TSUL-Library
8K subscribers
7.16K photos
1.18K videos
1.99K files
2.69K links
Yurisprudensiyaga oid eng nodir, eng ilg'or xorijiy OTM adabiyotlari, mahalliy va xorijiy davriy nashrlar, yangi avlod darsliklari, xalqaro ta'lim bazalari mavjud ziyo maskani.
Murojaat va takliflar uchun @Pirmedova
Download Telegram
Forwarded from TDYU_Ma'naviyat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maqola

TALQIN

SHARTNOMA MAJBURAN TUZILMAYDI

✍️ Bobur Tursunov,
🏛 TDYU talabasi

"Inson va qonun" gazetasi № 17 - son 29-aprel 2025-yil.

👉@tsullibrary👈



✍️ Статья Бобура Турсунова студента ТГЮУ

Газета "Inson va qonun" № 17 от 29 апреля 2025 года.
Текст на узбекском языке.

👉@tsullibrary👈
Forwarded from TDYU_Ma'naviyat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌿 2025-yil 30-aprel kuni “Yashil makon” loyihasi doirasida ekologik madaniyatni oshirish, talabalar ongida atrof-muhit muhofazasiga oid tushunchalarni mustahkamlash hamda ijtimoiy faollikni rag‘batlantirish maqsadida viktorina tashkil etildi.

🍀Tadbir volontyorlar bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Unda:
- Ekologik savollar
- O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlaridan savollar
- Mantiqiy fikrlashga asoslangan topshiriqlar berildi.
Ishtirokchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, faol fikr almashdilar.

🏅Quyidagi talabalar viktorinada faol ishtirok etib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar:
- Abdullayev A. – “Jinoyat odil sudlov” fakulteti, I bosqich
- Abdusalomov J. – “Ommaviy huquq” fakulteti, II bosqich
- Xafizov D. – “Jinoyat odil sudlov” fakulteti, I bosqich
- Obidova N. – “Ommaviy huquq” fakulteti, I bosqich

Talabalar ekologik va huquqiy savodxonligini oshiribgina qolmay, o‘zaro muloqot va fikr almashish ko‘nikmalarini ham rivojlantirdilar. Tadbir ijobiy kayfiyatda o‘tib, ishtirokchilarga ilhom baxsh etdi.

👉 @tsullibrary 👈
🌿 В рамках проекта “Зелёное пространство” была организована викторина с целью повышения экологической культуры, укрепления у студентов понимания важности охраны окружающей среды и стимулирования социальной активности.

🍀 Мероприятие было проведено в сотрудничестве с волонтёрами. В викторине были включены:
- Вопросы на экологическую тематику
- Вопросы, основанные на законодательных актах Республики Узбекистан
- Логические задачи и задания

Участники проверили свои знания и активно обменивались мнениями.

🏅 Следующие студенты проявили высокую активность и были награждены памятными подарками:
- Абдуллаев А. — 1 курс, факультет "Уголовного правосудия"
- Абдусаломов Ж. — 2 курс, факультет "Публичного права"
- Хафизов Д. — 1 курс, факультет "Уголовного правосудия"
- Обидова Н. — 1 курс, факультет "Публичного права"

Студенты не только расширили свои знания в области экологии и права, но и развили навыки общения и совместной работы. Мероприятие прошло в позитивной атмосфере и вдохновило всех участников.

👉 @tsullibrary 👈
1-may — Oʻzbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo tavallud topgan kun

🔹Iqbol Mirzo 1967-yil, 1-mayda Fargʻona viloyati, Bagʻdod tumaniga qarashli Qoʻshtegirmon qishlogʻida tugʻilgan.

Sheʼriy toʻplamlari:

🔹«Yurakning shakli» (1993);

🔹 «Koʻngil», «Seni sogʻinaman» (1994);

🔹«Meni eslaysanmi» (2000);

🔹«Tanlangan sheʼrlar» (2002);

🔹«Qoʻshiqlarim» (2004);

🔹«Seni bugun koʻrmasam boʻlmas» (2005).

🔹Shoir sheʼriyati inson ruhi, qalb harorati silsilali tuygʻularini oʻzgacha ifodalashi bilan ajralib turadi.

🔹Iqbol Mirzo zamonaviy oʻzbek adabiyotining zabardast vakilidir. Uning sheʼrlari oʻziga xos nozik tuygʻular, milliy boʻyoqlar, oʻzbekona ohang va falsafa bilan yoʻgʻrilgan.

🔹“Shuhrat” medali sohibi, “Oʻzbekiston xalq shoiri".

👉@tsullibrary👈
1 мая – день рождения народного поэта Узбекистана Икбол Мирзо.

🔹Икбол Мирзо родился 1 мая 1967 года в селе Коштегирман Багдадского района Ферганской области.

Сборники стихов:

🔹«Форма сердца» (1993);

🔹 «Кунгил», «Я скучаю по тебе» (1994);

🔹«Ты меня помнишь» (2000);

🔹«Избранные стихи» (2002);

🔹"Мои песни" (2004);

🔹«Я не смогу увидеть тебя сегодня» (2005).

🔹Поэзию поэта отличает неповторимое выражение эмоций человеческой души и теплоты сердца.

🔹Икбол Мирзо – ведущий представитель современной узбекской литературы. Его стихи наполнены неповторимыми тонкими чувствами, национальным колоритом, узбекской мелодичностью и философией.

🔹Обладатель медали «Шухрат», звания «Народный поэт Узбекистана».

👉@tsullibrary👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Jadidlar".

✍️Iqbol Mirzo she'ri.
🏢"O‘zbekiston tarixi" telekanali tomonidan tayyorlangan.

👉@tsullibrary👈
Aytgil, do‘stim

Boshing egib, ta’zim ayla, shukrona ayt,
Seni guldek erkalagan chaman uchun.
Osmonlarda yurgan bo‘lsang, tuproqqa qayt,
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
   

Ko‘zi qora, yuragi oq shu el uchun,
Tuproq uchun, shu yurt uchun, chaman uchun,
Ulug‘ inson boshlab bergan shu yo‘l uchun,
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?


Eldan ketib, el bo‘lganni kim biladi?
Don axtargan go‘shtxo‘rlarga yem bo‘ladi.
Dil qonasa, ona tuproq em bo‘ladi,
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
  

Qachongacha qorning o‘ylab o‘tadirsan?
Qachongacha ko‘kdan chalpak kutadirsan?
Axir Vatan bitta, sen ham bittadirsan,
Aytgil, do‘stim, nima qildik vatan uchun?
   

Buncha bino qo‘yma zarrin choponlarga,
Saratonda yaproq bo‘lgin dehqonlarga,
Suyangani tayoq bo‘lgin cho‘ponlarga,
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
   

Hech kimdan kam emassan, kam bo‘lmagaysan,
Yerda qolsang, oftob bo‘lib kulmagaysan.
Qachon belni mahkam tortib bog‘lagaysan?
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
   

Shu soylardan suvlar urgin yuzingga sen,
Bir bor nazar solgin bosgan izingga sen,
Shu savolni berib ko‘rgin o‘zingga sen,
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
   

Iqbol Mirzo
2004
👉@tsullibrary👈
Forwarded from TDYU Kasaba uyushmasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣 Tashrif...

Toshkent davlat yuridik universiteti Axborot-resurs markaziga Oksford universiteti huquq va din fakulteti direktori, professor Piter Petkoff tashrif buyurdii.

📌 Eslatib o'tish joiz, professor Piter Petkoff Axborot-resurs markaziga yuridik sohaga oid 40 ta xorijiy darslik, o‘quv qo‘llanma va ilmiy adabiyotlarni in’om etgan. Mazkur tashabbus Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o'qituvchisi, "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiati Shohruxbek Tillaboyev tomonidan amalga oshirishgan.

📌 Axborot-resurs markaziga tashrif buyurgan hurmatli mehmonlar ish faoliyati hamda fond tarkibi bilan tanishdilar.

📌 Tashrif davomida Axborot-resurs markazidagi xorijiy obunalar hamda xorijiy elektron ma’lumot bazalari haqida ham ma’lumot berildi.

👉@tsullibrary👈

🇺🇿🇬🇧🇺🇿🇬🇧🇺🇿🇬🇧🇺🇿🇬🇧🇺🇿

Визит...

Информационно-ресурсный центр Ташкентского государственного юридического университета посетил профессор Питер Петкофф, директор факультета права и религии Оксфордского университета.

📌 Следует отметить, что профессор Питер Петкофф подарил Информационно-ресурсному центру 40 зарубежных учебников, учебных пособий и научных изданий по юридической тематике. Данную инициативу осуществил Шохрухбек Тиллабоев, преподаватель кафедры международного права и прав человека, стипендиат фонда "Эл-юрт умиди."

📌 Уважаемые гости, посетившие Информационно-ресурсный центр, ознакомились с его деятельностью и составом фонда.

📌 В ходе визита также была предоставлена информация о зарубежных подписках и зарубежных электронных базах данных в Информационно-ресурсном центре.

👉@tsullibrary👈
Eng faol kitobxon – kelajakka yo‘l ochuvchi!

📢 Diqqat! 2024/2025-o‘quv yilining аprel oyida Axborot-resurs markazi xizmatidan eng ko‘p foydalangan talabalar reytingi e’lon qilindi! 🏆

📚 Kitob – eng ishonchli yo‘lboshchi, eng sodiq do‘st! Har bir o‘qilgan sahifa – bu yangi bilim, yangi imkoniyat va yangi yutuqlarga dadil qadamdir!

📖 Kitob o‘qish – bu faqat odat emas, bu o‘z ustida ishlash, yangi marralarni zabt etish va hayotni mazmunli o‘tkazishning asosiy kalitidir!

📚 O‘qing. O‘rganing. Rivojlaning!
📌 Biz bilan birga bo‘ling 👉 @tsullibrary

Самый активный читатель – тот, кто открывает путь в будущее!

📢 Внимание! Опубликован рейтинг самых активных студентов, которые в апреле 2025 года чаще всего пользовались услугами Информационно-ресурсного центра! 🏆

📚 Книга – самый верный наставник и надежный друг! Каждая прочитанная страница – это новые знания, новые возможности и шаг к успеху!

📖 Чтение – это не просто привычка, это ключ к саморазвитию, покорению новых вершин и насыщенной жизни!

📚 Читайте. Учитесь. Развивайтесь!
📌 Присоединяйтесь 👉 @tsullibrary
Forwarded from TDYU_Ma'naviyat
🔅🔅🔅🔅🔅🔅🔅 | #milliy_liboslar

TDYUda “Milliy liboslar podiumi”!

Toshkent davlat yuridik universitetida milliy urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat hamda milliyligimizni namoyon ettiruvchi “Milliy liboslar podiumi” tadbiri tashkil etiladi.

📍3-bino, 🔜 soat 10:00

🎯Shu munosabat bilan quyidagi nominatsiyalar bo'yicha tanlov e’lon qilinadi:

👑Xodim ayollar uchun (4 ta nominatsiya):

"Eng nafis milliy obraz" – nafislik va did uyg‘unligi uchun
"Milliy urf-odat targ‘ibotchisi" – an’anaviy uslub va bezaklarni ifodalagani uchun
"Zamonaviy milliy uslub egasi" – milliylikni zamonaviy ruhda ko‘rsatgani uchun
"Eng chiroyli chiqish egasi" – sahnadagi ishonchli va jozibali yurishi uchun

💫Maxsus nominatsiya (faqat talabalarga):
"Eng chiroyli milliy libos" – kreativlik va milliylik uyg‘unligi asosida baholanadi

🎓Fakultetlar kesimidagi jamoaviy nominatsiya:
🤝"Eng jamoaviy milliy ruh" – yagona milliy obrazda jamoaviy uyg‘unlik uchun

Milliy libos – bu bizning tariximiz, madaniyatimiz va o‘zligimiz ramzidir.

@TDYU_Manaviyat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣 Tashrif...

📌 "Pulse of Science" Kompaniyasi Asoschisi, Bosh Direktori Arkadiy Xalyukov Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi!

Bugun, 2025-yil 1-may kuni, "Pulse of Science" kompaniyasining asoschisi va bosh direktori Arkadiy Xalyukov Toshkent davlat yuridik universitetining Axbort - resurs markaziga tashrif buyurdi.

🔍 Tashrif davomida Arkadiy Xalyukov ilm-fan va texnologiyalari va yuridik sohadagi yangiliklar bo'yicha o'zaro fikr almashdi.
🎁 Uchrashuv so'ngida, Arkadiy Xalyukovga esdalik sovg'alari topshirildi. Bu samimiy va ma'naviy jihatdan boy uchrashuv barcha ishtirokchilar uchun unutilmas lahzalar yaratdi.

🌐 Ushbu uchrashuv ilmiy hamkorlik va yuridik sohadagi yangi imkoniyatlarni yaratish uchun muhim bir bosqich bo'ldi.

Kelajakda ilm-fan va ta'lim sohasidagi hamkorlik yanada rivojlanadi!

📌 Biz bilan birga bo‘ling 👉 @tsullibrary

📣📣📣 Визит...

📌 Основатель и генеральный директор компании "Pulse of Science" Аркадий Халюков посетил Ташкентский государственный юридический университет!

Сегодня, 1 мая 2025 года, основатель и генеральный директор компании "Pulse of Science" Аркадий Халюков посетил Информационный ресурсный центр Ташкентского государственного юридического университета.

🔍 В ходе визита Аркадий Халюков обменялся мнениями по вопросам науки, технологий и новинок в юридической сфере.

🎁 По завершению встречи Аркадию Халюкову были вручены памятные подарки. Эта встреча стала незабываемым моментом, наполненным душевностью и духовным богатством для всех участников.

🌐 Этот визит стал важным шагом к созданию новых возможностей для научного сотрудничества и развития юридической сферы.

В будущем сотрудничество в области науки и образования продолжит развиваться!

📌 Присоединяйтесь к нам 👉 @tsullibrary