🌜🌜 Tushlar Ta'biri 🌛🌛
3.35K subscribers
1.93K photos
6.29K videos
5 files
2.62K links
👸Telegramda Siz Eng Zor Ayollar Kanalidasiz👸

Реклама учун 👇👇👇
@Zakazchi07

Хамкор: @Zakazchi7
Download Telegram
Assalomu alaykum men ota onamni juda yaxshi koraman. Hozirgi kunda ular meni yonimda emas ammo ularni juda ham sogindim. Yaqin kunlarda meni tugilgan kunim ularni meni yonimga kela olmasliklarini eshitib xafa bo'ldim. Ammo nima qilay axir ular meni deb yurishibdi. Men ularni juda ham sogindim
#obunachimizdan
Otajon sizni judayam so'g'inib ketdim sizni ko'rgim kelyapdi axir mehrizga to'ymagan edim iltimos tushimga kiring....otajon
Sizni "qizim" deb chaqirishingizni juda xam sogindim😔😢
#Kuydurgi
Ona!!!. Oddiygina uch harfdan iborat bólgan so'z. Qanchalar buyuk, qanchalar oddiy, qanchalar samimiy, qanchalar mehrli, qanchalar chiroyli, qanchalar, sevimli, agar dunyodagi eng chiroyli so'zlarni yig'ib yozsam tugamaydi. Man shuni bilamanki, ona dunyodagi man uchun, siz uchun eng, eng, eng, eng mehribon, inson, ularni faqat faqat qadrlashimiz kerak, chunki, axir kim bizni dunyoga keltirdi, kim bizga tunlarni bedor o'tkizib alla aytdi, kim biz bizni oqila qilib tarbiyaladi, yoki kim injiqliklarimizga chidadi, bolalar bog'chasiga ketayotganimizda qo'llarimizga to'ldirib shirinlik olib berganda xam yig'laganimizda qo'yib yuborgisi kelmay, bog'chadagi tarbiyachimizga iltimos yaxshi qaranglar deb ketgan kim bizni yelkasida opichib xovlida aylantirardi, kim bizni maktabga olib borgan, kim bizni yaxshi inson bo'lishimiz uchun tergagan, ozgina qilgan yaxshi, ko'ngillI ishimizga rag'batlantirgan, betob bo'lgan paytimiz özi ham mijja qoqmay yonimizda qarab yotgan, qaysarlik qilib, bu nonni yemayman, bu shirinlikni yemayman, bu mevani yemayman degan paytlarimiz eng yaxshisidan olib qo'limizga bergan yoki kim onamiz tergaganda yonimzni olgan adajonimiz doim biz uchun duoda bolgan insonlar bu ota onalarimiz..... Ta'rif tugamaydi ota onalarimizga bólgan ta'rif.
Ota onalarimizni borida asraylik....☺️☺️☺️☺️☺️
#obunachimizdan
ОНАЖОНИМ ЖАННАТИМ Хак,нинг менга иньоми Тиллога тенг каломи Хатто танбех дашноми Хикмат менинг Онамдир. К,албида бор к,у'ёши К,увончдан ку'зда ёши Тогларга тенг бардоши Жаннат менинг Онамдир. Сабрдан кийган либос Ор номусга пардоз Худди фариштага хос Хилк,ат менинг Онамдир. Мен борар танхо гу'ша Пойимга мехрин ту'шар Ер юзидаги у'ша жаннат менинг Онамдир.@
#obunachimizdan
Ona onani tariflashga soz uning bir kunlik bedor otgan kuniga oltinu javohrar yetmaydi
#obunachimizdan
Ассалому алайкум!
Ота она хакида гапирсак шунча кам, доим ота онамга нима килолдим деган саволга жуда кийналиб кетаман. Чунки киз фарзандлари булганим учун хеч нарса килолмадим деб биламан. Отам бизни ташлаб чин дунёга кетган эканлар Оллохимдан факат ва факат онамни жонини омон саклашини сурайман. Отамдан кейин анча кийналиб кетдилар. Бошка хеч нарса айтолмайман...
Илтимос азиз обуначилар сизлардан, ота-онангиз хаёт булсалар УЛАРНИ АСРАНГЛАР ИЛТИМОС...
🌜🌜 Tushlar Ta'biri 🌛🌛
Demak suhbatimiz biz uchun qadrli OTA-ONAMIZ haqida bo‘ladi. O‘zingizning shaxsiy fikrlaringzini @B_ahorim 🦋 ga jo‘nating. Hammadan kutib qolaman iliq fikrlarni 🤗🤗🤗🤗🤗🤗🤗🤗🤗🤗🤗
Suhbatimiz tugadi. Qatnashgan hammaga katta rahmat o‘z hikoyasi bilan bo‘lishgani uchun😇 hammaga xayrli tun ertaga saharlikka ko‘rishguncha. O‘zingizni ehtiyot qiling mening yaxshilarim😊😊😊😴
#Bahor 🦋
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙🌹РАМАЗОННИНГ ЯНА БИР САҲАРЛИГИ БАРЧАНГИЗГА ҲАЙРЛИ БЎЛСИН!

🌺Қуёш каломида поклик ишқи бор,
🌺Тонглар кўз очади бирам бахтиёр.
🌺Дилда гулдан безак, тўлиб ифтихор,
🌺Рамазон ойи бу ~ иймон ойидир.

🌺Йўллар етаклайди яхшилик томон,
🌺Иймон булоғида чўмилади жон.
🌺Замон жуда шафиқ, мусаффо осмон,
🌺Рамазон ойи бу ~ иймон ойидир!

Жаннат эшиклари, рахмат эшиклари очиқ бўлган ойларни шохи, султони рўзаи Рамазонда бир-биримизга чиройли дуода бўлайлик. Зеро дуо ҳам ибодатдир..

🌙🍃🌹РАМАЗОН ОЙИНИНГ 26~КУНИ МУБОРАК БЎЛСИН !🌹🍃

АЛЛОҲ БАРЧАНГИЗНИ ПАНОҲИДА АСРАСИН
!
#G‘ALVIR (G‘ARBOL)
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi g‘alvir muloyim xizmatkordir. Agar tushida g‘alviri borligini ko‘rsa, unda xizmatkor paydo bo‘lishiga dalildir. Agar g‘alviri sinib qolganini ko‘rsa, xizmatkorining qochib ketishi yoki o‘lishiga dalil bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida g‘allani g‘alvir bilan tozalayotganini ko‘rsa, odamlar foyda ko‘radigan bir ish qilishiga va o‘zi esa zarar ko‘rishiga dalildir. Agar tozalayotgani o‘zi uchun bo‘lsa, foyda topishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi g‘alvir uch narsani bildiradi: xizmatkorni; do‘stni; ziyrak shogirdni.
@tushlar_tabiri
#G‘AM (G‘AMM)
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi g‘am xurramlikdir. Agar tushida g‘amdan qutilganini ko‘rsa, bu g‘am bo‘ladi. Agar tushida g‘amgin ekanini ko‘rsa, xurram bo‘lishiga dalil bo‘ladi.
@tushlar_tabiri
#G‘ARQ BO‘LISH (G‘ARQ SHUDAN)
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida daryoga g‘arq bo‘lib, o‘lib qolganini ko‘rsa, podshoh uni halok qilishiga dalildir. Agar suv uni tortib ketganini, so‘ng yana yuqoriga chiqqanini va o‘lmaganini ko‘rsa, dunyo ishlaridan qo‘l yuvib, oxirat yo‘lida yaxshi ishlarni qilishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda g‘arq bo‘lish to‘rt narsani bildiradi: ko‘p molni; iqbolni; badmazhab odamlar bilan suhbatni; foydani.
#tushlar_tabiri
#G‘OYIBDAGI ODAM (G‘OYIB)
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida g‘oyibdagi odami uning oldiga kelganini ko‘rsa, g‘oyibdagi odamdan xat yoki bir xabar kelishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida g‘oyibdagi odam safardan qaytganini ko‘rsa, to‘xtab qolgan ishlarining yurishishiga dalildir. Agar g‘oyibdan kelgan odamining qovog‘i solingan va o‘yga tolganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Agar g‘oyibdagi odami otga mingan holda qaytganini ko‘rsa, g‘oyibdagi odami tez orada molu ne’mat bilan uyga qaytishiga dalildir.
Agar g‘oyibdagi odam ojiz, piyoda va yalang‘och qaytganini ko‘rsa, uni yo‘ldagi qaroqchilar talashi va kambag‘al bo‘lib qaytishiga dalildir.
@tushlar_tabiri
Olisdagi yaqinlarim manga judayam yordamingiz kerak mani erkatoy dugonam bitta o‘yinda g‘olib bo‘lishiga ko‘maklashaylik Ramazon oyida savob bo‘ladi 🤲🤲🤲🤲
Bugun qadr kechasi ekanligidan xabaringiz bor?!
Bugun eng ko'p duolar qabul bo'ladigan muborak kun.
Bugun:
1. Tunda bir soniyani ham zoye ketkazmay namoz o'qiymiz.
2. Iloji boricha tasbih, tahlil, istig'for, xamd, takbir va Rasulilloh sallallohu alayhi vasallamga salovatlar aytamiz.
3. Qur'on tilovat qilamiz.
4. Shariyatga oid kitoblar o'qiymiz.
5. Yaqinlarimiz bilan dunyoviy gaplardan gaplashib vaqtimizni yo'qotmaymiz.

Пайғамбар саллаллоҳу алайҳи васаллам: “Белларингиз гуноҳларингиздан оғирлашиб кетган. Уларни саждада узоқ туриш билан енгиллатинглар”, — деганлар.
Shuning uchun bugun ertaroq xayrlashamiz man ham ketdim🧕🤲 barchangizga kuch sabr tiliman qilgan duolarimiz ijobat bo‘lsin.🤲
Uxlamoqchi bo‘lganlarga xayrli tun yaxshi dam oling🤗😴
Ассолому алейкум Яхшилар!
🌻 Кунингиз омадли ва барокотли булсин.
🌻 Эрталабки бадан тарбия ва ойла аъзоларингизга Жилмайинг.
🌻Бугунги кунга ва дунёга , борингизга шукроналик.
🌻 Ижобий фикрланг ва бугунки Кун режалари ва Аник,лик.
🌻 Эрталабки бадан тарбия ва нонушта, яхши ниятлар тиланг.
🌻 Катталарга х,урматда-кичикларга иззатда булиш.
🌻 Дунёни севинг ва узингизни к,адрланг.
🌻 Кечириш ва Гийбат килмаслик.
🌻Сиз Яхшиларнинг Яхшиси
Кучага чик,сангиз яхши кайфият ва юзингизда х,авфсизлик учун ник,об такинг.
🌻Х,ар бир кунингиз яхши амалларга ва барокотли ишларга насиб к,илсин.
🌻 Чоршанба Кунингиз омадли булсин.

Яратганга хамду санолар булсин-Бизга рах,матлар келтирсин Инщааллах Яхшилар!
@tushlar_tabiri
🌻🌻🌻🌻🌻🌻🌻🌻🌻🌻🌻
#SAROB (SAROB)
Bilginki, sarobni arablar kurob deydilar, bu esa, sahro tashna odamning ko‘ziga suv bo‘lib ko‘rinadi, ta’biri asossizdir.
Ibn Sirinning aytishicha, sarob yerdagi yerni yeyayotganini ko‘rsa, botil ilmlar bilan mol topishiga, biroq o‘sha mol boqiy bo‘lmasligiga dalildir.
@tushlar_tabiri
#SAROY (SAROY)
Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, agar tushida begona bir saroyga kirib qolganini, bu yerda hech kimni tanimasligini va saroyda murdalar yurganini ko‘rsa, bu oxirat saroyi ekanini va ajali yaqin ekaniga dalildir. Agar saroyga kirgani va yana qaytib chiqkanini ko‘rsa, kasal bo‘lishi, o‘lishiga yaqin qolishi va yana shifo topishiga dalildir. Agar tanish saroyga kirgani, saroy loydan bunyod qilinganini ko‘rsa, halol rizq topishiga dalildir. Agar saroyning pishiq g‘ipgg va ganjlardan qilinganini ko‘rsa, harom mol topishiga dalildir.
Agar bu saroydan chiqqanini ko‘rsa, haromdan tavba qilishiga dalildir. Agar keng va katta saroyga kirib qolganini ko‘rsa, rizqi keng bo‘lishiga dalildir. Agar saroyni kichik va tor ekanini ko‘rsa, yuqoridagining aksidir.
Agar tushida keng va katta saroyni ko‘rsa, saroy ichida ko‘shk va ayvonlar bo‘lsa, oxirat saroyida sharaf va izzat topishiga dalildir, biroq uning mavzeiga musibat yetadi. Agar o‘sha saroy singanini yoki kuyganini ko‘rsa, saroy sohibiga musibat yetishiga dalildir. Agar saroy yeri katta va keng bo‘lib qolganini ko‘rsa, kengligi mikdoricha dunyo rizqi unga keng bo‘lishiga dalildir, agar buning aksini ko‘rsa, rizq unga tor bo‘lishiga dalildir. Agar uning saroyini kavlashayotganini ko‘rsa, namoz va ibodatni kam qilayotganiga dalildir. Agar eski bir saroyni qulayotganini ko‘rsa, yaxshiliklar eshigining ochilishiga va shod bo‘lishiga dalildir. Agar yangi va ozoda bir saroyga kirganini ko‘rsa, agar boy bo‘lsa, moli ziyoda bo‘lishiga, agar kambag‘al bo‘lsa, boy bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniyning aytishicha, agar yangi saroy o‘rtasida turganini ko‘rsa, qizi yoki opa-singlisi kelishiga dalildir. Yana uning aytishicha, saroy ichidagi suppa ota va onaga dalolat qiladi.
Agar saroyining suppasi yangi va ozoda ekanini ko‘rsa, ota va onasining tandurust bo‘lishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiyning aytishicha, kimki tushida katta va ozoda saroyga kirganini va bu saroy o‘ziniki ekanini ko‘rsa, rizqi keng bo‘lishi, izzat va obro‘ topishi, chiroyli xotin olishi va amal topishiga dalildir. Agar bu tushni ayol kishi ko‘rsa, boy erkakka tegishiga dalildir.
Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda saroy ko‘rish sakkiz narsaga dalil bo‘ladi: erkak uchun xotinni, xotin uchun erkakni; badavlatlilikni; omonlik; yaxshi hayotni; molni; amalni; izzatni; omonatni.
@tushlar_tabiri
#SARROFLIK QILISH (SARROFIY KARDAN)
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi sarrof (pul maydalovchi) olimni
bildiradi. Agar bir kishi tushida sarroflik qilayotganini ko‘rsa, ta’biri tush aytuvchining holiga qaraydi: agar u taqvoli va dindor bo‘lsa, dinga doir ta’birni tanlaydi, agar tush aytuvchi o‘qish -yozish ni bilmasa, u hayronlikda qolgan kishi bo‘lib, xurofot narsalar bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida sarroflik qilayotganini ko‘rsa, odamlarning g‘iybati va ularga xiyonat qilish bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Aytishlar icha, tushdagi sarrof xurofotgo‘y kishi bo‘lib, o‘ziga ziyon keltiradigan narsalar bilan mashg‘ul bo‘ladi.
@tushlar_tabiri