Uchquduq zakovat klubi
216 subscribers
571 photos
21 videos
8 files
125 links
Uchquduq tumanida o'tkaziladigan barcha intellektual o'yinlar va mantiqiy savol-javob bo'ladigan kanal.
Download Telegram
Forwarded from UCHQUDUQ 24
#Yoshlar_oyligi
#Zakovat_intellektual_óyini

Bugun 6-iyun kuni "NKMK" AJ Shimoliy kon boshqarmasida yoshlar oyligini keng nishonlash maqsadida, "Zakovat" intellektual o'yini bo‘yicha "SHKB kubogi" ning final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Final bosqichiga yetib kelgan 3-sonli Gidrometallurgiya zavodi, "Sharqiy" koni, Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika markaziy laboratoriyasi hamda Uchquduq Axborot kommunikatsiya texnologiyalari markazi jamoalari mantiqiy bilimlari bo‘yicha kuch sinashishdi. Intellektual o'yinning yakuniy natijalariga ko'ra 3-o‘rinni "Sharqiy" koni, 2-o'rinni Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika markaziy laboratoriyasi, faxrli 1-o‘rinni va "ShKB kubogi"ni 3-sonli Gidrometallurgiya zavodi jamoasi qo‘lga kiritdi. G‘oliblar 1-sonli BKUQ tomonidan diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.
Forwarded from Zakovat: Navoiy
Ertaga, 8-iyun kuni soat 13:00da Ayollar ligasi 8-tur oʻyini boʻlib oʻtadi.

O‘yinlar Navoiy viloyatining ikkita hududida bo‘lib o‘tadi:

1-hudud, Navoiy shahri, Yoshlar markazi binosi
Murojaat uchun: @JXB96

2-hudud, Uchquduq tumani, Yoshlar markazi binosi
Murojaat uchun: @Feruza_Avazovna

Qatnashuvchi jamoalar o‘yin joyiga soat 13:00ga qadar yetib kelishi so‘raladi!

Yangi jamoalar 6 kishilik tarkib bilan ligada ishtirok etishi mumkin.

https://t.me/Navoiy_zakovatNNT
"Uchquduq zakovat ligasi" 8-tur o'yini yakshanba 9 -iyun kuni bo'lib o'tadi.

O'yin 7-maktabda soat 10:00da boshlanadi. Ro'yxatdan o'tgan jamoalar kechikmasdan kelishlarizni so'raymiz.

Yangi jamoalar bot orqali ro'yxatdan o'tib, o'yinga ishtirok etishingiz mumkin. Jamoalar tarkibi yoshi, ish joyi va o'qishidan qat'iy nazar ko'pi bilan istalgan 8 kishidan iborat bo'lishi mumkin.

Arizani @uchquduq_zakovatbot orqali yuborishingiz mumkin

Liga nizomi 👉 https://t.me/uchquduq_zakovat/522

Ariza namunasi 👉 https://t.me/uchquduq_zakovat/526?single

Ro'yxatdan o'tgan jamoalar:
https://t.me/uchquduq_zakovat/540
Volontyor zakovat koordinatorlari taqdirlandi.

Uchquduq tumanida o'tkaziladigan zakovat intellektual o'yinining "Ayollar ligasi" koordinatori, Uchquduq tuman axborot resurs markazi xodimi Norqulova Shaxnoza va "Zakovat o'quvchilar ligasi" koordinatori, 7-maktab o'qituvchisi Qosimov Sarvar "Zakovat" NNTning Prezidenti Abdurasul Abdullayev tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏
"Uchquduq zakovat ligasi"ning navbatdagi o'yini bo'lib o'tdi. Bundan tashqari navbatdagi "Shaxsiy o'yin" turniri bo'lib o'tdi. "Shaxsiy o'yin" yakuniy natijasi:
🥇-o'rin Xalilova Dilnoz
🥈-o'rin Temirov Laziz
🥉-o'rin Rasulov Asilbek

Ikkala intellektual o'yinni o'tkazishda jonbozlik ko'rsatganligi uchun Sardor Qodirovga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
👏👏👏👏👏👏👏👏
👏👏👏👏👏👏
Forwarded from Zakovat: Navoiy
Navoiy viloyati O‘quvchilar ligasi bahorgi mavsum yakuniy reyting jadvali.

@Navoiy_zakovatNNT
Forwarded from Zakovat: Navoiy
Ayollar ligasi bahorgi mavsum 8-turdan so‘ng Navoiy viloyati reytingi.

@Navoiy_zakovatNNT
📣ZAKOVAT IXLOSMANDLARI DIQQATIGA!!!

"Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida "Yoshlar oyligi" doirasida joriy yilning 14 iyun kuni soat 10:00da Uchquduq tumani axborot-kutubxona markazida “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkaziladi.
📌14-30 yosh oralig‘idagi yoshlarni jamoa shakllantirgan holda ishtirok etishga taklif etamiz.

✔️Marhamat intellektual o‘yinlarda ishtirok eting va bilimingizni sinovdan o‘tkazing.



📣ЗАКОВАТ ИХЛОСМАНДЛАРИ ДИҚҚАТИГА!!!

"Янги Ўзбекистон ёшлари, бирлашайлик!" шиори остида "Ёшлар ойлиги" доирасида жорий йилнинг 14 июнь куни соат 10:00да Учқудуқ тумани ахборот-кутубхона марказида “Заковат” интеллектуал ўйинлари ўткaзилади.
📌14-30 ёш оралиғидаги ёшларни жамоа шакллантирган ҳолда иштирок этишга таклиф этамиз.

✔️Марҳамат интеллектуал ўйинларда иштирок этинг ва билимингизни синовдан ўтказинг.

Telegram 🌐 Web sayt Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OYINA.UZ
Hamster Kombat oʻynaganni pul kutadimi yoki qamoq?

“Hamster Kombat” oʻyini atigi 1 oy avval, 2024-yilning may oyidan boshlab dunyo boʻylab virus kabi tarqaldi. Oʻyin mohiyati shundan iborat-ki, ekranda aks etadigan ogʻmaxon ustiga bossangiz, sizga tanga beradi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/2802

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram