sizni o'ldirmasdi baxtsizligingiz
hayot o'zgarmasdi kulmasangiz ham.
qismatlar maromda etardi davom
men Baxtsiz bo'lardim kelmasangiz ham...
hayot o'zgarmasdi kulmasangiz ham.
qismatlar maromda etardi davom
men Baxtsiz bo'lardim kelmasangiz ham...
❤6💔4
Bugun tongda
shundoq yonimga
erkalanib keldi oppoq Tong..
uni Toshkentdagi eng
xashamatli
ijara xonamda
kutib oldim men
bu tongni qishloqdan
menga ataylab
uyqusiz diydamga berish uchun nur,
yuboribdi munis, mehribon Onam..
Xurshid Abdurashid
shundoq yonimga
erkalanib keldi oppoq Tong..
uni Toshkentdagi eng
xashamatli
ijara xonamda
kutib oldim men
bu tongni qishloqdan
menga ataylab
uyqusiz diydamga berish uchun nur,
yuboribdi munis, mehribon Onam..
Xurshid Abdurashid
❤5💔4
jannat qimmat, odam kambag'al,
do'zax arzon
tortmas ishtaham.
yangi ma'vo so'rash xaqorat —
yashayvergum arosatda ham.
Jontemir
do'zax arzon
tortmas ishtaham.
yangi ma'vo so'rash xaqorat —
yashayvergum arosatda ham.
Jontemir
💔10❤3
ichimda dunyolar quladi sekin
uyerda sen bor
deb aytolmadim ham.
sevgining doriga osdilar lekin
Men o'lib bo'lganman
deyolmadim ham.
ichimda dunyolar quladi,
ammo
yuzimdan tabbassum hargiz ketmadi.
Baxtdan sarhush deya, o'yladi samo,
lek baxtga sira ham qo'lim yetmadi.
uyerda sen bor
deb aytolmadim ham.
sevgining doriga osdilar lekin
Men o'lib bo'lganman
deyolmadim ham.
ichimda dunyolar quladi,
ammo
yuzimdan tabbassum hargiz ketmadi.
Baxtdan sarhush deya, o'yladi samo,
lek baxtga sira ham qo'lim yetmadi.
💔9❤8
yoshi o‘tgan sari odamlar baxtliroq bo‘lib qolishmaydi — shunchaki ular kutuv va talablar darajasida oldingidan pastrog'idanda qanoatlanadigan bo'lishadi, qarriyapmizov
❤8💔8
* * *
Soat sayin
Lahzadayin
Borar manzilim tayin,
Davosini hech bilmadim,
Yillar osha dil – mayib.
Samolarga,
Navolarga
Jim yetarman oxiri,
Men ketarman –
Bu dunyoga
Bir kun siniq jilmayib!
Na ishim bor yer yuzinda,
Na murodim,
Na qasdim,
Har nafasda evrilajak
Jon,
Vujudim –
Qafasim.
Soat sayin
Lahzadayin
Mozorlarga yaqinman,
Kuyuk umrim uzra nogoh
Yonib-o‘chgan chaqinman.
Kim ham qolar bu qatordan –
Bir siqim tuproq kabi
Sovrilarman,
Elanarman,
To‘kilarman
Taqvimdan.
Soat sayin
Lahzadayin
Borar manzilim tayin,
Davosini hech bilmadim,
Yillar osha dil – mayib.
Samolarga,
Navolarga
Jim yetarman oxiri,
Men ketarman –
Bu dunyoga
Bir kun siniq jilmayib!
Na ishim bor yer yuzinda,
Na murodim,
Na qasdim,
Har nafasda evrilajak
Jon,
Vujudim –
Qafasim.
Soat sayin
Lahzadayin
Mozorlarga yaqinman,
Kuyuk umrim uzra nogoh
Yonib-o‘chgan chaqinman.
Kim ham qolar bu qatordan –
Bir siqim tuproq kabi
Sovrilarman,
Elanarman,
To‘kilarman
Taqvimdan.
❤10💔2
tushimda kimnidir o'ldirdim.
o'zimni
senimi va yo sevgini,
endi uyqu sarob
xira tortgan
qalbim, qo'rqdim.
o'zimni
senimi va yo sevgini,
endi uyqu sarob
xira tortgan
qalbim, qo'rqdim.
❤10😁2💔2😭1
kunni tugatdingiz
endi buni unuting
qo'lingizdan kelishi mumkin bo'lganini qildingiz
bunaqa kunlar ko'p o'tdiku
endi nimasiga siqilasiz?
— deydi ichimdagi bir maxluq,
endi buni unuting
qo'lingizdan kelishi mumkin bo'lganini qildingiz
bunaqa kunlar ko'p o'tdiku
endi nimasiga siqilasiz?
— deydi ichimdagi bir maxluq,
😁8💔4
Baxtsiz kinolarni
ko'rmang.
Baxtsiz kuylarni
tinglamang.
Baxtsiz suratlarni
tomosha qilmang.
Nima qilasiz,
o'zi bir marta
kelasiz
dunyoga.
Yashasangiz,
faqat
baxtli yashang.
O'qimang,
baxtsiz kitoblarni.
Kuling,
tabassum qiling,
jilmaying,
yana har xililari bor
kulishning.
O'shalarni sinab ko'ring...
Unuting
o'tgan ishlarni,
ertangi
baxtsiz rejalarni.
O'chirib tashlang,
almashtiring uni
baxtli rejalarga.
Baxtli ilmlar oling,
baxtli ishda ishlang,
baxtli yor toping —
sizni ham baxtli qiladigan.
Xullas, baxtli umr kechiring.
Baxtsiz yashashmi?
Unaqa qilmang.
Yashasangiz, faqat
baxtli yashang.
ko'rmang.
Baxtsiz kuylarni
tinglamang.
Baxtsiz suratlarni
tomosha qilmang.
Nima qilasiz,
o'zi bir marta
kelasiz
dunyoga.
Yashasangiz,
faqat
baxtli yashang.
O'qimang,
baxtsiz kitoblarni.
Kuling,
tabassum qiling,
jilmaying,
yana har xililari bor
kulishning.
O'shalarni sinab ko'ring...
Unuting
o'tgan ishlarni,
ertangi
baxtsiz rejalarni.
O'chirib tashlang,
almashtiring uni
baxtli rejalarga.
Baxtli ilmlar oling,
baxtli ishda ishlang,
baxtli yor toping —
sizni ham baxtli qiladigan.
Xullas, baxtli umr kechiring.
Baxtsiz yashashmi?
Unaqa qilmang.
Yashasangiz, faqat
baxtli yashang.
❤8💔4😭1
Gapiraversang gap koʻp. Eslayversang xotiralar moʻl. Birining qatidan ikkinchisi, uchinchisi chiqib kelaveradi. Yaxshiyam, inson miyasi xotira deb atalmish tubsiz sandiq bilan jihozlangan. Jamiki boʻlib oʻtganlarni yigʻib, jam qilib, kerak vaqtida birin-ketin chiqarib beraveradi. Yaxshisi ham, yomoni ham – hammasi shuning ichida. Hech qachon toʻlmaydi. Unutilmaydi ham. Faqat eslashdan koʻra unutilishga moyilroqlari koʻproq...
💔8❤4😭1
chiroyli ketmoqqa yetmaydi kuchim,
nigohing o'ziga olgan asirlab.
"unutgin, voz kechgin"
dema hech qachon
Seni kutish mumkin
hatto asrlab.
nigohing o'ziga olgan asirlab.
"unutgin, voz kechgin"
dema hech qachon
Seni kutish mumkin
hatto asrlab.
❤10💔5😭2
Forwarded from Hid Gallyutsinatsiyasi (Tillajon)
Unday qil, bunday qil baribir o'zingdan noroziligingcha qolaverasan. U yo'lni tanlasang ham, bunisini tanlasang ham hammasi yomon ko'rinaveradi. O'layotgan lahzamda hammasidan rozi bo'lishimni bilaman. Menga hech narsa kerak bo'lmaydi u paytda. Menga hamma narsa kerak ekan, hamma narsadan noroziman baribir. O"limgacha.
❤7💔3
asli jonga yoqar na sen, na boshqa.
manim istaklarim na sevgi, na nafs.
yana hammasini boshidan boshlab,
Kufrim va iymonim
tinmay qilar baxs.
bilaman.
bilasan.
Sevmoq mengamas.
mandan chin muhabbat kutmoq nimasi?
umidvor boqishni qilasanu bas, deysan:
"Sendaylardan Xudo asrasin"
manim istaklarim na sevgi, na nafs.
yana hammasini boshidan boshlab,
Kufrim va iymonim
tinmay qilar baxs.
bilaman.
bilasan.
Sevmoq mengamas.
mandan chin muhabbat kutmoq nimasi?
umidvor boqishni qilasanu bas, deysan:
"Sendaylardan Xudo asrasin"
💔10😭3❤2😁2
Men yoshligimdan ahmoq edim, lekin u paytlar internet boʻlmagani uchun buni faqat uydagilarim bilishardi.
Morgan Friman
Morgan Friman
❤11😁4
hammamiz kuchimiz yetgancha gunoh qilamiz; kuchimiz yetmagan gunohlarni qilgan odamlarni esa ayblaymiz.
❤10😭5💔2
Har kimning hayotida shunday vaqt keladiki, nimanidir o’zgartirish kerakligini his etasan. Kiyimlarni o’zgartirasan, telefoningdagi musiqalarni yangilaysan, ertalab har doimgi qahva o’rniga choy ichishni boshlaysan, ammo bular senga yordam bermayotgandek tuyulaveradi. Shunday qilib, eng so’nggi chora: yashash joyini o’zgartirish qoladi. Qaror qabul qilib esa, narsalaringni yig’ishtirasanu, ketasan. Bu sen uchun eng yaxshi yo'ldek ko’rinadi va dunyoga kelganingdan beri hech narsa, umuman hech narsa o’zgarmagan, sen esa shaharchangdan ketishni sabrsizlik bilan kutasan. Shu shaharchada faqatgina butazor o’zgarib turadi xolos. Xuddi muammolardan qochayotgandek, ularga ko’z yumayotgandeksan yoki qochayotganingni berkitish uchun “qochmoq” so’zini “xotirjamlik”ka o’zgartirayotgandeksan.
Dunyoni, odamlarni ko’rib, turli kitoblarni o’qib va xotirjamlik qayerdadir emas, balki faqatgina sening o’zingda bo’lishini tushunib yetganingdan keyin, qochmaslikka qaror qilasan, o'zing bilan yuzlashasan va qabul qilishni o'rganasan. yoinki xotirjamlik doim kimgadir yoki nimagadir bog’liq bo’lib chiqadi, shunda sen bir kun topilishiga umid bog'lab, yolg'izlikdanam xotirjam izlab tentirayotganga o'xshaysan..
Dunyoni, odamlarni ko’rib, turli kitoblarni o’qib va xotirjamlik qayerdadir emas, balki faqatgina sening o’zingda bo’lishini tushunib yetganingdan keyin, qochmaslikka qaror qilasan, o'zing bilan yuzlashasan va qabul qilishni o'rganasan. yoinki xotirjamlik doim kimgadir yoki nimagadir bog’liq bo’lib chiqadi, shunda sen bir kun topilishiga umid bog'lab, yolg'izlikdanam xotirjam izlab tentirayotganga o'xshaysan..
❤7😭7💔3😁1