TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
4.85K subscribers
17.9K photos
1.73K videos
360 files
5.78K links
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
Download Telegram
🟢 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi ko‘rsatma xatiga asosan joriy yilning 5-mart kuni o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabalarni Korrupsiyaga qarshi kurashish vertual akademiyasi elektron platformasi orqali o‘qitish ishlari olib borilmoqda.

🔴Jumladan, joriy yilning 18-aprel kuni Qo‘shma ta’lim dasturi fakultetining 1-2-3 – bosqich talabalari bilan o‘qitish ishlari amalga oshirildi.

🔅Mashg‘ulotlar elektron platformaga joylangan mavzular asosida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Jumaniyozov olib borib, tibbiyot sohasiga oid korrupsiyaviy huquqbuzarliklar bo‘yicha videoroliklar namoyish etildi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🦷 Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
↪️ Qo‘shma ta’lim dasturi fakulteti tyutori N.I.Xo‘jamuratova tashabbusi bilan Xalq tabobati yo‘nalishi 181-A va B guruh talabalari Urganch shahrida joylashgan Avesto majmuasidagi “Oltin meros” xalqaro fondining Xorazm viloyati bo‘limiga qarashli muzeyga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida talabalar Xorazm viloyatining boy tarixiy va madaniy merosi, shuningdek, xalq tabobatiga oid qadimiy eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🦷 Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍 Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida “Ingliz tili” kefedrasi professor-o’qituvchilari hamda “Ingliz tili” kafedrasi mudiri U.B.Babadjanova boshchiligida “Save Our Planet” mavzusida filial talababalari va o’qituvchilari ishtirokida kichik ekskursiyaga chiqishdi.

➡️ Ekskursiya maqsadi tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni atrof-muhitni asrash, chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish va ekologik madaniyatni shakllantirishga chaqirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir doirasida talabalar uchun ingliz tili kafedrasi tomonidan maxsus tayyorlangan bir martalik qo‘lqoplar, yuz niqoblari va bosh kiyimlar tarqatildi. TTA UF hududidagi saylgohda tozalash ishlari amalga oshirildi.

🌲 Talabalarga chiqindilarni to‘g‘ri saralash, ularni yerga tashlamaslik va ekologik ongni shakllantirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir davomida talabalar nafaqat maroqli dam olishdi, balki tabiatga foyda keltirishdi va ekologiya haqida yangi bilimlarga ega bo‘lishdi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🦷 Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM