🔥63❤59👏31🕊20😢11😍7🔥5🎉4🤩4
Alloh bir bandani sevsa Jabroil alayhissalomga ham uni sevishni buyuradi. Jabroil ham samo farishtalariga oʻsha bandani sevishlarini aytadi. Natijada butun koinot ahli oʻsha bandaga muhabbatli boʻla boshlaydi. Parvardigorimning muhabbat nazari mening nifoq toʻla qalbimga tushib uni poklashidan umidvorman. Boyazid Bistomiy hazratlarining tabirlari bilan aytganda, mening Allohim deyishim hech narsani hal qilmaydi, magar U bandam demasa.

@umarhalil 👈
❤237👍80😢74❤‍🔥26🥰8🕊8😍7😁6🔥5👏4🎉2