T&T Progress
7.59K subscribers
1.01K photos
556 videos
20 files
1.24K links
👩🏻‍🎓 Ваш ментор по Учебе за рубежом!
🌍Мои студенты поступают в топ 300 университетов мира!
🇺🇸 Курсы English для детей.

Instagram https://www.instagram.com/ttprogress
По вопросам услуг обращайтесь в https://t.me/tt_progress
Download Telegram
IELTS talab qilmaydigan xalqaro konferensiyalar

🇬🇧London Youth Diplomacy Foundation
London, Buyuk Britaniya
Sana: 2-4 fevral 2027 yil
Yosh chegarasi: 16-35 yosh
To’liq grant, qisman grant, o’z hisobidan joylar bor
Dedlayn: 30 noyabr
To'liq ma'lumot shu yerda

🇦🇺Future Leaders Assembly 2027
Sydney, Avstraliya
Sana: 15-18 mart 2027 yil
Yosh chegarasi: 15-50 yosh
To’liq grant, qisman grant, o’z hisobidan joylar bor
Dedlayn: 5 yanvar 2027
To'liq ma'lumot shu yerda

🇹🇭Thailand New Generation Leaders Summit
Bangkok, Thailand
Sana: 23-25 fevral 2027 yil
Yosh chegarasi: 18-40 yosh
To’liq grant, qisman grant, o’z hisobidan joylar bor
Dedlayn: 30 noyabr
To'liq ma'lumot shu yerda

🇯🇵JAPAN YOUTH SUMMIT
Osaka, Japan
Sana: 10-13 may 2027 yil
Yosh chegarasi: 15-40 yosh
To’liq grant, qisman grant, o’z hisobidan joylar bor
Dedlayn: 20 dekabr
To’liq ma’lumot shu yerda

Bu xalqaro konferensiyada qatnashish uchun sizdan faqatgina motivatsion xat talab qilinadi, xatingizga qarab siz to’liq, qisman grant yutib qatnashishingiz mumkin.

Agar siz ham motivatsion xatni yozishni o’rganmoqchi bo’lsangiz, biz sizni 18-noyabr soat 19:30da bo’lib o’tadigan Motivatsion xat yozish bo’yicha Mutlaqo Bepul Vebinarimizga taklif qilamiz

Vebinarda qatnashish uchun + belgisini izohlarda qoldiring


🔥Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz🔥
Telegram | Instagram | YouTube
❤21🎉4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📝MOTIVATSION XAT YOZISH BO'YICHA MUTLAQO BEPUL VEBINAR

✍️Motivatsion xat - bu sizni universitetga kirish jarayonidagi asosiy instrumentingiz!

Va top universitetlarga kuchli motivatsion xatlar sizni millionlab studentlardan ajralib turishingizga yordam beradi.

Qanday qilib to'g'ri strukturada yozish kerak?
"Why us?" savoliga qanday javob berish kerak?
Javoblar videoda👆

Agar siz ham motivatsion xatni yozishni o’rganmoqchi bo’lsangiz, biz sizni Motivatsion xat yozish bo’yicha Mutlaqo Bepul Vebinarimizga taklif qilamiz🥳

Vebinarda siz:
• Top universitetlarga to'liq grant olish uchun yoziladigan motivatsion xat strukturasini o'rganasiz
• Exchange, yozgi va qishki maktablarda qatnashish uchun xat yozishni
• Xalqaro konferensiya, volontyorliklarga topshirish uchun motivatsion xat yozishni o'rganasiz

Sana: 18 noyabr, 19:30da
Format: Zoom orqali
🎁Ishtirok etish mutlaqo bepul

Vebinarda ishtirok eting va eng kuchli motivatsion xat yozishni o'rganib oling

Hammani kutamiz🤗


🔥Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz🔥
Telegram | Instagram | YouTube
🔥8❤7
🎓 Motivatsion xatingiz bilan qabul komissiyasini qiziqtiriah uchun 30 soniyangiz bor

Har yili qabul komissiyalari minglab motivatsion xatlarni o‘qiydi. Ular uchun quyidagi jumlalar allaqachon juda tanish:

❌ “I am writing to express my strong interest…”
❌ “I am a responsible and hardworking person…”
❌ “I have always dreamed of studying at your university…”

Bunday umumiy jumlalar sizni boshqa nomzodlardan ajratib ko‘rsatmaydi.

Xo‘sh, kuchli Motivation Letter qanday yoziladi?

Universitet e’tiborini tortadigan xatda bir nechta muhim jihatlar bo‘lishi kerak:

🔥 Hook — o‘quvchining e’tiborini birinchi jumladanoq jalb qilish.

📌 Show, Don’t Tell — o‘zingizni shunchaki maqtash emas, balki yutuqlaringizni aniq misollar va raqamlar bilan isbotlash.

🤝 Two-Way Street — universitet sizga nima berishini emas, siz universitetga qanday hissa qo‘sha olishingizni ko‘rsatish.

🔍 Hyper-Specific — aynan tanlagan universitetingiz, professorlari, laboratoriyalari yoki dasturlariga moslashtirilgan xat yozish.

⏳ Past → Present → Future — o’tmishdagi tajribangiz, bugungi maqsadlaringiz va kelajakdagi rejalaringizni yagona mantiqiy hikoyaga birlashtirish.

Eng muhimi, kuchli motivatsion xat yozish uchun professional yozuvchi bo‘lish shart emas. To‘g‘ri struktura va formulani bilish kifoya!

🎁 18-noyabr, soat 19:30 da bepul Motivation Letter webinariga taklif qilamiz!

Webinarda:

• Kuchli motivatsion xat yozish formulasini bosqichma-bosqich o‘rganasiz;
• Qabul komissiyasi e’tiborini tortadigan usullar bilan tanishasiz;
• Ko‘p uchraydigan xatolarni aniqlaysiz;
• Barcha ishtirokchilarga bepul Motivation Letter shabloni taqdim etiladi.

Vebinarda ishtirok eting va kuchli motivatsion xat yozishni o’rganing

Hammani kutamiz🤗


🔥Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz🔥
Telegram | Instagram | YouTube
❤‍🔥11🔥3💯3❤2
🔥 Bitta motivatsion xatga qancha vaqt ketadi?

Ko'pchilik abituriyentlar motivatsion xatni topshirish muddatiga 2-3 kun qolganda, tuni bilan o'tirib yozib tashlaydi. Natijada esa qabul komissiyasi stoliga shablon, zerikarli va "hammanikiga o'xshagan" to'la xat borib tushadi-yu, rad javobi keladi.

Agar gap top universitetlar va grantlar haqida ketar ekan, bitta mukammal motivatsion xat ustida ishlash jarayoni kamida 1 oyni o'z ichiga olishi shart.

Nima uchun 1 oy ketadi?

📅 1-hafta: Chuqur tadqiqot va o‘z-o‘zini tahlil qilish
Universitet saytini shunchaki ko‘rib chiqish yetarli emas. Ularning o'quv dasturi (curriculum), professorlarining ilmiy ishlari, hatto universitetning missiyasigacha o'rganiladi. O‘zingizning shu kungacha qilgan ishlaringiz nima uchun aynan ularga mos kelishini mantiqiy bog'laydigan asosiy g'oya (core narrative) topiladi.

✍️ 2-hafta: Birinchi qoralama va "qora ish"(draft)
Fikrlarni qog‘ozga to‘kish. Bu bosqichda xat qo'rqinchli, tartibsiz yoki haddan tashqari uzun chiqishi mumkin — bu normal holat. Muhimi, barcha g'oyalar, raqamlar va yutuqlar yig'iladi.

✂️ 3-hafta: Qisqartirish, "suv"ni siqib chiqarish va strukturani shakllantirish
Eng qiyin bosqich. 3 sahifalik matnni qat'iy talab qilingan 1 sahifaga (yoki 500 so'zga) sig'dirish kerak bo'ladi. Har bir jumla og'ir vaznli dalilga aylantiriladi.

👁️ 4-hafta: "Tazelik effekti", professional tahrir va final ko'rinish
Xatni 2-3 kun ochmasdan qo'yib qo'yasiz. Keyin boshqa ko'z bilan o'qib chiqasiz — xatdagi xatolar, mantiqiy uzilishlar darhol ko'zga tashlanadi. So'ngra uni chetdan turib baholay oladigan mutaxassis yoki mentorga ko'rsatib, oxirgi nuqta qo'yiladi.

💡 Top-universitetlar sizning bahoingizdan oldin shaxsiyatingiz, motivatsiyangiz va fikrlash doirangizni aynan shu bir sahifa orqali ko'radi. Uni oxirgi kechaga olib qolish — imkoniyatni o'z qo'lingiz bilan boy berish degani.

Agar siz ham top universitetlarga motivatsion xatni kuchli yozishni o'rganmoqchi bo'lsangiz, sizni Motivatsion xat yozish bo'yicha Mutlaqo bepul vebinarga taklif qilamiz 🥳

🎁 18-noyabr, soat 19:30 da bepul Motivation Letter webinariga taklif qilamiz!

Webinarda:
• Kuchli motivatsion xat yozish formulasini bosqichma-bosqich o‘rganasiz;
• Qabul komissiyasi e’tiborini tortadigan usullar bilan tanishasiz;
• Ko‘p uchraydigan xatolarni aniqlaysiz;
• Barcha ishtirokchilarga bepul Motivation Letter shabloni taqdim etiladi.

Vebinarda ishtirok eting va kuchli motivatsion xat yozishni o’rganing

Hammani kutamiz🤗
❤11🔥3💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎨 Motivatsion xat yozish — bu shunchaki hujjat to‘ldirish emas, haqiqiy ijod jarayoni!

Ko‘pchilik buni zerikarli rasmiyatchilik deb o‘ylaydi: "Men shu joyda o‘qidim, mana sertifikatlarim, meni qabul qiling". Lekin qabul komissiyasi har kuni minglab shunday bir xil shablon xatlarni o‘qiydi.

Aslida esa Motivation Letter — bu sizning shaxsiy hikoyangiz (storytelling).

Bunda siz:
✨ O‘tmishdagi tajribangiz, bugungi maqsadlaringiz va kelajakdagi orzularingizni bitta chiroyli syujetga birlashtirasiz;
✨ Quruq faktlarga jon kiritib, o‘z xarakteringizni ko‘rsatasiz;
✨ O‘quvchini (komissiyani) birinchi qatordanoq o‘zingizga qiziqtira olasiz.

Shablonlardan voz keching. Xatingizga o‘z qalbingiz va individualligingizni qo‘shing — shundagina u boshqalarnikidan ajralib turadi! ✍️🔥

Ijodni biz bilan yarating 🤩

🎁 18-noyabr, soat 19:30 da bepul Motivation Letter webinariga taklif qilamiz!

Webinarda:
• Kuchli motivatsion xat yozish formulasini bosqichma-bosqich o‘rganasiz;
• Qabul komissiyasi e’tiborini tortadigan usullar bilan tanishasiz;
• Ko‘p uchraydigan xatolarni aniqlaysiz;
• Barcha ishtirokchilarga bepul Motivation Letter shabloni taqdim etiladi.

Vebinarda ishtirok eting va kuchli motivatsion xat yozishni o’rganing

Hammani kutamiz🤗

🔥Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz🔥
Telegram | Instagram | YouTube
❤14❤‍🔥2👍1
🤔 Agar motivatsion xatda rezyumeni (CV) qaytarish mumkin bo‘lmasa, unda nima haqida yozish kerak?

Ko‘pchilik talabalar bitta katta xatoga yo‘l qo‘yadi: CV dagi barcha sertifikat, volontyorlik va yutuqlarini olib, ularni shunchaki gap shaklida motivatsion xatga ko‘chirib chiqadi.

Lekin qabul komissiyasi sizning nima qilganingizni CV dan ham ko‘rib oladi. Ularga motivatsion xatda boshqa narsa kerak!

Rezyume ro‘yxati o‘rniga quyidagi 4 ta savolga javob yozing:

1️⃣ Nega aynan shu yo‘nalish?
Bu sohaga qiziqishingiz qayerdan boshlangan? Hayotingizdagi qaysi voqea, kitob yoki muammo sizni shu yo‘lni tanlashga majbur qilgan?

2️⃣ Tajriba sizni qanday o‘zgartirdi?
Volontyorlik qildingizmi yoki loyihada ishladingizmi? Ro‘yxat bermang — o‘sha jarayonda qanday muammoga duch keldingiz, uni qanday hal qildingiz va bundan qanday xulosa chiqardingiz, shuni yozing.

3️⃣ Nega aynan shu universitet va dastur?
Sizga bu universitetning qaysi fanlari, professorlari yoki imkoniyatlari kerak? Umumiy maqtovlar emas, aniq faktlarni keltiring.

4️⃣ Kelajakdagi maqsad va ularga foydangiz
O‘qishni bitirgach nima qilmoqchisiz va bu universitet sizga o‘sha maqsadga yetishda qanday ko‘prik bo‘ladi?

💡 Oddiy qoida:
CV — bu «Men nimalar qilganman?» degan savolga javob.
Motivation Letter — bu «Bularni nega qildim, bundan nima o‘rgandim va ertaga qayerga ketyapman?» degan hikoya.
❤10👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MOTIVATSION XAT YOZISH BO'YICHA BEPUL VEBINARGA 3 KUN QOLDI

Vebinardan keyin sizni motivatsion xat yozish strukturangiz o'zgaradi
Huddi videodagiga o'xshab👆

🔥 Aynan shu farqni qanday yaratishni o‘rganish uchun sizni BEPUL VEBINARGA taklif qilamiz!

Vebinarda nimalarni o‘rganasiz?
🔹 Shablon jumlalardan voz kechib, kuchli kirish qismi yozishni;
🔹 Oddiy tajribadan ham top-universitetlar e'tiborini tortadigan syujet yasashni;
🔹 Qabul komissiyasi xatni o‘qiganda nimaga birinchi bo‘lib e'tibor berishini;
🔹 Real "Oldin va Keyin" keyslar tahlilini.

📅 Sana: 18-noyabr
⏰ Vaqt: 19:30
📍 Joy: Online (Telegram / Zoom)
💸 Narxi: Mutlaqo BEPUL!

⚠️ Joylar soni cheklangan. Xatingizni "rad javobi" oladigan matndan "Qabul qilindingiz!" xatiga aylantirishni istasangiz, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting 👇

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun
https://us06web.zoom.us/j/89309775330?pwd=swJiCVKbaBMOgSybMVAbLFBumF3STP.1


🔥Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz🔥
Telegram | Instagram | YouTube
❤6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 TOP UNIVERSITETLARGA MOTIVATSION XAT YOZISH HAQIDAGI XATOLAR

Ko‘pchilik abituriyentlar Harvard, Stanford, Oxford kabi nufuzli universitetlarga kirish uchun yuqori baholar va IELTS 7.5+ yetarli deb o‘ylaydi. Ammo universitetga topshirish jarayonida sizning o‘zingiz haqingizda qanday hikoya qilishingiz, maqsadlaringiz va motivatsiyangizni qay darajada ko‘rsata olishingiz ham muhim.

Keling, motivatsion xat haqidagi eng keng tarqalgan 5 ta afsonani ko‘rib chiqamiz.

❌ 1-xato. Motivatsion xat — bu shunchaki yutuqlar haqida yoziladigan hujjat.
Aslida, universitet sizning qanday yutuqlarga erishganingiznigina emas, balki bu tajribalar sizga nimani o‘rgatgani, qanday fikrlashingiz va kelajakdagi maqsadlaringiz bilan qanday bog‘liqligini bilishni istaydi.

❌ 2-xato. Yutuqlar qancha ko‘p bo‘lsa, motivatsion xat shuncha yaxshi bo‘ladi.
Bu noto‘g‘ri! Olimpiadalar, sertifikatlar va volontyorlik faoliyatini shunchaki sanab o‘tish kuchli motivatsion xat yaratmaydi. Muhimi — tajribangizning mazmunini ochib berish va aynan sizni boshqalardan ajratib turadigan jihatlarni ko‘rsatish.

❌ 3-xato. Bitta motivatsion xatni barcha universitetlarga yuborish mumkin.
Bu eng katta xatolardan biri. Har bir universitetning o‘z qadriyatlari, ta'lim muhiti va talablari mavjud. Shuning uchun xatda aynan nima uchun shu universitet va shu dastur sizga mos kelishini asoslab berishingiz kerak.


🔥 Siz ham kuchli motivatsion xat yozishni o‘rganmoqchimisiz?

Unda ertaga T&T Progress tomonidan tashkil etiladigan BEPUL WEBINARda ishtirok eting!

Webinarda quyidagilarni o‘rganasiz:
📌 Motivatsion xatni qanday to‘g‘ri strukturalash kerak?
📌 Kuchli essay uchun asosiy g‘oyani qanday topish mumkin?
📌 Abituriyentlar eng ko‘p qanday xatolarga yo‘l qo‘yishadi?
📌 Motivatsion xatni top universitetlar talablariga qanday moslashtirish kerak?
📌 Arizangizni boshqalarnikidan qanday ajratib ko‘rsatish mumkin?

Sana: 18-noyabr, 19:30
Format: Onlayn (Telegram/Zoom)
🎁 Ishtirok etish mutlaqo BEPUL!

Orzuyingizdagi universitetga bir qadam yaqinlashish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

👉 Ertangi bepul webinar uchun ro‘yxatdan o‘ting!
https://us06web.zoom.us/j/89309775330?pwd=swJiCVKbaBMOgSybMVAbLFBumF3STP.1
❤7❤‍🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇬🇧Ofksford Universiteti Saïd Business School Yozgi dasturidan faqat bitta odam to'liq grant oldi

Butun dunyodan faqatgina bitta va yagona student yozgi dastur uchun to'liq grant oldi. Va u ham bizni studentimiz Sanjar!

Sanjarni nima shuncha raqobat ichida ajratib turdi deb o'ylaysiz?

Albatta uning motivatsion xati!


Agar siz ham motivatsion xatni yozishni o’rganmoqchi bo’lsangiz, va shunday xalqaro dasturlarga qatnashmib, to'liq grant olmoqchi bo'lsangiz, sizni Motivatsion xat yozish bo'yicha Mutlaqo bepul vebinarimizga taklif qilamiz🥳

Vebinarda siz:
• Top universitetlarga to'liq grant olish uchun yoziladigan motivatsion xat strukturasini o'rganasiz
• Exchange, yozgi va qishki maktablarda qatnashish uchun xat yozishni
• Xalqaro konferensiya, volontyorliklarga topshirish uchun motivatsion xat yozishni o'rganasiz

Sana: 18-noyabr 19:30
Format: onlayn (Telegram/Zoom)
🤗Qatnashish mutlaqo bepul

Qatnashish uchun havola:
https://us06web.zoom.us/j/89309775330?pwd=swJiCVKbaBMOgSybMVAbLFBumF3STP.1

Hammani kutamiz🤗
❤7😍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥2❤‍🔥1
🚨 Ivy League’ga yo‘l ochadigan esse yozing!

Harvard, Stanford, Oxford yoki boshqa TOP universitetlarga hujjat topshirmoqchimisiz? Unda bitta muhim savol: Sizning motivatsion xatingiz qabul komissiyasini nima bilan hayratda qoldiradi?

Ko‘pchilik kuchli GPA, IELTS va ko‘plab sertifikatlar yetarli deb o‘ylaydi. Ammo universitetlar sizning ortingizdagi insonni ham ko‘rishni istaydi!

Bugun esa aynan shu haqda gaplashamiz! 🔥

🎓 T&T Progress sizni MOTIVATSION XAT YOZISH bo‘yicha bepul vebinarga taklif qiladi!

Vebinarda siz:
✨ Kuchli motivatsion xatning sirlarini;
✨ Qabul komissiyasi e'tiborini tortadigan essay yozish usullarini;
✨ O‘zingizning tajriba va yutuqlaringizni to‘g‘ri ifodalashni;
✨ Eng ko‘p uchraydigan xatolar va ulardan qochish yo‘llarini;
✨ Top universitetlar uchun motivatsion xatni qanday tayyorlashni o‘rganasiz.

⚡️WEBINAR BUGUN BO‘LIB O‘TADI!

🎁 Ishtirok etish — mutlaqo BEPUL!

Agar siz ham universitet arizangizni shunchaki navbatdagi hujjatlar to‘plami emas, balki unutilmas hikoyaga aylantirmoqchi bo‘lsangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

👇HOZIROQ RO‘YXATDAN O‘TING!
https://us06web.zoom.us/j/89309775330?pwd=swJiCVKbaBMOgSybMVAbLFBumF3STP.1

Orzuyingizdagi universitetga yo‘l bitta kuchli xatdan boshlanishi mumkin! 🚀
❤2
⏰ 1 soatdan keyin boshlaymiz!

Bugun 19:30 da 2 soat ichida:
✍️ Haqiqiy esselar asosida jonli dars
🎯 3 daqiqada o‘z kirish (hook) jumlangizni yozasiz
🧠 Esseni ajratib turadigan texnikalar
🎓 Magistratura uchun Statement of Purpose
❓ Savollaringizga jonli javob

🎁 Faqat jonli efirda qatnashganlarga maxsus sovg’alar
Tayyorlaning: daftar, qalam va bitta savol 📓

🤗1 soatdan keyin ko’rishkuncha
👉 https://us06web.zoom.us/j/89309775330?pwd=swJiCVKbaBMOgSybMVAbLFBumF3STP.1
🎉3❤2
Live stream started
Ovoz eshitilyaptimi hammaga?
+ belgisini qoldiring
🔥9❤1
✍️Daftar, ruchka oling, hozir o’zingizni motivatsion xatingizni yozishni boshlaymiz

Motivatsion xatingizni biz bilan yozishni boshlang👇🏻
https://us06web.zoom.us/j/89309775330?pwd=swJiCVKbaBMOgSybMVAbLFBumF3STP.1
❤‍🔥2
Qabul komissiyasini qiziqtirish uchun sizda 30 soniya vaqt bor

Birinchi gap, ya’ni hook hammasini hal qiladi.

Qanday qilib yozishni vebinarda hozir o’rqanamiz👇🏻
https://us06web.zoom.us/j/89309775330?pwd=swJiCVKbaBMOgSybMVAbLFBumF3STP.1
❤‍🔥2
🎓 2 HAFTALIK INTENSIV ESSAY YOZISH METODIKASI

Top universitetlarga hujjat topshirishni rejalashtiryapsiz, ammo kuchli Personal Statement yozishni nimadan boshlashni bilmayapsizmi?

Unda ushbu metodika aynan siz uchun!

12 kun ichida noldan yakuniy motivatsion essegacha!

Metodika davomida siz:
✨ O‘zingizning noyob hikoyangiz va kuchli tomonlaringizni aniqlaysiz.
✨ Shaxsiy tajriba va yutuqlaringizni mazmunli hikoyaga aylantirishni o‘rganasiz.
✨ Har kuni maxsus topshiriqlar va amaliy mashqlar bajarasiz.
✨ Essay yozish va uni bosqichma-bosqich takomillashtirish ustida ishlaysiz.
✨ 4 ta qoralama orqali yakuniy Personal Statement tayyorlaysiz.

Dastur tarkibiga nimalar kiradi?
• To‘liq PDF metodologiya;
• 12 kunlik kunma-kun reja;
• Amaliy mashqlar va uy vazifalari;
• Progress Essay baholash jadvali;
• Yakuniy shaxsiy essay.

💰 Narxi: $30

Bu metodika orqali siz shunchaki essay yozmaysiz — o‘zingizning tajribangiz, qadriyatlaringiz va maqsadlaringizni universitet qabul komissiyasiga to‘g‘ri yetkazishni o‘rganasiz!

📩 Batafsil ma’lumot va to’lov uchun menejerimizga ESSAY deb yozing!
https://t.me/tt_progress
🎓 22 HAFTALIK PERSONAL STATEMENT YOZISH METODIKASI

Top universitetlarga hujjat topshirishda o‘z hikoyangiz bilan ajralib turishni xohlaysizmi?

Unda 22 haftalik metodika aynan siz uchun!

🔥 5 BOSQICH — 22 HAFTA — BITTA KUCHLI ESSAY!

Metodika davomida siz:
✨ O‘z shaxsiyatingiz, qadriyatlaringiz va noyob tajribangizni kashf etasiz.
✨ Tanqidiy fikrlashni rivojlantirasiz va dunyoqarashingizni kengaytirasiz.
✨ 7 nafar mashhur mutafakkirning asarlari bilan tanishasiz.
✨ 6 ta o‘quvchi essesi misolida kuchli yozish usullarini o‘rganasiz.
✨ O‘z Personal Statement’ingizni yozasiz va 3 marta to‘liq qayta ishlaysiz.

Dastur tarkibiga:
• 22 haftalik to‘liq PDF metodologiya;
• Amaliy mashqlar va topshiriqlar;
• 7 ta kitob;
• 6 ta tahlil qilingan essay;
• Progress Essay baholash tizimi;
• Supplemental Essays materiallari;
• Activities List va universitetga topshirish strategiyasi;
• Maxsus videodars kiradi.

💰 Narxi: $300

🚀 Shunchaki essay yozmang — universitet qabul komissiyasiga sizni eslab qolishlari uchun sabab bering!

📩 To’lov qilish uchun menejerimizga ESSAY deb yozing https://t.me/tt_progress