Omar Xalil
11K subscribers
1.16K photos
445 videos
22 files
359 links
Shiorimiz:

• Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish
• Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish
• Samimiylik va muhabbatni tarannum etish
• Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish

Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot
Download Telegram
Andijondagi mahallalardan birida kecha suratga olingan daraxt. Daraxtlar qirgʻin qilinaverganidan yam yashil daraxtni koʻrsam xursand boʻladigan boʻlib qoldim )

Suratga feysbukdagi doʻstimiz Abdulaziz Saidalixanov olgan
❤333👍193🤩83🥰38🔥23👏11😱9🎉8
Shirin soʻz va mehribonlik aytilsa ham, berilsa ham hech kamaymaydigan narsalar. Ammo, doim bir birimizdan tejaydigan narsalar ham shular boʻladi. Hayot shundoq ham qisqa, uni nafrat, adovat hamda gʻaraz bilan oʻtkazmang. Hurmat qilgan insoningizni oʻzidan emas, aybidan kechish maqomiga chiqing. Zotan, siz ham ayblaringiz uchun kechib yuborishga juda munosib boʻlishingizni ham unitmang. Siz ham xato qilishingiz, shaxvat va tabiatingiz gʻolib kelib adashishingiz mumkin. Bir mashoyixning ajoyib bir gapi esimga tushadi: “Oʻzingizni hurmat qilganingizdan bozorda mevalarning sarasini terib olasiz. Qani endi odamlarga ham soʻzlaringizning sarasini terib ishlatsangiz” degan mazmundagi insoniy muloxazalari qulogʻimda jaranglaydi. Shuni yodingizda saqlang, vaziyat keskinlashganda siz sevganlar emas, sizni sevganlar yoningizda suyanch boʻlishadi. Demak, bor mehr-muhabbat mana shu sohiblarga berilishi adolat boʻladi. Balki, u ona yoki otadir, balki u opa va singildir, balki u aka yoki ukadir, balki u doʻst yoki farzanddir, balki u ustoz yoki shogirddir, balki u jufti halol yoki rafiqadir, balki u oddiy tanish yoki muxlisdir. Kim boʻlishidan qat’iy nazar seni sevganlarni qadrla. Sen sevganlar senga sodiq ekanini anglatmaydi. Hammasini vaziyat yoki vaqt yuzaga chiqaradi. Eng muhimi buni payqay ola bilsang boʻldi.

©️ Omar Xalil

👉 @umarhalil 👈
❤123👍86🥰16👏13😱3
Sabr va tabassum
@umarhalil
Bolalar nega begʻubor aytaymi? Keling, men sizga buni sirini ochaman, bolalarga musibat va mashaqqat yetsa, ular ota-onasiga suyanishadi. Shu uchun koʻngillari hotirjam, tushkunlik esa boʻlmaydi. Ulgʻayganingizda esa tushkunlik koʻpayadi, gʻuborga toʻlasiz. Sababi bola otasiga suyangandek Allohga suyanmaysiz. Agar sizga balo va tashvish kelsa, “hayriyat, Allohim borku” deb tasalli olsangiz, oʻz oʻzidan kuchli sabr va tabassum hosil boʻladi 😊

©️ Omar Xalil

👉@umarhalil 👈
❤80👍54🥰20👏8🤩3❤‍🔥1😁1😢1😍1
Jannatim onam!
@umarhalil
“Meni onamga mehribon qildi. Jabr-sitam etguvchi badbaxt qilmadi”.

Hazrati Iso alayhissalom

👉
@umarhalil 👈
👍80❤29🥰8🎉6👏4😢4🕊1
Rozilik ila firibgarlik
@umarhalil
#Shaxsiy_rivojlanish

Sizni chuv tushirishlarini, oʻzingizning lafzingiz bilan oʻzingizni laqillatishlarini istamasangiz ushbu audiolavhamiz aynan siz uchun. Shaxsiy kamolotga erishmoqchi boʻlgan odam xushyor boʻlishi va farosat bilan qaror qabul qilishi kerak.

👉 @umarhalil 👈
👍44❤16😢13🎉7🔥3🤩3👎1
Odamlarga ilk bora ishonch va mehr bering. Bu boshqalarga bergan yuksak qiymatingiz. Oqlamasa va qadrlay olmasa, kechiring va keyingisida imkon bering. Bu insoniylikka bergan qiymatingiz. Agar shundan keyin ham suiste’mol qilsa, uni e’tiborsizlik choxiga tashlang. Bu endi oʻzingizga bergan qiymatingiz. Bunday sharafsizlikka eng yaxshi baho e’tiborga loyiq deb koʻrilmaslik. Mana shunday vaziyatlarda fazilatlaringizni ximoya qilib turing. Chunki ular sizga tegishli.

©️ Omar Xalil

👉@umarhalil 👈
👍175❤48😢14🔥12🎉9🤩6🥰5
Dadam siz ekansiz...!
@umarhalil
Hali dadalarini intiq kutayotgan bolalar qancha, yolgʻizlik iztirobida suyanchini kutayotgan ayollar qancha, azizlarini izlab yurgan otalar qancha?

👉 @umarhalil 👈
👍64❤23😢17🔥7
Maktub...
@umarhalil
Muhabbatimizni izhor qilib turish doim kechikib armonga aylanadigan manfur hotirjamlik bor. Hotirjamlik ham yomon boʻlishi mumkinmi dersiz. Ha, mumkin. Ushbu koʻngil egasiga aytib turishimiz kerak boʻlgan izhorlardan doim hotirjam yashaymiz. Kech boʻlganda esa oʻsha hotirjamlikdan nadomat chekamiz.

👉 @umarhalil 👈
👍80❤26😢14🥰12✍1👎1
Bir yaqinimni Ramazon hayiti bilan tabriklab yozgandim, umuman boshqa odamdan oʻzimni tabrigim forward boʻlib qaytib keldi 😁

Forward va shablon tabriklar yuborishni ochiq deb e’lon qilsak ham boʻladi )

Kam boʻlsa ham original boʻlsin, Ramazon hayiti qutlugʻ boʻlsin, azizlar! Alloh bu tabarruk oyidan rizqlantirganiga, fayz va nafs futuhotini nasib etganiga hamd-u sano boʻlsin. Qolgan oylarimizni ham ramazonning sharofati bilan sharaflashimizni muyassar qilsin. Ikkita issiq non olib boʻlsa ham, yaqinlaringizni ziyorat qiling. Bugun yaxshilikni ulashishga eng yaxshi fursatdir.

👉 @umarhalil 👈
😁245👍93❤53🥰15🎉13👏11🔥4🤩4😱3😢3
Hurmat koʻrsatish va maddohlikni oʻrtasida farq bor. Kimdir maddohlik qilayotgan boʻlsa uni hurmat nomi bilan niqoblab olinishi odamni tanqid qilishda ovozini oʻchirib qoʻyishi mumkin. Shu uchun ehtirom va laganbardorlikning chegarasini fahmlab olish maqsadga muvofiq boʻladi.

Hurmat axloqan yuksak va ilmiy jihatdan yuqori odamga nisbatan koʻrsatiladi. Maddohlik esa obroʻ va mansabga nisbatab izhor qilinadi. Sodda qilib aytganda, hurmat oʻsha insonning oʻzidan ko’ra odobli va ilmli ekanidan hosil boʻladi. Laganbardorlik esa axloq va ilmga qaramaydi. Oʻsha inson oʻzidan koʻra yuqori obroʻga va martabaga ega boʻlsa, garchi u axloqsiz va sa’viyasiz boʻlsa ham mulozamat qilinishi - laganbardorlik hisoblanadi. Hamma gap mulozamat qiluvchining nima maqsadda takalluf qilishiga bogʻliq. Jarayon qalb bilan bogʻliq botiniy boʻlgani uchun uni tashqaridan aniqlash qiyin, ammo takalluf qilinayotgan odamning holati maqsadni aniqlashga yordam beradi.

👉 @umarhalil 👈
👍110🥰5👏3😱3🔥1
#Muhabbat

Kim sizga yaqinlashmoqchi bo'lsa, u sizga keladi, kim sizni ko'rishni istasa, sizning oldingizga boradi va kim sizning ovozingizni eshitishni istasa sizga qo'ng'iroq qiladi. Hamma narsa vaziyatga bog'liq emas, balkim qalbga, jur’atga...

Doktor Mustafo Mahmud

👉 @umarhalil 👈
👍171❤109🥰23😢12🔥11👏6🎉6
Mo'minning shaxsiyati
@umarhalil
#Moʻminning_shaxsiyati

1-QISM

Yigitlarimizni va umuman erkaklarimizni moʻmin sifatidagi shaxsiyatlarini shakllantirishda xizmat qiladigan yangi dasturni boshladik. Bu boradagi eng yaxshi murabbiy Paygʻambarimiz alayhissalom hamda eng yaxshi oʻrnak Ali roziyallohu anhudirlar.

👉 @umarhalil 👈
❤101👍77👏19🥰15😢3🤩2
Assalomu alaykum, qadrdon obunachilar! Bugun soat 21:00 da Omar Xalil bilan ovozli chat boʻlib oʻtadi. Ijodiy faoliyat bilan bogʻliq yigʻilib ketgan barcha savollarga javob beriladi.

Ovozli chat oʻzimizning rasmiy @umarhalil kanalida boʻlib oʻtadi.
👍136❤26🥰16🎉15👏12🔥6🤩5😁1
Live stream started
Keldim, boshladik!
❤163👏32👍23😁16🔥7😱5🎉5🤩5
Live stream finished (4 minutes)
👍290❤26😢24🔥18👏15😁10🤩8👎7🥰6🎉4😱3
Suxbat
Omar Xalil
Omar Xalil bilan jonli suxbat 1-qism
Suxbat 1
Omar Xalil
Omar Xalil bilan jonli suxbat 2-qism
Suxbat 2
Omar Xalil
Omar Xalil bilan jonli suxbat 3-qism

👉 @umarhalil 👈
👍106❤34🤩12🥰6😁5🎉2
Жеймс Уэбб космик телескопи тест режимида илк расмларни олишни бошлади. Пастдаги расмда инфрақизил телескоплар эволюцияси кўрсатилган. Расмда магеллан булутлиги 3 хил телескопда олинган тасвири акс этган. Ўнг тарафдаги расмнинг тиниқлигини қаранг. Бу расм MIRI камераси орқали яқин инфрақизил диапазонда олинган.

Жеймс Уебб жамоаси ҳам олинган тасвирдан хайратда. Чунки ерда телескоп сунъий шароитда текширилган. Яъни вакуум ва температура шароити ҳосил қилинган ва ердаги гравитация ва вибрация таъсиридан қутилишнинг иложи бўлмаган. Телескоп реал шароитда эса, кутилган барча умидларни ортиғи билан оқлашни бошлади. Тўлиқ ишга тушишини кутиб қоламиз. Бизни 13 йиллик қизиқарли саргузашт кутяпти.

Физик Рустам Ашуров
👍105👏13😱12❤4🔥3🤩2