T&T Progress
7.78K subscribers
1.01K photos
554 videos
20 files
1.23K links
👩🏻‍🎓 Ваш ментор по Учебе за рубежом!
🌍Мои студенты поступают в топ 300 университетов мира!
🇺🇸 Курсы English для детей.

Instagram https://www.instagram.com/ttprogress
По вопросам услуг обращайтесь в https://t.me/tt_progress
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Harvardga har yili 55.000 ta talaba hujjat topshiradi ga ulardan atigi 200ta talaba xalqaro student hisoblanadi.

Sizni shu 55.000 ta talabani ichidan ajralib turishingizga nima yordam beradi?

Javob videoda👆


🔥Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz🔥
Telegram | Instagram | YouTube
❤7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎯 Motivatsion xat yozishda eng ko‘p uchraydigan 5 ta xato

Motivatsion xat — bu shunchaki o‘zingiz haqingizda yozilgan matn emas. Bu sizning maqsadlaringiz, tajribangiz va nima uchun aynan siz munosib nomzod ekaningizni ko‘rsatish imkoniyati.

Ammo ko‘pchilik quyidagi xatolarga yo‘l qo‘yadi:

❌Rezyumeni qayta yozish
Motivatsion xat CV'dagi ma'lumotlarni takrorlash uchun emas. Unda tajribangiz va faoliyatingiz sizning maqsadlaringiz bilan qanday bog‘liqligini tushuntirishingiz kerak.

❌ Yutuqlarni shunchaki sanab o‘tish
Sertifikatlar, mukofotlar va tajribalarni sanashning o‘zi yetarli emas. Eng muhimi — bu yutuqlar sizga nima bergani va qanday ko‘nikmalarni shakllantirganini ko‘rsatish.

❌ Faqat gapda "Men liderman!" deyish
O‘zingizni lider, mas'uliyatli yoki tashabbuskor deb ta'riflash oson. Ammo buni real hayotdagi misollar va tajribalar bilan isbotlash kerak.

❌ Nega aynan shu dastur ekanini tushuntirmaslik
Nima uchun aynan shu universitet yoki dastur sizni qiziqtiradi? U sizning kelajakdagi maqsadlaringizga qanday yordam beradi? Bu savollarga aniq javob bo‘lishi kerak.

❌ Barcha joyga bir xil xat yuborish
Har bir universitet va dastur o‘ziga xos. Motivatsion xatingizni aynan o‘sha imkoniyat, uning talablari va qadriyatlariga moslashtiring.

💡 Kuchli motivatsion xat — bu o‘zingizni maqtash emas, balki nima uchun aynan siz munosib nomzod ekaningizni dalillar bilan ko‘rsatishdir.


🔥Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz🔥
Telegram | Instagram | YouTube
❤5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kuchli motivatsion xat yozish uchun 5ta hint

Motivatsion xat yozishda yana nimalarga e'tibor berasiz?


🔥Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz🔥
Telegram | Instagram | YouTube
❤8🔥2❤‍🔥1
Xalqaro konferensiyalarni kutganlar bormi?🌎
❤16🔥3
IELTS talab qilmaydigan xalqaro konferensiyalar

🇬🇧London Youth Diplomacy Foundation
London, Buyuk Britaniya
Sana: 2-4 fevral 2027 yil
Yosh chegarasi: 16-35 yosh
To’liq grant, qisman grant, o’z hisobidan joylar bor
Dedlayn: 30 noyabr
To'liq ma'lumot shu yerda

🇦🇺Future Leaders Assembly 2027
Sydney, Avstraliya
Sana: 15-18 mart 2027 yil
Yosh chegarasi: 15-50 yosh
To’liq grant, qisman grant, o’z hisobidan joylar bor
Dedlayn: 5 yanvar 2027
To'liq ma'lumot shu yerda

🇹🇭Thailand New Generation Leaders Summit
Bangkok, Thailand
Sana: 23-25 fevral 2027 yil
Yosh chegarasi: 18-40 yosh
To’liq grant, qisman grant, o’z hisobidan joylar bor
Dedlayn: 30 noyabr
To'liq ma'lumot shu yerda

🇯🇵JAPAN YOUTH SUMMIT
Osaka, Japan
Sana: 10-13 may 2027 yil
Yosh chegarasi: 15-40 yosh
To’liq grant, qisman grant, o’z hisobidan joylar bor
Dedlayn: 20 dekabr
To’liq ma’lumot shu yerda

Bu xalqaro konferensiyada qatnashish uchun sizdan faqatgina motivatsion xat talab qilinadi, xatingizga qarab siz to’liq, qisman grant yutib qatnashishingiz mumkin.

Agar siz ham motivatsion xatni yozishni o’rganmoqchi bo’lsangiz, biz sizni 18-noyabr soat 19:30da bo’lib o’tadigan Motivatsion xat yozish bo’yicha Mutlaqo Bepul Vebinarimizga taklif qilamiz

Vebinarda qatnashish uchun + belgisini izohlarda qoldiring


🔥Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz🔥
Telegram | Instagram | YouTube
❤21🎉4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📝MOTIVATSION XAT YOZISH BO'YICHA MUTLAQO BEPUL VEBINAR

✍️Motivatsion xat - bu sizni universitetga kirish jarayonidagi asosiy instrumentingiz!

Va top universitetlarga kuchli motivatsion xatlar sizni millionlab studentlardan ajralib turishingizga yordam beradi.

Qanday qilib to'g'ri strukturada yozish kerak?
"Why us?" savoliga qanday javob berish kerak?
Javoblar videoda👆

Agar siz ham motivatsion xatni yozishni o’rganmoqchi bo’lsangiz, biz sizni Motivatsion xat yozish bo’yicha Mutlaqo Bepul Vebinarimizga taklif qilamiz🥳

Vebinarda siz:
• Top universitetlarga to'liq grant olish uchun yoziladigan motivatsion xat strukturasini o'rganasiz
• Exchange, yozgi va qishki maktablarda qatnashish uchun xat yozishni
• Xalqaro konferensiya, volontyorliklarga topshirish uchun motivatsion xat yozishni o'rganasiz

Sana: 18 noyabr, 19:30da
Format: Zoom orqali
🎁Ishtirok etish mutlaqo bepul

Vebinarda ishtirok eting va eng kuchli motivatsion xat yozishni o'rganib oling

Hammani kutamiz🤗


🔥Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz🔥
Telegram | Instagram | YouTube
🔥8❤6
🎓 Motivatsion xatingiz bilan qabul komissiyasini qiziqtiriah uchun 30 soniyangiz bor

Har yili qabul komissiyalari minglab motivatsion xatlarni o‘qiydi. Ular uchun quyidagi jumlalar allaqachon juda tanish:

❌ “I am writing to express my strong interest…”
❌ “I am a responsible and hardworking person…”
❌ “I have always dreamed of studying at your university…”

Bunday umumiy jumlalar sizni boshqa nomzodlardan ajratib ko‘rsatmaydi.

Xo‘sh, kuchli Motivation Letter qanday yoziladi?

Universitet e’tiborini tortadigan xatda bir nechta muhim jihatlar bo‘lishi kerak:

🔥 Hook — o‘quvchining e’tiborini birinchi jumladanoq jalb qilish.

📌 Show, Don’t Tell — o‘zingizni shunchaki maqtash emas, balki yutuqlaringizni aniq misollar va raqamlar bilan isbotlash.

🤝 Two-Way Street — universitet sizga nima berishini emas, siz universitetga qanday hissa qo‘sha olishingizni ko‘rsatish.

🔍 Hyper-Specific — aynan tanlagan universitetingiz, professorlari, laboratoriyalari yoki dasturlariga moslashtirilgan xat yozish.

⏳ Past → Present → Future — o’tmishdagi tajribangiz, bugungi maqsadlaringiz va kelajakdagi rejalaringizni yagona mantiqiy hikoyaga birlashtirish.

Eng muhimi, kuchli motivatsion xat yozish uchun professional yozuvchi bo‘lish shart emas. To‘g‘ri struktura va formulani bilish kifoya!

🎁 18-noyabr, soat 19:30 da bepul Motivation Letter webinariga taklif qilamiz!

Webinarda:

• Kuchli motivatsion xat yozish formulasini bosqichma-bosqich o‘rganasiz;
• Qabul komissiyasi e’tiborini tortadigan usullar bilan tanishasiz;
• Ko‘p uchraydigan xatolarni aniqlaysiz;
• Barcha ishtirokchilarga bepul Motivation Letter shabloni taqdim etiladi.

Vebinarda ishtirok eting va kuchli motivatsion xat yozishni o’rganing

Hammani kutamiz🤗


🔥Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz🔥
Telegram | Instagram | YouTube
❤‍🔥10🔥3💯3❤2
🔥 Bitta motivatsion xatga qancha vaqt ketadi?

Ko'pchilik abituriyentlar motivatsion xatni topshirish muddatiga 2-3 kun qolganda, tuni bilan o'tirib yozib tashlaydi. Natijada esa qabul komissiyasi stoliga shablon, zerikarli va "hammanikiga o'xshagan" to'la xat borib tushadi-yu, rad javobi keladi.

Agar gap top universitetlar va grantlar haqida ketar ekan, bitta mukammal motivatsion xat ustida ishlash jarayoni kamida 1 oyni o'z ichiga olishi shart.

Nima uchun 1 oy ketadi?

📅 1-hafta: Chuqur tadqiqot va o‘z-o‘zini tahlil qilish
Universitet saytini shunchaki ko‘rib chiqish yetarli emas. Ularning o'quv dasturi (curriculum), professorlarining ilmiy ishlari, hatto universitetning missiyasigacha o'rganiladi. O‘zingizning shu kungacha qilgan ishlaringiz nima uchun aynan ularga mos kelishini mantiqiy bog'laydigan asosiy g'oya (core narrative) topiladi.

✍️ 2-hafta: Birinchi qoralama va "qora ish"(draft)
Fikrlarni qog‘ozga to‘kish. Bu bosqichda xat qo'rqinchli, tartibsiz yoki haddan tashqari uzun chiqishi mumkin — bu normal holat. Muhimi, barcha g'oyalar, raqamlar va yutuqlar yig'iladi.

✂️ 3-hafta: Qisqartirish, "suv"ni siqib chiqarish va strukturani shakllantirish
Eng qiyin bosqich. 3 sahifalik matnni qat'iy talab qilingan 1 sahifaga (yoki 500 so'zga) sig'dirish kerak bo'ladi. Har bir jumla og'ir vaznli dalilga aylantiriladi.

👁️ 4-hafta: "Tazelik effekti", professional tahrir va final ko'rinish
Xatni 2-3 kun ochmasdan qo'yib qo'yasiz. Keyin boshqa ko'z bilan o'qib chiqasiz — xatdagi xatolar, mantiqiy uzilishlar darhol ko'zga tashlanadi. So'ngra uni chetdan turib baholay oladigan mutaxassis yoki mentorga ko'rsatib, oxirgi nuqta qo'yiladi.

💡 Top-universitetlar sizning bahoingizdan oldin shaxsiyatingiz, motivatsiyangiz va fikrlash doirangizni aynan shu bir sahifa orqali ko'radi. Uni oxirgi kechaga olib qolish — imkoniyatni o'z qo'lingiz bilan boy berish degani.

Agar siz ham top universitetlarga motivatsion xatni kuchli yozishni o'rganmoqchi bo'lsangiz, sizni Motivatsion xat yozish bo'yicha Mutlaqo bepul vebinarga taklif qilamiz 🥳

🎁 18-noyabr, soat 19:30 da bepul Motivation Letter webinariga taklif qilamiz!

Webinarda:
• Kuchli motivatsion xat yozish formulasini bosqichma-bosqich o‘rganasiz;
• Qabul komissiyasi e’tiborini tortadigan usullar bilan tanishasiz;
• Ko‘p uchraydigan xatolarni aniqlaysiz;
• Barcha ishtirokchilarga bepul Motivation Letter shabloni taqdim etiladi.

Vebinarda ishtirok eting va kuchli motivatsion xat yozishni o’rganing

Hammani kutamiz🤗
❤9🔥3💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎨 Motivatsion xat yozish — bu shunchaki hujjat to‘ldirish emas, haqiqiy ijod jarayoni!

Ko‘pchilik buni zerikarli rasmiyatchilik deb o‘ylaydi: "Men shu joyda o‘qidim, mana sertifikatlarim, meni qabul qiling". Lekin qabul komissiyasi har kuni minglab shunday bir xil shablon xatlarni o‘qiydi.

Aslida esa Motivation Letter — bu sizning shaxsiy hikoyangiz (storytelling).

Bunda siz:
✨ O‘tmishdagi tajribangiz, bugungi maqsadlaringiz va kelajakdagi orzularingizni bitta chiroyli syujetga birlashtirasiz;
✨ Quruq faktlarga jon kiritib, o‘z xarakteringizni ko‘rsatasiz;
✨ O‘quvchini (komissiyani) birinchi qatordanoq o‘zingizga qiziqtira olasiz.

Shablonlardan voz keching. Xatingizga o‘z qalbingiz va individualligingizni qo‘shing — shundagina u boshqalarnikidan ajralib turadi! ✍️🔥

Ijodni biz bilan yarating 🤩

🎁 18-noyabr, soat 19:30 da bepul Motivation Letter webinariga taklif qilamiz!

Webinarda:
• Kuchli motivatsion xat yozish formulasini bosqichma-bosqich o‘rganasiz;
• Qabul komissiyasi e’tiborini tortadigan usullar bilan tanishasiz;
• Ko‘p uchraydigan xatolarni aniqlaysiz;
• Barcha ishtirokchilarga bepul Motivation Letter shabloni taqdim etiladi.

Vebinarda ishtirok eting va kuchli motivatsion xat yozishni o’rganing

Hammani kutamiz🤗

🔥Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz🔥
Telegram | Instagram | YouTube
❤12❤‍🔥2👍1
🤔 Agar motivatsion xatda rezyumeni (CV) qaytarish mumkin bo‘lmasa, unda nima haqida yozish kerak?

Ko‘pchilik talabalar bitta katta xatoga yo‘l qo‘yadi: CV dagi barcha sertifikat, volontyorlik va yutuqlarini olib, ularni shunchaki gap shaklida motivatsion xatga ko‘chirib chiqadi.

Lekin qabul komissiyasi sizning nima qilganingizni CV dan ham ko‘rib oladi. Ularga motivatsion xatda boshqa narsa kerak!

Rezyume ro‘yxati o‘rniga quyidagi 4 ta savolga javob yozing:

1️⃣ Nega aynan shu yo‘nalish?
Bu sohaga qiziqishingiz qayerdan boshlangan? Hayotingizdagi qaysi voqea, kitob yoki muammo sizni shu yo‘lni tanlashga majbur qilgan?

2️⃣ Tajriba sizni qanday o‘zgartirdi?
Volontyorlik qildingizmi yoki loyihada ishladingizmi? Ro‘yxat bermang — o‘sha jarayonda qanday muammoga duch keldingiz, uni qanday hal qildingiz va bundan qanday xulosa chiqardingiz, shuni yozing.

3️⃣ Nega aynan shu universitet va dastur?
Sizga bu universitetning qaysi fanlari, professorlari yoki imkoniyatlari kerak? Umumiy maqtovlar emas, aniq faktlarni keltiring.

4️⃣ Kelajakdagi maqsad va ularga foydangiz
O‘qishni bitirgach nima qilmoqchisiz va bu universitet sizga o‘sha maqsadga yetishda qanday ko‘prik bo‘ladi?

💡 Oddiy qoida:
CV — bu «Men nimalar qilganman?» degan savolga javob.
Motivation Letter — bu «Bularni nega qildim, bundan nima o‘rgandim va ertaga qayerga ketyapman?» degan hikoya.
❤8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MOTIVATSION XAT YOZISH BO'YICHA BEPUL VEBINARGA 3 KUN QOLDI

Vebinardan keyin sizni motivatsion xat yozish strukturangiz o'zgaradi
Huddi videodagiga o'xshab👆

🔥 Aynan shu farqni qanday yaratishni o‘rganish uchun sizni BEPUL VEBINARGA taklif qilamiz!

Vebinarda nimalarni o‘rganasiz?
🔹 Shablon jumlalardan voz kechib, kuchli kirish qismi yozishni;
🔹 Oddiy tajribadan ham top-universitetlar e'tiborini tortadigan syujet yasashni;
🔹 Qabul komissiyasi xatni o‘qiganda nimaga birinchi bo‘lib e'tibor berishini;
🔹 Real "Oldin va Keyin" keyslar tahlilini.

📅 Sana: 18-noyabr
⏰ Vaqt: 19:30
📍 Joy: Online (Telegram / Zoom)
💸 Narxi: Mutlaqo BEPUL!

⚠️ Joylar soni cheklangan. Xatingizni "rad javobi" oladigan matndan "Qabul qilindingiz!" xatiga aylantirishni istasangiz, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting 👇

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun
https://us06web.zoom.us/j/89309775330?pwd=swJiCVKbaBMOgSybMVAbLFBumF3STP.1


🔥Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz🔥
Telegram | Instagram | YouTube
❤4