UDEA
2.06K subscribers
896 photos
238 videos
2 files
392 links
University of Digital Economics and Agrotechnologies (UDEA)

🏆 We Guide You to the Brighter Future!


Our contacts:
☎️ +998 78 888 08 00
🌐 udea.uz

📍Boshlik street 3, Yakkasaray district, Tashkent 100022, Uzbekistan

Monday - Friday | 9:00 - 18:00
Download Telegram
Аgrobank АTB hamda Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 2023-yil uchun tasdiqlangan Yo‘l xaritasiga muvofiq UDEA talabalari 5-may kuni Аgrobank АTB bosh ofisiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida, bankning Ijtimoiy loyihalar departamenti direktori o'rinbosari Ozodbek Saydiyev hamda Kreditlarni boshqarish departamenti, bo‘lim boshlig‘i Farxod Ubaydullaevlar tomonidan departamentlarning ish faoliyati, ijtimoiy loyihalar va ularning vazifalari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalar bosh ofisda bank xodimlariga yaratilgan sharoitlar va qulayliklar bilan tanishdilar.

Tashrif davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga bank xodimlari tomonidan javob oldilar.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
UDEA Buyuk Britaniyaning Koventri Universiteti hamkorligida tashkil etgan davra suhbatidan video lavhalarni e’tiboringizga taqdim etamiz 📽

Ushbu tadbir Koventri universiteti vakillarining mahorat darslariga asoslanib, “Chet tilini o’qitish va o’rganishda raqamli texnologiyalar” mavzusida ingliz tili o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun noyob tajribalar platformasiga aylandi 🙌
2023-24 oʼquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari bo‘yicha kirish imtihonlariga start berilmoqda 🙌

Dastlabki kirish imtihonlari joriy yilning 19-may kuni bo‘lib o‘tadi!

❗️Hurmatli abituriyentlar, Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida ushbu kirish imtihoni 4 ta sessiyada bo’lib o’tadi:

9:00, 11:15, 14:15, 16:30

Har bir abituriyent uchun belgilangan imtihon vaqti SMS orqali yuboriladi hamda operatorlarimiz tomonidan xabar qilinadi 📌

Imtihonda barchangizga omad tilaymiz 👍

Batafsil ma’lumot uchun:
☎️ +998 78 888 08 00
Joriy yilning 15-may kunida UDEA universiteti talabalаri uchun Universitetning Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik bo‘yicha muhandisi F. Najimova tomonidan "Texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi asoslari" mavzularida taqdimoti bo‘lib o‘tdi 🧯

Taqdimot davomida talabalar Yong‘in Xavfsizligi, Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda Piyodalarning yo‘l harakati qoidalari mavzularida bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar 💡
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buyuk Britaniyaning Koventri universiteti bakalavriat dasturlariga qabul boshlandi!

🇬🇧 Koventri universiteti:
• Buyuk Britaniyaning 13-o‘rindagi universiteti;
• Bakalavriat dasturlari bo‘yicha dunyodagi TOP-341 talikka kiradi;
• Ta’lim berishdagi muvaffaqiyat uchun oltin reytingda qayd etilgan;
• Bitiruvchilarning 97 foizi ish bilan ta’minlangan.

Koventri universiteti bakalavriat dasturlari bitiruvchilari O‘zbekistonda o‘qib turib xalqaro diplomga ega bo‘ladilar va o‘z sohalarining talab yuqori bo‘lgan mutaxassislari bo‘lib yetishadilar.

UDEAda Koventri universitetining quyidagi bakalavriat dasturlari taqdim etiladi:
• Biznes uchun axborot texnologiyalari;
• Buxgaleriya hisobi va moliya;
• Xalqaro moliya va bank ishi;
• Ingliz tili va uni xorijiy til sifatida o‘qitish.

2023-24 o’quv yili uchun hujjatlar quyidagi havola orqali topshiriladi:
📌 https://lms.udea.uz/register

Murojaat uchun:
☎️ 78-888-08-00
🌏 coventry.udea.uz

🔷

Admission to undergraduate programmes by Coventry University (UK) is open now!

🇬🇧 Coventry University:
• Ranked №13 university in the UK;
• Top-341 in undergraduate programmes in the world;
• Ranked Gold for teaching excellence;
• 97% of graduates employed successfully.

Our graduates will be awarded by Coventry University diploma and become highly demanded specialists in their fields.

Apply for the following programmes:
• Information Technologies for Business;
• Accounting and Finance;
• International Finance and Banking;
• Teaching English as a Foreign Language.

Admission for the 2023/24 academic year is ongoing and you can apply online now:
https://lms.udea.uz/register

Contact us:
☎️ 78-888-08-00
🌏 coventry.udea.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Koventri universiteti haqidagi barcha ma’lumotlarni bilib olishingiz uchun ayni vaqti keldi 📣

27-may kuni, soat 10:00dan 16:00gacha UDEAda Koventri universiteti bakalavriat dasturlariga talabalarni qabul qilish boshlanishiga bag‘ishlangan Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi 🤩

Koventri universiteti Buyuk Britaniyaning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatida 13-o‘rinni egallagan va ta’limning eng yuqori sifati uchun "Oltin" maqomiga sazovor bo‘lgan kam sonli universitetlardan biri.

Ochiq eshiklar kunida har bir mehmon Koventri universitetining ta’lim dasturlari, shuningdek, karyera imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladi.

Batafsil ma’lumot uchun:
☎️ +998 78 888 08 00
🌏 coventry.udea.uz
📍Manzil

🔷

It's time to know all the information about Coventry University (UK) 📣

On May 27th, from 10:00 to 16:00, UDEA will host an Open day event dedicated to the admission for Coventry University’s undergraduate programmes 🤩

Coventry University is ranked 13th in the list of the best universities in the UK and was awarded a “Gold” status for teaching excellence.

During the open day, every visitor will receive detailed information about all degree programmes offered by Coventry University, as well as career opportunities.

For more information:
☎️ +998 78 888 08 00
🌏 coventry.udea.uz
📍 Location

Graduate with a world-class UK degree from Coventry University!
UDEA hamda O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi bilan o‘tgan muvaffaqiyatli uchrashuv haqida mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. Uchrashuv ikki tashkilot o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

O‘tkazilgan muhokamalar davomida hamkorlikning turli yo‘nalishlari yuzasidan samarali muzokaralar olib borildi. Muhokamalarning asosiy mavzularidan biri UDEA kampusida IELTS imtihonlarini o‘tkazish imkoniyati bo‘ldi. Ushbu hamkorlik UDEA talabalari va keng jamoatchilik uchun IELTS imtihonlarini topshirish uchun qulay imkoniyatlarini berishga qaratilgan.

Bundan tashqari, ikkala tomon ham Britaniya Kengashi tomonidan tashkillashtiradigan tadbirlarida UDEA brendini ommalashtirish istiqbollarini o‘rganib chiqishdi. Bunday tashabbuslar UDEAning qamrovini kengaytirishga va uning akademik dasturlari va takliflarini kengroq auditoriyaga targ‘ib qilishga hissa qo‘shadi.

UDEA va O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi yaqin keljakdagi mustahkam hamkorlik imkoniyatlaridan hamda uning rivojlanib borishiga umid qiladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tanishing! Koventri universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori — Richard Uells 🤝

Ushbu videoda Richard Uells UDEA va Koventri universiteti hamkorligida ochiladigan barcha ta’lim dasturlari haqida so‘zlab beradi 🤩

Qabul boshlanganini eslatib o‘tamiz. Hujjatlaringizni quyidagi xavola orqali topshiring:
https://lms.udea.uz/register

🇬🇧 Koventri universiteti bakalavriat dasturlari bo‘yicha dunyodagi TOP-341 talikka kiradi (QS world university rankings) va bitiruvchilarning 97 foizi ish bilan ta’minlangan (The DLHE survey).

Koventri universitetining ta’lim dasturlari haqidagi batafsil ma’lumotni coventry.udea.uz vebsayti yoki 78 888 08 00 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

🔷

Meet Coventry University’s Vice Chancellor for International Relations — Richard Wells 🤝

In this video, Richard talked about all degree courses that will be launched in collaboration between UDEA and Coventry University 🤩

Admission is open now. Apply online via the link below:
https://lms.udea.uz/register

🇬🇧 Coventry University ranked in Top-341 in undergraduate programmes in the world (QS world university rankings) and 97% of graduates employed successfully (The DLHE survey).

Please visit to our website coventry.udea.uz or call us
78 888 08 00 for more information.

GRADUATE WITH A WORLD-CLASS UK DEGREE FROM COVENTRY UNIVERSITY!
📣 2023-yil 27-may kuni UDEAda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri boʻlib oʻtdi, bu tadbir tashrif buyuruvchilarga universitetning hamkori Koventri universiteti (Buyuk Britaniya) tomonidan boʻlajak 2023/24 oʻquv yili uchun taqdim etilayotgan jahon darajasidagi taʼlim dasturlari haqida koʻproq maʼlumot olish imkonini berdi.

🏆Tadbir o‘quv dasturlari, qabul jarayoni, qiziqarli tanlovlar va boshqa tadbirlar haqida batafsil tushuntirishlar bilan birga kampus turni o‘z ichiga oldi.

Qabul jarayoni hozirda davom etayotganligini eslatib o'tamiz. Tashrif buyuruvchilar onlayn tarzda hujjat topshirishlari mumkin:
📎 https://lms.udea.uz/register

Qo‘shimcha ma’lumot uchun biz bilan bog‘laning:

☎️ 78 888 08 00
🌏 coventry.udea.uz
📣 2023-yil 2-iyun kuni UDEA talabalari uchun “Diniy ekstremizm va Islom ta’limotiga zid g‘oyalar – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuvda diniy ekstremizmning xavotirli avj olib borayotgani va uning yoshlarga salbiy ta’siri haqida ma’lumot berildi. Tadbirda Islom dini ta’limotiga zid bo‘lgan, yosh avlod kelajagiga tahdid soladigan g‘oyalar haqida so‘z yuritildi.

🏆UDEA quyidagi ma’ruzachilarga ma’rifatli taqdimotlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi:

▫️Mamataliyev O‘rol Amonovich, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar bo‘limi bosh mutaxassisi;

▫️Muxammadov Azizbek Madaminovich, Profilaktika inspektori.