BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA), Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Buyuk Britaniya hukumati ko‘magida Surxondaryo va Namangan viloyatlarida gender zo‘ravonlikka qarshi idoralararo hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan kompleks tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirlarda Toshkent davlat yuridik universiteti Huquqni sohalararo o‘rganish fakulteti Tadqiqot markazi Ijtimoiy-huquqiy muammolarni tadqiq etish bo‘limi yetakchi ilmiy xodimi Kamola Aliyeva ham ishtirok etdi.
Xususan, loyiha doirasida Surxondaryo va Namangan viloyatlarida joylarda o‘tkazilgan dala tadqiqotlari (field research) doirasida monitoring va baholash tadbirlari o‘tkazildi. Unda mahallalarda faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimlar, xotin-qizlar faollari, uchastka nozirlari hamda mahalla “yettiligi” tarkibiga kiruvchi boshqa mutaxassislarning ayollarga nisbatan gender zo‘ravonlikka qarshi Ichki ishlar vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan idoralararo javob mexanizmlarini qo‘llash amaliyoti o‘rganildi.
Monitoring jarayonlarida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari, gender zo‘ravonlikdan jabrlanganlar uchun krizis xizmatlari, birlamchi ko‘mak xonalari hamda mahallalar faoliyati sifat ko‘rsatkichlariga asosan tahlil qilindi.
Monitoring va baholash natijalari asosida Termiz va Namangan shaharlarida aniqlangan muammo va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda “Tazyiq va zo‘ravonlikka javoban idoralararo xizmatlarning samarasini oshirish yo‘llari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari uchun o‘tkazilgan treningda zo‘ravonlik holatlariga tezkor va samarali javob qaytarish, idoralararo hamkorlikni mustahkamlash, jabrlangan shaxslar bilan ishlashda psixologik va ijtimoiy yondashuvlarni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori va Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi “Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining joylardagi ijrosi ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilindi
Seminar-trening davomida ishtirokchilar ekspertlar bilan birga xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka javoban idoralararo xizmatlarning samarasini oshirish yo‘llari bo‘yicha takilflar ishlab chiqdi.
@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
При поддержке Фонда ООН в области народонаселения (UNFPA), Национального агентства социальной защиты и Правительства Великобритании в Сурхандарьинской и Наманганской областях были организованы комплексные мероприятия, направленные на усиление межведомственного сотрудничества в сфере противодействия гендерному насилию.
В мероприятиях также приняла участие ведущий научный сотрудник Отдела исследований социально-правовых проблем Научного центра факультета междисциплинарных правовых исследований Ташкентского государственного юридического университета Камола Алиева.
В частности, в рамках проекта в Сурхандарьинской и Наманганской областях были проведены мониторинговые и оценочные мероприятия в формате полевых исследований (field research). В ходе исследований была изучена практика применения механизмов межведомственного реагирования на случаи гендерного насилия в отношении женщин, реализуемых во взаимодействии с Министерством внутренних дел и Комитетом по делам семьи и женщин, с участием социальных работников махаллей, активисток по делам женщин, участковых инспекторов, а также других специалистов, входящих в состав махаллинской «семёрки».
В процессе мониторинга с точки зрения качественных показателей была проанализирована деятельность центров реабилитации и адаптации женщин, кризисных служб для пострадавших от гендерного насилия, кабинетов первичной помощи, а также махаллей.
По результатам мониторинга и оценки, с учётом выявленных проблем и потребностей, в городах Термез и Наманган был организован семинар-тренинг на тему
«Пути повышения эффективности межведомственных услуг в ответ на давление и насилие».
В ходе тренинга, проведённого для сотрудников сходов граждан махаллей, были обсуждены вопросы оперативного и эффективного реагирования на случаи насилия, укрепления межведомственного взаимодействия, совершенствования психологических и социальных подходов в работе с пострадавшими.
Кроме того, с научной точки зрения был проанализирован ход реализации на местах Постановления Президента Республики Узбекистан от 10 мая 2024 года «О дополнительных мерах по совершенствованию оказания социальных услуг лицам, пострадавшим от давления и насилия», а также Постановления Кабинета Министров от 25 июня 2024 года «О мерах по организации системы оказания социальных услуг женщинам, пострадавшим от давления и насилия, и их несовершеннолетним детям».
В ходе семинара-тренинга участники совместно с экспертами выработали предложения по повышению эффективности межведомственных услуг в ответ на давление и насилие в отношении женщин.
@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1. TDYUda kamida 25 yillik ilmiy-pedagogik stajga ega, universitet taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilar:
Mavlyuda Axmedshayeva — Davlat va huquq nazariyasi sho‘basi (kafedrasi)dan ko‘rsatilgan nomzod;
Omonbay Okyulov — Fuqarolik huquqi sho‘basi (kafedrasi)dan ko‘rsatilgan nomzod;
Rustam Zufarov — Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish sho‘basi (kafedrasi)dan ko‘rsatilgan nomzod;
Govxerjan Yuldasheva — Xalqaro huquq va inson huquqlari sho‘basi (kafedrasi) dan ko‘rsatilgan nomzod;
Leonid Xvan — Ma’muriy va moliya huquqi sho‘basi (kafedrasi)dan ko‘rsatilgan nomzod.
2. Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining TOP–300 ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida PhD yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajani olgan mutaxassislar:
Shahzoda Tuychiyeva — Xalqaro xususiy huquq sho‘basi (kafedrasi)dan ko‘rsatilgan nomzod;
Jo‘rabek Nematov — Ma’muriy va moliya huquqi sho‘basi (kafedrasi)dan ko‘rsatilgan nomzod;
Fitrat Umirov — Konstitutsiyaviy huquq sho‘basi (kafedrasi)dan ko‘rsatilgan nomzod.
3. Davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmatlari bilan ajralib turgan nomzodlar (TDYU rektori tavsiyasi asosida):
Firyuza Muxitdinova — rektor tomonidan taqdim etilgan nomzod;
Igor Kudryavsev — rektor tomonidan taqdim etilgan nomzod;
Laylo Aslanova — rektor tomonidan taqdim etilgan nomzod.
Izoh: Yurisprudensiya sohasining yetuk mutaxassislari, yuqori ma’naviy fazilatlarga ega, zarur bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda o‘z kasbiy faoliyatida yuksak natijalarga erishayotgan hamda quyida ko‘rsatilgan talablardan biriga javob beruvchi nomzodlar Kengash a’zoligiga saylanishi mumkin:
1. TDYUda kamida 25 yillik ilmiy-pedagogik stajga ega, universitet taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilar;
2. Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining TOP–300 ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida PhD yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajani olgan mutaxassislar;
3. Davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmatlari bilan ajralib turgan nomzodlar (TDYU rektori tavsiyasi asosida).
Nomzodlar haqidagi batafsil ma'lumot universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali berib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent davlat yuridik universiteti Professorlar kengashi (Senate of Professor) a’zoligi uchun saylov 5-fevralda bo‘lib o‘tadi.
@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1. Профессорско-преподавательский состав, имеющий не менее 25 лет научно-педагогического стажа в ТГЮУ и внесший значительный вклад в развитие университета:
Мавлюда Ахмедшаева — кандидат, выдвинутый сектором (кафедрой) теории государства и права;
Омонбай Окюлов — кандидат, выдвинутый сектором (кафедрой) гражданского права;
Рустам Зуфаров — кандидат, выдвинутый сектором (кафедрой) уголовного права, криминологии и противодействия коррупции;
Говхержан Юлдашева — кандидат, выдвинутый сектором (кафедрой) международного права и прав человека;
Леонид Хван — кандидат, выдвинутый сектором (кафедрой) административного и финансового права.
2. Специалисты, получившие степень PhD или приравненную к ней ученую степень в зарубежных высших образовательных учреждениях, входящих в ТОП-300 авторитетных международных рейтинговых организаций:
Шахзода Туйчиева — кандидат, выдвинутый сектором (кафедрой) международного частного права;
Журабек Нематoв — кандидат, выдвинутый сектором (кафедрой) административного и финансового права;
Фитрат Умиров — кандидат, выдвинутый сектором (кафедрой) конституционного права.
3. Кандидаты, обладающие значительным практическим опытом в различных сферах государственной и общественной жизни и отличающиеся особыми заслугами (на основании рекомендации ректора ТГЮУ):
Фирюза Мухитдинова — кандидат, представленный ректором;
Игорь Кудрявцев — кандидат, представленный ректором;
Лайло Асланова — кандидат, представленный ректором.
Примечание: членами Совета могут быть избраны кандидаты, являющиеся высококвалифицированными специалистами в области юриспруденции, обладающие высокими моральными качествами, необходимыми знаниями и практическим опытом, добивающиеся высоких результатов в своей профессиональной деятельности и соответствующие одному из нижеуказанных требований:
1. Профессорско-преподавательский состав, имеющий не менее 25 лет научно-педагогического стажа в ТГЮУ и внесший значительный вклад в развитие университета;
2. Специалисты, получившие степень PhD или приравненную к ней ученую степень в зарубежных высших образовательных учреждениях, входящих в ТОП-300 авторитетных международных рейтинговых организаций;
3. Кандидаты, обладающие значительным практическим опытом в различных сферах государственной и общественной жизни и отличающиеся особыми заслугами (на основании рекомендации ректора ТГЮУ).
Подробная информация о кандидатах будет публиковаться на страницах университета в социальных сетях.
Напоминаем, что выборы в члены Совета профессоров Ташкентского государственного юридического университета (Senate of Professors) состоятся 5 февраля.
@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1. Academic staff members with a minimum of 25 years of teaching and research experience at Tashkent State University of Law who have made a substantial contribution to the University’s development:
Mavlyuda Akhmedshaeva — nominee from the Department of Theory of State and Law;
Omonbay Okyulov — nominee from the Department of Civil Law;
Rustam Zufarov — nominee from the Department of Criminal Law, Criminology and Anti-Corruption Studies;
Govkherjan Yuldasheva — nominee from the Department of International Law and Human Rights;
Leonid Khvan — nominee from the Department of Administrative and Financial Law.
2. Specialists who have obtained a PhD or an equivalent academic degree from foreign higher education institutions ranked in the Top 300 by internationally recognised ranking organisations:
Shahzoda Tuychieva — nominee from the Department of Private International Law;
Jurabek Nematov — nominee from the Department of Administrative and Financial Law;
Fitrat Umirov — nominee from the Department of Constitutional Law.
3. Candidates with extensive practical experience in public or state affairs who have demonstrated exceptional professional merit, nominated upon the recommendation of the Rector of TSUL:
Firyuza Mukhitdinova — nominee nominated by the Rector;
Igor Kudryavtsev — nominee nominated by the Rector
Laylo Aslanova - nominee nominated by the Rector.
Note: Candidates eligible for election to the Senate of Professors must be distinguished legal professionals with high ethical standards, strong academic and practical expertise, and proven professional achievements. Candidates must meet at least one of the following criteria:
1. Academic staff members with a minimum of 25 years of teaching and research experience at Tashkent State University of Law who have made a substantial contribution to the University’s development;
2. Specialists who have obtained a PhD or an equivalent academic degree from foreign higher education institutions ranked in the Top 300 by internationally recognised ranking organisations;
3. Candidates with extensive practical experience in public or state affairs who have demonstrated exceptional professional merit, nominated upon the recommendation of the Rector of TSUL.
Detailed information about the candidates will be provided through the university’s official social media platforms.
Please note that elections to the Senate of Professors at Tashkent State University of Law will be held on February 5.
@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mavlyuda Axmedshayeva — yuridik fanlar doktori, professor, 2-darajali adliya maslahatchisi.
M.Axmedshayeva 1997-yildan buyon Toshkent davlat yuridik universiteti (o‘sha paytda institut)da faoliyat yuritib kelmoqda. U davlat va huquq nazariyasi fani bo‘yicha yetuk olimalardan biridir.
M.Axmedshayeva 6 ta monografiya, 7 ta (6 tasi hammualliflikda) darslik, 10 ga yaqin o‘quv qo‘llanma, 10 dan ortiq risola, 300 dan ortiq ilmiy maqola va boshqa ilmiy ishlanmalar muallifidir. Olimaning 5 ta maqolasi (hammualliflikda) “Scopus” bazasiga kiradigan nufuzli xorijiy jurnallarda chop etilgan.
M.Axmedshayevaning ilmiy qiziqishlari davlat va huquq nazariyasi, hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi, raqamli huquq, raqamli davlat, huquq rivojining zamonaviy tendensiyalari, huquq retsepsiyasi, davlat hokimiyati, ijro etuvchi hokimiyat, jamoatchilik nazorati kabilarni o‘z ichiga oladi.
Olima qonunchilikni takomillashtirish ishlarida, xususan, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda bevosita ishtirok etgan.
M.Axmedshayeva xalqaro anjumanlar, xususan, 2019-yilda Germaniyaning Shpayyer shahrida Ommaviy va ma’muriy huquq instituti tomonidan o‘tkazilgan konferensiyada, 2025-yilda Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Forobiy nomli davlat universitetida o‘tkazilgan ilmiy konferensiya hamda boshqa o‘nlab xalqaro tadbirlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etgan.
M.Axmedshayeva TDYU, JIDU huzuridagi “12.00.01 — Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy kengash va ilmiy seminar a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
M.Axmedshayeva yuridik ta’lim va yuridik fan sohasiga qo‘shgan hissasi uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” davlat unvoni hamda mustaqilligimiz hamda Konstitutsiyamizning yirik sanalariga bag‘ishlangan esdalik nishonlari, “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.
@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Мавлюда Ахмедшаева — доктор юридических наук, профессор, советник юстиции 2-го класса.
М. Ахмедшаева с 1997 года работает в Ташкентском государственном юридическом университете (ранее институте). Она является одним из ведущих ученых в области теории государства и права.
М. Ахмедшаева является автором 6 монографий, 7 учебников (6 из них в соавторстве), около 10 учебных пособий, более 10 брошюр, свыше 300 научных статей и других научных разработок. Пять статей ученой (в соавторстве) опубликованы в авторитетных зарубежных журналах, входящих в базу Scopus.
Научные интересы М. Ахмедшаевой включают теорию государства и права, принцип разделения властей, цифровое право, цифровое государство, современные тенденции развития права, рецепцию права, государственную власть, исполнительную власть, общественный контроль и другие направления.
Ученая принимала непосредственное участие в совершенствовании законодательства, в частности в разработке и доработке законов «Об общественном контроле», «О социальном партнерстве», «О нормативно-правовых актах».
М. Ахмедшаева выступала с докладами на международных научных мероприятиях, в том числе на конференции Института публичного и административного права, состоявшейся в 2019 году в городе Шпайер (Германия), на научной конференции 2025 года в Государственном университете имени аль-Фараби в городе Алматы (Казахстан), а также на ряде других международных форумов.
М. Ахмедшаева является членом Ученого совета и научного семинара по специальности 12.00.01 — Теория и история государства и права, история правовых учений при Ташкентском государственном юридическом университете и Университете мировой экономики и дипломатии.
За вклад в развитие юридического образования и юридической науки М. Ахмедшаева удостоена государственного почетного звания «Заслуженный наставник молодежи Узбекистана», награждена памятными знаками, посвященными датам независимости и Конституции страны, а также нагрудным знаком «Отличник высшего образования».
@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Omonbay Okyulov — yuridik fanlar doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist.
O.Okyulov 1975–1980-yillarda Toshkent davlat universiteti yuridik fakultetida ta’lim olgan. U Amerika Qo‘shma Shtatlarida (Vashington, 2003-yil), Yaponiyada (Nagoya universiteti, 2002- va 2015-yil), WOIS kurslarida malaka oshirgan, ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar qilgan.
O.Okyulov 300 dan ortiq ilmiy ishlar muallifidir. Shuningdek, olim O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga sharhlar (o‘zbek va rus tillarida), O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga sharhlar (o‘zbek va rus tillarida), “Ipoteka to‘g‘risida”gi, “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarga sharhlarda hammuallif sifatida, ikkita individual, o‘n beshdan ortiq hammualliflikdagi monografiya, yigirmadan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlashda ishtirok etgan.
O.Okyulov “Garov to‘g‘risida”gi, “Avtotransport vositalarini egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risida”gi, “Firma nomlari to‘g‘risida”gi, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Noqishloq xo‘jaligi yerlarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi kabi qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etgan. U 2000–2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi eksperti bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-apreldagi F-5464-sonli Farmoyishi bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha idoralararo komissiya a’zosi qilib tayinlangan.
O.Okyulov 1992-yildan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti (o‘sha paytdagi institut)da, 1998-yildan boshlab Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (o‘sha paytdagi Yuristlar malakasini oshirish markazi)da dars berib kelmoqda. Shu bilan birga u 2000–2010-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida dars bergan.
O.Okyulovning ilmiy qiziqishlari fuqarolik huquqi, tadbirkorlik, biznes huquqi, oila huquqi, xalqaro huquq, xalqaro xususiy huquq kabilarni o‘z ichiga oladi.
O.Okyulov rahbarligida 54 dan ortiq fan nomzodi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 10 ta fan doktori (DSC), yuzdan ortiq magistrlik dissertatsiyalari va yuzdan ortiq bakalavr malakaviy ishlari tayyorlandi. Olim qator ilmiy hamjamiyatlar, jurnallar tahrir hay’atlari, Fuqarolik kodeksi loyihasini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh, Sudyalar oliy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Konstitutsiyaviy sudi ilmiy-maslahat Kengashlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi jamoatchilik Kengashi a’zosidir. Universitetda “Professor O.Okyulov ilmiy maktabi” faoliyat yuritadi.
O.Okyulov yuridik ta’lim va yuridik fan sohasiga qo‘shgan hissasi uchun “Shuhrat” medali, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni, “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Омонбай Окюлов — доктор юридических наук, профессор, заслуженный юрист Узбекистана
О. Окюлов в 1975–1980 годах обучался на юридическом факультете Ташкентского государственного университета. Он проходил повышение квалификации в Соединенных Штатах Америки (Вашингтон, 2003 год), в Японии (университет Нагоя, 2002 и 2015 годы), а также на курсах WOIS, выступал с докладами на научных конференциях.
О. Окюлов является автором более 300 научных работ. Также ученый выступал соавтором комментариев к Гражданскому кодексу Республики Узбекистан (на узбекском и русском языках), комментариев к Гражданскому процессуальному кодексу Республики Узбекистан (на узбекском и русском языках), комментариев к законам «Об ипотеке», «О естественных монополиях», «О защите прав потребителей». Он принимал участие в подготовке двух индивидуальных и более пятнадцати коллективных монографий, а также более двадцати учебников и учебных пособий.
О. Окюлов участвовал в разработке проектов законов «О залоге», «Об обязательном страховании гражданской ответственности владельцев автотранспортных средств», «О фирменных наименованиях», «Об авторском праве и смежных правах», «О защите частной собственности и гарантиях прав собственников», «О приватизации несельскохозяйственных земель», а также указов Президента и постановлений Кабинета Министров. В 2000–2019 годах он являлся экспертом Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан.
Распоряжением Президента Республики Узбекистан от 5 апреля 2019 года О. Окюлов назначен членом межведомственной комиссии по совершенствованию гражданского законодательства Республики Узбекистан.
С 1992 года О. Окюлов преподает в Ташкентском государственном юридическом университете (ранее институте), а с 1998 года — в Институте переподготовки и повышения квалификации юридических кадров (ранее Центре повышения квалификации юристов). В 2000–2010 годах он также преподавал в Университете мировой экономики и дипломатии.
Научные интересы О. Окюлова охватывают гражданское право, предпринимательское и бизнес-право, семейное право, международное право и международное частное право.
Под руководством О. Окюлова подготовлены более 54 кандидатов наук, докторов философии по юридическим наукам (PhD), 10 докторов наук (DSc), а также более ста магистерских диссертаций и свыше ста выпускных квалификационных работ бакалавров. Ученый является членом ряда научных сообществ, редакционных коллегий журналов, рабочей группы по подготовке проекта Гражданского кодекса, научно-консультативных советов при Высшем судейском совете, Верховном суде и Конституционном суде Республики Узбекистан, а также Общественного совета при Генеральной прокуратуре Республики Узбекистан. В университете действует Научная школа профессора О. Окюлова.
За вклад в развитие юридического образования и юридической науки О. Окюлов награжден медалью «Шухрат», удостоен почетного звания «Заслуженный юрист Узбекистана», а также нагрудного знака «Отличник высшего образования».
@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rustam Zufarov — yuridik fanlar doktori, professor, “Do‘stlik” ordeni sohibi.
R.Zufarov 1977-yildan buyon yuridik ta’lim va fan sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. U 1998–2001-yillarda Toshkent davlat yuridik instituti Huquq-tartibot fakulteti dekani, 2001–2013-yillarda Toshkent davlat yuridik instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.
R.Zufarov jinoyat huquqi fani bo‘yicha yetuk olimlardan biri hisoblanadi. U 4 ta monografiya, 5 ta darslik, 7 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq risola, 150 dan ortiq ilmiy maqola va boshqa ilmiy ishlanmalar muallifidir.
R.Zufarov bir necha yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2011-yil 3-martda tashkil etilgan O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish bo‘yicha Milliy dasturni tayyorlash yuzasidan Idoralararo ishchi guruhining a’zosi bo‘lgan.
R.Zufarov yuridik ta’lim va yuridik fan sohasiga qo‘shgan hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Рустам Зуфаров — доктор юридических наук, профессор, обладатель ордена «Дустлик».
Р. Зуфаров с 1977 года активно работает в сфере юридического образования и науки. В 1998–2001 годах он занимал должность декана Юридического факультета по правоохранительной деятельности Ташкентского государственного юридического института, а в 2001–2013 годах — проректора по учебной работе того же института.
Р. Зуфаров является ведущим ученым в области уголовного права. Он является автором 4 монографий, 5 учебников, 7 учебных пособий, более 50 брошюр, свыше 150 научных статей и других научных работ.
В течение нескольких лет Р. Зуфаров входил в состав Научно-консультативного совета при Верховном суде Республики Узбекистан, а также был членом Межведомственной рабочей группы по подготовке Национальной программы по усилению борьбы с коррупцией в Узбекистане, созданной по инициативе Президента Республики Узбекистан 3 марта 2011 года.
За вклад в развитие юридического образования и науки Р. Зуфаров награжден орденом «Дустлик».
@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Govherjan Yuldasheva — yuridik fanlar doktori, professor
G.Yuldasheva 2001-yildan buyon Toshkent davlat yuridik universiteti (o‘sha paytdagi institut)da faoliyat yuritib kelmoqda. U xalqaro huquq va inson huquqlari fanlari bo‘yicha yetuk olimalardan biridir.
G.Yuldasheva 5 ta monografiya, 30 ta yakka va hammualliflikda darslik, 23 ta o‘quv qo‘llanma, 10 ta risola, 115 ta ilmiy maqola va boshqa ilmiy ishlanmalar muallifidir. Olimaning 5 ta maqolasi “Scopus” bazasiga kiradigan nufuzli xorijiy jurnallarda chop etilgan.
Olima qonunchilikni takomillashtirish ishlarida, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi, “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi, Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavi hamda boshqa qonunlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda bevosita ishtirok etgan.
G.Yuldasheva Shvetsiya, Xitoy, Fransiya, Latviya, Rossiya, Polsha, Qozog‘iston va boshqa 20 ga yaqin davlatda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalarda ma’ruza qilgan. Shuningdek, BMT, YUNESKO, YXHT, YUNISEF kabi tashkilotlarning milliy eksperti sifatida faoliyat yuritib, xalqaro loyihalarda ishtirok etib kelmoqda.
G.Yuldasheva yuridik ta’lim va yuridik fan sohasiga qo‘shgan hissasi uchun “Inson huquqlari himoyasi uchun”, “Oliy ta’lim a’lochisi” kabi ko‘krak nishonlari hamda mustaqilligimizning yirik sanalariga bag‘ishlangan esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.
@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Говхержан Юлдашева — доктор юридических наук, профессор
Г. Юлдашева с 2001 года осуществляет трудовую деятельность в Ташкентском государственном юридическом университете (ранее институте). Она является одним из ведущих ученых в области международного права и прав человека.
Г. Юлдашева является автором 5 монографий, 30 учебников (индивидуальных и в соавторстве), 23 учебных пособий, 10 брошюр, 115 научных статей и других научных разработок. Пять статей ученой опубликованы в авторитетных зарубежных журналах, входящих в базу Scopus.
Ученая принимала непосредственное участие в работе по совершенствованию законодательства, в том числе в разработке и доработке законов «О международных договорах Республики Узбекистан», «Об Уполномоченном Олий Мажлиса по правам человека (Омбудсмане)», Консульского устава Республики Узбекистан, а также ряда других нормативно-правовых актов.
Г. Юлдашева выступала с докладами на международных конференциях, проведенных в Швеции, Китае, Франции, Латвии, России, Польше, Казахстане и еще примерно в 20 государствах. Также она осуществляет деятельность в качестве национального эксперта таких организаций, как ООН, ЮНЕСКО, ОБСЕ, ЮНИСЕФ, и принимает участие в международных проектах.
За вклад в развитие юридического образования и юридической науки Г. Юлдашева награждена нагрудными знаками «За защиту прав человека», «Отличник высшего образования», а также памятными знаками, посвященными датам независимости страны.
@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Leonid Xvan — yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
L.Xvan 1991-yildan boshlab hozirga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti (o‘sha paytdagi institut)da o‘qituvchilikdan to kafedra (hozirgi shu'ba) dotsenti lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.
L. B. Xvan 5 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma, milliy va xorijiy, xususan, Yevropa, MDH, AQSH, Yaponiya va Koreya Respublikasidagi yetakchi xorijiy nashrlarda chop etilgan 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi va hammuallifidir. Uning ikkita maqolasi “Web of Science” bazasida indekslangan xalqaro to‘plamda chop etilgan. Bundan tashqari, olimning 30 dan ortiq ommabop maqolalari O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy davriy nashrlarida e’lon qilingan.
L.Xvan advokatura sohasidagi ilmiy tadqiqotlar rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan. U Markaziy Osiyo mamlakatlarida huquqiy kasb mustaqilligi indeksi bo‘yicha ABA & OSI xalqaro ekspert kengashi a’zosi, Ukraina Advokatura akademiyasi huzuridagi Advokatura xalqaro ilmiy-ekspert kengashi a’zosi bo‘lgan. 2009-yilda qator yuridik ixtisosliklar bo‘yicha O‘zbekistonning birinchi “Best Lawyers®” reytingiga kiritilgan.
L.Xvan advokatura sohasidagi sakkizta xalqaro loyiha muallifi, Advokatlar malakasini oshirish markazi va MDHda birinchi bo‘lib advokatlar uchun uzluksiz yuridik ta’lim dasturi (CPD) tashkil etish tashabbuskori hisoblanadi. Uning rahbarligida advokatlik faoliyati masalalari bo‘yicha yettita ilmiy kitob nashr etilgan.
L.Xvan 1997–2004-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining bosh ilmiy xodimi sifatida faoliyat yuritgan. Oliy Majlis, Oliy sud, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa davlat organlarining ekspert-tahlil ishlarida faol ishtirok etgan.
L.Xvan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi “12.00.01-12.00.02” ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy seminar, soliq, moliya va ma’muriy huquq sohasidagi qator xalqaro kasbiy uyushmalar a’zosi hisoblanadi. Shuningdek, u xorijiy yuridik jurnallarning tahrir hay’ati a’zosidir.
@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Леонид Хван — кандидат юридических наук, доцент.
Л. Хван с 1991 года работает в Ташкентском государственном юридическом университете (ранее — институт), пройдя путь от преподавателя до доцента кафедры (ныне сектора).
Л. Хван является автором 5 учебников и 5 учебных пособий, более 100 научных статей в ведущих национальных и зарубежных изданиях, включая публикации в странах Европы, СНГ, США, Японии и Республики Корея. Две его статьи опубликованы в международной монографии, индексируемой в Web of Science. Кроме того, он автор более 30 популярных статей в общественно-политической прессе Узбекистана.
Л. Хван внес значительный вклад в развитие научных исследований в сфере адвокатуры. Он был членом Международного экспертного совета ABA & OSI по индексу независимости правовой профессии в странах Центральной Азии, а также членом Международного научно-экспертного совета адвокатуры при Украинской академии адвокатуры. В 2009 году включен в первый узбекский рейтинг Best Lawyers® по ряду юридических специализаций.
Л. Хван является автором восьми международных проектов в сфере адвокатуры, инициатором создания Центра повышения квалификации адвокатов и первой в СНГ программы непрерывного юридического образования для адвокатов (CPD). Под его руководством изданы семь научных книг по вопросам адвокатской деятельности.
В 1997–2004 годах работал главным научным сотрудником Института мониторинга действующего законодательства при Олий Мажлисе Республики Узбекистан. Принимал активное участие в экспертно-аналитической работе Олий Мажлиса, Верховного суда, Государственного налогового комитета и других государственных органов.
Л. Хван является членом научного семинара по специальностям 12.00.01–12.00.02 при Университете мировой экономики и дипломатии, а также ряда международных профессиональных ассоциаций в области налогового, финансового и административного права. Он также входит в редакционные коллегии зарубежных юридических журналов.
@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shahzoda Tuychiyeva — yuridik fanlar doktori, TDYU, Pensilvaniya davlat universiteti va Pitsburg universiteti bitiruvchisi.
Shahzoda Tuychiyeva 2021-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti Xususiy huquq fakulteti (hozirgi Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti) dekanining ilmiy va xalqaro ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan. U 2024-yil apreldan buyon Xalqaro xususiy huquq shu'basida o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi.
Sh.Tuychiyeva 2020-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Pensilvaniya davlat universiteti (Penn State University, TOP-100)da magistr (LL.M) hamda Pitsburg universiteti (University of Pittsburgh, TOP-100)da S.J.D (Doctor of Juridical Science) darajasini olgan. U 2025-yil 15-oktabrda “Investitsiya arbitrajidagi tanqidlarning legitimligi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini professor Ronald Brand rahbarligida muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Shuningdek, Sh.Tuychiyeva 2023-yilda ABA Dispute Resolution Fellowship stipendiyasi sohibasi bo‘lib, TAA va ICCA a’zosi, xalqaro arbitraj ishlarida mustaqil maslahatchi sifatida faoliyat olib borgan. Bugungi kunda u O‘zbekiston hakamlik sudlari assotsiatsiyasi sudyasi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Bundan tashqari, Sh.Tuychiyeva “Kosta Legal”da yurist, DIAC va TIACda tribunal kotibi lavozimlarida faoliyat yuritgan, “Vis Moot” va “FDI Moot” jamoalariga murabbiylik qilgan. U investitsiya arbitraji bo‘yicha 30 dan ortiq ilmiy maqola muallifidir. 2024-yilda “Young ICCA Voices”da tahliliy maqolasi chop etilgan.
@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Шахзода Туйчиева — доктор юридических наук, выпускница Ташкентского государственного юридического университета, Пенсильванского государственного университета и Питтсбургского университета.
Шахзода Туйчиева начала трудовую деятельность в 2021 году в должности заместителя декана факультета частного права Ташкентского государственного юридического университета (ныне факультет бизнес-права и судебной защиты) по научной и международной работе. С апреля 2024 года осуществляет преподавательскую деятельность на кафедре международного частного права.
Ш. Туйчиева окончила Ташкентский государственный юридический университет в 2020 году. Она получила степень магистра права (LL.M) в Пенсильванском государственном университете (Penn State University, TOP-100), а также степень доктора юридических наук (S.J.D) в Питтсбургском университете (University of Pittsburgh, TOP-100). 15 октября 2025 года успешно защитила докторскую диссертацию на тему «Легитимность критики в инвестиционном арбитраже» под научным руководством профессора Рональда Бранда.
Кроме того, в 2023 году Ш. Туйчиева стала обладателем стипендии ABA Dispute Resolution Fellowship, является членом TAA и ICCA, а также осуществляла деятельность в качестве независимого консультанта по международным арбитражным делам. В настоящее время она работает судьей Ассоциации арбитражных судов Узбекистана.
Также Ш. Туйчиева работала юристом в компании Costa Legal, занимала должности секретаря трибунала в DIAC и TIAC, являлась тренером команд Vis Moot и FDI Moot. Она является автором более 30 научных статей по инвестиционному арбитражу. В 2024 году ее аналитическая статья была опубликована на платформе Young ICCA Voices.
@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jo‘rabek Nematov — yuridik fanlar doktori, professor, TDYU va Nagoya universiteti bitiruvchisi.
J.Nematov 2019-yildan buyon Toshkent davlat yuridik universitetida faoliyat olib bormoqda. Unga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida ham faoliyat yuritgan.
U 2014-yilda Nagoya universiteti (Yaponiya)da Doctor of Law (DSc) ilmiy darajasini olgan, 1-darajali yurist.
J.Nematov ma’muriy huquq, ma’muriy sud ishlarini yuritish fanlari bo‘yicha yetuk olimlardan biridir. U 4 ta monografiya, 4 ta (2 ta yakka mualliflikdagi va 2 ta hammualliflikdagi) darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 100 dan ortiq ilmiy maqola va boshqa ilmiy ishlanmalar muallifidir.
Olimning ilmiy qiziqishlari ma’muriy huquq, ma’muriy tartib-taomillar, ma’muriy sud ish yurituvi, soliq huquqi, bojxona huquqi kabilarni o‘z ichiga oladi.
J.Nematov qonunchilikni takomillashtirish ishlarida ham faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-33-son qarori asosida O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksini yangi tahrirda tayyorlashga qaratilgan komissiya hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ilmiy-maslahat kengashi a’zosi hisoblanadi.
J.Nematov qator xalqaro anjumanlar, jumladan, Yaponiya, Germaniya, Rossiya, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarda o‘tkazilgan turli konferensiya, seminarlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etgan.
J.Nematov TDYU huzuridagi “12.00.02 —Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy kengash va ilmiy seminar hamda TDYU Tadqiqot kengashi a’zosi hisoblanadi.
@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Журабек Нематов — доктор юридических наук, профессор, выпускник Ташкентского государственного юридического университета и Университета Нагоя.
С 2019 года Ж. Нематов осуществляет деятельность в Ташкентском государственном юридическом университете. До этого он работал в Академии государственного управления при Президенте Республики Узбекистан, а также в Академии Генеральной прокуратуры Республики Узбекистан.
В 2014 году он получил ученую степень Doctor of Law (DSc) в Университете Нагоя (Япония), юрист 1-го класса.
Ж. Нематов является одним из ведущих ученых в области административного права и административного судопроизводства. Он является автором 4 монографий, 4 учебников (2 — единоличного авторства и 2 — в соавторстве), 3 учебных пособий, более 100 научных статей и других научных работ.
Научные интересы ученого охватывают административное право, административные процедуры, административное судопроизводство, налоговое право, таможенное право и другие направления.
Ж. Нематов также активно участвует в работе по совершенствованию законодательства. В частности, на основании постановления Президента Республики Узбекистан от 30 января 2025 года № ПП-33 он является членом комиссии по подготовке новой редакции Кодекса Республики Узбекистан об административном судопроизводстве, а также членом Научно-консультативного совета Верховного суда Республики Узбекистан.
Ж. Нематов принимал участие с докладами в ряде международных мероприятий, в том числе конференциях и семинарах, проведенных в Японии, Германии, России, Казахстане и других странах.
Ж. Нематов является членом Ученого совета и научного семинара по специальности «12.00.02 — Конституционное право. Административное право. Финансовое и таможенное право» при ТГЮУ, а также членом Исследовательского совета Ташкентского государственного юридического университета.
@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fitrat Umirov — yuridik fanlar doktori, TDYU va Osaka universiteti bitiruvchisi.
F.Umirov ayni paytda Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda. U akademik faoliyat, transchegaraviy huquqiy amaliyotni qamrab olgan ko‘p tarmoqli mutaxassis hisoblanadi.
F.Umirov Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavriat bosqichini tamomlagan, Yaponiyaning Osaka universitetida magistratura va PhD ilmiy darajalarini olgan. Uning ilmiy ixtisosligi konstitutsiyaviy va qiyosiy huquq yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Kasbiy faoliyatini “Agrobank” AJda yurist sifatida boshlagan bo‘lib, bank huquqi doirasida shartnomalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish hamda bank kreditlari bilan bog‘liq sud ishlarini yuritish bilan shug‘ullangan.
Keyinchalik u Osaka universitetida assistent-professor lavozimida faoliyat yuritib, qiyosiy konstitutsiyaviy huquq va huquq sotsiologiyasi fanlaridan ta’lim bergan. Shuningdek, Osaka universitetining “Law Review” jurnalida maqolalar tahrirchisi sifatida faoliyat olib borgan. Fitrat Umirov “Journal of Human Rights, Culture and Legal System” deb nomlangan jurnalning Tahririyat hay’atining Xalqaro kengashi (International Board of Editors) hamda umumiy Tahririyat a’zosi hisoblanadi.
F.Umirov Yaponiyaning eng yirik ko‘chmas mulk kompaniyalaridan biri — “Daiwa House Industry Co., Ltd.”ning Xalqaro huquqiy ishlar departamentida bosh huquqiy maslahatchi lavozimida ishlagan. Ushbu faoliyati davomida u, asosan, Janubi-Sharqiy Osiyo (ASEAN) mamlakatlari, xususan, Tailand, Vetnam va Singapur davlatlariga biriktirilgan kurator sifatida xorijiy ko‘chmas mulk va investitsiya loyihalarida huquqiy xatarlarni baholash, huquqiy “due diligence” jarayonlarini olib borish, xalqaro shartnomalarni ishlab chiqish va muzokara qilish, shuningdek, komplayens va korporativ boshqaruv standartlariga rioya etilishini ta’minlash bilan shug‘ullangan.
F.Umirovning professional qiziqishlari xalqaro tijorat huquqi, shartnoma huquqi, qiyosiy konstitutsiyaviy huquq hamda institutsional xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarini qamrab oladi.
@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ташкентского государственного юридического университета
Фитрат Умиров — доктор юридических наук, выпускник Ташкентского государственного юридического университета и Университета Осаки.
В настоящее время Ф. Умиров занимает должность начальника Управления по международному сотрудничеству Ташкентского государственного юридического университета. Он является многопрофильным специалистом, сочетающим академическую деятельность и трансграничную юридическую практику.
Ф. Умиров окончил бакалавриат Ташкентского государственного юридического университета, а также получил степени магистра и доктора философии (PhD) в Университете Осаки (Япония). Его научная специализация охватывает конституционное и сравнительное право.
Свою профессиональную деятельность Ф. Умиров начал в АО «Агробанк» в качестве юриста, где занимался правовой экспертизой договоров в сфере банковского права, а также ведением судебных дел, связанных с банковским кредитованием.
Впоследствии он работал в Университете Осаки в должности ассистента профессора, преподавал сравнительное конституционное право и социологию права. Кроме того, Ф. Умиров осуществлял деятельность в качестве редактора статей в научном журнале Osaka University Law Review. Он также является членом Международного совета редакторов (International Board of Editors) и членом редакционной коллегии научного журнала Journal of Human Rights, Culture and Legal System.
Ф. Умиров работал главным юридическим консультантом в Департаменте международных правовых вопросов одной из крупнейших японских компаний в сфере недвижимости — Daiwa House Industry Co., Ltd. В рамках данной деятельности он, в основном, курировал страны Юго-Восточной Азии (ASEAN), в частности Таиланд, Вьетнам и Сингапур, осуществляя оценку правовых рисков в зарубежных проектах в сфере недвижимости и инвестиций, проведение процедур юридического due diligence, разработку и ведение переговоров по международным договорам, а также обеспечение соблюдения стандартов комплаенса и корпоративного управления.
Профессиональные интересы Ф. Умирова охватывают международное торговое право, договорное право, сравнительное конституционное право, а также институциональное международное сотрудничество.
@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM