O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
2.2K subscribers
1.21K photos
154 videos
1.16K links
Download Telegram
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Bank reytingi

“Ahbor-Reyting” agentligi “Invest Finance Bank” AJning milliy shkaladagi kredit reytingini 2023 yil uchun “uzA+” darajasiga va “Barqaror” prognozi bilan oshirdi.

“Invest Finance Bank” AJ O‘zbekiston moliya bozorining faol ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, bank-moliya xizmatlarining ichki bozoridagi ko'rsatkichlari bo'yicha bank ancha yaxshi natijalarga erishdi. Shu bilan birga, bank yutuqlari nafaqat mamlakatimizda, balki turli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham e’tirof etilmoqda. Tashkil etilganidan beri Bank korporativ mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida ham, chakana savdo segmentida ham yuqori o'sishni ko'rsatib, jadal sur'atlar bilan rivojlandi.

“Invest Finance Bank” AJ 2007 yilda Xususiy ochiq aksiyadorlik tijorat banki shaklida tashkil etilgan. 2015-yilda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori bilan bankning maqomi Aksiyadorlik tijorat bankiga o‘zgartirildi. 2023-yil 24-fevraldagi bank aksiyadorlari yig‘ilishining qarori bilan bankning rasmiy nomi: “Invest Finance Bank” aksiyadorlik jamiyati deb o‘zgartirildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Bank reytingi

“Ahbor-Reyting” agentligi “KDB BANK UZBEKISTAN” AJning milliy shkala bo‘yicha kredit reytingini 2023 yil yakuni bo‘yicha “uzA+” darajasida va “Barqaror” prognozi bilan yangiladi.


“KDB Bank Uzbekistan” AJ O‘zbekistondagi eng yirik xalqaro bank hisoblanadi. “KDB Bank Uzbekistan” AJ KDBning O‘zbekistondagi sho‘ba korxonasi bo‘lib, o‘z mijozlariga bank xizmatlarini taklif etadi.

KDB BANK UZBEKISTAN 1997 yilda tashkil topgan. Bank faoliyatining asosiy yo‘nalishi O‘zbekiston Respublikasi hududida tijorat va chakana operatsiyalardir.

Bank biznesni rivojlantirish va mintaqaviy iqtisodiy o‘sishning mutanosibligini ta’minlash maqsadida korporativ va investitsiya bank xizmatlari ko‘rsatish sohasida xizmatlar ko‘lamini kengaytirmoqda. KDB tarmog‘i dunyoning 21 ta davlatida faoliyat yuritadi: 9 ta xorijiy filial, 5 ta sho‘ba korxona va 8 ta vakolatxonaga ega.

➡️ Batafsil…

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Kredit skoringi nima va umuman uning kredit tarixidan farqi nimada?

Javob: Kredit skoringi — bu Sizning kreditni to‘lay olish qobiliyatingizni ballar berish orqali baholash tizimidir. Ya’ni, 500 ballik tizimda baholanadi. Sizga beriladigan ballar muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud yoki yo‘qligi, shuningdek, daromadlarga, faoliyat turiga, yosh va turmush holatlari hamda boshqa shu kabi omillarga bog‘liqdir.

Ya’ni, kredit skoringi, sizning nafaqat avvalgi kreditlardan qarzingiz bor yoki yo‘qligini, balki sizning daromadingiz qanday, yoshingiz, olinayotgan mablag‘ni qaytarish loyoqatingiz qay darajadaligini baholaydi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Bank reytingi

“Ahbor-Reyting” MChJ reyting agentligi “MKBANK” ATBning milliy shkala boʻyicha kredit reytingini 2023 yil yakuni boʻyicha “uzA+” darajasida “Barqaror” prognozi bilan yangiladi.


🔘 Bank Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.

🔘 Bank O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes, xususiy tadbirkorlik va fermerlik, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, ayniqsa, aholiga mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etаdi.

🔘 Bank faoliyatining asosiy yo‘nalishi qimmatli qog‘ozlar, chet el valyutasi bilan operatsiyalarni amalga oshirishdan iborat. Bank aholidan omonatlarni qabul qiladi va kreditlar beradi, O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida to‘lovlarni amalga oshiradi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarga boshqa bank xizmatlarini ko‘rsatadi.

➡️ Batafsil…

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev:

“Tokio olimpiadasidan keyin yaxshi niyat bilan top-15 ga kiramiz deb, oldimizga katta maqsad qo‘ygan edik. 208 ta davlat vakillari qatnashgan musobaqada sportchilarimiz yuksak matonat, mahorat va iroda ko‘rsatib, dunyoda 13-o‘rin, Osiyoda 4-o‘rin, turkiy, musulmon va MDH davlatlari orasida 1-o‘rinni egalladi. Bir yo‘la 3 nafar sportchimiz “ikki karra olimpiya chempioni”, degan yuksak sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

Bu Yangi O‘zbekiston yoshlari nimaga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsatib, ularning natijalari tariximizda zarhal harflar bilan muhrlandi.

