Boks|MMA|UFC
49.2K subscribers
5.32K photos
1.01K videos
2.51K links
Zo‘ri bo‘lishga emas, sifatlisi bo‘lishga harakat qilamiz. Murojaat: @Aloqachi11bot

©Shaxsiy blog
Download Telegram
#UFC. 💬“Islom Maxachev UFC chempioni bo‘lishga qodir” — Devi Ramos

“Men uning reytingda qaysi o‘rindaligini bilmayman. Yengil vazn toifasida eng yaxshi sportchilar jang qiladi, ammo Islom chempionlik uchun kurashishga qodir.

U UFC chempioni bo‘lishi mumkin. Habib faoliyatini tugatganini hisobga olsak, chempionlik masalasi ochiq turibdi.

Yengil vazn toifasida top-8 likdagi barcha jangchilarda chempionlik uchun imkoniyat bor”, — deydi UFC’ning braziliyalik jangchisi Devi Ramos.

Do‘stlarga ulashing
👉@UFCBOXUZ
#UFC. ⚡️Hamzat Chimayev UFC reytingidan chiqarib yuborildi

Kelib chiqishi Chechenistondan bo‘lgan shvetsiyalik yakkakurashchi Hamzat Chimayev UFC reytingidan chiqarib yuborildi.

Avvalroq yarim o‘rta vaznning 14-pog‘onasida qayd etilgan sportchi yangilangan reytingdan chiqarib yuborilgan.

Avvalroq Chimayev koronavirus asoratlari sabab faoliyatini yakunlashga majbur bo‘lganini e’lon qilgandi. Hamzat 13-mart kuni Leon Edvardsga qarshi oktagonga chiqishi belgilangandi, biroq jang bekor qilindi.

Do‘stlarga ulashing
👉@UFCBOXUZ
#UFC. ⚡️“Yan va Sterlingni ketma-ket qoʻying, ikkisini ham yer tishlataman” — Genri Sehudo UFCʼga qaytishini maʼlum qildi

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Genri Sehudo oktagonga qaytishini maʼlum qildi.

“Pyotr Yan va kumush chempion — Aljameyn Sterlingni ketma-ket qoʻying, ularni bir vaqtda yer tishlataman.

Yangiliklarni kuzatib boring! ʼTriple Cʼ qaytmoqda!”, — deydi Sehudo.

Sehudo soʻnggi jangini 2020-yilning may oyida oʻtkazgan va unda Dominik Kruzni nokautga uchratgandi. Shundan keyin u faoliyatini yakunlagandi.

Do‘stlarga ulashing 👉@UFCBOXUZ
#Boks. 💬“Tayson bilan jang o‘tkazishga tayyorman, ammo Mayk tomoni bahonadan nariga o‘tmayapti” — Evander Holifild

“Men tomon bu jangni o‘tkazishga intilmoqda, biroq biz bahonadan boshqa hech qanday javob olmadik. Tayson nima sababdan menga qarshi jang oldidan chigalyozdi bellashuv o‘tkazganini endi tushundim.

Roy Jons — Mayk uchun lokal darajada yaxshi raqib edi, biroq uning menga qarshi jangi global voqeaga aylanadi. Barcha xohlayotgan yagona jang — bu Mayk ikkimiz o‘rtasidagi to‘qnashuv. Bu jangni o‘tkazmaslik uchun hech qanday sabab yo‘q.

Endi hech qanday bahona o‘tmaydi. Bu jang har birimizning merosimiz uchun ham kerak. Tayson, shartnomani imzola va ringga chiq! Butun dunyo kutmoqda va hammasi senga bog‘liq bo‘lib turibdi. Men tayyorman”, — deydi Evander Holifild

Do‘stlarga ulashing
👉@UFCBOXUZ
#UFC. 💬“Habib — dunyoning eng zoʻr jangchisi. U qanday qilib divizionni sekinlashtirishi mumkin?” — UFC prezidenti

“Habib divizionni sekinlashtirmayapti. U qanday qilib divizionni ortga tortishi mumkin? Bu yigitlarning barchasi bir-biri bilan jang qilishi kerak.

Masalan, Porye — birinchi raqam. Biroq uning Habibga qarshi jangi qanday kechgandi? Bu yigitlar hammasi bir-biri bilan jang qilishi va zoʻrligini isbotlashi lozim.

Habib — dunyoning mutlaq eng yaxshi jangchisi. Menimcha, uning uchun bu sportda hali koʻp qiziq jihatlar mavjud”, — deydi Deyna Uayt.

Do‘stlarga ulashing
👉@UFCBOXUZ
Boks|MMA|UFC
#Boks. 🇺🇿Murodjon Ahmadaliyevdan Shahram G‘iyosovgacha. Humo Arena’da katta professional boks kechasi o‘tkaziladi Professional boks bo‘yicha ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (7-0, 6 KO) 3-aprel…
#Boks. 🇺🇿O‘zbekistonda 3-aprelda bo‘ladigan professional boks oqshomi haqida

🔗3-aprel kuni Toshkent shahri professional boks kechasiga mezbonlik qiladi.

🔗Musobaqa Humo Arena majmuasida o‘tkaziladi.

🔗Humo Arena’ga muxlislar kirishiga ruxsat beriladi. Faqat arena to‘la bo‘lmaydi. 6 mingta chipta sotuvga chiqariladi.

🔗Musobaqani O‘zbekistonda Sport-TV yoki Zo‘r-TV telekanallaridan biri jonli translyatsiya qiladi. Ayni damda DAZN bilan bu borada muzokaralar ketmoqda.

🔗Mazkur boks oqshomida Murodjon Ahmadalieyvdan tashqari Isroil Madrimov, Shahram G‘iyosov, Hasanboy Do‘stmatov, Iqboljon Xoldorov, Mirazizbek Mirzahalilov, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov va Sanjar Tursunov kabi charm qo‘lqop ustalari qatnashadi.

Do‘stlarga ulashing 👉@UFCBOXUZ
#UFC. 🇯🇵Ryosuke Ivasaning professional boksdagi umumiy statistikasi⚡️

🥊30 ta jang
27 ta g‘alaba
😵17 ta nokaut
3 mag‘lubiyat

Ivasa 3-aprel kuni Toshkentda prof boksning ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyevga (7-0, 6 KO) qarshi jang qiladi.

Do‘stlarga ulashing 👉 @UFCBOXUZ
#UFC. ⚡️Toni Fergyusonning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Yengil vazn toifasida harakat qiluvchi UFC jangchisi Toni Fergyuson (25-5) keyingi jangini Beneil Dariushga (20-4-1) qarshi o‘tkazadi, deya xabar qilmoqda MMAJunkie.

Jang 15-may kuni (Toshkent vaqti bilan 16-mayda) AQShning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC 262 musobaqasida bo‘lib o‘tadi.

Kelib chiqishi eronlik bo‘lgan Dariush ketma-ket oltita jangdan buyon g‘alaba qozonmoqda. Fergyuson esa so‘nggi ikki jangini mag‘lubiyat bilan yakunlagan.

Fergyuson yengil divizion reytingida 5-o‘rinda qayd etilgan, Beneil esa 9-pog‘onadan joy olgan.

Do‘stlarga ulashing 👉 @UFCBOXUZ
#UFC. 🇮🇷Beneil Dariushning MMA’dagi umumiy statistikasi

🥊25 ta jang
20 ta g‘alaba
😵13 ta nokaut (8 sabmishen)
4ta mag‘lubiyat
🤝1 durang

Do‘stlarga ulashing 👉@UFCBOXUZ
#UFC. ⚡️Toni Fergyusonning MMA’dagi umumiy statistikasi

🥊30 ta jang
25 ta g‘alaba
🔥12 ta nokaut
5 ta mag‘lubiyat

Do‘stlarga ulashing 👉 @UFCBOXUZ
#MMA. 🇺🇿Anvar Boynazarov 14-mart tongida MMAʼdagi 2-jangini oʻtkazadi

Toshkent vaqti bilan 14-mart tongida AQShning Orlando shahrida Combat Night Pro musobaqasi boʻlib oʻtadi.

Unda oʻzbekistonlik yakkakurashchi Anvar Boynazarov (1-0) professional MMAʼdagi 2-jangini oʻtkazadi. 31 yoshli Boynazarovga amerikalik jangchi Rob Fyuller (1-7) raqib boʻladi.

Mazkur jang musobaqaning asosiy kardidan oʻrin oldi.

Combat Night Pro Orlando musobaqasining asosiy kard janglari Toshkent vaqti bilan 07:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Jang videosini birinchilardan bo‘lib shu yerdan topasiz!

Do‘stlarga ulashing 👉
@UFCBOXUZ
#Boks. 🇺🇿Qudratillo Abduqahhorov prof ringdagi 18-jangida ham g‘alaba qozondi

Prof boksning yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (18-0, 10 KO) Toshkent vaqti bilan 14-mart tongida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

O‘zbekistonlik bokschi AQShda bo‘lib o‘tgan boks kechasida Puerto-Riko vakili Xaviyer Floresga (15-3, 13 KO) qarshi ringga chiqdi. 10 raundga mo‘ljallangan jangda Abduqahhorov katta ustunlikka ega bo‘ldi. 8-raunddan keyin raqib tomoni jangni davom ettirishni xohlamadi va Qudratilloga texnik nokautlik g‘alaba yozildi.

Shu tariqa Abduqahhorov professional boksdagi g‘alabali yurishini davom ettirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Flores tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagani sabab mazkur jang bekor bo‘lgani va o‘zbekistonlik bokschi aprel oyida Kodi Krouliga (19-0, 9 KO) qarshi jang o‘tkazishi xabar qilingandi. Keyinchalik Xaviyer tibbiy ko‘rik masalasini hal qilgan va jang o‘z muddatida o‘tkazildi.

❗️Jang hech qayerda translyatsiya qilinmadi. Shuning uchun jang videosi mavjud emas. Agar chiqsa, kanalga yuklanadi.

Do‘stlarga ulashing 👉
@UFCBOXUZ
#Boks. ⚡️Shahram G‘iyosovning Toshkentdagi boks oqshomida kimga qarshi jang qilishi ma’lum bo‘ldi

Prof boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (10-0, 8 KO) 3-aprel kuni Toshkentdagi Humo Arena’da tashkil etiladigan boks kechasida ringga ko‘tariladi.

Rio—2016 Olimpiadasi sovrindoriga rossiyalik bokschi Isa Chaniyev (14-3, 6 KO) raqib bo‘ladi. Unda G‘iyosov WBA International kamarini himoya qiladi.

2015-yildan buyon professional boksda faoliyat yuritayotgan Chaniyev 2016-yilda o‘zbekistonlik bokschi Sherzod Mamajonovni nokautga uchratgandi.

Mazkur boks kechasining asosiy jangida Murodjon Ahmadaliyev (8-0, 6 KO) Ryosuke Ivasaga (27-3, 17 KO) qarshi bellashuvda WBA va IBF kamarlarini himoya qiladi.

G‘iyosov so‘nggi jangini 2020-yilning avgustida Uiston Kamposga qarshi o‘tkazgan va uni uchinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

Do‘stlarga ulashing 👉 @UFCBOXUZ
#Boks. 🇺🇿Hasanboy Do‘stmatovga professional boksdagi uchinchi jangida kim raqib bo‘lishi ma’lum qilindi

Boks bo‘yicha Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatov (2-0, 2 KO) 3-aprel kuni Toshkentdagi Humo Arena’da tashkil etiladigan boks kechasida ringga ko‘tariladi.

O‘zbekistonlik bokschiga 33 yoshli tajribali Aleksis Dias (25-2, 17 KO) raqib bo‘ladi.

Bu Do‘smatov uchun professional boksdagi uchinchi jang bo‘ladi.

Do‘stmatov so‘nggi jangini 2020-yilning dekabrida Odiljon Sotqinovga qarshi o‘tkazgan va uni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

Do‘stlarga ulashing 👉 @UFCBOXUZ
#Boks. 🇺🇿Iqboljon Xoldorov professional boksdagi debyutida kimga qarshi jang qilishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik taniqli bokschi Iqboljon Xoldorov 3-aprel kuni Toshkentdagi Humo Arena’da bo‘lib o‘tadigan boks kechasida professional ringdagi debyut jangini o‘tkazadi.

Xoldorovga ushbu jangda ukrainalik Volodimir Gordiyenko (8-3, 3 KO) raqib bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Xoldorov havaskor boksda 2017-yilgi Osiyo chempionati va 2018-yildagi Osiyo o‘yinlari g‘olibi hisoblanadi. Shuningdek, u 2017-yilgi Jahon chempionati kumush medaliga ham sazovor bo‘lgan.

Do‘stlarga ulashing 👉 @UFCBOXUZ
#Boks. 🇺🇿Isroil Madrimov 3-aprelda yengilmas nokautchiga qarshi jang qiladi

Prof boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida harakat qilayotgan Isroil Madrimov (6-0, 5 KO) o‘zining navbatdagi jangini 3-aprel kuni Toshkentda o‘tkazadi.

Isroilga bu jangda kongolik Emmani Kalombo (14-0, 14 KO) raqiblik qiladigan bo‘ldi.

Do‘stlarga ulashing 👉 @UFCBOXUZ
#UFC. ⚡️UFC musobaqalarini muxlislar bilan o‘tkazishni boshlaydi

UFC promousheni oldinda kutib turgan musobaqalariga muxlislarni kiritishni rejalashtirgan.

Xususan, 24-aprelda tashkil etiladigan UFC 261 musobaqasiga cheklanmagan miqdorda muxlislar kiritilishi kutilmoqda. Agar bu amalga oshsa, u holda UFC koronavirus pandemiyasi boshlangandan beri hech qanday cheklovlarsiz ilk musobaqasini o‘tkazgan bo‘ladi.

Do‘stlarga ulashing 👉 @UFCBOXUZ
#Boks. 💵Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘zaro jangdan qancha mablag‘ ishlab topadi?

Ma’lumotlarga ko‘ra Fyuri va Joshuaning ikkalasi ham mazkur jang uchun 100 million dollardan kafolatlangan gonorarga ega bo‘ladi.

Ular o‘rtasidagi jang 2021-yil iyuniga mo‘ljallangan. Jangga Saudiya Arabistonida bo‘lishi reja qilingan.

Revansh jangi ham rejalashtirilgan bo‘lib, u 2021-yil dekabrida o‘tishi mumkin.

Do‘stlarga ulashing 👉 @UFCBOXUZ
#Rasman. ⚡️UFC 261 asosiy jangi Usmon va Masvidal o‘rtasida kechadi

UFC
24-aprelda Jeksonvillda (Florida, AQSh) UFC 261 musobaqasini o‘tkazadi.

Musobaqaning asosiy jangida Kamaru Usmon chempionlik kamarini Xorxe Masvidaldan yana bir bor himoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Usmon 2020-yil 11-iyulidagi UFC 251 musobaqasida Masvidalni ochkolar evaziga mag‘lub etgandi.

Do‘stlarga ulashing 👉 @UFCBOXUZ
#UFC. ⚡️UFC 261 musobaqasida uchta chempionlik jangi o‘tkaziladi

Yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni Kamaru Usmon (18-1) navbatdagi jangini Xorxe Masvidalga (35-14) qarshi o‘tkazadi. Bu haqda UFC prezidenti Deyna Uayt xabar qildi.

Mazkur jang 24-aprel kungi bo‘lib o‘tadigan UFC 261 musobaqasining asosiy voqeasi bo‘ladi.

Shuningdek, mazkur MMA oqshomida yana ikkita chempionlik jangi o‘tkaziladi. Ayollar divizionining mutlaq yengil vazn toifasi chempioni qirg‘izistonlik Valentina Shevchenko (20-3) Jessika Andradega (21-8) qarshi oktagonga ko‘tariladi. Minimal vazn chempionlik kamari sohibi Veyli Jang (21-1) esa Rouz Namayunas (9-4) bilan jang qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Usmon va Masvidal 2020-yilning iyulida UFC 251 musobaqasida o‘zaro jang qilgan va unda Kamaru hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib deb topilgandi.

Do‘stlarga ulashing 👉 @UFCBOXUZ