Omar Xalil
11K subscribers
1.16K photos
445 videos
22 files
359 links
Shiorimiz:

• Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish
• Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish
• Samimiylik va muhabbatni tarannum etish
• Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish

Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot
Download Telegram
Margʻilondagi uchrashuvimiz ijobiy tempda oʻtdi. Suxbatimizda iffat haqida, kitob oʻqish haqida, aqliy tanballik, hikoyani ovozlashtirish qoidalari, ilmni hayotga tatbiq qilish, asar tavsiyalari, Maryam onamiz hayotlaridan va Ahmad Lutfiy Qozonchining “Qaynona” asaridan epizodlarni hikoya qilib berish va son-sanoqsiz dastxatlar bilan oʻtdi.

Tashkilotchilarga ham, kelgan mehmonlarga ham chuqur tashakkurimizni izhor qilib qolamiz.

👉 @umarhalil 👈
👍78❤26🥰17👏12
Koʻngillarni zabt etish bosqinchilik hisoblanmaydi. Odamlar sizni yaxshi xotiralar bilan yodga olishlarini istasangiz, ularga doim samimiy va kamtarinlik bilan munosabatda boʻling. Shunda ularning nafaqat xotiralarida, balki koʻngillarida ham yashayverasiz.

Omar Xalil

👉 @umarhalil 👈
👍121❤52👏13🥰12😢4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mahbubangni qalbiga shu qadar oʻq uzginki, muhabbatingni qalbidan bir umr sugʻura olmasin!

©️Omar Xalil

👉 @umarhalil 👈
❤196😁114👏54👍50🥰40😢9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andijondagi taqdimotimizga kelganlardan minnatdormiz. Alloh barchalaridan rozi boʻlsin hamda bizni yuzimizni ularning oldida ham yorugʻ qilsin!

👉 @umarhalil 👈
👍64❤22👏11🥰1
Andijondagi “Insan” akademiyasidagi taqdimotimizdan lavhalar.

Tadbirga kelganlardan suratlar va videolarni kanalimiz botiga yuborishlarini iltimos qilib qolardik.

👉 @umarhalil 👈
👍77❤25👏7🥰5
Боролмадим...
@umarhalil
Madinada tonglar otdi.
Borolmadim…

Juda ham samimiy yozilgan va oʻqilgan she’r. Koʻngildan chiqqan satrlar, qalbdan chiqqan ijro yuraklarni yumshatur.

👉 @umarhalil 👈
👍101❤42😢40🥰6👏2🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andijondagi tadbirda bir singlimiz turib, Men sizga faqat rahmat aytish uchun keldim. Sizni ijodingiz tufayli ibodatlarimda hushu topdim, hatto tahajjudga turolmay erinadigan qiz, tahajjudga muhabbat bilan turadigan boʻldim deb yigʻlab yubordilar. Bir ukamiz esa Omar aka, dindan uzoq va faxshga botgan doʻstim sizning hikoyalaringizdan keyin qanchalik ibodatga tushib ketganini hamda solih yigitga aylanganini tasvirlab berolmayman. U sizga juda katta minnaddorchiligini bildirib yubordi, deya aytib berdilar.

Allohga hamd! Muhabbat bilan ekilgan urugʻlar koʻngillarda nihollarini berishni boshlabdi.

👉 @umarhalil 👈
👏179❤82👍53🥰37😢25
Bugun arafa kunida yangi hikoya siz aziz muhlislarimiz uchun. Soat 21:10 da hamkor kanalimiz youtube sahifasida. Audio ko'rinishi esa bizning kanalda 21:30 da birga tinglaymiz.

Ha aytgancha, bugungi Arafa kuni va kelayotgan Iydul Qurbon hayiti bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz...
❤67👍35🥰8👏7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitob oʻqishda ayrim jihatlarni ham hisobga olib mutolaa qilinsa, notiqlik qobiliyatlarini yaxshi shakllanib borishiga hissa qoʻshadi.

👉 @umarhalil 👈
❤37👍27👏7
Audio
Hech bir zamonda, hech bir makonda eskirmaydigan, qiymatini yoʻqotmaydigan hamda zarur fazilat bor. Bu - halollik. Halol insonlarga hamma joyda ehtiyoj bor. Zotan, ushbu hikoyamizni eshitgan odamlar hayotlarida halollikni oʻzlarining ajralmas fazilatlariga aylantirib olishsa, ajab emas.

👉
@umarhalil 👈
👍69❤20😢14👏7🥰4😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤154👍85🥰45😁18👏12😢3😍1
Сизни кўрмасдан севдик
@umarhalil
#Шеърият

Росулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи васаллам) сизни кўрмасдан севдик

👉
@umarhalil 👈
❤63👍18😢11🥰7👏3😁2
Alloh bir bandani sevsa Jabroil alayhissalomga ham uni sevishni buyuradi. Jabroil ham samo farishtalariga oʻsha bandani sevishlarini aytadi. Natijada butun koinot ahli oʻsha bandaga muhabbatli boʻla boshlaydi. Parvardigorimning muhabbat nazari mening nifoq toʻla qalbimga tushib uni poklashidan umidvorman. Boyazid Bistomiy hazratlarining tabirlari bilan aytganda, mening Allohim deyishim hech narsani hal qilmaydi, magar U bandam demasa.

👉 @umarhalil 👈
❤131👍62😢21🥰20👏6
IJTIMOIY ODOBLAR

Birovning eshigiga borganingda taqillatmasdan turib eshik ochib uyga qarama. Chunki uy ahli qanday vaziyatda ekanini bilmaysan. Ularni uyat va hijolatga qoʻyish odobsizlikdir.

Mehmondorchilikka borishdan avval doim uy egalarini ogohlantirgin. Ular charchagan, endi dam olgan yoki safarga otlanib boshqa rejalar qilib qoʻygan boʻlishi mumkin. Toʻsatdan kutilmagan mehmon boʻlib kelish ularni noqulay vaziyatga solib qoʻyishi mumkin.

Agar koʻchada yurishing jamoat transportida yurishni taqozo qilgan boʻlsa, koʻchaga ozoda va xushboʻylanib chiq. Noyob “ifor”lar bilan boshqalarni qiynama. Shunchaki, oʻzinga ravo koʻrmagan hidni boshqalarga ham ravo koʻrma. Oʻzingdan nafaqat yaxshi nom, balki yaxshi hid qoldirishing ham muhim hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqda biror odamga savol yoʻllamoqchi boʻlsang qisqa va loʻnda qilib bitta matnda murojaat yubor. “Assalomu alaykum”ni yozib qachon alik olsa keyin savol beraman deb homtama boʻlma. Uni vaqtini hurmat qil.

Hozircha, shularga rioya qilib tur. Qolgan odoblarni izohlarda ham yozishadi )))

👉 @umarhalil 👈
👍143😁52❤23👏19😢1
Aqli yetmagan masalada negativ munosabat qilib trolling va gazlayting qiladiganlarni e’tiborsiz qoldiraman. Sababi, bu dunyoda pashshaning ham oʻz vazifasi boʻlgani kabi, negativchilarning ham oʻz vazifasi bor. Har bir mavjudot tabiatiga koʻra ish koʻrsatadi. Men maydakashlarga ham samimiy tilak bildirib qolaman. Ularga katta ishlarga yetadigan aql ber, Allohim. Ular bu dunyodan pashsha kabi gʻongʻillab oʻtib ketishmasin, ortlaridan katta ishlar qoldiradigan odamlarga aylanishsin.

Omar Xalil

👉 @umarhalil 👈
👍208👏44😁24❤21🥰2❤‍🔥1🕊1