Omar Xalil
11K subscribers
1.16K photos
445 videos
22 files
359 links
Shiorimiz:

• Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish
• Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish
• Samimiylik va muhabbatni tarannum etish
• Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish

Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot
Download Telegram
Allohdan kuch so'radim, kuchli bo'lishim uchun menga qiyinchiliklar berdi.
Allohdan donolikni so'radim, hal qilishim uchun menga muammolar berdi.
Allohdan jasorat so'radim, yengishim uchun xavf-hatarlar berdi.
Allohdan sevgi so'radim, yordam qilishim uchun muammolari bor insonlarni berdi.

Duolarim qabul bo'lgan edi.

©Tundalik

@umarhalil 👈
👍168🥰44😢23🕊22❤2
Men jamiyatni farovon yashashi uchun, avvalo, yaxshi farzand, yaxshi ota va yaxshi umr yo‘ldosh bo‘lishim, ana undan keyin boshqalarga yaxshilik ulashishim mumkin. Hasan Basriy hazratim aytganlaridek, biz o‘git beruvchilarga emas, o‘rnak bo‘luvchilarga har qachongidan muhtojmiz. O‘git beradigan darajaga chiqish uchun o‘rnak bo‘larlik maqomda bo‘lishim lozim ekanini tushinib yetaman.

👉 @umarhalil 👈
👍108🕊28🥰13😢4
Qiyomat qo'pganda
@umarhalil
Bu mediamizni tinglaganmidingiz? Ushbu mediamizni takroran sizga havola etyapmiz.

Bir vatandoshingizning timsolida mamlakatdagi notoʻgʻri siyosatning, odamgarchilikni oʻlib borishi nima oqibatlarga olib kelayotganini koʻring, eshiting, dars oling, vijdoningizni uygʻoting!

👉 @umarhalil 👈
👍69🥰11😢9🕊7
YouTube sahifamizda yangi media.
Yig'latadigan Ikki Voqea. Ushbu ikki voqeani tinglab ham ta'sirlanasiz ham yetarli ibrat olasiz degan umiddamiz.

Havola: https://youtu.be/hN7j30aBTnc
👍64😢18🥰8🕊8❤2
Yig'latadigan Ikki Voqea | Omar Xalil | Albatta Ko'ring
Omar Xalil
Sizni yig'latadigan ikki ta'sirli voqea. Eshitib ta'sirlanmay iloj yo'q. Suhandon Omar Xalil ijrosida.

👉 @umarhalil 👈
😢65👍31🕊16❤4🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hech qachon kibrlanmaslik bo‘yicha master-klass. Xususan, shou-biznes vakillari va mansabdorlar uchun.

Omar Xalil

👉 @umarhalil 👈
👍94🥰12🕊9🔥1
Yoʻgʻon choʻzilib, ingichka uziladigan, bardoshing sinaladigan vaziyat kelganda, shu gaplar qoʻlingdan mahkam tutadi!

Agar Alloh seni mol-dunyodan qisganini, ustingda balo va musibatlarni koʻpaytirganini koʻrsang, bilgilki, sen Uning huzurida azizsan. Uning huzurida darajang bor, seni avliyo va asfiyolari yoʻlida yurgʻizib qoʻygandir. U seni koʻrib turgan.

Alloh taoloning: "Rabbingning hukmiga sabr qil, albatta sen koʻz oʻngimizdasan. Va qoyim boʻlgan paytingda Rabbingni hamdi bilan poklagin", deganini eshitmaganmisan?

Imom Abu Homid Gʻazzoliy

👉 @umarhalil 👈
👍143🥰28😢20🕊16
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Баъзи неъматлар инсонлар кўринишида бўлади. Уларнинг қадри узоқлашганда ёки вафот этганда билинади.

👉
@umarhalil 👈
👍91😢26🕊23🥰6
Omar Xalil romantizm janrida reklamani qanday yetkazadi 😁

👉 @umarhalil 👈
👍217🥰54🕊29😁8😢3
Bugun soat 23:00 gacha Omar Xalildan yangi hikoya chiqadi. Uxlab qolmanglar, ogohlantirib qoʻydim 🥱
👍134🥰41🕊33
Sen o'zimnikisan
@umarhalil
“Seni yomonlarga berib qoʻymayman!”

Ushbu voqea yigit kishining erkak boʻlib shakllanishi, jur’at haqida, bevalik qismati, jamiyatdagi iqtisodiy tanglikning hisobidan inson qadrining tushishi va hayotning ogʻirlashuvi kabi turfa xil jihatlarni qamrab olgan. Hech boʻlmaganda, oʻz baxting uchun jur’atli boʻl.

👉 @umarhalil 👈
👍114🥰25🕊25😢23
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Омар Халилнинг йўли шу 👆

Видеони томоша қилинг ва бизнинг йўлимизни билиб олинг 🥰 🥰 🥰

Бошқа саҳифаларимиз 👇

Telegram | Instagram | Youtube
🥰74👍66🕊18👏3🔥1
Omar Xalil nonni romantik janrda qanday reklama qiladi? 😁

“Boʻydoq ochqaganidan koʻzlari Oyni kulcha koʻradi. Uylangandan soʻng esa har bir kulchani Oydek koʻradi”.

Biostore doʻkoniga taklif qilamiz, bir aylanib keting 😊

Manzil: Bu yerda 👈
🥰122👍77🕊19😁3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Omar Xalilning notiqlik kursiga qabul boshlanganini e’lon qilamiz ⚡️⚡️⚡️

Kurs haqida videoda ma’lumot olishingiz mumkin. Bundan tashqari 9-oktyabr sanasi soat 14:00 da “Mezana” ilm markazida Omar Xalilning notiqlik dasturi taqdimoti boʻlib oʻtadi.

Taqdimotda istalgan odam qatnashishi va Omar Xalilning oʻzidan savollariga javob olishi mumkin.

Kursga yozilish va qoʻshimcha ma’lumot olish uchun raqamlar:
📞 +998991155510
📞 +998991155512

Telegram orqali roʻyxatdan oʻtish uchun: @mezana_xodima

Manzil: Yunusobod tumani, Bogʻiravon koʻchasi Modern Stroy binosi 55-uy.
Xaritadagi joylashuv: Bu yerda 👈
👍43🥰12🕊3
Instagramda tinimsiz give konkurs oʻtkazadigan bola bor. U bu ishi orqasidan katta daromad topadi va komfort maqsadlarini amalga oshiradi. Eng qizigʻi faqat givchining oʻzigagina katta foyda olib keladigan bu konkursning tekin xizmatchilari odamlarning oʻzi boʻladi. Yuz minglab odam faqat bir necha kishigagina yetadigan yutuq uchun konkursning murvatlari vazifasini bajaradi. Yana ham qizigʻi esa ana shu yuz minglab odam yutuq chiqadigan sanoqli odamlar qatorida boʻlishim mumkin degan ishonch bilan xizmat qilib beradi. Odamlar qanchalik koʻp boʻlsa yutuq chiqish ehtimoli ham shu qadar kamayib borishi aqliga kelmaydi. Eng yomoni esa boshqalarning sahifasini va shaxsiy chatlarini iznsiz shu kabi axlatlarga toʻldirib tashlashlari boʻladi. Bu givlarga ergashgan noshut olomon na yutuqqa erishadi, na savobga. Faqat boshqalarni bezovta qilgani qoladi xolos.

Mamlakatda sogʻlom aql qanchalik kamaysa, dangasa aqllarni tekinga oʻynatadigan aqllar chiqib kelaveradi. Agar talab boʻlmaganda, taklif ham boʻlmasdi. Ahmoqgarchilikni toʻxtatish mumkin - faqat qilmaslik bilan!

👉 @umarhalil 👈
👍245😢17🕊9🔥2👏1
​​Har qanday yomon maqsadlar yaxshilik ortiga berkinib keladi. Chunki, biror bir inson yomon niyatlariga birorta ham ishonch eshiklari ochilmasligini juda yaxshi biladi. Shu uchun yovuz maqsadlar yaxshilik qilish da’vosi bilan hayotingizga kirib oladi. Bunga tarix doim guvoh boʻlgan va boʻlyapti.

Xalqini aldab xorlikda qoldirganlar ham avval yaxshi da’volar bilan hokimiyatga kelgan. Bebaxt qizlarni koʻpaytirgan firibgar yigitlar ham avval yaxshi gaplar bilan ishonchga kirgan. Erlarning orini sindirgan xotinlar ham avval iboli koʻrnib hurmat qozongan. Kelinlarni qulga aylantirgan qaynonalar ham avval yaxshi va’dalar bilan koʻngil ovlagan. Sherikchilikni sindirganlar ham avval omonatdorlik qilib ishonch qozongan. Umuman insonning ichonchi oʻlishiga yomon maqsadlarning yaxshilik libosiga oʻralishi sabab boʻladi. Oqibatda ishonchi singan bu insonlar yaxshiliklarga ham negativ qarashga odatlanadi. Jamiyatda negativ munosabatlarning shakllanishiga yaxshiliklarning yomonlikka xizmat qildirilishidan kelib chiqadi. Chunki, hech bir razillik oʻz razolatini yalangʻoch holida namoyon qilmaydi, u albatta “yaxshilik” libosiga kiydiriladi.

Bunday vaziyatda nima qilish kerak ekanligi borasida ham darslarim orqali takliflar berib borishga harakat qilaman.

👉 @umarhalil 👈
👍112😢19🕊12🥰4👏2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuz. Maydalab yomgʻir yogʻishi. Soyabon, uchtasi birda issiq coffe, Yevropaning qadimiy koʻchalari. Bir juft hamroh. Yayov yurib hayot haqida suxbat.

Bu mening eng sevimli muhitim, sevimli lahza, sevimli kayfiyat, sevimli hislar, sevimli munosabat… 🌧️☔️☘️🕊️

👉 @umarhalil 👈
🥰165👍86🕊21😢9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍128🥰69🕊47
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Berilib gapirayotganimda parcha videoga olib qoʻyishibdi. Yaxshi gaplar gapirgan ekanman 😌

(Nima uchun romantizm janridagi hikoyalarni oʻqishim haqida gapirayotgandim)

👉 @umarhalil 👈
👍133🥰30🕊14😢5❤‍🔥1🔥1
Yalangʻochlik avrat hisoblanadi. Sababi uning ortidan fitna chiqadi. Bilimsizlik ham avrat hisoblanib, u ham fitnaga sabab boʻladi. Shunday ekan uni ilm bilan satr qilish shart.

👉 @umarhalil 👈
👍196😢28🕊28🥰7❤‍🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdagi Avstriyaning IMC Krems universiteti talabalari men haqimda taqdimot qilishibdi va birinchilikni olishibdi. 🥳 🥳 🥳
Ukalarim va singillarimni tabriklayman!

Anaqa, agar yaxshi baho kerak boʻlsa kelovraslar 😎 😎

👉 @umarhalil 👈
👍139🥰50🕊20😢2❤‍🔥1😁1