Тошкент вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси
10.7K subscribers
11.4K photos
1.45K videos
10 files
4.41K links
Тошкент вилояти Ҳокимлиги Соғлиқни сақлаш бошқармаси расмий телеграм канали — t.me/tvhssb
Официальный телеграм канал.
Вилоят Соғлиқни сақлаш бошқармаси Жамоатчилик билан алоқалар хизмати томонидан юритилади.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tuhfa

Ma'lumki, yurtimiz bo'ylab tibbiyot xodimlari kuni bayrami keng nishonlandi. Xususan, soha xodimlari uchun chinakam tuhfa sifatida Olmaliq shahar tumanlararo perinatal markazi aholi uchun foydalanishga topshirildi.

Jumladan, 12,5 milliard so'm mablag'lar evaziga qad rostlagan Olmaliq shahar tumanlararo perinatal markazining yangi, barcha talablarga javob beradigan zamonaviy binosi aynan soha xodimlari bayrami arafasida foydalanishga topshirildi. Shuningdek, markaz 2,8 milliard so'mga 20 turdagi zaruriy zamonaviy tibbiy asbob-anjomlar bilan ta'minlandi.

Endilikda ushbu markaz viloyatning Nurafshon, Angren, Ohangaron shahri va tumani hamda Piskent tumani aholisi uchun xizmat qiladi.

Batafsil "Sevimli" telekanali lavhasida

💬Telegram | 🌐Facebook
❗️Якунланган ҳафта давомида каналимизда эълон қилинган энг муҳим хабарлар дайжести

📌 Олмалиқ шаҳар туманлараро перинатал маркази аҳоли учун фойдаланишга топширилди

📌Шифокор олди кўриги хоналарини ташкил этиш, оилавий шифокорлар юкламасини босқичма-босқич тиббиёт бригадаларига ўтказиш

📌Нурафшон шаҳридаги "Ўзбегим" тантаналар кошонасида байрам тадбири ўтказилди.


📌Тошкент вилояти  эндокринология диспансерида  “Очиқ эшиклар куни“ ва вилоятдаги қандли диабет касаллигига чалинган болалар учун байрам тадбири ташкил этилди.

📌ЖССТ коронавирусни даволаш бўйича тавсияларини янгилади


📌 Тошкент тиббиёт академияси Тошкент давлат тиббиёт университети этиб қайта ташкил этилади

📌Нурафшон шаҳар тиббиёт бирлашмасида тиббиёт ходимлари ўртасида шахмат спорт тури бўйича мусобақа ўтказилди.

📌Тошкент вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси тасарруфидаги тиббиёт ходимларининг Ўзбекистон Республикасининг Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон соғлиқни сақлаш соҳаси ходимларига табригига билдирилган муносабати.

📌Ноябр ойининг иккинчи якшанбасида "Тиббиёт ходимлари куни"ни нишонлаш хайрли анъанага айланган.

📌Тошкент Вилояти Болалар Кўп Тармоқли Тиббиёт Марказига Беларусия шифокорлари ташриф буюришди.

💬Telegram | 🌐Facebook
#tuhfa

Navro’z bayrami arafasida oilaviy poliklinika o’z faoliyatini boshladi

So‘nggi yillarda yurtimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tibbiyot yo‘nalishida ham katta islohotlar amalga oshirilmoqda.

Tibbiy sanitariya xizmatini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy yordam samaradorligini oshirish maqsadida 16 mingdan ortiq aholiga tibbiy xizmat ko’rsatib kelayotgan, Qibray tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli Madaniyat oilaviy shifokorlik punktiga oilaviy poliklinika maqomi berildi.

Endilikda mazkur poliklinikada qo’shimcha ravishda stomatolog, ginekolog, jarrox,laborant va UTT shifokorlari tomonidan aholiga sifatli tibbiy xizmat ko’rsatiladi.

Ochilish marosimida ishtirok etgan tibbiyot xodimlari, mahalla faollar va keng jamoatchilik vakillari inson qadrini ulug’lash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga minnatdorchilik hissini bildirdilar.


💬Telegram | 🌐Facebook
#tuhfa

Bayram arafasida aholining ko’p yillik orzulari amalga oshdi

Qibray tumanida aholining murojaatlari ijrosini ta’mirlash va aholiga ko’rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Navro’z bayrami arafasida 700 mln
so’mdan ortiq mablag’ evaziga to’liq ta’mirdan chiqarilgan navbatdagi tibbiyot maskani, Ko’prikboshi mahallasida joylashgan, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Qizil ko’prik” oilaviy shifokorlik punkti fodalanishga topshirildi. Marosimda ishtirok etgan keksa-nuroniylar tibbiyot maskanini ochilishida jonbozlik ko’rsatgan mutasaddilarga o’z minnatdorchiliklarini bildirib o’tdilar.

Ko’prikboshi va Nurobod mahallsida yoshovchi 6
mingdan ziyod fuqarolarga tibbiy xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan mazkur poliklinikada barcha sharoitlar yaratilgan.

💬Telegram | 🌐Facebook
#Tuhfa

Qibrayda oilaviy shifokorlik muassasalari yana toʻrttaga koʻpaydi

Batafsil

💬Telegram | 🌐Facebook
#tuhfa
#tibbiyot

🩺"Tibbiyotdagi islohotlar - inson qadri uchun" tamoyili asosida o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda ko‘plab islohotlar hayotga aylantirildi. Xususan, oilaviy shifo maskanlarining holatlari hamda tibbiy xizmat darajasi yaxshilandi.

🔰Chekka hudud aholisini uzog‘ini yaqin qilish hamda dastlabki tibbiy xizmatlardan foydalanishlari uchun bosqichma-bosqich faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgan “Mahalla tibbiyot punktlari” ni bunga misol deyish o‘rinli.

Bugun ana shunday jami 2100 nafar aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot maskanlarining navbatdagisi Zangoita tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 16 - sonli oilaviy poliklinikasi qoshida "Bogʻzor" mahallasida o‘z faoliyatini boshladi.

💊Tibbiy punkt ochilishda Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi To‘raqul Arzikulov, soha vakillari, Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov, tuman Nuroniylar bo‘limi boshlig‘i Oblaqul Jo‘rayev hamda mahalla ahli, nuroniylari ishtirok etishdi.

Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tuhfa

Qibray tuman tibbiyot birlashmasiga OP, OSHP lari o’z faoliyatini boshladi

So‘nggi yillarda yurtimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tibbiyot yo‘nalishida ham katta islohotlar amalga oshirilmoqda.

Tibbiy sanitariya xizmatini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy yordam samaradorligini oshirish maqsadida
16 mingdan ortiq aholiga tibbiy xizmat ko’rsatib kelayotgan, Qibray tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli Madaniyat oilaviy shifokorlik punktiga oilaviy poliklinika maqomi berildi.

📹 "Nurafshon" telekanali orqali efirga uzatilgan yuqoridagi videolavhada shu haqda batafsil so’z boradi.

💬Telegram | 🌐Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tuhfa

Chirchiqda oilaviy poliklinika binosi foydalanishga topshirildi

Chirchiq shahridagi ”Yangi O’zbekiston” massivida bunyod etilgan 5-son oilaviy poliklinika binosi foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, tibbiyot faxriylari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Uch qavatli zamonaviy shifo maskani “Shoxrux qurilish dizayn” MChJ bunyodkorlari tomonidan qurib bitkazildi. Qurilish-montaj ishlariga 14,168 milliard so‘m miqdorda mablagʻ sarflandi.

250 kishiga mo‘ljallangan mazkur tibbiyot muassasasi shahardagi 8 ta mahallada istiqomat qiluvchi 25 mingdan ziyod aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Ular uchun chinakam maʼnoda
tuhfa boʻldi deyish mumkin. Bu yerda 14 nafar malakali shifokor va 52 nafar o‘rta tibbiyot xodimi faoliyat olib boradi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

💬Telegram | 🌐Facebook
#Tuhfa #Fotolavha

Chirchiq shahridagi ”Yangi O’zbekiston” massivida bunyod etilgan 5-son oilaviy poliklinika binosi foydalanishga topshirildi.

💬
Telegram | 🌐Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tuhfa

Chirchiq shahridagi ”Yangi O’zbekiston” massivida bunyod etilgan 5-son oilaviy poliklinika binosi foydalanishga topshirildi.

📹 Bu haqda "Nurafshon telekanali" tomonidan tayyorlangan yuqoridagi videolavhadan batafsil bilib oloshingiz mumkin!

💬
Telegram | 🌐Facebook