TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
3.8K subscribers
7.64K photos
846 videos
8 files
6.15K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

kadastr@umail.uz

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
Download Telegram
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Kadastr pasporti
— ko‘chmas mulk obyekti va obyektning kadastr raqami haqida umumiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron hujjat.

#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Kadastr yig‘majildini tayyorlash va kadastr pasportini rasmiylashtirishni rad etish uchun nimalar asos bo‘ladi?

Javob:
▪️tuman (shahar) filialida ushbu ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;

▪️vakolatli organ tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi;

▪️taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri, qarama-qarshi yoki buzilgan ma’lumotlar aniqlanishi;

▪️tuman (shahar) filialida ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi;

▪️yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi;

▪️ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganligi;

▪️ko‘chmas mulk obyektida o‘lchov ishlarini olib borilishiga, shu jumladan, ko‘chmas mulk obyektiga kirish imkoni yo‘qligi (foydalanib kelayotgan shaxslar tomonidan bino va inshootga, yer uchastkasiga kirishga qarshilik qilish).

Asos: VM-389, 22.06.2021-y.
#savol_javob
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Kadastr agentligi ogohlantiradi !

#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish:
https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️DIQQAT EʼLON!
Hurmatli O‘rta Chirchiq tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastrga oid murojaatlarini o‘rganish hamda qonunchilikdagi o‘zgarishlar yuzasidan kadastr sohasi masʼullari ishtirokida joriy yilning 9-sentabr kuni soat 15.00 da O‘rta Chirchiq tumani aholisi uchun ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📍Manzil: O‘rta Chirchiq tumani, Farovon MFY, Tinchlik ko‘chasi, 1-uy, MFY binosi

☎️ Murojaat uchun: (70) 202-02-07
#eʼlon #ochiq_muloqot #Oʼrtachirchiq
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Ko'chmas mulk tarixi haqida ma'lumot berish xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 0,5 baravar miqdorida (170 000 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,45 baravari (153 000 ming so‘m);
🔹davlat organlari uchun bepul.

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BIZDA BO‘Sh ISH O‘RINLARI !

📣Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi quyidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov eʼlon qiladi:

🔹Bekobod shahar bo‘limi
🔹Bekobod shahar bo‘limi
🔹
Ohangaron shahar bo‘limi

☝️Tanlovga arizalar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari ochiq portali orqali qabul qilinadi.

❗️Maʼlumot uchun, oliy maʼlumotli (bakalavr, magistr), Geodeziya, kartografiya va kadastr, Yer tuzish va yer kadastri, yuridik hamda iqtisod sohalari nomzodlari ariza berishlari tavsiya etiladi.

❗️shoshiling, arizalar qabul qilish muddati cheklangan!

#vakansiya
Kanalga ulanish:
https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chmas mulk tarixi maʼlumotnomasida quyidagilar aks ettiriladi:

🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan amaldagi hamda avvalgi huquqlar;
🔹davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana;
🔹huquqni belgilovchi hujjatlar turi;
🔹kim tomonidan berilganligi;
🔹sanasi va raqami to‘g‘risidagi maʼlumotlar.

Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️DIQQAT EʼLON!
Hurmatli Yuqori Chirchiq tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 11-sentabr kuni soat 10-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Yuqori Chirchiq tumani, Guliston MFY binosi

☎️ Murojaat uchun: (70) 202-02-07
#eʼlon #sayyor_qabul #Yuqori_chirchiq
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

❗️Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumot Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir maʼlumotlar to‘g‘risida»gi hamda «Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida»gi qonunlari talablariga rioya qilingan holda taqdim etiladi.

#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ochiq muloqot

Bugun davlat kadastrlari palatasi O‘rta Chirchiq tumani filiali ishtirokida tumanning Farovon MFY binosda fuqaro hamda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot davomida aholining kadastrga oid savol va murojaatlari tinglanib, ularga ijobiy yechim va huquqiy tushunchalar berildi.

Shuningdek, prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risidi"gi O‘RQ-937-sonli Qonun mazmun-mohiyati va mazkur Qonun kimlarga va qanday yer uchastkalarga nisbatan tadbiq etilishi, ularga qo‘yilgan talablar yuzasidan tushuncha va izohlar berildi.

🔖Navbatdagi ochiq muloqot Yangiyo‘l shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

#Angren #ochiq_muloqot
Kanalga ulanish:
https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni eʼtirof etish uchun fuqarolar qaysi tashkilotga murojaat qilishlari kerak?

Javob:
- Fuqarolar hech qaysi tashkilotga murojaat etishlari kerak emas. Davlat idoralari fuqarolarga xizmat qiladi tamoyili asosida Kadastr agentligi tomonidan respublika bo‘yicha tumanlar va mahallalar kesimida yaʼni qaysi mahallada o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino inshootlarga nisbatan huquqlarning eʼtirof etilishini ko‘rib chiqilishi yuzasidan reja ishlab chiqiladi va mazkur reja asosida ishlar amalga oshiriladi. Bu reja OAV lar, ijtimoiy tarmoqlar hamda mahallalarda eʼlon qilinib boriladi.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

❗️Eslatma, Qonun 2024-yil 8-noyabr kunidan kuchga kiradi.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Yuldashev hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi boshchiligida Quyichirchiq tuman filialida qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

▫️Tadbir davomida o‘z xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilmaslik o‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

▫️Har bir xodim bilan induvidual tarzda o'tkazilgan suhbatda xodimning korrupsiyaga moyillik darajasi o'rganildi.

▫️Tadbir so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Viloyatda 70 mingdan ortiq ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Joriy yil boshidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha respublika miqyosida jami 975 785 ta ariza kelib tushgan. Shundan 634 351 ta ariza ijobiy yakunlanib, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

📈Toshkent viloyatida esa 72 806 ta ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi taʼminlangan.

#infografika #statistika
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM