ToshDO‘TAU | RASMIY
4.18K subscribers
5.32K photos
667 videos
122 files
3.44K links
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining "Telegram"dagi rasmiy sahifasi

Murojaat uchun: @ToshDOTAU_qabulxonabot

Rasmiy veb-sayt: www.tsuull.uz
Instagram: @navoi_uni
Facebook : @tsuull
Download Telegram
#yangi_nashr

📚 Oʻzbek filologiyasi fakulteti 4-kurs talabasi Dilbar Mirnosirovaning “Bolalar assotsiativ lugʻati” kitobi nashr etildi.

🔗 Batafsil...

©Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Matbuot xizmati
Telegram / Facebook / Instagram
#yangi_nashr #xotira

📝 Xalqimizning ardoqli va suyukli shoiri Rauf Parfining xotira kechasi o‘tkazildi.

🔗 Batafsil...


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Matbuot xizmati
Telegram / Facebook / Instagram
​​#xushxabar  #yangi_nashr


Aziz vatandoshlar,  O‘zbek tili bayramiga munosib tuhfa sifatida "Xorijliklar uchun O'zbek tili" darsligi nashr etildi. Bu darslik o'zbek tilidan mutlaqo xabarsiz bo'lgan qiziquvchilarga mo'ljallangan.
Kitobda xalqaro umume'tirof etilgan til o'rganish metodikasidan foydalanilgan va to'rtta til ko'nikmasi (gapirish, yozish, o'qish, tinglash) asosida A1 darajasidagi bilimlarni berish ko'zda tutilgan.
Ushbu darslik oddiydan murakkabga tomon mantiqan uzviylikda tuzilgan 12 mavzudan iborat bo'lib, tinglovchi harflardan jumla tuzishgacha bo'lgan yozish (writing), gapirish (speaking), o'qish (reading), tinglash (listening) kompetensiyalarni egallashga imkon yaratadi.
Har bir mavzu oxirida til o‘rganuvchilar o'z bilimlarini tekshirishlari va mustahkamlashlari uchun maxsus test topshiriqlari beriladi.
Ushbu darslik shu yo'nalishda yaratilgan mavjud o'zbek tili qo'llanmalaridan inglizcha ko'rsatma va izohlarning berilishi, har bir darsda ishlatilgan so'zlarning ingliz tilidagi tarjimasi ko'rsatilgani bilan ajralib turadi.
Kitobga ilova etilgan audio-vizual materiallar o'zbek tili fonetikasining o'ziga xos xususiyatlari, shuningdek, matnlarda aks etgan dialoglar orqali turli situativ holatlarda ishlatiladigan leksik qatlam bilan tanishadi.
Kitob nafaqat o'zbek tilini , balki o'zbek madaniyatini ham o'rganishga yordam beradi.
Bu betakror darslik Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti "O‘zbek maktabi"  jamoasining uzoq yillik mehnati,  tajribalari,  izlanishlari natijasidir!

Barchamizga muborak bo‘lsin !
#yangi_nashr

📌 Taniqli shoir Ikrom Otamurodning “Sopol siniqlari” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


🔗 Batafsil...


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Matbuot xizmati
Telegram / Facebook / Instagram
#yangi_nashr

📌 O‘zbek adabiyotining yetuk munaqqidi, milliy uyg‘onish davri ilmiy maktabi asoschisi, O‘zbekiston Respublikasi Fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Begali Qosimov tavalludiga 80 yil to‘lishi munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan olimning 3 jilddan iborat “Tanlangan asarlar”i nashr etildi.

🔗 Batafsil...


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Matbuot xizmati
Telegram / Facebook / Instagram