Barcha sportchilarimiz, ularning ota-onalari, ustoz va murabbiylari Yangi O‘zbekistonning chinakam qahramonlaridir! Ular bilan har qancha faxrlansak arziydi, ular bizning g‘ururimiz!”.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✔️ O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Brifing

Bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bosh direktorining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Hadiya Abdullayeva ishtirok etdi.

Unda Assotsiatsiyaning ishonch telefoniga 2024 yilning 7 oyi davomida fuqarolar tomonidan berilgan murojaatlar bo‘yicha maʼlumotlar berildi:

📊 2024 yilning 7 oyi davomida jami 968 ta murojaatlar kelib tushgan.

📌 Brifingda:

🔅Kredit tarixini muzlatish xizmati;

🔅Imtiyozli ta'lim krediti berish tartiblari bo'yicha ma'lumotlar berildi.

📌 Batafsil...

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Bank reytingi

“Ahbor-Reyting” agentligi “ANOR BANK” AJ 2023 yil uchun “Barqaror” prognozi bilan milliy shkala bo‘yicha kredit reytingini “uzA” darajasiga ko‘tardi.


“ANOR BANK” AJ birinchi mahalliy raqamli bank bo‘lib, O‘zbekiston moliya bozorining faol ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, bank-moliya xizmatlarining ichki bozoridagi ko'rsatkichlari bo'yicha bank ancha yaxshi natijalarga erishdi. Shu bilan birga, bank yutuqlari nafaqat mamlakatimizda, balki turli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham e’tirof etilmoqda.

Bank faoliyatining asosiy yo'nalishlari: korporativ mijozlarga xizmat ko'rsatish, kichik biznesni kreditlash, aholiga chakana xizmatlar ko'rsatish va qimmatli qog'ozlar bozorida operatsiyalar. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, korporativ mijozlar bilan ishlash “ANOR BANK” AJ faoliyatining eng muhim va doimiy rivojlanayotgan yo‘nalishi hisoblanadi. Bank tomonidan taklif etilayotgan xizmatlarning keng doirasi, bank xodimlarining bank sohasidagi yuqori professionalligi va ko‘p yillik tajribasi bank operatsiyalari, jumladan, korporativ mijozlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar rentabelligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхати янгиланди.

Ушбу Телеграм каналларда давлат органлари фаолиятига оид сўнгги янгиликлар, янги ҳужжатлар, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан хабардор бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt va IT sohasidagi startap loyihalarni rivojlantirish chora-tadbirlariga doir taqdimot bilan tanishdi.

Bank-moliya sohasida sun’iy intellektni qo‘llashni kengaytirish, bu bo‘yicha kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

➡️Batafsil…

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Qaysi banklarda 100 million so‘mgacha onlayn mikroqarz olsa bo‘ladi?

Javob: Hozirda 100 million so‘mgacha onlayn mikroqarz berayotgan banklar bilan tanishing:

🏦 Asia Alliance bank – 27,99%;

🏦 MKbank – 28 %;

🏦 TBC Bank – 28 %;

🏦 Asakabank - 30 %;

🏦 Ipak yo‘li bank – 30,90 %.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Bank reytingi

“Ahbor-Reyting” agentligi “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat bankining 2023 yil uchun milliy shkaladagi kredit reytingini “uzA+” darajasida “Barqaror” prognozi bilan yangiladi.


Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-sentabrdagi qaroriga asosan “Qishloq qurilish banki” aksiyadorlik-tijorat banki negizida “ Biznesni rivojlantirish banki ” aksiyadorlik-tijorat banki tashkil etildi.

Bank tomonidan aholiga barcha turdagi chakana bank xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Xususan, respublika boʻylab joylashgan 40 ta xizmat koʻrsatish shoxobchalari orqali avtokreditlar, ipoteka, mikrokreditlar, valyuta ayirboshlash, bank kartalari, kassa amaliyoti, xalqaro pul oʻtkazmalari kabi xizmatlardir.

➡️Batafsil…

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga asosan, O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi bosh direktori Xamidov Baxtiyor Sultanovich "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi" faxriy unvoni bilan mukofotlandi.

Davlatimiz rahbarining topshiriqlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Prezidentimiz nomlaridan ushbu yuksak unvonni Baxtiyor Xamidovga topshirdi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasida tashkil etilgan tadbirda B.Xamidovning mustaqil O‘zbekiston tarixining eng murakkab va sinovli davrlarida davlatchiligimiz asoslarini mustahkamlash, xalq xo‘jaligi tarmoqlari iqtisodiyotini yuksaltirish borasidagi fidokorona xizmatlari xususida so‘z yuritildi.

O‘z navbatida, B.Xamidov Prezidentimizga davlatimizning yuksak unvoni bilan taqdirlagani uchun o‘z minnatdorligini bildirdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Forwarded from Нadiya Аbdullaeva
🔈 O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi va GLOBALEXPO ko‘rgazma kompaniyasi hamkorligida Toshkentda “Banks&Business Expo2024” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu xalqaro ko‘rgazma2024-yilning 15-17-oktabr kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” pavilonlarida o‘tadi.

Ushbu muhim tadbir:

O’zaro tajriba almashish,
ishbilarmonlik aloqalarini o'rnatish imkonini beradi.

Shu bilan birga moliya sohasidagi dolzarb mavzularni muhokama qilish uchun dunyoning yetakchi bank va moliya institutlarini birlashtiradi.

Ko‘rgazmada jahon moliya tashkilotlari, shuningdek, Markaziy Osiyo, Yevropa va Osiyo mintaqasidagi kompaniya va korxonalar, jumladan, xorijiy banklarning innovatsiyalari va yutuqlari namoyish etiladi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun: e-mail: uzglobalexpo@gmail.com

📱 +998 95 011 99 44

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Unda prezidentimiz beshta yo‘nalishlarlarga to‘xtalib qator yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, tadbirda bank sohasiga ham alohida to’xtalib o’tildi.

🔛 Endilikda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashda barcha banklar va mikromoliya tashkilotlari ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Masalan, 100 million so‘mgacha mikrokredit bor-yo‘g‘i 9 foiz tadbirkorlarning ehtiyoji uchun yetarli ekanligi maʼlum bo‘ldi. Shu bois, mikrokreditlar miqdori 3 karra oshirilib, 300 million so‘mga yetkaziladi. Bunda kreditning 100 million so‘mgacha bo‘lgan qismiga garov talab qilinmaydi.

🔛 Endi Tadbirkorlik kompaniyasining filiali har bir viloyatda tashkil qilinadi. Kompaniya va uning filiallari hududlarda salohiyati bor tadbirkorlarni aniqlaydi.

Kompaniya kafilliklari yaxshi kredit tarixi va yuqori barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlarga beriladi.

🔛 Tayyorlangan yangi qonun loyihasi qabul qilinsa, islom moliyasi bilan banklar ham ishlashi mumkin bo‘ladi.
Bu – yangi moliyaviy xizmatlar taqdim etilishi, ko‘p investorlar kirib kelishi va 5 milliard dollarlik qo‘shimcha resurs paydo bo‘lishiga turtki beradi.

🔛 Endi davlat jalb qilgan mablag‘larni yirik korxonalarga berish amaliyotidan bosqichma-bosqich voz kechilishi taʼkidlandi.

Bunday mablag‘larni berish ikki yil ichida kamida 40 foizga qisqaradi. Banklar buning hisobidan kamida 30 trillion so‘mni xususiy biznesga yo‘naltiradi.

🔛 Kredit oldi-berdisida bank ham, tadbirkor ham tavakkal qiladi. Lekin, amaliyotda bankning huquq va vakolatlari tadbirkorga nisbatan ancha ko‘proq.

Endilikda garovdagi mulkni savdoga chiqarishdan oldin uning hozirgi bozor qiymati aniqlanadigan, qaytmagan qarzdorlik garov qiymatining 15 foizidan kam bo‘lsa undiruv mulkka qaratilmaydigan tizim yaratiladi. Bank mijoziga qarzni boshqa manba hisobidan qoplashga imkon beradi.

➡️Batafsil…

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Bank reytingi

“Ahbor-Reyting” agentligi “Universal bank” aksiyadorlik tijorat bankiga milliy shkaladagi kredit reytingini 2023 yil uchun belgilab, “Barqaror” prognozi bilan “uzA” darajasiga oshirdi.


“Universal bank” xususiy aksiyadorlik tijorat banki 2001 yilda tashkil etilgan. 2018 yil 6 iyulda “Universal bank” XATB “Universal bank” ATBga o‘zgartirildi.

Bank korporativ va chakana segmentlarda faol. Moslashuvchan tariflar, mijozlar biznesining o‘ziga xos xususiyatlariga individual yondashish, bozor ehtiyojlariga mos yangi zamonaviy bank mahsulotlarini ishlab chiqish bank moliyaviy ko‘rsatkichlarining jadal o‘sishiga olib keladi va bankning yanada muvaffaqiyatli bo‘lishiga imkon beradi.

➡️Batafsil…

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Birlamchi bozordan avtomobil xarid qilmoqchiman. Qaysi banklarda avto kredit berilmoqda?

Javob: Hozirda avtokredit ajratayotgan banklar bilan tanishing:

🏦 Ipak yo‘li banki — 16,99 %;

🏦 Orient Finans bank — 23 %;

🏦 Biznesni Rivojlanritish banki — 23-29 %;

🏦 Asakabank — 23,5 %;

🏦 Xalq banki — 24-25 %;

🏦 O‘zSQB — 25 %;

🏦 Trastbank — 25-27 %;

🏦 O‘zmilliybank — 25-27 %;

🏦 Hamkorbank — 25,99-27,99 %;

🏦 GarantBank — 26%;

🏦 ASIA ALLIANCE BANK — 26,9%;

🏦 MKbank — 27 %;

🏦 Mybank — 27,9 %;

🏦 Anorbank — 33 %.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va UZCARD (Birlashgan Respublika protsessing markazi MChJ) bilan hamkorlikda “Bank futbol ligasi” ga start beradi.

Ushbu o‘rtoqlik ligasi joriy yilning kuz faslida o‘tkaziladi. Unda Respublika tijorat banklari o‘z jamoalari bilan g‘oliblik sari to‘p surishadi.

Mazkur bellashuv nafaqat ishtirokchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib yetish, balki bank xodimlarini o‘zaro jipslashtirish, soha xodimlari o‘rtasida do‘stona munosabat o‘rnatish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Qaysi bank o‘zini-o‘zi band qilganlarga ikkilamchi bozordan uy xarid qilish uchun ipoteka krediti ajratadi?

Javob: Hozirda  o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolarga ikkilamchi bozordan uy xarid qilish uchun ipoteka krediti ajratadigan banklar bilan tanishing:

🏦 O‘zmilliybank – 1344;
Foizi - 24-25 %;

🏦 Ziraat Bank1293;
Foizi -25,5-28%;

🏦 Ipoteka-bank1233;
Foizi -26,40% -26,99%;

🏦 Ipak yo‘li banki1296;
Foizi - 27 -28%;

🏦 ASIA ALLIANCE BANK1270;
Foizi -29,99%.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklar Assotsiatsiyasi/ Hozirda tijorat banklarining mavjud koll- markazlarining qisqa raqamlari haqida maʼlumot:

🏦 Agrobank – 1216;
🏦 Asakabank – 1152;
🏦 Anorbank – 1290;
🏦 ASIA ALLIANCE BANK – 1270;
🏦 Apexbank – 1881;
🏦 Biznesni Rivojlanritish banki – 1254;
🏦 Davrbank – 1284;
🏦 GarantBank – 1326;
🏦 Hamkorbank — 1256;
🏦 Hayotbank – 1320;
🏦 Infinbank – 1214;
🏦 Ipak yo‘li banki– 1296;
🏦 Ipoteka-bank – 1233;
🏦 Kapitalbank – 1340;
🏦 MKbank – 1285;
🏦 O‘zSQB – 1180;
🏦 O‘zmilliybank – 1344;
🏦 Smart bank—1377;
🏦 Tenge Bank – 1245;
🏦 Turonbank – 1220;
🏦 TBC Bank – 1150;
🏦 Trastbank – 1287;
🏦 ОFB – 4004.
🏦 Xalq banki – 1106;
🏦 Ziraat Bank – 1293;
🏦 Universal bank –1355.

Shuningdek, mavjud koll- markazlarining raqamlari esa:

🏦 Aloqabank—(+99871)-230-7777;
🏦AVO Bank—(+99878)-888-78-87;
🏦 KDB Bank O'zbekistan —(+99878)-120-80-00;
🏦 Mybank—(+99873)-241-70-31;
🏦 Saderatbank—(+99871)-252-11-61;
🏦 Octobank—(+99871)-202-33-33;
🏦 Пойтахтбанк—(+99871)-214-20-00;
💳 Uzum Bank —(+99878)-777-07-99;
🏦Yangi bank — (+99878)-777-88-87.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Bankomatlardan plastik orqali pul yechilib ammo, naqd pul bankomat tomonidan berilmay qolsa nima qilish kerak?

Umuman bankomat bilan bog‘liq har qanday noqulayliklar yuzaga kelganda birinchi navbatda, holatni joyida hal etish masalasini ko‘rish kerak. Yaʼni, bankomatda ko‘rsatilgan telefon raqamga qo‘ng‘iroq qilib, holat haqida va bankomat nomeri to‘g‘risida xabar berish kerak. Shu o‘rinda yana bir maʼlumot, siz bilan gaplashgan bank xodimini ism familiyasi va lavozimini eslab qolish kerak

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM