3-Sinf Fayllar Bazasi
160K subscribers
47.5K photos
3.85K videos
8.47K files
3K links
Bu bazamizda 3-sinfga oid fayllarni topishingiz mumkin
Download Telegram
VATANIM
Muhammad Yusuf
Men dunyoni nima qildim, O‘zing yorug‘ jahonim. O‘zim xoqon, O‘zim sulton Sen taxti Sulaymonim. Yolg‘izim, Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, O‘zing mening ulug‘lardan Ulug‘imsan, Vatanim...   Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga. Singlim deymi, Onam deymi, Hamdard-u hamxonam deymi, Oftobdan ham o‘zing mehri Ilig‘imsan, Vatanim.   Sen Mashrabsan, Xalqda tumor, Balxda dorga osilgan. Navoiysan, shoh yonida Faqirni duo qilgan. Yassaviysan, meniki deb, Ko‘ringan da’vo qilgan, Ming bir yog‘i ochilmagan Qo‘rig‘imsan, Vatanim.   Sen Xo‘jandsan, Chingizlarga Darbozasin ochmagan, Temur Malik orqasidan Sirdaryoga sakragan. Muqannasan qorachig‘i Olovlarga sachragan, Shiroqlarni ko‘rgan cho‘pon: Cho‘lig‘imsan, Vatanim.   Kim Qashqarni qildi makon, Kim Enasoy tomonda, Jaloliddin — Kurdistonda, Boburing — Hindistonda, Bu qanday yuz qarolik deb, Yotarlar zimistonda. Tarqab ketgan to‘qson olti Urug‘imsan, Vatanim...   O‘g‘lim, desang osmonlarga G‘irot bo‘lib uchgayman, Chambil yurtda Alpomishga Navkar bo‘lib tushgayman, Padarkushdan pana qilib Ulug‘beking quchgayman, G‘ichir-g‘ichir tishimdagi So‘lig‘imsan, Vatanim...   O‘tgan kuning — o‘tgan kundir, O‘z boshingga yetgan kun, Qodiriyni bergan zamin, Qodiriyni sotgan kun. Qo‘lin bog‘lab, Dilin dog‘lab, Yetaklashib ketgan kun, Voh bolam! deb aytolmagan Dudug‘imsan, Vatanim...   Sen — shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim, Ota desam, O‘g‘lim deb, Bosh egib turgan chinorim, Qo‘ynimdagi iftixorim, Bo‘ynimdagi tumorim, O‘zing mening ulug‘lardan Ulug‘imsan, Vatanim!
Dunyoda kasb-hunarlar xilma-xil. Har bir kasb jamiyatda katta ahamiyatga ega. Yomon kasbning o’zi yo’q. Inson 17-18 yoshdan boshlab, kasb-hunar egasi bo’la boshlaydi. Tanlagan kasbini sevishi, unga vijdonan yondashishi kerak.

Toshkent shahar
Shayxontohur tumani
102-sonli kimyo va biologiya fanini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Iminova Mavluda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM