IIBB YHXB | Rasmiy kanali
6.53K subscribers
20.6K photos
4.83K videos
10 files
8.17K links
Mover: https://mover.uz/channel/yhxb/
Instagramm:https://instagram.com/iibb_yhxb?igshid=OGQ2MjdiOTE=
Toshkent shahar IIBB
Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi

@ubdd_uz
Download Telegram
Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi 100-sonli umumta'lim maktab o‘quvchilariga "Diqqat bolalar" profilaktik tadbiri doirasida profilaktik targ'ibot ishlari olib borilmoqda.

👉 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
⭕️⭕️⭕️⭕️

Telegram ijtimoiy tarmog'ida e'lon qilingan tanqidiy post yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 7-fevral kuni soat 12:00da, Telegram ijtimoiy tarmog'idagi "Tashkent Land" guruhida, 2 ta “Yutong” rusumli elektrobus haydovchisining qoidabuzarligi oqibatida elektrobusga texnik shikat yetganligi haqida tanqidiy post joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan, “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni ma'lum qiladi:
Ushbu holat bugun soat 11:00 larda kuzatilgan bo'lib, bunda "1-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "Yutong" rusumli, davlat raqami 01/ 097 MKA bo'lgan 28-sonli yo'nalish haydovchisi X.A avtobusni Yashnobod tumani, Mahtumquli ko'chasi bo'ylab boshqarib kelib, "Uspenskiy nomidagi musiqa maktabi" bekatiga to'xtayotgan vaqtida, shu bekatda to'xtab yo'lovchi tushirayotgan "5-avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "Yutong" rusumli, davlat raqami 01/ 086 NKA bo'lgan 44-sonli avtobus bilan yonlama oraliq masofani saqlamaganligi oqibatida 28-sonli avtobusning o'rta eshik qismi hamda 44-sonli avtobusning chap tomon orqani ko'rish oynasining korpus qismi bilan bir-biriga tegib qirilgan. Sodir etilgan to'qnashuvda tan jarohati olganlar yo'q.

Hozirda mazkur yo'l-transport hodisasi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilganligini ma'lum qilamiz.

❗️Hurmatli haydovchilar! Siz transport vositasini boshqarayotgan vaqtingiz nafaqat o‘zingizning balki, yo‘lovchilarning ham hayotiga javobgar ekanligingizni unutmang.

📌Aziz yo‘lovchilar! Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining 1062 ishonch raqamiga yoki tashbus.uz veb-saytining "Aloqa➡️Fuqarolar murojaati" bo'limi orqali murojaat qilishingizni hamda avtobus haydovchisi amalga oshirayotgan qoidabuzarligi haqida xabar berishingizni so'raymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Жорий йилнинг 31 январь куни Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожонов иштирокида Сурхондарё вилоятида жамоат хавфсизлигини ҳамда криминоген вазиятни барқарорлигини таъминлаш масалаларига оид тезкор йиғилиш ўтказилди.

Тадбирда Сурхондарё вилояти ҳокими Улуғбек Қосимов, Ички ишлар вазирлиги соҳавий хизмат раҳбарлари, вилоят сектор мутасаддилари ҳамда ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларининг масъул ходимлари иштирок этдилар.

▶️ Батафсил

Телеграм канал
Жорий йилнинг 5 февраль куни Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожонов томонидан Ўзбекистон Республикаси Президентининг ҳуқуқни муҳофаза қилувчи ва назорат органлари фаолиятини мувофиқлаштириш масалалари бўйича маслаҳатчиси Дониёр Қодиров иштирокида ички ишлар органлари фаолиятига оид тезкор йиғилиш ўтказилди.

Тадбирда Ички ишлар вазирининг ўринбосарлари, соҳавий хизматларнинг масъуллари, ҳудудий ички ишлар органлари раҳбарлари ҳамда ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларининг мутасадди ходимлари иштирок этдилар.

▶️ Батафсил