UDDABURON_UMMAT_cha
75.5K subscribers
271 photos
288 videos
23 files
24 links
💎Maqsadimiz Ummatni aqlli, zukko va eng asosiysi smartfon o’yinlaridan uzoqlashtirish…

Reklama xizmati : @odobli_reklama

Biznesingiz uchun video tayyorlash xizmati: @shoxportfolio

❗️Taklif va murojatlar uchun: @univershbl
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹 Faqat pul topish emas, bola bilan o’ynab ham turish kerak…

Otaning farzandi bilan o‘ynashi:
🛡 Farzandga himoya va ishonch tuyg‘usini beradi;
🧠 Uning aql va tasavvurini kengaytiradi;
💪 Jasorat va qat’iyatni singdiradi;
❤️ Ota-bola mehrini mustahkamlaydi;

Ota uchun bir necha daqiqa o‘yin — bola uchun butun umr tayanch!

Bolalarni telefon o’yinlaridan qaytaruvchi kanal: @uddaburon_ummatcha
157👍75🥰18🤩10🔥6😘6👏3😱3😁2🕊2👨‍💻2
Matematik krossvord.pdf
3.4 MB
Matematik krossvordlar (5-8 yosh).

📃Bolalarga chiqartirib bering va ular bilan birga yeching.

Bolalarni telefon o’yinlaridan qaytaruvchi kanal: @uddaburon_ummatcha
👍6435🤩10🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐸Tilini chiqaruvchi qurbaqa...

🔹Bolalar uchun qiziqarli va foydali o‘yinchoq. Orqasidan puflaganda qurbaqa tili chiqadi. Nafas mashqlarini rivojlantirish, diqqatni jamlash va kulgili damlar uchun juda mos.

Material: xavfsiz va yengil plastik
Yosh: 3+
Foyda: nafas olish mashqlari, koordinatsiya va ijodkorlikni rivojlantiradi

Bolalarni telefon o’yinlaridan qaytaruvchi kanal: @uddaburon_ummatcha
👍9556🔥14🥰6😱5👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Puflab uchur…

🔹Dam olish kunlarida bolalar mazza qilib o’ynashlari uchun puflab o’ynaydigan o’yinchoq.

Bolalarni telefon o’yinlaridan qaytaruvchi kanal: @uddaburon_ummatcha
👍11859🔥5🥰4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolangizni hayratga solmoqchimisiz?

✂️Faqat flomaster, qoshiq va biroz suv kerak – natijada chizilgan rasm jonlanadi! 🌟

🔹Shu tarzda bola ijodkorligi, e’tibor va mantiqiy fikrlashi rivojlanadi.

Bolalarni telefon o’yinlaridan qaytaruvchi kanal: @uddaburon_ummatcha
107👍63🔥9🥰9😱4🕊2👨‍💻2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jumong-Jumong o’ynash…

🔹Oddiy buyumlardan kamon yasab va u orqali vaqtingizni maroqli o’tkazing.

❗️Ehtiyot bo’ling: kamon o’ynashda bir birlariga qarata otmasliklarini bolalarga yaxshilab tayinlang.

Bolalarni telefon o’yinlaridan qaytaruvchi kanal: @uddaburon_ummatcha
65👍42😁9🔥7🎉5🥰3🕊2👨‍💻2
🔹Har kunlik odatiy savol o'rniga foydali 11 ta savol.

🎬«Qalaysan?», «Bog‘chada nima yeding?», «Maktabda nima vazifa berishdi?» — ko‘pincha bolaga beriladigan savollar shular bilan chegaralanib qoladi.

Aslida esa, suhbatni qiziqarli va foydali qilish mumkin.

🎯Quyidagi savollar yordamida bolangizning ichki dunyosi, his-tuyg‘ulari va qiziqishlari haqida ko‘proq bilib olasiz:

1. Bugun sen uchun eng esda qolarli voqea qaysi bo‘ldi?
2. Bugun seni nima hayratda qoldirdi?
3. Bugun nimalarni orzu qilding?
4. Bugun qanday yangi narsani bilding?
5. Do‘stlaring bugun qanday kulgili ish qilishdi?
6. Bugun kimgadir yordam berdingmi?
7. Bugun qanday yaxshilik qilding?
8. Bugun seni eng ko‘p kim ilhomlantirdi?
9. Hozir qaysi kitobni o‘qiyapsan?
10. Do‘stlaringning qiziqishlari haqida gapirib berasanmi?
11. Bugun xafa bo‘ldingmi? Nima uchun?

Bolalarni telefon o’yinlaridan qaytaruvchi kanal: @uddaburon_ummatcha
👍13988🔥9😍5🕊4👨‍💻3😱2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jo'ja xo'rozchalar...

🐥Yasalishi oddiy, lekin juda qiziqarli jo‘ja xo‘rozchalar .

Bolalar qo‘li bilan ishlash orqali:
-mayda motorikasi rivojlanadi,
-sabr va diqqatni jamlashni o‘rganadi,
-ijodkorligi va tasavvuri kuchayadi.

Bolalarni telefon o’yinlaridan qaytaruvchi kanal: @uddaburon_ummatcha
👍10147🥰14🔥7😁6👨‍💻6
🔹Bolani maqtash uchun bir xil so'zlarni ishlatishni bas qiling, masalan: qoyil, barakalla, zo'rsan, o'zimni aqlligim...

❗️Uning o'rniga bolaga kuch beruvchi quyidagi 7 ta jumlani ayting.

Bolani qanday maqtash yaxshiroq va foydaliroq
:

1. Sen juda ko‘p narsani bilasan va juda qiziqarli suhbatdosh ekansan!
2. Rostgo‘yliging uchun rahmat, men buni qadrlayman, bu men uchun juda muhim.
3. Bu vazifani biz kutganimizdan ham yaxshiroq bajarding.
4. Sen o‘zingni to‘g‘ri ruhlantirsang, hammasi oson chiqadi.
5. Men seni harakatlaring uchun maqtayman — sen matonat ko‘rsatding, senga qiyin bo‘ldi, lekin sen taslim bo‘lmading.
6. Sen juda kuchlisan, qo‘rqayotganingni ko‘rdim, lekin shunga qaramay, bajara olding.
7. Sen juda mehribon va e’tiborli ekansan, buning uchun rahmat.

Bolalarni telefon o’yinlaridan qaytaruvchi kanal: @uddaburon_ummatcha
1👍151103🔥15🥰7🕊7😍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💎 Bola maktabga tayyor bo’lishi uchun 4 oltin qoida…

1. Ko‘p harakat.
2. Muvozanat hissi.
3. Mayda va katta Motorika
4. O‘z hislarini tushunish.

Bolalarni telefon o’yinlaridan qaytaruvchi kanal: @uddaburon_ummatcha
66👍25🔥5🕊2👨‍💻1
🔹Ota-onalarning eng ko‘p beradigan savoli: Qaysi yoshda qaysi sport mos keladi...

👶 3–5 yosh

– Raqs, gimnastika, suzish.
👉 Maqsad: harakatni o‘rgatish, sog‘lom odatlarni shakllantirish.

🧒 6–8 yosh
– Futbol, basketbol, tennis, suzish, yengil atletika.
👉 Bu davr – turli sportlarni sinab ko‘rish va qiziqishni topish vaqti.

👦 9–12 yosh
– Kurash, gimnastika, suzish, boks, voleybol, basketbol.
👉 Bola jismonan mustahkamlanib, jiddiy mashg‘ulotlarga tayyor bo‘ladi.

👨‍🦱 13 yoshdan yuqori
– Og‘ir atletika, professional sport yo‘nalishlari.
👉 Faqat murabbiy nazorati ostida!

Eslatma: Sport – majburiyat emas, zavq bo‘lishi kerak. Bolani o‘z qiziqishi bo‘yicha qo‘llab-quvvatlang.

Bolalarni telefon o’yinlaridan qaytaruvchi kanal: @uddaburon_ummatcha
122👍42🥰6😱4🔥2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✂️🐥 Qog‘ozdan yasalgan xo'rozcha...

🔹Oddiy qog‘ozdan shunaqa qiziqarli o‘yinchoq yasash mumkinligini bilarmidingiz? 🎉

Farzandingiz bilan birga yasab ko‘ring – ijodkorlikni rivojlantiradi, qo‘l mehnatini mustahkamlaydi va vaqtni maroqli o‘tkazishga yordam beradi.

📌 Siz ham sinab ko‘ring va natijangizni bizni guruhimizga tashlashni unutmang.

Bolalarni telefon o’yinlaridan qaytaruvchi kanal: @uddaburon_ummatcha
👍8056🔥7🕊7🤔5🥰2🐳2👏1😁1😱1
🔹Mehmonga borishdan oldin bolalarga aytiladigan gaplar...

Bolalarga oldindan tushuntiring, shunda ular o‘zlarini odobli tuta oladi:

1. “Mehmonga borganda birinchi navbatda salom berishni unutma.”
2. “Uy egasining gapini bo‘lma va yaxshi tinglash kerak.”
3. “Agar biror narsa xohlasang, avval so‘rab ol.”
4. “O‘yinchoqlarni yoki buyumlarni ruxsatsiz olib o‘ynama.”
5. “Ovqat yeyayotganda shoshilmasdan, chiroyli ovqatlanasan.”
6. “Mehmonda bezovta bo‘lmaslik, shovqin qilmaslik kerak.”
7. “Oxirida esa ‘Rahmat, xayr’ deb odob bilan chiqib ketamiz.”

Shu tarzda oldindan aytilgan eslatmalar bola ongida qoladi va u mehmondorchilikda o‘zini yaxshi tuta oladi.

💎Farzandingizni bu odoblarga o‘rgatsangiz, u hamma joyda tarbiyali va hurmat qozonadigan bola bo‘lib ulg‘ayadi.

Bolalarni telefon o’yinlaridan qaytaruvchi kanal: @uddaburon_ummatcha
183👍75🔥13😁8👨‍💻7🐳6🥰4👌4🕊1
🔹Oddiy shakllardan, ajoyib rasmlar chizishni o’rganamiz…

Bolalarni telefon o’yinlaridan qaytaruvchi kanal: @uddaburon_ummatcha
🥰6662👍58🔥15😁7👌5🐳5🕊3🎉2🤩1👨‍💻1
📚 Bolaga kitob o‘qish odatini qanday singdirish mumkin?

Kitob – bu bola tafakkuri va tasavvurini shakllantiradigan eng kuchli qurol. Lekin uni qanday qilib muntazam o‘qishga o‘rgatish mumkin?

Mana bir nechta samarali usullar:

1. Namuna bo‘ling – siz o‘qisangiz, bola ham o‘qiydi.
2. Birgalikda o‘qing – kechqurun ertak yoki hikoyalarni ovoz chiqarib o‘qib bering.
3. Mos kitob tanlang – kichkinalar uchun rangli rasmlar, kattalar uchun qiziqarli syujetli kitoblar.
4. Kitobni sovg‘a qiling – bayramlarda kitob ham eng yaxshi tuhfa bo‘lsin.
5. Uyda kitob burchagi yarating – kitoblar ko‘zga tashlansa, bola ularga qiziqadi.
6. Savol-javob qiling – o‘qiganlari haqida suhbatlashib, fikrlashga o‘rgating.
7. Rag‘batlantiring – kichik mukofotlar bilan qiziqishini oshiring.

📖 Esda tuting: bolaga kitobni majburlab emas, mehr bilan sevdirish kerak.

Bolalarni telefon o’yinlaridan qaytaruvchi kanal: @uddaburon_ummatcha
👍107102🔥8🥰8🕊8👨‍💻2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💠Bolalar uchun qogirchoq teatrini ozingiz tashkillashtiring.

Haqiqiy multfilm qahramonlari endi bolalar koz oldilarida boladi.

🏞 Shablonlar tez orada kanalimizga joylanadi.

Bolalarni telefon o’yinlaridan qaytaruvchi kanal: @uddaburon_ummatcha
👍8338🔥12🥰8😱2😘2😁1👌1