dil
32 subscribers
майхона
Download Telegram
Baxtsiz kinolarni
ko'rmang.
Baxtsiz kuylarni
tinglamang.
Baxtsiz suratlarni
tomosha qilmang.
Nima qilasiz,
o'zi bir marta
kelasiz
dunyoga.
Yashasangiz,
faqat
baxtli yashang.
O'qimang,
baxtsiz kitoblarni.
Kuling,
tabassum qiling,
jilmaying,
yana har xililari bor
kulishning.
O'shalarni sinab ko'ring...
Unuting
o'tgan ishlarni,
ertangi
baxtsiz rejalarni.
O'chirib tashlang,
almashtiring uni
baxtli rejalarga.
Baxtli ilmlar oling,
baxtli ishda ishlang,
baxtli yor toping —
sizni ham baxtli qiladigan.
Xullas, baxtli umr kechiring.
Baxtsiz yashashmi?
Unaqa qilmang.
Yashasangiz, faqat
baxtli yashang.
❤8💔4😭1
Gapiraversang gap koʻp. Eslayversang xotiralar moʻl. Birining qatidan ikkinchisi, uchinchisi chiqib kelaveradi. Yaxshiyam, inson miyasi xotira deb atalmish tubsiz sandiq bilan jihozlangan. Jamiki boʻlib oʻtganlarni yigʻib, jam qilib, kerak vaqtida birin-ketin chiqarib beraveradi. Yaxshisi ham, yomoni ham – hammasi shuning ichida. Hech qachon toʻlmaydi. Unutilmaydi ham. Faqat eslashdan koʻra unutilishga moyilroqlari koʻproq...
💔8❤4😭1
chiroyli ketmoqqa yetmaydi kuchim,
nigohing o'ziga olgan asirlab.
"unutgin, voz kechgin"
dema hech qachon
Seni kutish mumkin
hatto asrlab.
❤10💔5😭2
Forwarded from Hid Gallyutsinatsiyasi (Tillajon)
Unday qil, bunday qil baribir o'zingdan noroziligingcha qolaverasan. U yo'lni tanlasang ham, bunisini tanlasang ham hammasi yomon ko'rinaveradi. O'layotgan lahzamda hammasidan rozi bo'lishimni bilaman. Menga hech narsa kerak bo'lmaydi u paytda. Menga hamma narsa kerak ekan, hamma narsadan noroziman baribir. O"limgacha.
❤7💔3
yig'lab turgan bolaning
begonasi bo'lmaydi
❤10
asli jonga yoqar na sen, na boshqa.
manim istaklarim na sevgi, na nafs.
yana hammasini boshidan boshlab,
Kufrim va iymonim
tinmay qilar baxs.

bilaman.
bilasan.
Sevmoq mengamas.
mandan chin muhabbat kutmoq nimasi?
umidvor boqishni qilasanu bas, deysan:
"Sendaylardan Xudo asrasin"
💔10😭3❤2😁2
Men yoshligimdan ahmoq edim, lekin u paytlar internet boʻlmagani uchun buni faqat uydagilarim bilishardi.

Morgan Friman
❤11😁4
hammamiz kuchimiz yetgancha gunoh qilamiz; kuchimiz yetmagan gunohlarni qilgan odamlarni esa ayblaymiz.
❤10😭5💔2
ayol - xudoning ikkinchi xatosidir, degan ekan Nitshe.
❤9💔4
xato bo'lish ehson, zavqli qadriyat
xudoning marhamati keng
❤11
Har kimning hayotida shunday vaqt keladiki, nimanidir o’zgartirish kerakligini his etasan. Kiyimlarni o’zgartirasan, telefoningdagi musiqalarni yangilaysan, ertalab har doimgi qahva o’rniga choy ichishni boshlaysan, ammo bular senga yordam bermayotgandek tuyulaveradi. Shunday qilib, eng so’nggi chora: yashash joyini o’zgartirish qoladi. Qaror qabul qilib esa, narsalaringni yig’ishtirasanu, ketasan. Bu sen uchun eng yaxshi yo'ldek ko’rinadi va dunyoga kelganingdan beri hech narsa, umuman hech narsa o’zgarmagan, sen esa shaharchangdan ketishni sabrsizlik bilan kutasan. Shu shaharchada faqatgina butazor o’zgarib turadi xolos. Xuddi muammolardan qochayotgandek, ularga ko’z yumayotgandeksan yoki qochayotganingni berkitish uchun “qochmoq” so’zini “xotirjamlik”ka o’zgartirayotgandeksan.
Dunyoni, odamlarni ko’rib, turli kitoblarni o’qib va xotirjamlik qayerdadir emas, balki faqatgina sening o’zingda bo’lishini tushunib yetganingdan keyin, qochmaslikka qaror qilasan, o'zing bilan yuzlashasan va qabul qilishni o'rganasan. yoinki xotirjamlik doim kimgadir yoki nimagadir bog’liq bo’lib chiqadi, shunda sen bir kun topilishiga umid bog'lab, yolg'izlikdanam xotirjam izlab tentirayotganga o'xshaysan..
❤7😭7💔3😁1
...o'ylayman, azizim, faqat ne uchun
ko'zlaring o'xshaydi mening ko'nglimga,
ko'zlarim o'xshaydi sening umringga.
💔9
qizillikdan qonga to'lib qolgandek ko'zlar, hamda перезагрузка bo'lolmay qiynalayotgan miyyaga dam berish uchun endi uyquga cho'zilganingda, boshqa kanallardan "Xayrli tong azizlarim, erta boshlangan kuningiz qutlug' va barokotli bo'lsin" degan xabarni o'qivolib siqilish qanchalik to'g'ri?
😁9