davosi sen bo'lgan
dardlar bor menda,
Jon-jonimdan o'tdi bilsang
zahmati.
Yana arzonlashar
ko'ngilginamning,
Sen sariq chaqaga olmas qimmati.
dardlar bor menda,
Jon-jonimdan o'tdi bilsang
zahmati.
Yana arzonlashar
ko'ngilginamning,
Sen sariq chaqaga olmas qimmati.
😭5❤4💔2
bu kunlarning nidosidan
oy bo'lmayin
xilol yig'lar.
bu kunning ming xatosidan
kun ko'rmayin iqbol yig'lar
O'zimga
sig'mayin o'zim,
na topolmay biron to'zim
aytolmayin
aytar so'zim,
ruhimda bir malol yig'lar.
xaa, ba'zan natijalar aslida qandayligini oldindan bilgan bo'lsam ham, aynan bilgan vaqtimdagi og'riq meni ko'proq qiynagan, aqlim ila qalbimni afsus-u nadomatlarga g'arq aylagan, omadsizdirman
oy bo'lmayin
xilol yig'lar.
bu kunning ming xatosidan
kun ko'rmayin iqbol yig'lar
O'zimga
sig'mayin o'zim,
na topolmay biron to'zim
aytolmayin
aytar so'zim,
ruhimda bir malol yig'lar.
xaa, ba'zan natijalar aslida qandayligini oldindan bilgan bo'lsam ham, aynan bilgan vaqtimdagi og'riq meni ko'proq qiynagan, aqlim ila qalbimni afsus-u nadomatlarga g'arq aylagan, omadsizdirman
💔11😁3❤2😭1
shamolsan
intiqman, esmasang agar,
Endi yelsang ham bir, yelmasang ham bir.
yiqildi yo‘lingni poylagan shahar,
Endi kelsang ham bir,
kelmasang ham bir.
Qalbimda bor edi
sen qurg‘urga joy
Endi bilsang ham bir, bilmasang ham bir.
Vayrondur
yurakda sen qurgan saroy
Endi kirsang ham bir kirmasang ham bir.
Ishq edi qalqigan vujud-u tanda
Endi sezsang ham bir,
sezmasang ham bir.
Unutdim.
Endi sevsang ham bir,
sevmasang ham bir.
Iroda Erkin
intiqman, esmasang agar,
Endi yelsang ham bir, yelmasang ham bir.
yiqildi yo‘lingni poylagan shahar,
Endi kelsang ham bir,
kelmasang ham bir.
Qalbimda bor edi
sen qurg‘urga joy
Endi bilsang ham bir, bilmasang ham bir.
Vayrondur
yurakda sen qurgan saroy
Endi kirsang ham bir kirmasang ham bir.
Ishq edi qalqigan vujud-u tanda
Endi sezsang ham bir,
sezmasang ham bir.
Unutdim.
Endi sevsang ham bir,
sevmasang ham bir.
Iroda Erkin
❤9💔7😁3
O, men hamisha magʼrur boʻlganman, hech qachon oʻrtamiyonaga toqat qila olmaganman, yo hammasiga erishishni yo hammasidan biratoʻla voz kechishni istaganman. Yarimta baxtga toqat qila olmaganim, butuniga intilganim sababli "oʻzing bilib ol va qadrimga yet" qabilida ish tutishga majbur edim. Axir, oʻzingiz oʻylab koʻring, agar men unga aytib turishni, tushuntirishni boshlasam, yaltoqlansam, hurmat qilishini soʻrasam - gadodan nima farqim qoladi?
💔7❤6😁3
ko'rishganda
ko‘zlarimiz kulmayapdi,
Sog'inch tig'i yuragimiz tilmayapdi,
nima qilsak
avvalgidek bo‘lmayapdi,
nima bo‘ldi bizga jonim,
nima bo‘ldi..
ko‘zlarimiz kulmayapdi,
Sog'inch tig'i yuragimiz tilmayapdi,
nima qilsak
avvalgidek bo‘lmayapdi,
nima bo‘ldi bizga jonim,
nima bo‘ldi..
❤8💔5😭3😁2
sizni o'ldirmasdi baxtsizligingiz
hayot o'zgarmasdi kulmasangiz ham.
qismatlar maromda etardi davom
men Baxtsiz bo'lardim kelmasangiz ham...
hayot o'zgarmasdi kulmasangiz ham.
qismatlar maromda etardi davom
men Baxtsiz bo'lardim kelmasangiz ham...
❤6💔4
Bugun tongda
shundoq yonimga
erkalanib keldi oppoq Tong..
uni Toshkentdagi eng
xashamatli
ijara xonamda
kutib oldim men
bu tongni qishloqdan
menga ataylab
uyqusiz diydamga berish uchun nur,
yuboribdi munis, mehribon Onam..
Xurshid Abdurashid
shundoq yonimga
erkalanib keldi oppoq Tong..
uni Toshkentdagi eng
xashamatli
ijara xonamda
kutib oldim men
bu tongni qishloqdan
menga ataylab
uyqusiz diydamga berish uchun nur,
yuboribdi munis, mehribon Onam..
Xurshid Abdurashid
❤5💔4
jannat qimmat, odam kambag'al,
do'zax arzon
tortmas ishtaham.
yangi ma'vo so'rash xaqorat —
yashayvergum arosatda ham.
Jontemir
do'zax arzon
tortmas ishtaham.
yangi ma'vo so'rash xaqorat —
yashayvergum arosatda ham.
Jontemir
💔10❤3
ichimda dunyolar quladi sekin
uyerda sen bor
deb aytolmadim ham.
sevgining doriga osdilar lekin
Men o'lib bo'lganman
deyolmadim ham.
ichimda dunyolar quladi,
ammo
yuzimdan tabbassum hargiz ketmadi.
Baxtdan sarhush deya, o'yladi samo,
lek baxtga sira ham qo'lim yetmadi.
uyerda sen bor
deb aytolmadim ham.
sevgining doriga osdilar lekin
Men o'lib bo'lganman
deyolmadim ham.
ichimda dunyolar quladi,
ammo
yuzimdan tabbassum hargiz ketmadi.
Baxtdan sarhush deya, o'yladi samo,
lek baxtga sira ham qo'lim yetmadi.
💔9❤8
yoshi o‘tgan sari odamlar baxtliroq bo‘lib qolishmaydi — shunchaki ular kutuv va talablar darajasida oldingidan pastrog'idanda qanoatlanadigan bo'lishadi, qarriyapmizov
❤8💔8
* * *
Soat sayin
Lahzadayin
Borar manzilim tayin,
Davosini hech bilmadim,
Yillar osha dil – mayib.
Samolarga,
Navolarga
Jim yetarman oxiri,
Men ketarman –
Bu dunyoga
Bir kun siniq jilmayib!
Na ishim bor yer yuzinda,
Na murodim,
Na qasdim,
Har nafasda evrilajak
Jon,
Vujudim –
Qafasim.
Soat sayin
Lahzadayin
Mozorlarga yaqinman,
Kuyuk umrim uzra nogoh
Yonib-o‘chgan chaqinman.
Kim ham qolar bu qatordan –
Bir siqim tuproq kabi
Sovrilarman,
Elanarman,
To‘kilarman
Taqvimdan.
Soat sayin
Lahzadayin
Borar manzilim tayin,
Davosini hech bilmadim,
Yillar osha dil – mayib.
Samolarga,
Navolarga
Jim yetarman oxiri,
Men ketarman –
Bu dunyoga
Bir kun siniq jilmayib!
Na ishim bor yer yuzinda,
Na murodim,
Na qasdim,
Har nafasda evrilajak
Jon,
Vujudim –
Qafasim.
Soat sayin
Lahzadayin
Mozorlarga yaqinman,
Kuyuk umrim uzra nogoh
Yonib-o‘chgan chaqinman.
Kim ham qolar bu qatordan –
Bir siqim tuproq kabi
Sovrilarman,
Elanarman,
To‘kilarman
Taqvimdan.
❤10💔2
tushimda kimnidir o'ldirdim.
o'zimni
senimi va yo sevgini,
endi uyqu sarob
xira tortgan
qalbim, qo'rqdim.
o'zimni
senimi va yo sevgini,
endi uyqu sarob
xira tortgan
qalbim, qo'rqdim.
❤10😁2💔2😭1
kunni tugatdingiz
endi buni unuting
qo'lingizdan kelishi mumkin bo'lganini qildingiz
bunaqa kunlar ko'p o'tdiku
endi nimasiga siqilasiz?
— deydi ichimdagi bir maxluq,
endi buni unuting
qo'lingizdan kelishi mumkin bo'lganini qildingiz
bunaqa kunlar ko'p o'tdiku
endi nimasiga siqilasiz?
— deydi ichimdagi bir maxluq,
😁8💔4
Baxtsiz kinolarni
ko'rmang.
Baxtsiz kuylarni
tinglamang.
Baxtsiz suratlarni
tomosha qilmang.
Nima qilasiz,
o'zi bir marta
kelasiz
dunyoga.
Yashasangiz,
faqat
baxtli yashang.
O'qimang,
baxtsiz kitoblarni.
Kuling,
tabassum qiling,
jilmaying,
yana har xililari bor
kulishning.
O'shalarni sinab ko'ring...
Unuting
o'tgan ishlarni,
ertangi
baxtsiz rejalarni.
O'chirib tashlang,
almashtiring uni
baxtli rejalarga.
Baxtli ilmlar oling,
baxtli ishda ishlang,
baxtli yor toping —
sizni ham baxtli qiladigan.
Xullas, baxtli umr kechiring.
Baxtsiz yashashmi?
Unaqa qilmang.
Yashasangiz, faqat
baxtli yashang.
ko'rmang.
Baxtsiz kuylarni
tinglamang.
Baxtsiz suratlarni
tomosha qilmang.
Nima qilasiz,
o'zi bir marta
kelasiz
dunyoga.
Yashasangiz,
faqat
baxtli yashang.
O'qimang,
baxtsiz kitoblarni.
Kuling,
tabassum qiling,
jilmaying,
yana har xililari bor
kulishning.
O'shalarni sinab ko'ring...
Unuting
o'tgan ishlarni,
ertangi
baxtsiz rejalarni.
O'chirib tashlang,
almashtiring uni
baxtli rejalarga.
Baxtli ilmlar oling,
baxtli ishda ishlang,
baxtli yor toping —
sizni ham baxtli qiladigan.
Xullas, baxtli umr kechiring.
Baxtsiz yashashmi?
Unaqa qilmang.
Yashasangiz, faqat
baxtli yashang.
❤8💔4😭1
Gapiraversang gap koʻp. Eslayversang xotiralar moʻl. Birining qatidan ikkinchisi, uchinchisi chiqib kelaveradi. Yaxshiyam, inson miyasi xotira deb atalmish tubsiz sandiq bilan jihozlangan. Jamiki boʻlib oʻtganlarni yigʻib, jam qilib, kerak vaqtida birin-ketin chiqarib beraveradi. Yaxshisi ham, yomoni ham – hammasi shuning ichida. Hech qachon toʻlmaydi. Unutilmaydi ham. Faqat eslashdan koʻra unutilishga moyilroqlari koʻproq...
💔8❤4😭1
chiroyli ketmoqqa yetmaydi kuchim,
nigohing o'ziga olgan asirlab.
"unutgin, voz kechgin"
dema hech qachon
Seni kutish mumkin
hatto asrlab.
nigohing o'ziga olgan asirlab.
"unutgin, voz kechgin"
dema hech qachon
Seni kutish mumkin
hatto asrlab.
❤10💔5😭2
Forwarded from Hid Gallyutsinatsiyasi (Tillajon)
Unday qil, bunday qil baribir o'zingdan noroziligingcha qolaverasan. U yo'lni tanlasang ham, bunisini tanlasang ham hammasi yomon ko'rinaveradi. O'layotgan lahzamda hammasidan rozi bo'lishimni bilaman. Menga hech narsa kerak bo'lmaydi u paytda. Menga hamma narsa kerak ekan, hamma narsadan noroziman baribir. O"limgacha.
❤7💔3
asli jonga yoqar na sen, na boshqa.
manim istaklarim na sevgi, na nafs.
yana hammasini boshidan boshlab,
Kufrim va iymonim
tinmay qilar baxs.
bilaman.
bilasan.
Sevmoq mengamas.
mandan chin muhabbat kutmoq nimasi?
umidvor boqishni qilasanu bas, deysan:
"Sendaylardan Xudo asrasin"
manim istaklarim na sevgi, na nafs.
yana hammasini boshidan boshlab,
Kufrim va iymonim
tinmay qilar baxs.
bilaman.
bilasan.
Sevmoq mengamas.
mandan chin muhabbat kutmoq nimasi?
umidvor boqishni qilasanu bas, deysan:
"Sendaylardan Xudo asrasin"
💔10😭3❤2😁2