Тўрақўрғон туман ҳокимлиги |расмий канали
6.45K subscribers
55.8K photos
3.26K videos
18 files
4.53K links
Тўрақўрғон туман ҳокимлигининг расмий канали

Сайт:
http://turakurgan.uz
Telegram:
t.me//turakurganaxborotxizmati
Facebook: https://www.facebook.com/turaqorgonaxborotxizmati/
Instagram

Мурожаат учун: @Axborotxizmatigamurojaat_bot
Download Telegram
Пахта терими нафақат ҳосилни йиғиштириш, балки оилаларга мўл-кўл даромад манбаидир!

Туман ҳокимлигида маҳалла раислари, хотин-қизлар фаоллари иштирокида бўлиб ўтган йиғилиш шу масалага бағишланди.

Ҳафтанинг сешанба куни ўтадиган қабулларда моддий ёрдам сўраб мурожаат қилувчилар кўп учрайди. Албатта, муҳтожларга кўмак бериш раҳбариятнинг вазифаси. Аммо, уларга бугун пахта теримида ишлаб олиш имкони катта эканлигини тушунтириш лозим.

Айрим маҳаллалардан 120-150 нафар теримчилар далага чиқяпти. Қайсидир маҳалладан одам анчайин кам. Агар маҳалла раиси ва хотин-қизлар фаоллари ҳамжиҳат бўлса, тарғибот кучайтирилса яхши натижа кутиш мумкин.

Туман ҳокими А. Мансуров бу борада аёл раислар пешқадам эканлигини айтиб ўтди. Мавсум сўнггида илғорлар меҳнати муносиб рағбатлантирилади.
Бугун душанба. Белгиланган режага кўра, туман ҳокимининг ўринбосари, оила ва хотин-қизлар бўлими бошлиғи Феруза Солиева жисмоний ва юридик шахслар учун қабул ўтказди.

Соҳибкор МФЙдан Аъзамат Арзиматов ва Ўғилой Сойибназароваларнинг оилавий масаласи ўрганиб чиқиладиган бўлди. Ёртепакўча маҳалласида яшовчи Васила Воҳидова бандлигини таъминлаш, Шарқ МФЙ фуқароси Машрабжон Сайфиддинов ишлаш истаги борлигини айтиб мурожаат қилишди. Бу фуқаролар туман бандликка кўмаклашиш марказига йўналтирилди.
Artel kompaniyasi Sizni 21-sentyabr kuni soat 9:00 dan 13:00 gacha Namangan shahrida o‘tkaziladigan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasiga taklif qiladi!

Artelda karyera — bu:
* Mehnat qonunchiligiga kora ishga qabul qilish;
* Ilmiy va ijodiy faoliyatingizda karyerangiz osib borishi uchun katta imkoniyat;
* Munosib ish sharoiti va ahil jamoa;
* Ish uchun maxsus kiyim;
* Tushlik hamda kechki tushlik (poldnik);
* Ijtimoiy ta'minot (har oyda ish haqidan tashqari taqdim etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari);
* Maosh kelishiladi.

📌Eng muhimi: viloyatdan keladigan hamyurtlarimiz yashash joyi bilan ta'minlanadi yoki kvartira uchun yordam puli beriladi.

Yarmarka otkaziladigan manzil: Namangan viloyati, Namangan shahri, Bobur shoh ko'chasi, 92-uy.
Moljal: Tamanno restorani

Ish manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yangi Zamon ko'chasi, 86-uy.
Moljal: Eski Tramvay deposi

Murojaat uchun: +998 78 888 05 05; +998 95 506 11 18
@RabotaArtel_bot
#Эксперт_шарҳи

⚡️Давлат фуқаролик хизматчисининг фаолиятида натижадорлик — бош мезон бўлади

Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар муҳокамаси порталига Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлигининг "Давлат фуқаролик хизматчилари фаолиятининг самарадорлигини баҳолаш Услубиятини тасдиқлаш тўғрисида"ги буйруғи лойиҳаси жойлаштирилди.

👉 Батафсил — https://argos.uz/uz/press-center/news/407

Агентлик Ахборот хизмати
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |Murojaat
Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga qanday yordam turlari ko‘rsatiladi

“Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga ayrim yordam turlari ko‘rsatiladi.

Jumladan, moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam (1,2 mln so‘mgacha) beriladi;

yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi (bir oygacha BHM 4, bir oydan ikki oygacha BHM 8, ikki oydan ortiq muddatli o‘quv kurslari uchun BHM 12 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi) qoplab beriladi;

tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlarga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq 7,5 mln so‘mgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi;

Respublikadagi professional ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan, shuningdek, O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlari bir qismi qoplab beriladi;

Yoshlarga ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalar sohasiga va fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim tashkilotining 3 oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun 15 mln so‘mgacha miqdorda qoplab beriladi.


#Davlat_xizmatlari_reglament

Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi bor yoki yo'qligi to'g'risida ma'lumotnoma olish tartibi

⚠️ Xizmat: Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to'g'risida ma'lumotnoma berish

🙎‍♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar

🔄 Xizmatni ko'rsatish tartibi:

1. Ariza beruvchilar ma'lumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o'zi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun ro'yxatdan o'tadi.

2. So'rovnoma to'ldirilib, kadastr organlariga elektron tarzda yuboriladi.

3. Markaz so'rovnoma tushgan va to'lov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 3 ish kuni mobaynida QR-kod qo'yilgan ma'lumotnomani rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga yoki davlat organlariga yoxud ariza beruvchiga YIDXP orqali yuboradi.

🗓 Xizmatni ko'rsatish muddati: 3 ish kuni mobaynida

🔰 Xizmat narxi:

BHMning 3 foizi miqdorida – 9 000 so'm;
Yаgona portal orqali topshirilganda miqdori – 8 100 so'm.

📋 Huquqiy asos: Hukumat qarori (535-son, 02.09.2020-y.)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"1991 йилдан бери мурожаат қиламиз, ҳар сафар "бўмийди" деган жавоб олардик. Бўларкану...." Қатағон ва Сарой маҳаллалари чорраҳасига ниҳоят светофор ўрнатилди!
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида мамлакатимизнинг ички ва ташқи туризм салоҳиятини янада ошириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по мерам дальнейшего увеличения потенциала внутреннего и въездного туризма в стране.

#Mirziyoyev #videoselektor #iqtisodiyot #turizm

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
⚡️Besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumi doirasida “Yosh kitobxon” tanlovining 20-22-sentabr kunlari boʻlib oʻtadigan mahalla bosqichi manzillari e'lon qilinadi.

Quyidagi havolalar orqali manzillar bilan tanishishingiz mumkin:

1. Qoraqalpog'iston Respublikasi;
2. Andijon viloyati;
3. Buxoro viloyati;
4. Farg’ona viloyati;
5. Jizzax viloyati;
6. Namangan viloyati;
7. Navoiy viloyati;
8. Qashqadaryo viloyati;
9. Samarqand viloyati;
10. Sirdaryo viloyati;
11. Surxondaryo viloyati;
12. Toshkent viloyati;
13. Toshkent shahri;
14. Xorazm viloyati;

❗️Eslatma: Musobaqada ishtirok etish uchun mahallangizdagi yoshlar yetakchisi bilan bog‘laning. Yoshlar yetakchisining aloqa ma’lumotlarini @Smartmahallabot telegram boti orqali bog'lanishingiz mumkin.

@beshtashabbus_uz 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ҳурматли солиқ тўловчилар!

Биз солиқларни тўладик...СИЗЧИ?

Эгалигида солиқ солинадиган мол-мулк ҳамда ер участкалари бўлган жисмоний шахслар мол-мулк ва ер солиғи тўловчилари ҳисобланади.

Жисмоний шахслар томонидан тўланадиган мол-мулк ва ер солиғининг тўлов муддатлари тенг улушларда 🗓15 апрель ва 15 октябрга қадар деб белгиланган.

ТЎрақўрғон тумани давлат
солиқ инспекцияси