Turan Security
2.31K subscribers
283 photos
38 videos
1 file
146 links
Turan Security Information Security services provider founded by heavily experienced guys | turansec.uz

www.instagram.com/turan.security
www.linkedin.com/company/turansecurity

Aloqa uchun: @turan_admin , info@turansec.uz
Download Telegram
2026-yildagi birinchi CVE - NVIDIA dasturiy ta'minotida

Security Research guruhimiz a'zosi Javohir Abduxalilov kapitalizatsiyasi bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turuvchi NVIDIA kompaniyasidan jiddiy zaiflikni aniqladi va bu kompaniya tomonidan e'tirof etildi!

Zaiflik Nvidia Merlin dasturiy ta'minotiga ta'sir qiladi, ushbu dastur Tencent/WeChat, Snapchat, Netflix, Fidelity, Spotify, Walmart, Postmates/Uber, Meituan, Microsoft kabi kompaniyalar tomonidan foydalaniladi.

📋 CVE-2025-33233 (Nvidia Merlin - Transformers4Rec library)
🔴 Zaiflik darajasi: High (7.8 CVSS)
⚠️ Ta'siri: Code Execution, Escalation of Privileges, Information Disclosure, Data Tampering
🔗 Security Bulletin

Bunday natijalar O'zbekistonning kiberxavfsizlik sohasidagi xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

P.S. Eslatib o'tamiz mutaxassislarimiz tomonidan NASA, Google, Amazon, Toyota kabi dunyoning yetakchi texnologik kompaniyalaridan ham zaifliklar aniqlangan.

www.turansec.uz | info@turansec.uz
🔥52👍282285
⚠️ Hurmatli fuqarolar! Firibgarlik qurboni bo‘lib qolmaslik uchun shaxsi va faoliyati aniq tasdiqlanmagan manzillarga hech qachon pul o‘tkazmang!

Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati tomonidan olib borilgan o‘rganishlar hamda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida “Pioneer Global Media LTD” nomi ostida faoliyat yuritayotgan firibgarlar aniqlangan.

⌨️ Mazkur shaxslar fuqarolarni onlayn ishga taklif qilish bahonasida, go‘yoki har hafta muntazam daromad topish mumkinligini va’da qilib, eng kamida 3 500 000 (uch million besh yuz ming) so‘m miqdorida to‘lovlarni aldov yo‘li bilan undirish bilan shug‘ullanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

🔎 Aniqlanishicha, hozirgi kunda respublikaning bir nechta viloyatlarida “Pioneer Global Media LTD”, qisqacha PGM, nomi ostida Telegram messenjerida maxfiy guruhlar tashkil etilgan. Ushbu guruhlarga faqat administratorlar tomonidan tasdiqlangan foydalanuvchilargina qo‘shilishi mumkin.

O‘rganishlar davomida ma’lum bo‘lishicha, maxfiy guruhga qo‘shilgan fuqarolarga kamida 3 500 000 so‘m to‘lovni amalga oshirish evaziga onlayn ishga qabul qilinishi va ma’lum topshiriqlarni bajarganidan so‘ng har hafta xizmat haqi to‘lab berilishi aytilgan. Shu yo‘l bilan fuqarolar firibgarlik sxemasiga jalb etilgan.

Shuningdek, to‘lovni amalga oshirib, go‘yoki onlayn ishga kirgan shaxslarga o‘z tanishlariga taklif havolasini yuborish imkoniyati berilgan. Agar taklif havolasi orqali boshqa fuqarolar to‘lovni amalga oshirsa, ushbu mablag‘ning 10 foizi havolani yuborgan shaxsga mukofot sifatida to‘lab berilishi va’da qilingan.

⚠️ Mazkur holatlar moliyaviy piramida va firibgarlik alomatlariga ega bo‘lib, fuqarolardan bunday takliflarga ishonmaslik, shubhali guruhlar va shaxslarga pul o‘tkazmaslik qat’iy tavsiya etiladi.

#Firibgarlik #uzcert #piramida #moliyaviy
🚀 UZCERT xizmatining rasmiy telegram sahifasiga a’zo bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15993👍1
🔥 Mutaxassislarimiz Winter Cyber Security Camp’da muvaffaqiyatli ishtirok etdi!

Gruziyaning Bakuriani shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro qishki kiberxavfsizlik oromgohida mutaxassislarimiz bilim va ko‘nikmalarini oshirib qaytishdi.

Mazkur xalqaro dastur doirasida Gruziya Ilmiy Kiberxavfsizlik Assotsiatsiyasi (SCSA) tomonidan: Axloqiy xakerlik (Ethical Hacking), Kriptografiya, Python dasturlash va Web Penetration testing yo‘nalishlarida intensiv ma’ruza va amaliy treninglar tashkil etildi.

🏆 Treninglar yakunida kiberxavfsizlikning real ssenariylarini simulyatsiya qiluvchi xakatonda mutaxassisimiz Behzod Hamroyev faxrli 1-o‘rinni egalladi.

📌 P.S. Ushbu dasturga taklif uchun Toshkent shahridagi Inha universitetiga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.

www.turansec.uz | info@turansec.uz
🔥3615116😁4
Shuning uchun...
That's why...

@TuranSecurity | www.turansec.uz
😁392817🔥8🌚5
15 mln zaif nuqta: Nima uchun Turan Security’ning jahon darajasidagi tajribasi bugun O‘zbekiston biznesiga kerak?

Batafsil — https://daryo.uz/TuranSecurity

Turan Security kompaniyasidan tavsiyalar:

Parollarni mustahkamlang
Kamida 12 ta belgili, katta-kichik harf, raqam va maxsus belgilardan iborat parollar qo'ying.
Barcha tizimlar va ijtimoiy tarmoqlarda 2FA ni faollashtiring.
Dasturiy ta'minotni muntazam yangilang
Operatsion tizim, brauzer, antivirus va boshqa tizimlarni doimo oxirgi versiyada saqlang.
Ma'lumotlarning zaxira nusxasini yarating (backup)
Muhim fayllarni kamida 2 ta alohida joyda saqlang. Kunlik yoki haftada minimum 1 marta backup qiling.
Kiberhujumlarning 90%+ inson xatosi orqali amalga oshadi. Xodimlarni phishing, parol siyosati va ijtimoiy muhandislik bo'yicha o'qiting.
Muntazam pentest (penetration test) o'tkazing. Professional xavfsizlik auditi orqali zaif nuqtalarni xakerlardan oldin aniqlab bartaraf qiling. Yiliga kamida 1–2 marta.


www.turansec.uz | info@turansec.uz
👍262412😁5😢1
#TodayBoburDay

Jonimdin o'zga yori vafodor topmadim,
Ko'nglumdin o'zga mahrami asror
topmadim.
Jonimdin o'zga jonni dilafkor ko'rmadim,
Ko'nglum kibi ko'ngulni giriftor topmadim.
Usruk ko'ziga toki ko'ngul bo'ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.
Nochor furqati bila xo'y etmisham, netay,
Chun vaslig'a o'zumni sazovor topmadim.
Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko'ngul,
Nechaki borib eshigiga bor topmadim.
Bobur, o'zungni o'rgatako'r yorsizki, men
Istab jahonni muncha qilib yor topmadim.

www.turansec.uz | info@turansec.uz
1815👍8😁6🔥1
Forwarded from Cyber University
#Workshop

🌐 Workshop boshlandi: Web va mobil ilovalar bilan ishlash bo‘yicha amaliy seminar


Avval xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda workshop boshlandi. Tadbirda talabalarimiz faol ishtirok etib, nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitmoqda.

14-fevral — Web ilovalar bilan ishlash

Bugungi mashg‘ulot “Web ilovalar ichki dunyosiga sayohat” mavzusida o‘tkazilmoqda. Workshop 3 qismdan iborat:

🔹 1-qism — Asoslar
Web-sayt va web ilovalar arxitekturasi, ularning ishlash mexanizmi hamda Burp Suite va Caido kabi vositalar bilan ishlash amaliy tarzda ko‘rsatib berilmoqda.

🔹 2-qism — Real zaifliklar va tahlil
Loyihalarda uchraydigan eng muhim 4–5 ta zaiflik misollar orqali tahlil qilinib, xatolar va e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar batafsil tushuntirilmoqda.

🔹 3-qism — Amaliy laboratoriya

Ishtirokchilar maxsus tayyorlangan laboratoriyalarni proxy tool’lar yordamida mustaqil bajarib, real tajriba orttirmoqda.
Nazariya va amaliyot uyg‘unligi talabalar uchun haqiqiy tajriba maydonini yaratmoqda.

15-fevral — Mobil ilovalar bilan ishlash
Ertaga workshop mobil ilovalar xavfsizligi va ularni tahlil qilish mavzusida davom etadi. Unda mobil ilovalar arxitekturasi, keng tarqalgan zaifliklar hamda ularni aniqlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

Mazkur seminar talabalarning kiberxavfsizlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Workshop ertaga ham davom etadi.

😑😑😑😑😑😑😑😑
🌐 Workshop has started: Practical seminar on working with web and mobile applications

As we previously reported, the workshop has started right now. Our students are actively participating in the event, enriching their theoretical knowledge with practical experience.

February 14 — Working with web applications
Today's session is on the topic of "Journey to the inner world of web applications". The workshop consists of 3 parts:

🔹 Part 1 — Fundamentals
The architecture of websites and web applications, their working mechanism, and working with tools such as Burp Suite and Caido are shown in a practical way.

🔹 Part 2 — Real vulnerabilities and analysis
The most important 4-5 vulnerabilities encountered in projects are analyzed through examples, and errors and aspects that need attention are explained in detail.

🔹 Part 3 — Practical laboratory

Participants independently complete specially prepared laboratories using proxy tools and gain real experience.
The combination of theory and practice creates a real field of experience for students.

February 15 — Working with mobile applications
Tomorrow, the workshop will continue on the topic of mobile application security and analysis. It will include practical exercises on mobile application architecture, common vulnerabilities and their detection.


This seminar serves to strengthen students' knowledge and skills in the field of cybersecurity. The workshop will continue tomorrow.

🌐
Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12975🔥2
🎨 Turan Security jamoasiga Grafik Dizayner kerak!
Turan Security – axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohasida faoliyat yurituvchi kompaniya.
Biz jamoamizga Infosecga qiziqqan, kreativ va kuchli Grafik Dizayner qidirmoqdamiz.

📌 Talablar:
Axborot xavfsizligi (Infosec / Cybersecurity) sohasiga qiziqish
Grafik dizayn tajribasi
Quyidagi dasturlar bilan ishlay olishi:

Canva
Figma
Adobe Photoshop
(Illustrator bo‘lsa ustunlik)
SMM postlar, prezentatsiyalar, infografikalar tayyorlay olish
Brand identity va vizual konsept yaratish tajribasi
Kreativ fikrlash va deadline bilan ishlay olish

🎯 Vazifalar:

Ijtimoiy tarmoqlar uchun vizuallar tayyorlash
Kiberxavfsizlik bo‘yicha infografikalar yaratish
Prezentatsiyalar va marketing materiallarini dizayn qilish
Turan Security brend stilini rivojlantirish

💼 Biz taklif qilamiz:
Professional Infosec muhit
Kuchli jamoa
Rivojlanish imkoniyati
Qiziqarli loyihalar
Maosh – suhbat asosida

📩 CV va portfolio yuborish uchun:
@turan_admin
2511🔥6😁32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turan Security jamoasi siz va yaqinlaringizni muqaddas Ramazon oyi bilan tabriklaydi!🌙

Ushbu oy xonadoningizga tinchlik, xotirjamlik va ma’naviy yangilanish olib kelsin. Sizga mustahkam sog‘liq, yorug‘ niyatlar va barcha ezgu duolaringiz ijobat bo‘lishini tilaymiz.

www.turansec.uz | info@turansec.uz
🔥2117105
🚩 CyberHack CTF 2026 🚩

🔥 CyberHack CTF - an offline Capture The Flag competition held as part of the CyberHack Conference.

🤖 The competition focuses on practical cybersecurity skills through real-world challenges across multiple domains.

💻 Web|🔓 Cryptography | 🦠 Malware Analysis/Reverse Engineering | 🔎 Digital Forensics | 👀 OSINT | 🤖 Mobile Security | 🤖 AI

🥷 Team Rules & Requirements

- For university and school students Only
- 4 members per team (Captain + 3 Participants)
- A participant may compete in only one team
- Maximum 50 teams — limited slots available
- The team captain registers the team
- The captain must provide a student ID or official letter from university (for each team member)
- Bring your own laptop


🏆 Prize Pool: 100,000,000 UZS

📍 New Uzbekistan University
🗓 February 28, 2026
09:00 – 19:00

🔗 Register Now: Registration Link
Spots are limited — early registration is recommended


www.turansec.uz | info@turansec.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥169👍51👨‍💻1