O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi
3.11K subscribers
1.25K photos
157 videos
1.19K links
Download Telegram
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasiga keladigan murojaatlarning aksariyati aynan kredit tarixi yuzasidan kelib tushadi.

Hurmatli yurtdoshlar, kredit tarixiga oid barcha savollar bilan Kredit axborot-tahliliy markazi bilan bog‘lanishingiz mumkin.

📱 Batafsil maʼlumot uchun 71 203 47 47

❗️ Eslatib o‘tamiz, kredit grafigi bo‘yicha to‘lovlarni vaqtida bajaring. Chunki, ushbu maʼlumotlar besh yil saqlanadi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklar Assotsiatsiyasi/ Hozirda tijorat banklarining mavjud koll- markazlarining qisqa raqamlari haqida maʼlumot:

🏦 Agrobank – 1216;
🏦 Asakabank – 1152;
🏦 Anorbank – 1290;
🏦 ASIA ALLIANCE BANK – 1270;
🏦 Apexbank – 1881;
🏦 BRB – 1254;
🏦 Davrbank – 1284;
🏦 GarantBank – 1326;
🏦 Hamkorbank — 1256;
🏦 Hayotbank – 1320;
🏦 Infinbank – 1214;
🏦 Ipak yo‘li banki– 1296;
🏦 Ipoteka-bank – 1233;
🏦 Kapitalbank – 1340;
🏦 MKbank – 1285;
🏦 O‘zSQB – 1180;
🏦 O‘zmilliybank – 1344;
🏦 Smart bank - 1377;
🏦 Tenge Bank – 1245;
🏦 Turonbank – 1220;
🏦 TBC Bank – 1150;
🏦 Trastbank – 1287;
🏦 ОFB – 4004.
🏦 Xalq banki – 1106;
🏦 Ziraat Bank – 1293;
🏦 Universal bank –1355

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Qaysi bankda hozir valyutadagi eng yuqori foizli omonatlar berilmoqda?

Javob: Hozirda Respublikada faoliyat yuritayotgan 35 ta bankdan 26 tasida valyutada omonat ochish mumkin.

💵 Valyutadagi eng yuqori foizli omonatlar berayotgan banklar:

9️⃣🔤- dan:

🏦 MK bank
🏦 Anor bank

8️⃣🔤 - dan:

🏦 Kapitalbank
🏦 Universal bank

7️⃣, 5️⃣🔤- dan:

🏦 Asaka bank
🏦 Davrbank

7️⃣,2️⃣5️⃣🔤 - dan:

🏦 Ziraat Bank

7️⃣,2️⃣🔤 - dan:

🏦 Turonbank

❗️Valyutadagi onlayn kreditlarni 6 oydan 3 yilgacha qo‘yish mumkin.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Savol:
Turli lombard, kredit beruvchi boshqa tashkilotlardagi to‘lovdagi uzilishlar ham kredit tarixiga taʼsir qiladimi?

✍️ Javob: Kredit-axborot tahliliy markazi tomonidan taqdim etiladigan kredit tarixida nafaqat tijorat banklaridan olgan kreditlaringizning to‘lovi haqidagi maʼlumotlar, balki turli nobank kredit tashkilotlardan olingan kredit yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan tuzilgan shartnomalar natijalari ham aks ettirishi mumkin

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Bank reytingi

«Ahbor-Reyting» agentligi «Agro Bank» aksiyadorlik-tijorat bankining milliy shkala bo‘yicha kredit reytingini 2023 yil uchun «UzA+» darajasida “Ijobiy” prognoz bilan yangilaydi.

🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasidagi eng yirik bank bo‘lib, Respublika bo‘ylab keng filiallar tarmog‘iga ega.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 12 ta hududiy boshqarmalar, 171 ta filiallar, 130 ta bank xizmatlari markazlari, 200 ta valyuta ayirboshlash shoxobchalari, 266 ta bank kassalari mavjud.

