"TURON" AXBOROT - KUTUBXONA MARKAZI
325 subscribers
50.2K photos
2.34K videos
4.84K files
2K links
https://t.me/turonuzbook
Toshkent viloyati TURON axborot-kutubxona markazi.Информационно-библиотечный центр Ташкентской области
📒 Badiiy asarlar 📗Yangi kitoblar
🗒Yangiliklar
Download Telegram
«Ikki buyuk siymo» mavzusida adabiy kecha

2020 yil 14 fevral kuni Toshkent shahar Yashnobod tumani 151-maktab zalida Toshkent viloyati «TURON» axborot-kutubxona markazi, Oʼzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi hamda “Kitobsevarlar” kitobxon klubi bilan birgalikda “Sevimli yozuvchim bilan uchrashuv” loyihasi doirasida «Ikki buyuk siymo » mavzusida adabiy kechasi oʼtkazildi.
Tadbirda Oʼzbekiston Yozuvchilari Uyushmasi aʼzosi shoir Zikirilla Neʼmat, Bektemir tumani Maxallalar Kengashi boshqaruv rais oʼrinbosari, Bolalar shoiri Ravshan Isoqov, 151-maktab direktori Sevara Zufarova, Oʼzbek tili oʼqituvchisi Nazokat Qunduzova, maktab oʼquvchilari, Toshkent viloyati «TURON» axborot-kutubxona markazi boʼlim mudirasi D.Tursimatova va yosh ijodkor kitobxonlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida oʼquvchilar tomonidan ikki buyuk siymoning gʼazallaridan, sheʼrlaridan namunalar keltirildi hamda teatrlashtirilgan namoyishlar va saxna koʼrinishlari, buyuklarning asarlari jonlantirildi.
Forwarded from BO'STONLIQ AKM| (KUTUBXONA) (BUDUR)
#Adabiyot_Gulshani_kitob_festivali Bugun Bo'stonliq tuman Axborot kutubxona markazi tashabbusi bilan A.Navoiy va Z.M.Bobur tavallud kunlariga bag'ishlab "Adabiyot gulshani" nomli festival bo'lib o'tdi.
Forwarded from BO'STONLIQ AKM| (KUTUBXONA) (BUDUR)
Festival doirasida "Rahbardan 10 kitob" "Kutubxonaga sovg'a" aksiyalari bo'lib o'tdi. Aksiya doirasida "Doniyor-bin Ozod" jom'e masjidi imom-xatiblari, Bo'stonliq tuman Davlat soliq inspeksiyasi, Bo'stonliq tumani Qishloq qurilish banki,Bo'stonliq tumani Oila markazi, Bo'stonliq tuman FXDYO bo'limi,Bo'stonliq tumani Davlat kadastr xizmati bo'limi, Bo'stonliq tuman Nogironlar jamg'armasi,4-9-14-17 Maktabgacha ta'lim muassasalaridan, "Markaziy" MFY, "CHotqol"RM DUK, O'zMTDP Bo'stonliq tuman kengashi, Bo'stonliq tumani DSEM, Bo'stonliq tumani Milliy gvardiyasi Qo'riqlash bo'limi 3-batalioni tomonidan axborot-kutubxona markaziga kitoblar sovg'a qilinib, jami 128 dona kitob axborot-kutubxona markazi fondiga kelib tushdi.
Forwarded from BO'STONLIQ AKM| (KUTUBXONA) (BUDUR)
Festival davomida shaxmat musobaqasi ham bo'lib o'tdi va g'oliblar diplomlar bilan taqdirlandilar
Bugun, 2020 - yil 15- fevral kuni “TURON” axborot-kutubxona markazi hamda markaz qoshidagi Abdulla Qodiriy muzeyiga Solaris Travel Gold kompaniyasi hodimlari va Yunusobod tumani TOIFALANGAN OBYEKTLAR QO'SHINLI QO'RIQLASH QOMONDONLIGI ofitserlari tashrif buyurishdi. 74 kishi ekskursiya davomida kutubxona hamda adibning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishishdi.

Сегодня, 15 февраля 2020 года информационно-библиотечный центр “TURON” и музей имени Абдуллы Кадыри при информационно-библиотечном центре ”TURON” посетили сотрудники компании Solaris Travel Gold и офицеры Командования Вооруженной охраны объектов Юнусабадского района. В ходе экскурсии 74 сотрудников ознакомились с библиотекой, жизнью и творчеством писателя.
Bugun, 2020 - yil 17- fevral kuni “TURON” axborot-kutubxona markazi hamda markaz qoshidagi Abdulla Qodiriy muzeyiga Olmazor tumani PIKTMOI hodimlari tashrif buyurishdi. 28 nafar hodimlar ekskursiya davomida kutubxona hamda adibning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishishdi.

Сегодня, 17 февраля 2020 года информационно-библиотечный центр “TURON” и музей имени Абдуллы Кадыри при информационно-библиотечном центре ”TURON” посетили сотрудники ПИИПО. В ходе экскурсии 28 сотрудников ознакомились с библиотекой, жизнью и творчеством писателя.