🌐 𝗧𝗒'π—₯π—§π—žπ—’'π—Ÿ_𝗣π—₯π—˜π—¦π—¦ / π—₯π—”π—¦π— π—œπ—¬ π—žπ—”π—‘π—”π—Ÿ
9.81K subscribers
60.1K photos
6.52K videos
126 files
18.6K links
Download Telegram
Abituriyent xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi
30-maydan boshlab, ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoΚ»shimcha qabul koΚ»rsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi. Arizalar tavsiyanoma.ijro.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi. Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oΚ»rnatilgan tartibda koΚ»rib chiqiladi.

Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oΚ»rnatilgan tartibda oΚ»z egalariga yetkaziladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan β€œYangi hayot MFYda daydi itlar muammosi” sarlavhali videomurojaat yuzasidan munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilingan β€œYangi hayot MFYda daydi itlar muammosi” sarlavhali videomurojaat yuzasidan boshqarmaning nazoratsiz hayvonlarni tutish uchastkasi xodimlari tomonidan tumanning β€œYangi hayot” MFY hududidagi videomurojaatda koβ€˜rsatilgan manzilga borilib, Oβ€˜zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.07.2011 yildagi 202-sonli Qarorida belgilangan tartiblardan kelib chiqqan holda nazoratsiz, daydi itlar tegishli tartibda bartaraf qilindi.
Tumanimiz fuqarolariga yuqoridagi kabi holatlarga duch kelgan taqdirda Oβ€˜zbekiston Respublikasining 11.09.2017 yildagi β€œJismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toβ€˜gβ€˜risida”gi Qonuniga muvofiq Toβ€˜rtkoβ€˜l tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 61-532-52-84 xizmat telefon raqamiga qoβ€˜ngβ€˜iroq qilgan holda murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qilamiz.

Toβ€˜rtkoβ€˜l tuman Obodoshlashtirish boshqarmasi