Ta’kidlash joizki, “Agrobank” respublikamizdagi yirik tijorat banklaridan biri sifatida rivojlanish uchun katta salohiyatga ega bo‘lib, iqtisodiyotning real sektori va ayniqsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish sohasini har tomonlama rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

Shu bilan birga, “Agrobank” ATB qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatmoqda, shuningdek, agrosanoat majmuasida yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan faol investitsiya siyosatini amalga oshirmoqda

➡️ Batafsil…

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish surʼatlarini taʼminlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Jumladan, tadbirkorlik uchun 82 trillion so‘m kredit va 15,5 trillion so‘m subsidiya berilib, 600 ming aholi biznesga jalb qilindi. Berilgan yengillik va imtiyozlar hisobiga tadbirkorlar ixtiyorida 56,3 trillion so‘m mablag‘ qoldi.

🔘Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalari boshlangani, iqtisodiy kompleks mahallaga tushirilgani hisobiga 4 mingdan ortiq mahalla sanoat va qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashdi, 1 million 600 ming aholi rasmiy band bo‘ldi.

🔘Yil boshidan 18 ming 600 ta yangi xonadon qurilib, foydalanishga topshirildi.

🔘O‘tgan olti oyda 26 mingta oilaga 7 trillion so‘mga yaqin ipoteka krediti ajratildi. Ular bo‘yicha boshlang‘ich to‘lov va foizni qoplash uchun 545 milliard so‘m subsidiya berildi.

🔘Mutasaddilarga ikkinchi yarim yillikda “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi qamrovini 1,5 barobar oshirib, 4 trillion so‘m ajratish topshirildi.

🔘 Yil yakunigacha kamida 50 ta yangi mikro-moliyalash tashkilotini ochib, ularni kreditlashga 1 trillion so‘m resurs berish vazifasi qo‘yildi.

🔘 “Uychi tajribasi”, yaʼni tadbirkorlar va biznes bilan shug‘ullanish istagidagi aholi bilan manzilli ishlash tizimi asosida tuman hokimlari tadbirkorlar bilan, banklar esa mijozlari bilan muntazam uchrashib, ularga biznesini kengaytirishga ko‘maklashishi belgilandi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Bank reytingi

«Ahbor-Reyting» agentligi AT «Aloqabank»ning milliy shkala bo‘yicha kredit reytingini 2023 yil uchun “uzA+” darajasida “Barqaror” prognozi bilan yangiladi.


AT “Aloqabank” O‘zbekiston moliya bozorining faol ishtirokchilaridan biri hisoblanadi va o‘z faoliyatini quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiradi:

🔘Shaffoflik. Bank o'z faoliyatidagi muhim voqealar to'g'risida faqat ishonchli ma'lumotlarni taqdim etadi, chunki axborotning shaffofligi mijozlar va hamkorlar o'rtasida bankka bo'lgan ishonchning yuqori darajasini shakllantirishning asosi va poydevoridir.

🔘O'zaro ishonch. O'z mijozlarini biznesni rivojlantirish uchun asos sifatida ko'rib, Bank o'z mijozlarining ishonchini qadrlaydi va ular bilan o'zaro manfaatli shartlarda munosabatlarni mustahkamlaydi.

🔘Professionalizm. Bank xodimlarining malakasini muntazam oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib, ularning ijtimoiy himoyasi va rag‘batlantirilishi haqida g‘amxo‘rlik qilib, professionallar jamoasini shakllantirmoqda.

🔘Innovatsiya. Mijozlarning talablarini to‘liq qondirish uchun Bank o‘tgan tajriba va zamonaviy innovatsion yechimlarni birlashtiradi.

➡️ Batafsil…

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Birlamchi bozor uchun avtokredit olmoqchiman. Qaysi bankda hozir foiz nisbatan kamroq?

Javob: Hozirda Birlamchi bozor uchun past foizli avtokreditlar bilan tanishing?

🏦 Ipak yo'li banki - 16,99 % dan boshlab;

🏦 Biznesni Rivojlanritish banki - 23 % dan boshlab;

🏦 Asaka bank - 23,5 %;

🏦 O'z SQB - 25%.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Bank reytingi

“Ahbor-Reyting” agentligi “Orient Finance” xususiy aksiyadorlik-tijorat bankining milliy shkaladagi kredit reytingini 2023 yil uchun «UzA+» darajasida “Ijobiy” prognoz bilan yangilaydi.

🔘 “Orient Finans” xususiy aksiyadorlik tijorat banki 2010 yil 19 iyunda tashkil etilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tgan. “Orient Finans” XATB qariyb 14 yildan beri bank xizmatlari bozorida faoliyat yuritib kelmoqda.

🔘 Bank faoliyatining asosiy turi O‘zbekiston Respublikasi hududida tijorat va chakana bank operatsiyalari hisoblanadi.

🔘 “Orient Finans” XATB tashkil etilganidan buyon ustav kapitalining ko‘payishi bilan bir qatorda moliyaviy faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari ham barqaror sur’atlarda o‘sib bormoqda, bu bank rahbariyati tomonidan korporativ boshqaruv malakali tashkil etilganidan dalolat beradi.

🔘Bundan tashqari, “Orient Finance” XATB faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish, kichik biznesni kreditlash, aholiga chakana xizmatlar ko‘rsatish va qimmatli qog‘ozlar bozorida operatsiyalarni amalga oshirishdan iborat.

🔘Shuni alohida ta’kidlash kerakki, korporativ mijozlar bilan ishlash “Orient Finance” XATB faoliyatining eng muhim va doimiy rivojlanayotgan yo‘nalishi hisoblanadi. Bank tomonidan taklif etilayotgan xizmatlarning keng doirasi, bank xodimlarining bank sohasidagi yuqori professionalligi va ko‘p yillik tajribasi bank operatsiyalari, jumladan, korporativ mijozlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar rentabelligini oshirishga xizmat qilmoqda.

➡️ Batafsil…

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimizga omad tilaymiz.

O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tarixida ilk bor 19 sport turida 90 nafar sportchi bilan 75 ta litsenziya qo‘lga kiritgan.

📌Hamyurtlarimiz futbol, kamondan otish, suvga sakrash va ayollar kurashi dasturlarida Olimpiya o‘yinlarida debyut qiladi.

Olg'a O‘zbekiston!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasiga keladigan murojaatlarning aksariyati aynan kredit tarixi yuzasidan kelib tushadi.

Hurmatli yurtdoshlar, kredit tarixiga oid barcha savollar bilan Kredit axborot-tahliliy markazi bilan bog‘lanishingiz mumkin.

❗️ Eslatib o‘tamiz, kredit grafigi bo‘yicha to‘lovlarni vaqtida bajaring. Chunki, ushbu maʼlumotlar besh yil saqlanadi.

Ma'lumot uchun, 2024-yilning 20-iyun sanasidan fuqaroning ruxsatisiz kredit tarixini endi hech kim o'rgana olmaydi. 2025 yil 1-yanvarigacha bu xizmat bepuldir.

      “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi kredit axboroti sub’yektlarining kredit tarixi va unga oid ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, “FREEZE” xizmatini test rejimida ishlamoqda.

          Mazkur xizmat orqali kredit axboroti subyektlari (jismoniy shaxslar) o’zlarining kredit tarixlarini “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi orqali olinishiga taqiq qo’yishlari mumkin bo'ladi .

➡️ Batafsil...

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Аssotsiatsiyasi/ Xabar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari saylovi 2024 yil 27 oktyabr, yakshanba kuni o‘tkaziladi.

Ushbu rolik yangi saylov tizimining o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtiradi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Bank reytingi

“Ahbor-Reyting” agentligi “IPAK YO‘LI” aksiyadorlik innovatsiya tijorat bankining milliy shkala bo‘yicha kredit reytingini 2023 yil oxiridagi reyting natijalari ko’ra “uzA+” darajasida yangilaydi va shu bilan birga prognozni “Ijobiy” darajasiga ko‘taradi.

Moliya bozorida 1990 yildan beri faoliyat yuritayotgan “IPAK YO‘LI” aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, aholiga keng ko‘lamli xizmatlarni taklif etadi: to‘lov kartalaridan tortib foydali va ishonchli omonatlargacha. Bank yuridik shaxslar va xususiy mijozlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qiladi.

Bugungi kunga kelib, bank-moliya xizmatlarining ichki bozoridagi ko'rsatkichlari bo'yicha bank ancha yaxshi natijalarga erishdi. Shu bilan birga, bank yutuqlari nafaqat mamlakatimizda, balki turli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham e’tirof etilmoqda.

➡️ Batafsil…

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Аssotsiatsiyasi/ Xabar

Aralash saylov tizimida saylovchilar qanday tartibda ovoz beradi

Xo‘sh, jahonda o‘zi qanday saylov tizimlari mavjud? Va aralash saylov tizimi deganda nima tushuniladi?

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Аssotsiatsiyasi/ Xabar

“Ahbor-Reyting” agentligi “Turonbank” aksiyadorlik-tijorat bankining milliy shkaladagi kredit reytingini 2023 yil uchun “uzA+” darajasida “Barqaror” prognozi bilan yangiladi.


🏦 “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki 1990-yil 6-noyabrda tashkil etilgan boʻlib, 34 yildan buyon Oʻzbekiston moliya bozorida munosib oʻrin egallab kelmoqda.

Ayni paytda bank ilg‘or bank texnologiyalarini qo‘llash, bank хizmatlar ko‘lamini kengaytirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash borasida doimiy izlanishlar olib boradi.

“Turonbank” ATB tashkil etilganidan buyon ham mahalliy, ham xorijiy moliya institutlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirishga doimo katta e’tibor berib keladi. Puxta ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan kredit va depozit siyosati bankka 2023-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan ajratilgan kreditlar hamda jalb qilingan depozitlar hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Qaysi bank ilovasida Uzkard kartasidan boshqa bank Uzkard kartasiga pulni foizsiz o‘tkazish mumkin?

Javob: Hozirda kartadan – kartaga foizsiz pul o‘tkazish mumkin bo‘lgan bank ilovalari bilan tanishing:

🏦Smartbank ilovasidan - bir oyda 100 million so‘mgacha;

🏦 Agrobank ilovasidan - bir oyda 10 million so‘mgacha;

🏦 Tenge bank ilovasidan - bir oyda 10 million so‘mgacha;

🏦 Xalq bankining “Xazna” ilovasidan - bir oyda 5 million so‘mgacha;

🏦 Davr bankning ilovasidan - bir oyda 3,5 milliongacha;

🏦 MK bankning “Mavrid” ilovasida - bir oyda 3 milliongacha;

🏦 O‘zmilliybank “Milliy” ilovasida - bir oyda 3 milliongacha foizsiz Uzkard kartalari o‘rtasida pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Bank reytingi

“Ahbor-Reyting” agentligi “Invest Finance Bank” AJning milliy shkaladagi kredit reytingini 2023 yil uchun “uzA+” darajasiga va “Barqaror” prognozi bilan oshirdi.

“Invest Finance Bank” AJ O‘zbekiston moliya bozorining faol ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, bank-moliya xizmatlarining ichki bozoridagi ko'rsatkichlari bo'yicha bank ancha yaxshi natijalarga erishdi. Shu bilan birga, bank yutuqlari nafaqat mamlakatimizda, balki turli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham e’tirof etilmoqda. Tashkil etilganidan beri Bank korporativ mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida ham, chakana savdo segmentida ham yuqori o'sishni ko'rsatib, jadal sur'atlar bilan rivojlandi.

“Invest Finance Bank” AJ 2007 yilda Xususiy ochiq aksiyadorlik tijorat banki shaklida tashkil etilgan. 2015-yilda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori bilan bankning maqomi Aksiyadorlik tijorat bankiga o‘zgartirildi. 2023-yil 24-fevraldagi bank aksiyadorlari yig‘ilishining qarori bilan bankning rasmiy nomi: “Invest Finance Bank” aksiyadorlik jamiyati deb o‘zgartirildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Bank reytingi

“Ahbor-Reyting” agentligi “KDB BANK UZBEKISTAN” AJning milliy shkala bo‘yicha kredit reytingini 2023 yil yakuni bo‘yicha “uzA+” darajasida va “Barqaror” prognozi bilan yangiladi.


“KDB Bank Uzbekistan” AJ O‘zbekistondagi eng yirik xalqaro bank hisoblanadi. “KDB Bank Uzbekistan” AJ KDBning O‘zbekistondagi sho‘ba korxonasi bo‘lib, o‘z mijozlariga bank xizmatlarini taklif etadi.

KDB BANK UZBEKISTAN 1997 yilda tashkil topgan. Bank faoliyatining asosiy yo‘nalishi O‘zbekiston Respublikasi hududida tijorat va chakana operatsiyalardir.

Bank biznesni rivojlantirish va mintaqaviy iqtisodiy o‘sishning mutanosibligini ta’minlash maqsadida korporativ va investitsiya bank xizmatlari ko‘rsatish sohasida xizmatlar ko‘lamini kengaytirmoqda. KDB tarmog‘i dunyoning 21 ta davlatida faoliyat yuritadi: 9 ta xorijiy filial, 5 ta sho‘ba korxona va 8 ta vakolatxonaga ega.

➡️ Batafsil…

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/Moliyaviy savodxonlik

Kredit skoringi nima va umuman uning kredit tarixidan farqi nimada?

Javob: Kredit skoringi — bu Sizning kreditni to‘lay olish qobiliyatingizni ballar berish orqali baholash tizimidir. Ya’ni, 500 ballik tizimda baholanadi. Sizga beriladigan ballar muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud yoki yo‘qligi, shuningdek, daromadlarga, faoliyat turiga, yosh va turmush holatlari hamda boshqa shu kabi omillarga bog‘liqdir.

Ya’ni, kredit skoringi, sizning nafaqat avvalgi kreditlardan qarzingiz bor yoki yo‘qligini, balki sizning daromadingiz qanday, yoshingiz, olinayotgan mablag‘ni qaytarish loyoqatingiz qay darajadaligini baholaydi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi/ Bank reytingi

“Ahbor-Reyting” MChJ reyting agentligi “MKBANK” ATBning milliy shkala boʻyicha kredit reytingini 2023 yil yakuni boʻyicha “uzA+” darajasida “Barqaror” prognozi bilan yangiladi.


🔘 Bank Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.

🔘 Bank O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes, xususiy tadbirkorlik va fermerlik, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, ayniqsa, aholiga mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etаdi.

🔘 Bank faoliyatining asosiy yo‘nalishi qimmatli qog‘ozlar, chet el valyutasi bilan operatsiyalarni amalga oshirishdan iborat. Bank aholidan omonatlarni qabul qiladi va kreditlar beradi, O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida to‘lovlarni amalga oshiradi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarga boshqa bank xizmatlarini ko‘rsatadi.

➡️ Batafsil…

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev:

“Tokio olimpiadasidan keyin yaxshi niyat bilan top-15 ga kiramiz deb, oldimizga katta maqsad qo‘ygan edik. 208 ta davlat vakillari qatnashgan musobaqada sportchilarimiz yuksak matonat, mahorat va iroda ko‘rsatib, dunyoda 13-o‘rin, Osiyoda 4-o‘rin, turkiy, musulmon va MDH davlatlari orasida 1-o‘rinni egalladi. Bir yo‘la 3 nafar sportchimiz “ikki karra olimpiya chempioni”, degan yuksak sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

Bu Yangi O‘zbekiston yoshlari nimaga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsatib, ularning natijalari tariximizda zarhal harflar bilan muhrlandi.

Barcha sportchilarimiz, ularning ota-onalari, ustoz va murabbiylari Yangi O‘zbekistonning chinakam qahramonlaridir! Ular bilan har qancha faxrlansak arziydi, ular bizning g‘ururimiz!”.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X