Uchtepa tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi
411 subscribers
11.9K photos
2.46K videos
460 files
4.32K links
Uchtepa TMMTB tasarrufidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati, ta'limga oid yangiliklar, o'qituvchi va o'quvchilarning yutuqlari yoritilib boriladi.
Download Telegram
#sport

Uchtepa tumani 44-sonli umumta'lim maktabning
2-B sinf o'quvchisi Kaxramonova Yasmina sporting "Badiiy gimnastika" turi bo'yicha Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida bo'lib o'tgan musobaqada faxrli
🥇-o'rinni egalladi.

https://t.me/uchtepa_44
#Toshkent shahar Uchtepa tumani
229- sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida Uchtepa tumani Maktabgacha va maktab ta'limi  tasarrufidagi maktablarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari va sinf rahbarlari uchun
"Maktablarda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida o'quv-seminar bo'lib o'tdi.
Seminarda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri H.Umarova tahriri ostida chop etilgan ota-onalar uchun "OTA-ONA-MURABBIY" kitob taqdimoti va mazmuni bo'yicha tayyorlangan videorolik va slaydlari namoyish etildi. Sinf rahbarlar uchun uslubiy qo‘llanma kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 297-maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari  Sharopova Nilufar Xoshimovna maktablardagi ma'naviy muhit, o'quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o'qituvchi va  murabbiylarning vazifalari haqida  seminarda olgan bilimlari bilan o'rtoqlashdi. Seminar mazmunli va sifatli tashkil etildi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Мактаб ва мактабгача туман бўлими ва "Регистон" ўқув маркази ҳамкорлигида олимпиада ўтказилди.

Унда тумандаги умумтаълим мактабларидан 6 мингдан зиёд ўқувчилар иштирок этиб, улардан 200 нафари ғолиб деб топилди ҳамда 3 млн. сўмгача бўлган ваучердарга эги бўлишди.

Тақдирлаш маросимида туман депутати Ж.Исманов ва туман ҳокимлиги масъуллари иштирок этиб, болажонларга имтиёзли ваучерларни топширишди.


👉https://t.me/uchtepahokimligi

Web-site |facebook | instagram | youtube
Toshkent shahar Uchtepa tumani 297 sonli umumtaʼlim maktabining 3-"B" sinf oʻquvchisi Usmonov Umarjon Mudir olimpiadasida faol qatnashib 5- oʻrinni qoʻlga kiritdi. Registon oʻquv markazi tomonidan sovgʻalar va 500.000 soʻmlik vaucher bilan taqdirlandi
Toshkent shahar Uchtepa tumani 297- sonli umumtaʼlim maktabining 3- "B" sinf oʻquvchisi Bahodirov Mahmudjon Mudir olimpiadasida qatnashib 3- oʻrinni qoʻlga kiritdi . Registon oʻquv markazi tomonidan 1.000.000 soʻmlik vaucher va sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Uchtepa TMMTB tasarrufidagi 287-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi ingliz tili fani o‘qituvchisi Karimova Ziyoda Abduxamidovnaning 1-''B'' sinf o‘quvchilari bilan ''Animals'' mavzusida o‘tkazgan ochiq darsidan lavhalari.
Uchtepa TMMTB tasarrufidagi 287-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi ingliz tili fani o‘qituvchisi Qobilova Dilfuza Mavlonberdiyevnaning 9-''А'' sinf o‘quvchilari bilan ''Changes''' mavzusida o‘tkazgan ochiq darsidan lavhalari.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ҚУВНОҚ СТАРТЛАР - ҚУВНОҚ СПОРТ БАЙРАМИГА АЙЛАНДИ

Учтепа туманидаги 193-умумтаълим мактабида 50 йилдан зиёд жисмоний тарбия фанидан ўқувчиларга бор маҳорат ва тажрибасини ўргатган марҳум устоз ТЎЛҚИН ҲАЙДАРОВНИ нафақат пойтахтда балки республика ҳудудида яхши танишган, билишган ва ҳануз эъзозлашади.

Ҳар йили 9-май "Хотира ва қадрлаш" байрами арафасида устоз хотирасига бағишлаб "Қувноқ стартлар" спорт мусобақалари ташкил этилиб, ТЎЛҚИН ҲАЙДАРОВ номи билан аталган кубок ғолиб жамоага топширилади.

Спорт байрамида туман ҳокимлиги масъуллари, туман депутатлари, марҳум устознинг фарзандлари ва набиралари ҳамда мактаб жамоаси иштирок этишди.

Мусобақада "Қалдирғоч" жамоаси энг кучли деб топилиб, кубок ва совғаларни қўлга киритди.

Қалби қувноқ жажи чемпионларимизни табриклаймиз!!!


👉https://t.me/uchtepahokimligi

Web-site |facebook | instagram | youtube
Uchtepa tumani 4-umumta'lim maktabining bir guruh o'quvchilari xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Nuroniylarni e'zozlash xalqimizga xos qadriyat" shiori ostida maktabimizning sobiq o'qituvchisi F.Raimova xonadonga tashrif buyurdilar.Nuroniylarga g'amxo'rlik ko'rsatish,ularni holidan xabar olish biz yoshlarning burchimizdir.Zero "Inson aziz,xotira muqaddas" dir.O'quvchilar F.Raimovaning yoshligidagi qiziqarli voqealarini maroq bilan tingladilar va yurtimizning tinch osoyishta hayotining bir bo'lagi ekanligidan faxr tuyg'usini his qildilar.Qiziqarli suhbatdan keyin o'quvchilar shinamgina hovlida gullar parvarishiga yordam berdilar.
ВМҚ-263.pdf
684.6 KB
⚡️Мактаб раҳбарияти ҳамда ўқитувчи ходимлари учун янги устама тури жорий қилинди

Эндиликда сифатли таълимни таъминлашда ижобий натижаларга эришаётган умумий ўрта таълим мактаблари раҳбарияти ҳамда ўқитувчиларига 40 фоизгача устама берилади.

Бу ҳақида Вазирлар Маҳкамасининг 2024 йил 6 майдаги "Сифатли таълимни таъминлашда ижобий натижаларга эришаётган умумий ўрта таълим мактаблари раҳбарияти ҳамда ўқитувчиларига устама бериш тартиби тўғрисида"ги 263-сонли низоми қабул қилинди.

🗂Низом матни ва унга иловалар билан юқоридаги файлда батафсил танишишингиз мумкин.

👉 @Oylik_hisoblashbot - Ойлик ҳисоблаш учун бот.

Асосий каналимизга уланиш учун сўров қолдиринг 👇👇👇

https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6
https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6
105_буйрук_вазирлик_Мактаблар_учун.pdf
969.5 KB
XODIMLARI LAVOZIM MALAKA TALABLARI TO‘G‘RISIDA.

MMTV ning 2024-yil 1-apreldagi 105-sonli buyrug‘i

@talimda
Forwarded from Muallim | Ta'limga oid
⚡️ Эртага 9 май муносабати билан неча кун дам олинади?

Бу йил Хотира ва қадрлаш кунида ўзбекистонликлар фақат бир кун дам олади. Байрам куни — 9 май, пайшанба.

Президент фармонига кўра, қўшимча дам олиш куни белгиланмаган. 10 май, жума — барча ходимлар учун иш куни.

👉 https://t.me/muallimlarga
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM