TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.58K subscribers
8.02K photos
886 videos
9 files
6.48K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

kadastr@umail.uz

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
#yernazorati #huquq
⚡️Sug‘oriladigan yerni qonunga xilof ravishda sotish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Qonunchilikka koʻra, sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berish:

🔹BHMning 400 baravaridan 500 baravarigacha (136 mln soʻmdan 170 mln soʻmgacha) miqdorda jarima;
🔹muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
🔹5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Каналга уланиш:
https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Aksiya bahonasida yer o‘zlashtirmoqchi bo‘lishdi

Bo‘stonliq tumani “Qizilsuv” MFY hududidagi davlat zaxirasida bo‘lgan yaylov yerlari nomaʼlum shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallanib, 36 sotix yer maydoni o‘rab olingan va qurilish ishlari amalga oshirilgan.

Ayni paytda holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

🌐 Batafsil Uza saytida

#OAV_biz_haqimizda #yernazorati #UzA
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi
9-may munosabati bilan necha kun dam olamiz?

Bu yil Xotira va qadrlash kunida o‘zbekistonliklar faqat bir kun dam oladi.

✔️Bayram kuni — 9 may, payshanba.

🔖Prezident farmoniga ko‘ra, qo‘shimcha dam olish kuni belgilanmagan. 10 may, juma — barcha xodimlar uchun ish kuni.

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yer nazoratida dronlar amaliyoti

Qibray tumani Salar shaharchasining Tinchlik, Maʼrifat, Fidokor hamda Bunyodkor MFY hududlarida dron yordamida yer nazorati monitoringi ishlari amalga oshirilmoqda.

Amaliyotda dronlarning qo‘llanilishi yer qonunbuzilishi holatlarini erta aniqlash va ularning oldi olinishini taʼminlaydi.

#yernazorati #Qibray
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #huquq

Savol:
- Tuman hokimi qaroriga asosan qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan 1 gektar yer maydonini 25 yil muddatga ijara huquqi asosida olganman. Shu yerimni xususiylashtirsam bo‘ladimi?

Javob:

- "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, yer uchastkalarini xususiylashtirish ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish orqali amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
#yernazorati
⚡️Navbatdagi noqonuniy qurilma barataraf etildi

Toshkent tumani, Ko‘k saroy hududi, Mineral suvlar ko‘chasida aniqlangan 50 kv.m maydondagi noqonuniy qurilma Kadastr agentligi Toshkent tuman bo‘limi nazorati ostida bartaraf etildi.

Holat yuzasidan huquqbuzarlik sodir etgan shaxs rasman ogohlantirilib, huquqbuzarlik oqibatlari yuzasidan tushunchalar berildi.

Hurmatli fuqarolar, tadbirkor va yerdan foydalanuvchilar !
Har qanday tadbirkorlik faoliyati uchun qonuniy yo‘lni tanlang, har qanday qurilish ishlarini tegishli tartibda ruhsatnoma olgach amalga oshiring!


❗️Ma‘muriy yoki jinoiy javobgar bo‘lishdan himoyalaning !

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Viloyat hududlarida yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

#OAV_biz_haqimizda #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lovlar undirilmaydi:

🔹kadastr pasportini rasmiylashtirganda;

🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;

🔹rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

🔹kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);

🔹ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda;

🔹fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

🔹tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #Zangiota
⚡️Qabriston yerlarida aniqlangan noqonuniy qurilmalar !

Aniqlanishicha, Zangiota tumani, O‘zbekiston massivi, Bo‘ston MFY, Ohakchilar ko‘chasida Markaziy qabriston maqsadi uchun ajratilgan yer maydonining 70 sotix qismi nomaʼlum fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan va 9 ta xo‘jalikka bo‘lib, qurilish ishlari olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Kadastr agentligining Zangiota tuman bo‘limi tomonidan qonunda belgilangan tartida choralar ko‘rilib, qurilmalarning bartaraf etilishi taʼminlandi.

❗️Unutmang, o‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi #Chinoz

⚡️Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari tomonidan Chinoz tuman bo‘limida qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

🔹 Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. O‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

🔹Suhbat so‘nggida binoga kirayotgan tashrif buyuruvchilarni doimiy ravishda qayd etib borilishi lozimligi hamda korrupsion holatlar asosan sobiq xodimlar tomonidan amalga oshirilayotganligini, tuman bo‘lim va filialidan ishdan bo‘shab ketgan sobiq xodimlarni binoga doimiy ravishda tashrif buyurishlarini hamda amaldagi xodimlar bilan ish vaqtida muloqot qilishini oldini olish choralarini ko‘rish lozimligi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi #qonunchilikda_yangilik

⚡️Korrupsiyani oldini olish choralarini ko‘rmagan mansabdorlar javobgarlikka tortilishi kutilmoqda

O
‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiya ishlab chiqildi.

Milliy strategiyani 2024—2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasida 7 ta yo‘nalishda korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Jumladan,
🔹korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni ko‘rmaganlik uchun mansabdorlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilash;

🔹har yili kamida 2 ta sohada korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash, korrupsiyaga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazish;

🔹korrupsiyaviy jinoyatlar statistikasini yuritishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot yaratish;

🔹korrupsiya xavflarini ichki va tashqi tahlil qilish tizimini joriy etish;

🔹davlat organlari va tashkilotlari hamda xususiy sektor tizimida milliy halollik standarti (public integrity) institutini joriy etish;

🔹davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, shu jumladan ochiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatini yanada kengaytirish.

📌Ushbu qaror loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi
⚡️Bugun qisqartirilgan ish kuni

Ertaga, 9 - may — Xotira va qadrlash kuni, dam olish kuni sifatida belgilangan bayram.

Mehnat kodeksi 121-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

❗️Demak, bugun, 8-may kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqlidirlar.

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangilik #huquq

⚡️Uy-joyga muhtoj fuqarolarga beriladigan uy-joy maydonining normasi qanday ?

Vazirlar Mahkamasining 11.03.2024-yildagi 124-sonli qaroriga muvofiq, munitsipial, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylar fuqarolarga uy-joy maydoni ijtimoiy normasiga muvofiq beriladi.

Uy-joy maydoni ijtimoiy normasi Qoraqalpog‘iston respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan

🔹bir kishi hisobiga 16 kv.metrdan kam bo‘lmagan umumiy maydon hajmida

🔹kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 23 kv.metrdan kam bo‘lmagan hajmda belgilanadi.


❗️Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslarni bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida uy-joy maydoni ijtimoiy normasidan ortiqcha turar joy berilishi mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi.

Kanalga ulanish:
https://t.me/tvkad
Facebook Instagram