Munofiq
@umarhalil
Agar erkakni hamiyat, mardlik, himmat va oriyat tark etsa, u “erkak”laqabli munofiqqa evriladi. Jamiyatdagi erkaklik qanchalik toza boʻlsa, bunday nasli buzilganlarni erkaklarning oʻzi tozalaydi. Aksincha, boʻlib bular omonlikda yashab yursa va qizlarimiz shundaylarni qoʻliga qoʻsh qoʻllab berilsa, demak erkaklik sha’nimiz jiddiy tanazzulda ekanidan dalolat.
👉 @umarhalil 👈
👉 @umarhalil 👈
👍72😢37❤10👏10😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hazrati Muso alayhissalom Alloh taologa men seni qayerdan izlayin deb soʻraganida, Robbul Izza meni qalbi siniqlar huzurida topasan deb javob bergandi.
👉 @umarhalil 👈
👉 @umarhalil 👈
❤130👍45😢40🥰5🔥1
Yaxshilik taratish
@umarhalil
“Kim oʻzi yaxshi koʻrgan narsasini birodariga ham ilinmaguncha komil moʻmin boʻla olmaydi”.
Nabiy sollallohu alayhi va sallam
👉 @umarhalil 👈
Nabiy sollallohu alayhi va sallam
👉 @umarhalil 👈
❤76👍33🥰11👏5🔥2
Ishqparast
@umarhalill
Bugungi musulmon shaxsiyatining global muammosi iste’molchi individga aylanib borayotganidir. U Qu’ron oʻqiydi, hadis oʻqiydi, shariatga amal qilishga harakat qiladi, ma’ruzalarni bosib tinglaydi, diniy bahslarda faol boʻladi, din gʻamida yashayotgandek hisoblaydi oʻzini. Lekin, birortasi uning boʻgʻzi va xotirasidan nariga oʻtmaydi. Ilohiy ishtiyoq qalbiga kirmaydi. Allohni qalbiga jo qilolmay, hayot oqimida faqat shakl-shamoyilga oʻralashib yuraveradi.
Ushbu audiokitobimiz Allohni izlab safarga chiqqan va bu yoʻlda nimalarni kashf qilgani, nimalarni anglab yetgani haqidagi ajib taassurotlarni boʻlishib boradigan yigitning kechirganlari hikoya qilinadi. Shoyad, Ma’rifatullohni qidirib yurgan bandalar uchun foydali boʻlsa, kaminani ham qiyomatda shu insonni ham menga foydasi tekkan deb Allohning rahmatiga sazovor qilsangiz boshim osmonga yetadi.

👍135❤30😢11🥰10🔥1😁1
Alloh bilan oʻzimni oʻrtamdagi norozilikni Robbim kechirishi mumkin. Lekin, banda bilan oʻrtamizdagi norozilikni oʻsha bandaning oʻziga qoldiradi. U xohlasa kechadi, xohlamasa yoq. Alloh esa uning xohishiga qarab menga hukm oʻqiydi. Endi jamiyatimizda bir birimizni norozi qilib yashayotganimizga boqaman. Bir birini haqqini yegan, bir biriga zulm qilgan, bir biriga xiyonat qilgan odamlar; qanchalab kelinlarni xor qilgan qaynonalar, qanchalab qaynonalarni oyoq osti qilgan kelinlar, qanchalab xotinlarni azoblagan erkaklar, qanchalab erlarni kuydirgan ayollar, qanchalab ota-onalarni qiynagan farzandlar, qanchalab farzandlarni bebaxt qilgan ota-onalar, qanchalab bir birini itargan jigarlar, qanchalab bir birini sotgan doʻstlar, qanchalab bir birovoni xonavayron qilgan qoʻshnilar. Bu ketishda hammamiz oxiratga nafaqat gunoxlar karvoni bilan, balki bir birimizga boʻlgan alam va nafrat bilan ham ketamiz. Natijada qiyomatda hammamiz bir birimizni doʻzahga tiqib yuborishga shay turamiz.
Omar Xalil
👉 @umarhalil 👈
Omar Xalil
👉 @umarhalil 👈
😢149👍54❤14
#YUMOR
Ayol kishining qalbi uyga oʻxshaydi. Unga kirgan odam bir umr yashaydi. Erkak kishining qalbi esa karvonsaroyga oʻxshaydi. Toʻgʻri kelgani kirib chiqib ketaveradi. Shuning uchun ayol sadoqat timsoli, erkak esa bagʻrikenglik timsoli boʻlib qoladi. 😁

😁335😢75👍60❤29👏15🥰5❤🔥1
Hazratim Abu Bakr Siddiq
@umarhalil
#YANGILIK
Bugun sizlarni xushnud qiladigan yaxshi xabarimni e’lon qilish fursati keldi. Tez kunda ovozlashtirilayotgan yangi audiokitobni taqdim etishni boshlaymiz. Ushbu asar qahramoni mening sevimli kumirim, hazratim Abu Bakr Siddiq boʻladilar. Ushbu ishga homiylik qilayotgan, oʻzidan sadaqayi joriya qoldiraroyatgan, ilmni qoʻllab quvvatlab tarixda iz qoldirayotgan birodarimizni ham duolaringizda eslab qoʻyishingizni iltimos qilardik. Va mana shunday ilmga sarmoya qiladigan joʻmard millatdoshlarimiz koʻpayishini tilab qolamiz.

❤169👍98🥰22👏20😢4
Meni bir narsa oʻylantiradi 🤔
Nima uchun shirin va yoqimli hidlar havoda koʻp turmaydi. Atrofdan tez tarqalib ketadi.
Lekin, sassiq va achqimtil hidlar havoda koʻp saqlanib turadi. Hatto bir necha kun ketmaydi.
Masalan, uyimiz binosidagi liftga necha marta tushgan boʻlsa yoqimli hidlar qaytib kelgunimcha uzogʻi bilan 2 soatdan keyin yoʻq boʻladi. Bir kuni kimdir achigan qaymoq bilan liftga kirgan ekan. Sassigʻi 3 kun turdi va chiqqan odamni azobladi. Nega shunaqa a? 😁

😁195👍57❤10😢9
Hazratim Abu Bakr 1-qism
@umarhalil
❤77👍50🥰17😁6😢5🤩1
Men falastinliklarning vatanparvarligiga qoyil qolaman. Yarim asrdan ziyoda vaqt davomida Isroilning bosqinchiligiga qarshi kurashdan toʻxtamaydi. Yarim asrlik zoʻriqish, mislsiz talofotlar, yoʻqotishlar, qurbonlar, qashshoqlikka qaramay falastinliklar oʻz yerlari va muqaddasotlari uchun kurashdan aslo toʻxtagan va magʻlubiyatni boʻyniga olgan emas.
Qaniydi oʻzbeklarda ham mana shunday joʻmard vatanparvarlik boʻlsa, mana shunday metin iroda boʻlsa. Bir oʻzbek Putin bizni boqadi desa, biri biz Rossiya panohiga kirishimiz kerak deydi. Biri Xitoyning kirib kelishidan xavfsirasa, biri Xitoyning kelishidan faqat manfaat borligini ustun koʻradi. Biri esa bizni taqdirimiz umuman qiziqtirmagan AQSHni yoʻlchi yulduz deb biladi.
Bundan ikki yilcha avval Kamolon mahallasidagi rus bosqinchilarining xotirasiga oʻrnatilgan chesovnikni hukumatimiz ta’mirlab berganida bu xalqning tuki qimirlamagandi. Holbuki, oʻsha askarlar Toshkent ximoyasiga chiqqan bizning otalarimiz va onalarmizni oʻldirgan edi.
Suratda kuni kecha Gʻazo sektoridan Isroilga javoban otilgan raketa hujumlari va Isroilning temir gumbazining samodagi koʻrinishi aks etgan.
Yaqinda Koreya kinoijodkorlari tomonidan ishlangan “Men taxi haydovchisiman” deb nomlangan filmni koʻrib tugatdim. Unda Gvanjou xalqining harbiy diktaturaga qarshi qoʻzgʻoloni aks etadi. Shu epizodda bir namoyishchi bolaning gapi yodimda qoldi.
“Umrim oxirigacha birovning irodasiga qul boʻlib yashagandan koʻra, bir kun oʻz irodam bilan halok boʻlganim afzal”
Falastin xalqiga xayr va ofiyat tilayman. Xulosani oʻzingizga qoldiraman.

👍138😢58❤15👏11🥰4🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolaligim oʻsgan mahallada suv artezianlari koʻchalarda aqlimni taniganimdan beri oqib yotadi. Aslida undan ham avval mavjud boʻlgan. Oʻzim bilganim chorak asrdan beri oqib yotgan chuchuk suvning qanchasi shunchaki ariqqa oqqani va shunchaki tomorqalarga ishlatilgani tasavvur qilishga ham qoʻrqaman. Dunyoda suv tanqisligini bilganimdan keyin oʻsha artezianlarni yoʻl-yoʻlakay oʻchirib yuradigan boʻlgandim. Lekin, koʻpchilikning bunga befarqligi koʻngilni tashvishga solaverardi. Bugun oʻsha tashvishlar jiddiy havotirga ham olib kelibdi.
👉 @umarhalil 👈
👉 @umarhalil 👈
👍121😢59❤6👏3😁2
Inson qanchalik kam bilsa, shu qadar notoʻgʻri fikrlaydi. Xato fikrlar notogʻri qarashlarni shakllantiradi. Notoʻgʻri qarashlar notoʻgʻri hayot tarzini yaratadi. Notoʻgʻri hayot tarzi noʻtoʻgʻri xulosolarga olib keladi. Notogʻri xulosalar oʻzini va boshqalarni asllikdan uzoqlashtiradi, adashtiradi.
Omar Xalil
👉 @umarhalil 👈
Omar Xalil
👉 @umarhalil 👈
👍222❤28👏16😢9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Birovlarga zulm qilayotgan boʻlsang, bunga meni majburlashdi, ota-onam shunday talab qoʻyishdi, rahbar shuni buyurdi, oʻshanda vaziyat shunaqa edi degan vajlar oʻtmaydi. Har kim oʻzi javob berishini yodimizda saqlashimiz kerak.
👉 @umarhalil 👈
👉 @umarhalil 👈
👍130👏18😢15❤9🔥1
Hazratim Abu Bakr 2-qism
❤62👍33🥰9😢7😁2
Hazratim Abu Bakr 3-qism
@umarhalil
🥰47👍35❤13👏6🕊1
Қўлида яхши даромад келтирадиган ҳунари ёки билими бўлмаган одам оғир мехнат қилса ўзи айбдор. Лекин, қўлида гулдек ҳунари ёки юксак билими бўла туриб камдаромад ва оғир мехнат қилишга мажбур одамни кўрсангиз бунга жамиятнинг ўзи айбдор бўлади. Чунки, мамлакат бундай кадрларга етарли шароит ва яхши маош тўламагани оқибатидан юзага келади. Қийинчиликдан нолиганларнинг ҳаммасининг ҳам оғзига ношукур деб уришдан тийилиш лозим. Сабаби, айрим нолалар ўзимизнинг зулмимиз ва лоқайдлигимиздан келиб чиқади. Зотан зулмга шукр қилишга танбеҳ бериш адолатсизликка шароит яратиш. Бу эса Парвардигорнинг фарзи аъйнига нисбатан ақлсизларча қилинган қарши юришдир. Мўмин киши ҳар нарсада олтин ўрталикни топишга интилиши, ҳатто гапиришда ҳам нимани, қаерда, қайси ўринда, қай даражада гапиришнида фаросат билан бажариши лозим.
👉 @umarhalil 👈
👉 @umarhalil 👈
👍156🕊53👏19😢15❤10
НОНКЎРЛИК...
Туркиядаги Ўзбек аёлларининг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш жамияти асосчиси Озода Исломова:
— Ишимизда нохуш ҳолатлар ҳам бўлиб турадими? Ҳа, афсуски, бор бундай ҳолатлар. Бир воқеани айтиб берай: бир аёл бемор бўлиб Истанбулдаги касалхонада даволанди. Узоқ муддат даволанишдан сўнг касалхона 108 минг доллар ҳисоб чиқариб берди. Табиийки, у аёлда бунча пул йўқ. Биз касалхона раҳбарияти билан, ундан юқори ташкилотлар билан мулоқотга киришдик, консулхона ҳам бу ишга аралашди ва узоқ музокалардан сўнг Туркия томон ватандошимизни касалхонадан чиқариб юборишга кўнди. Тасаввур қиляпсизми, Туркия томони 108 минг долларнинг баҳридан ўтди. Бунга эришгунча озмунча ҳаракат қилмадик. Аёлни Ўзбекистонга кузатиш асносида шунақанги шармандали иш бўлдики, асти қўяверасиз.
Касалхонадан чиқар кунимиз етиб бордим, самолётгача кузатиб қўйишим керак. Бир пайт касалхона эшигидан чиқаётганимизда детектор ишлаб кетди, дарров қўриқчилар етиб келишди, аёлнинг юкларини текшира бошлашди. Не кўз билан кўрайки, ватандошимизнинг сумкаларидан касалхонага тегишли чойшаблар, матолар чиқиб кела бошлади. Ҳар бир сумкани очишганида ўғриланган ашёлар чиқди. Ер ёрилса-ю, кириб кетсам!
Менга ҳам ўша жиноятнинг шериги сифатида қарай бошлашди. Полиция чақирамиз, қамаймиз, дейишяпти, мен буёқда ялиниб ёлворяпман: “Илтимос, ундай қилманг, бу аёл ватанга қайтиши керак, самолёти учай деб турибди”, дея. Тиз чўкмаганим қолди, холос. Энг ёмони биласизми нима? Рация орқали “ўзбек ватандоши ўғрилик устида қўлга тушди”, дея хабар беришаётганида адойи тамом бўлдим. Ватаним, миллатим учун уялдим, хўрлигим келди. Ўзи Туркия томони комада ётган ўша аёлни оёққа турғизиб берди, 108 минг доллардан кечиб турибди, нега ўғрилик қилади ахир? Шу аёл хасталиги вақтида бошидан охиригача ёнида туриб берган бизни, консулхонани, ватандошлари шаънини ўйласа бўлмайдими? Шуми марҳаматга жавобан раҳмат?
Инсонни паразитга айланишига ҳаётий мисол бу. Диёнатсиз ҳаёт тарзи, эътиқодга кўра яшамай, яшашига кўра эътиқод қилишнинг натижаси. Жуда таассуфдаман (((

😢172👍45🥰6❤4
Agar qiz oʻzini yigitning oyogʻi ostiga tashlamasa, yigit ham uni oyoqosti qilolmaydi. Ya’ni, nikohdan avval yigitlarga kelajagini, qoʻlini va tanasini topshirish nasiyaga olingan poyondozdir. Sababi, yigit kishi hech qachon nikohini zinoning ustiga qurishni istamaydi. Siz esa shunchaki koʻngilxushlik qurboni boʻlib qolaverasiz. Nikoh - bu avvalo qiz bolaning sugʻurtasidir.
Omar Xalil
👉 @umarhalil 👈
Omar Xalil
👉 @umarhalil 👈
👍312❤52👏28😢24🥰6🔥1
Hazratim Abu Bakr 4-qism
@umarhalil
👍49❤14👏7🥰6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadriyatlarga boy maskanda, sizning talablaringiz ila yangi mavsum start olmoqda!
💡 Kompas Liderlar akademiyasida qabul boshlandi. Bu yerda siz:
- Siyosiy savodxonlik;
- Notiqlik san'ati;
- Oilaviy munosabatlar;
- Moliyaviy bilimlar;
- Shaxsiy rivojlanishda odobning o'rni va yana bir qator kerakli bilim hamda tajribalar bilan tanishtirib borilasiz.
Eng muhimi, siz akademiyada tahsil olganingizdan so'ng jamiyat uchun kerakli lider bo'lib yetishasiz!
🔥 Kompas Liderlar akademiyasining navbatdagi mavsumiga yozilish uchun ro'yxatdan o'ting va biz bilan hoziroq bog'laning!
☎️ +99855-500-71-71
📩 Telegram: @Manager_kompas
👉🏻 Ro'yxatdan o'tish uchun havola
🧭 Kompas Liderlar akademiyasi - o'ziga xos qadriyatlarga asoslangan ta'lim tizimi!
Telegram | Instagram | YouTube

👍48❤6👏3
Aziza Umarning yozishicha, 3 yoshli qizaloqning onasi Turkiyaga ishlash uchun ketadi. Qizni esa oʻz holasining qaramogʻiga qoldiradi. Bola tinimsiz kaltaklanib kelishi oqibatida oʻlib qolgan.
Kuchsiz va ojiz bolalarning zulm kaltagi ostida qolib nobud boʻlishi bilan bogʻliq xabarlarni eshitsam yuragim yorilib ketay deydi. Koʻzlaring ostida moʻltirab qarab turgan, jajji qoʻlchalari bilan oʻzini ximoya qilishga urinayotgan, har bir kaltakning ogʻrigʻidan nola qilib ingrab yigʻlayotgan ojiz bolani oʻldirar darajada kaltaklash uchun boshda turgan miya qay darajada, nima sabablar bilan bu qadar chirigan boʻlishi mumkin? Bunaqa vaxshiyga aylanish motivlari nimada?
Bundan avval kasalxonada chaqaloqni siltab urayotgan ayolni koʻrib ham etim uvishib ketgandi. Endi bunisi boʻlsa bira toʻla oʻldirib ham qoʻyaqolibdi. Aziza Umarning berayotgan takliflarini davlat siyosati darajasida amalga oshirilishi tarafdoriman. Diyonatli insonlarning jamiyatdagi vazifasi, zolimlarni tiyib turish, mazlumlarni ximoya qilishdir.

😢219👍58👏21❤10