TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
2.79K subscribers
100 photos
15 videos
218 files
77 links
🗂 TDYU media bazasi
——————————
📸 Foto
🎞 Video
💾 Fayl
Download Telegram
0️⃣0️⃣0️⃣ • “Vis Moot — 2025” xalqaro musobaqasida ishtirok etuvchi TDYU jamoalari a’zolari e’lon qilindi

Xabaringiz bor, joriy yilning iyun oyida “TSUL Vis Moot” yozgi maktabiga qabul boshlangani, yakunda maktabni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Vis Mootning 2025/2026-yilgi mavsumida ishtirok etish uchun TDYU jamoasiga nomzod sifatida qabul qilinishi e’lon qilingan edi.

“TSUL Vis Moot” jamoasi mas’ullari yozgi maktab yakunlari bo‘yicha xalqaro musobaqa ishtirok etuvchi jamoalarni shakllantirdi.

Quyida “Vis Moot — 2025” da qatnashuvchi TDYU talabalari bilan tanishishingiz mumkin:
Vena jamoasi:
• Mashhura O‘ktamova, Xususiy huquq fakulteti 2-bosqich talabasi;
• Anisa Abdulhayeva, Xususiy huquq fakulteti 4-bosqich talabasi;
• Zukra Irisqulova, Ommaviy huquq fakulteti 4-bosqich talabasi;
• Asal Fayziyeva, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi.

Gonkong jamoasi:

• Sardorbek Tohirjonov, Ommaviy huquq fakulteti 3-bosqich talabasi;
• Nozima Kazakova, Jinoiy odil sudlov fakulteti 3-bosqich talabasi;
• Ilhom Eshqurbonov, Jinoiy odil sudlov fakulteti 4-bosqich talabasi;
• Mohinur Isroilova, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 2-bosqich talabasi;
• Abdujamol Abdumalikov, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi.

@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
0️⃣0️⃣0️⃣ • Participants of the TSUL teams representing TSUL at “Vis Moot — 2025” announced

As you know, in June, 2025, admissions were announced for the Summer School “TSUL Vis Moot.” It was also announced that students who successfully completed the Summer School would be accepted as candidates for the TSUL team to participate in the 2025/2026 season of the international Vis Moot competition.

Based on the results of the Summer School, those responsible for the “TSUL Vis Moot” team have now formed the official teams to participate in the competition.

Below are the TSUL students who will represent the University at “Vis Moot — 2025”:

Vienna Team:

Mashkhura Uktamova – 2nd-year student, Faculty of Private Law
Anisa Abdulkhayeva – 4th-year student, Faculty of Private Law
Zukra Iriskulova – 4th-year student, Faculty of Public Law
Asal Fayziyeva – 3rd-year student, Faculty of International Law and Comparative Legal Studies

Hong Kong Team:

Sardorbek Tokhirzhonov – 3rd-year student, Faculty of Public Law
Nozima Kazakova – 3rd-year student, Faculty of Criminal Justice
Ilkhom Eshkurbоnov – 4th-year student, Faculty of Criminal Justice
Mokhinur Isroilova – 2nd-year student, Faculty of International Law and Comparative Legal Studies
Abduzhamol Abdumalikov – 3rd-year student, Faculty of International Law and Comparative Legal Studies

@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2️⃣2️⃣2️⃣ • TDYUda “Biznes huquqi – tadbirkorlik faoliyatining barqarorligi va huquqiy himoyasi kafolati” mavzusida xalqaro davra suhbati o‘tkazildi

Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlab tashkil etilgan tadbirda Sharqiy Yevropa huquqi ilmiy-tadqiqot instituti (Gеrmaniya), Rеgеnsburg univеrsitеti, Tojikiston davlat universiteti hamda TDYU professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar, xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Xalqaro ilmiy-amaliy davra suhbati dastlabki qismida yosh olimlarning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni ijrosi yuzasidan kelib chiqadigan huquqiy-doktrinal masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi. Bunda tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, kichik tadbirkorlik subyektlarini huquqiy qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish, startap loyihalarini huquqiy qo‘llab-quvvatlash, ulushli ishtirok loyihalari orqali investitsiya jalb etishning korporativ qonunchilikka ta’siri masalalari muhokama qilindi.

Davra suhbatining ikkinchi qismida Toshkent davlat yuridik institutida uzoq yillar xizmat qilgan, atoqli huquqshunos olim, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Saydaxmedov Muxitdin Saidazimovich ilmiy-ijodiy faoliyati, tadbirkorlik huquqi fanini rivojlantirishdagi ilmiy merosi, uning bugungi kun biznes huquqi nazariyasi va qonunchiligida tutgan ahamiyati xususida so‘z yuritildi.

Anjumanda, xalqaro va milliy ekspertlar tomonidan biznes huquqiga doir islohotlar yanada keng ko‘lamli tus olayotgani, mazkur jarayonda amaldagi qonunlar va huquqni qo‘llash amaliyoti tahlili zarurligi, xalqaro tajriba natijalari asosida takliflar berish kerakligi qayd etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ochiq muloqotdagi ma’ruzasi mohiyatidan kelib chiqib, yangi o‘quv kurslari (shu jumladan, investitsiya huquqi), tadqiqotchilar uchun yangi ilmiy mavzularni shakllantirish, ommabop maqolalar tayyorlash va chop etishga kelishib olindi.

@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2️⃣2️⃣2️⃣2️⃣ • В ТГЮУ состоялся международный круглый стол на тему «Бизнес-право — гарантия устойчивости и правовой защиты предпринимательской деятельности»

По инициативе кафедры бизнес-права Ташкентского государственного юридического университета проведен международный научно-практический круглый стол, посвященный обсуждению задач, обозначенных в рамках V открытого диалога Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с предпринимателями.

В мероприятии приняли участие представители Восточноевропейского института правовых исследований (Германия), Университета Регенсбурга, Таджикского государственного университета, а также преподаватели и исследователи ТГЮУ, международные эксперты.

В первой части международного круглого стола были заслушаны мнения молодых ученых по правовым и доктринальным вопросам, вытекающим из Указа Президента Республики Узбекистан «О мерах по реализации задач, определенных в V открытом диалоге Президента Республики Узбекистан с предпринимателями». Обсуждались такие темы, как совершенствование системы обслуживания субъектов предпринимательства, усиление правовой поддержки малого бизнеса, правовая поддержка стартап-проектов, а также влияние привлечения инвестиций через проекты с долевым участием на корпоративное законодательство.

Во второй части круглого стола была освещена научно-творческая деятельность выдающегося юриста, кандидата юридических наук, доцента Сайдахмедова Мухитдина Саидазимовича, многие годы работавшего в Ташкентском государственном юридическом институте. Особое внимание было уделено его вкладу в развитие науки предпринимательского права и значимости его научного наследия в современном бизнес-праве.
Участники мероприятия — как международные, так и национальные эксперты — отметили, что реформы в сфере бизнес-права приобретают все более масштабный характер. Подчеркивалась необходимость анализа действующего законодательства и правоприменительной практики, а также разработки предложений на основе международного опыта.

По итогам круглого стола было достигнуто соглашение о разработке новых учебных курсов (в том числе по инвестиционному праву), формировании новых тем для научных исследований, а также подготовке и публикации популярных статей, исходя из содержания выступления Президента Республики Узбекистан на открытом диалоге.

@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2️⃣2️⃣2️⃣ • An international round table discussion on the topic “Business Law — a Guarantee of Stability and Legal Protection of Entrepreneurial Activity” was held at TSUL

At the initiative of the Department of Business Law of Tashkent State University of Law, an international scientific and practical round table discussion was organized to discuss the objectives outlined during the Fifth Open Dialogue of Shavkat Mirziyoyev, the President of the Republic of Uzbekistan, with entrepreneurs.

The event was attended by representatives of the Eastern European Institute of Legal Studies (Germany), the University of Regensburg, The Tajik State University, as well as faculty members and researchers of TSUL, and international experts.

In the first part of the international round table discussion, young scholars presented their views on legal and doctrinal issues arising from the Presidential Decree of the Republic of Uzbekistan “On Measures to Implement the Objectives Defined in the Fifth Open Dialogue of the President of the Republic of Uzbekistan with Entrepreneurs.” Discussions covered topics such as improving services for business entities, strengthening legal support for small businesses, providing legal assistance for startup projects, and the impact of attracting investments through equity participation projects on corporate legislation.

The second part of the round table discussion highlighted the scholarly and creative work of the prominent lawyer, Candidate of Legal Sciences, and Associate Professor Mukhitdin Saidazimovich Saidakhmedov, who worked for many years at Tashkent State Institute of Law. Special attention was given to his contribution to the development of business law science and the significance of his academic legacy in modern business law.

Participants — both international and national experts — emphasized that reforms in the field of business law are becoming increasingly large-scale. They stressed the need to analyze existing legislation and law enforcement practices and to develop proposals based on international experience.

As a result of the round table, an agreement was reached to develop new academic courses (including investment law), identify new topics for scientific research, and prepare and publish popular articles based on the content of the speech of Shavkat Mirziyoyev, the President of Uzbekistan, at the open dialogue.

@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣ • O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi vakant lavozimlar uchun tanlov e’lon qildi

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi quyidagi lavozimlarga tanlov e’lon qiladi:

• Matbuot kotibi;
• Magistratura fakulteti bosh mutaxassisi;
• Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi bosh mutaxassisi;
• Axborot-resurs markazi bosh mutaxassisi;
• Devonxona va arxiv mudiri;
• Xo‘jalik bo‘limi bosh mutaxassisi.


Nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadi.

Tanlov ikki bosqichda: test sinovlari va suhbat tarzida o‘tkaziladi.

Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ikkinchi bosqich — suhbatda ishtirok etadi.

Tanlovda ishtirok etish istaganlar 12-sentyabr 18:00 ga qadar quyidagi hujjatlarni Odil sudlov akademiyasining sudacademy@umail.uz, info@sudya.uz elektron pochtasi yoki Odil sudlov akademiyasiga (100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy) yuborishi kerak:
• ariza (yashash manzili va telefon raqamini ko‘rsatgan holda);
• ma’lumotnoma (obyektivka).

Qo‘shimcha ma’lumot uchun +99855 501-01-67 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Quyida nomzodlarga qo‘yiladigan talablar bilan tanishishingiz mumkin:

Matbuot kotibi lavozimiga nomzod:
• oliy yuridik va/yoki jurnalistika ixtisosligi bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishi;
• jurnalistika yoki OAV sohasida kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lishi;
• o‘zbek, ingliz va rus tillarini yaxshi bilishi;
• AKTdan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi.

Magistratura fakulteti bosh mutaxassisi lavozimiga nomzod:
• oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi;
• oliy ta’lim tizimini boshqarishda kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi;
• o‘zbek, ingliz va rus tillarini yaxshi bilishi;
• AKTdan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimiga nomzod:
• oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi;
• yoshlar masalalari bo‘yicha ishlash tizimida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi;
• tashabbuskorlik, jamoa bilan ishlash, jamoat ishlarida faollik ko‘rsatish qobiliyatlariga ega bo‘lishi;
• o‘zbek, ingliz va rus tillarini yaxshi bilishi;
• AKTdan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi.

Axborot-resurs markazi bosh mutaxassisi lavozimiga nomzod:
• oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi;
• axborot-resurs markazi va kutubxona faoliyatini tashkil etish va boshqarish sohasida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi;
• o‘zbek, ingliz va rus tillarini yaxshi bilishi;
• AKTdan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi.

Devonxona va arxiv mudiri lavozimiga nomzod:
• oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi;
• ish yuritish va arxiv materiallari bilan ishlash sohasida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi;
• davlat tashkilotlarida ish yurituvini tartibga soluvchi elektron platformadan erkin foydalana olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
• o‘zbek, ingliz va rus tillarini yaxshi bilishi;
• AKTdan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi.

Xo‘jalik bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimiga nomzod:
• oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
• tovar-moddiy boyliklarini saqlash va foydalanish sohasida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi;
• binolarni saqlash, ekspluatatsiya qilish, favqulodda holatlarda muhofaza choralarini ko‘rish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
• o‘zbek va rus tillarini yaxshi bilishi;
• AKTdan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi.


@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣ • Академия правосудия Республики Узбекистан объявила конкурс на замещение вакантных должностей

Академия правосудия Республики Узбекистан объявляет конкурс на следующие должности:
• Пресс-секретарь;
• Главный специалист факультета магистратуры;
• Главный специалист отдела по работе с молодежью, духовности и просветительству;
• Главный специалист информационно-ресурсного центра;
• Заведующий делопроизводством и архивом;
• Главный специалист хозяйственного отдела.


Кандидаты принимаются на конкурсной основе.

Конкурс проводится в два этапа: тестирование и собеседование.

Кандидаты, успешно прошедшие тестирование, допускаются ко второму этапу — собеседованию.

Желающие принять участие в конкурсе должны до 18:00 12 сентября направить следующие документы на электронные адреса sudacademy@umail.uz или info@sudya.uz, либо доставить их в Академию правосудия (адрес: 100097, г. Ташкент, Чиланзарский район, ул. Чупаната, дом 6):

• Заявление (с указанием адреса проживания и номера телефона);
• Объективка.

Для получения дополнительной информации можно обратиться по телефону: +998 55 501-01-67

Требования к кандидатам:
Пресс-секретарь:
• Высшее юридическое и/или журналистское образование;
• Опыт работы в области журналистики или СМИ не менее 5 лет;
• Хорошее знание узбекского, русского и английского языков;
• Навыки эффективного использования ИКТ (информационно-коммуникационных технологий).

Главный специалист факультета магистратуры:
• Высшее юридическое образование;
• Опыт работы в системе высшего образования не менее 3 лет;
• Хорошее знание узбекского, русского и английского языков;
• Навыки эффективного использования ИКТ.

Главный специалист отдела по работе с молодежью, духовности и просветительству:
• Высшее юридическое образование;
• Опыт работы в сфере молодежной политики не менее 3 лет;
• Инициативность, умение работать в команде и участие в общественной деятельности;
• Хорошее знание узбекского, русского и английского языков;
• Навыки эффективного использования ИКТ.

Главный специалист Информационно-ресурсного центра:
• Высшее юридическое образование;
• Опыт организации и управления информационно-ресурсным центром или библиотекой не менее 3 лет;
• Хорошее знание узбекского, русского и английского языков;
• Навыки эффективного использования ИКТ.
Заведующий делопроизводством и архивом:
• Высшее юридическое образование;
• Опыт работы в делопроизводстве и с архивными материалами не менее 3 лет;
• Навыки свободной работы с электронными платформами, регулирующими документооборот в госорганах;
• Хорошее знание узбекского, русского и английского языков;
• Навыки эффективного использования ИКТ.

Главный специалист хозяйственного отдела:
• Высшее образование;
• Опыт работы в сфере хранения и использования материально-технических ресурсов не менее 3 лет;
• Навыки эксплуатации и содержания зданий, а также принятия мер в чрезвычайных ситуациях;
• Хорошее знание узбекского и русского языков;
• Навыки эффективного использования ИКТ.


@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣ • Academy of Justice of the Republic of Uzbekistan announces a competition for vacant positions

The Academy of Justice of the Republic of Uzbekistan announces a competition for the following positions:
• Press Secretary;
• Chief Specialist of the Master’s Program;
• Chief Specialist of the Department for youth affairs, spirituality, and enlightenment;
• Chief Specialist of the Information and Resource Center;
• Head of Records Management and Archives;
• Chief Specialist of the Administrative Department.


Candidates will be selected on a competitive basis.

The competition will be conducted in two stages: testing and an interview.

Candidates who successfully pass the testing stage will proceed to the second stage — the interview.

Applicants wishing to participate in the competition must submit the following documents by 6:00 PM on September 12 via email to sudacademy@umail.uz or info@sudya.uz, or deliver them to the Academy of Justice at the following address: 100097, 6 Chupanata Street, Chilanzar. Tashkent:
• An application (indicating home address and phone number);
• Curriculum Vitae (CV).

For additional information, please contact: +998 55 501-01-67.

Requirements for Candidates:

Press Secretary:
• Higher education in law and/or journalism;
• At least 5 years of experience in journalism or media;
• Proficiency in Uzbek, Russian, and English;
• Strong IT skills.

Chief Specialist of the Master’s Program:
• Higher legal education;
• At least 3 years of experience in the higher education system;
• Proficiency in Uzbek, Russian, and English;
• Strong IT skills.

Chief Specialist of the Department for youth affairs, spirituality, and enlightenment:
• Higher legal education;
• At least 3 years of experience in youth policy;
• Initiative, teamwork skills, and participation in public activities;
• Proficiency in Uzbek, Russian, and English;
• Strong IT skills.

Chief Specialist of the Information and Resource Center:
• Higher legal education;
• At least 3 years of experience managing or organizing an information and resource center or library;
• Proficiency in Uzbek, Russian, and English;
• Strong IT skills.

Head of Records Management and Archives:
• Higher legal education;
• At least 3 years of experience in records management and handling archival materials;
• Proficiency in electronic document management platforms used in government institutions;
• Proficiency in Uzbek, Russian, and English;
• Strong IT skills.

Chief Specialist of the Administrative Department:
• Higher education;
• At least 3 years of experience in managing and utilizing material and technical resources;
• Skills in building operation and maintenance, as well as emergency response measures;
• Proficiency in Uzbek and Russian;
• Strong IT skills.

@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
0️⃣0️⃣0️⃣ • Статья Камолы Алиевой индексирована в базе данных «Scopus Q1»

Доцент кафедры конституционного права Ташкентского государственного юридического университета, доктор философии по юридическим наукам (PhD) Камола Алиева опубликовала единоличную статью под названием «Revealing the Barriers to Women's Political Participation in Uzbekistan», которая была индексирована в базе данных «Scopus».

В статье проанализированы структурные барьеры, ограничивающие политическое участие женщин в Узбекистане, в частности правовые и институциональные факторы. Несмотря на достижения в сфере образования и занятости, пробелы в законодательстве, недостаточная последовательность в правоприменении, а также гендерные стереотипы продолжают препятствовать активному участию женщин в политическом руководстве и процессе принятия решений.

В исследовании рассматривается, каким образом политическая активность женщин формируется под влиянием внешнего давления и внутреннего правового и институционального сопротивления. Автор подчеркивает, что существующие политические и правовые реформы важны, однако без более широких институциональных и социальных изменений они остаются недостаточными.

Также показано, что изменения в законодательстве пересекаются с финансовыми и социальными ограничениями, основанными на гендере, что еще больше усложняет участие женщин в политических процессах. Статья утверждает, что необходима не только количественная, но и содержательная правовая политическая инклюзия.

Ознакомиться со статьей…
https://www.scopus.com/pages/publications/105014969532

@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
0️⃣0️⃣0️⃣ • Kamola Aliyevaning maqolasi “Scopus Q1” ma’lumotlar bazasida indeksatsiya bo‘ldi

Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi dotsenti, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Kamola Aliyevaning “Revealing the Barriers to Women's Political Participation in Uzbekistan” nomli maqolasi “Scopus” ma’lumotlar bazasida indeksatsiya bo‘ldi.

Maqolada O‘zbekistonda ayollarning siyosiy ishtirokini cheklayotgan tuzilmaviy to‘siqlar, xususan, huquqiy va institutsional omillar tahlil qilingan. Qayd etilganidek, bugungi kunda ta’lim va bandlikda yutuqlarga erishilgan bo‘lsa-da, qonunchilikdagi bo‘shliqlar, huquqni qo‘llashdagi izchillik yetishmasligi hamda gender stereotiplari ayollarning siyosiy rahbarlik va qaror qabul qilish jarayonlarida faol ishtirokini cheklab qolmoqda.

Tadqiqotda ayollarning siyosiy faolligi tashqi bosimlar va ichki huquqiy-institutsional qarshiliklar bilan qanday shakllanishi o‘rganilgan. Muallifning ta’kidlashicha, mavjud siyosiy va huquqiy islohotlar muhim bo‘lsa-da, ular kengroq institutsional va ijtimoiy o‘zgarishlarsiz yetarli emas.

Shuningdek, maqolada qonunchilikdagi o‘zgarishlar genderga asoslangan moliyaviy va ijtimoiy cheklovlar bilan kesishib, ayollarning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini yanada murakkablashtirishi ko‘rsatib berilgan. Maqolada nafaqat son jihatdan, balki huquqiy jihatdan ham mazmunli siyosiy inklyuziya zarurligi ilgari suriladi.

Maqola bilan tanishish… (https://www.scopus.com/pages/publications/105014969532)

@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
0️⃣0️⃣0️⃣ • An article by Kamola Alieva has been indexed in the “Scopus Q1” Database

Kamola Alieva, an Associate Professor of the Department of Constitutional Law at Tashkent State University of Law, Doctor of Philosophy in Law (PhD), has published a sole-authored article titled “Revealing the Barriers to Women's Political Participation in Uzbekistan”, which has been indexed in the “Scopus” database (Q1).

The article analyzes structural barriers that limit women’s political participation in Uzbekistan, particularly legal and institutional factors. Despite advancements in education and employment, gaps in legislation, inconsistencies in law enforcement, and gender stereotypes continue to hinder women’s active involvement in political leadership and decision-making processes.

The study explores how women’s political activity is shaped by external pressures and internal legal and institutional resistance. The author emphasizes that while ongoing political and legal reforms are significant, they remain insufficient without broader institutional and social changes.

The article also highlights how legislative changes intersect with financial and social gender-based constraints, further complicating women’s participation in politics. It argues for the need for not only quantitative but also substantive legal and political inclusion.

Read the article:
https://www.scopus.com/pages/publications/105014969532

@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣ • TDYUda fakultet-talabalar qo‘mitasiga saylov o‘tkazilmoqda

Siz talabalarning ovozi bo‘lish va o‘zgarishlar qilishga hissa qo‘shishni istaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!

Fakultet-talabalar va kafedra-talabalar qo‘mitalari a’zolariga aylaning hamda tengdoshlaringiz uchun vakillik qiling hamda universitetimiz rivojiga va ta’lim sifatini yaxshilashga o‘z hissangizni qo‘shing!

Shu bilan birga talabalarning ta’lim olishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga universitetga yordam bering.

Fakultet-talabalar qo‘mitasiga saylanish uchun 20-sentyabr 23:59 ga qadar quyidagi havola orqali nomzodingizni ko‘rsating: https://forms.gle/hPdrstCu6icUsTEeA

Sizga qo‘yiladigan yagona talab — universitet hayotiga va talabalarning huquq va erkinliklariga befarq bo‘lmaslik!

Saylov komissiyasi nomzodlarning tajribasini, motivatsion xatini hamda rejasini o‘rgangan holda har bir fakultetning har bir kursidan oltita nomzodni saylovda ishtirok etish uchun tanlab oladi.

Saralash bosqichi natijalari 22-sentyabrda TDYU Talabalar Assotsiatsiyasining Telegramdagi rasmiy kanali @sa_tsul da e’lon qilinadi.

Nomzodlar e’lon qilinganidan so‘ng 26-sentyabrga qadar o‘z saylov oldi tashviqotlarini o‘tkazadi.

27–29-sentyabr kunlari har bir fakultetning har bir kursidan 3 nafar nomzod universitet elektron platformasi orqali umumiy, to‘g‘ridan to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan talabalar tomonidan saylanadi.

Saylov natijalari 30-sentyabr kuni e’lon qilinadi.

@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣ • В ТГЮУ проходят выборы в факультетско-студенческий комитет

Хотите быть голосом студентов и вносить изменения? Тогда эта возможность именно для вас!

Станьте членом факультетско-студенческого или кафедрального студенческого комитета, представляйте своих сверстников и вносите вклад в развитие нашего университета и повышение качества образования!

Кроме того, помогайте университету решать проблемы, связанные с обучением студентов.

Для участия в выборах в факультетско-студенческий комитет зарегистрируйте свою кандидатуру до 20 сентября 23:59 по ссылке:
https://forms.gle/hPdrstCu6icUsTEeA

Единственное требование к кандидатам — не оставаться равнодушными к жизни университета, правам и свободам студентов!

Изучив опыт, мотивационное письмо и план кандидатов, из каждого курса каждого факультета изберут по шесть кандидатов, которые смогут участвовать в выборах.

Результаты отбора будут объявлены 22 сентября в официальном телеграм-канале Студенческой ассоциации @sa_tsul.

После объявления кандидаты будут проводить предвыборную кампанию до 26 сентября.

С 27 по 29 сентября студенты каждого курса каждого факультета путем общего прямого голосования на электронной платформе университета выберут по 3 кандидата.

Результаты выборов будут объявлены 30 сентября.

@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣ • Elections for the Faculty-Student Committee are underway at TSUL

Do you want to be the voice of students and make a difference? Then this opportunity is for you!

Become a member of the faculty-student or departmental student committee, represent your peers, and contribute to the development of our university and the improvement of education quality!

You will also help the university address issues related to students’ learning experience.

To participate in the elections for the Faculty-Student Committee, register your candidacy by September 20 at 11:59 PM using the following link:
https://forms.gle/hPdrstCu6icUsTEeA

The only requirement for candidates is to be actively engaged in university life and committed to protecting the rights and freedom of students!

Based on candidates’ experience, motivation letters, and plans, six candidates from each course of each faculty will be selected to take part in the elections.

The selection results will be announced on September 22 in the official Telegram channel of the Student Association @sa_tsul.

After the announcement, candidates will run their election campaigns until September 26.

From September 27 to 29, students of each course of each faculty will vote directly via the university’s online platform to elect three candidates.

The election results will be announced on September 30.

@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻👩‍💻🧠 • TDYUda “Yoshlar va ekologiya” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

Toshkent davlat yuridik universiteti Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularda tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, yoshlarning ekologik muammolarni hal etishda faolligini kuchaytirish, ekologik tashabbuslarni ilgari surish va ularni amaliy loyihalar orqali qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mashg‘ulotni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Moxinurxon Ergash olib bordi.

Mashg‘ulotda talabalarga ekologik qonunchilikdagi yangiliklar, deputatlarning vakolatlari hamda mahalliy darajadagi ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdagi roli haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, ekologik kazuslar asosida talabalardan jamoalar shakllantirilib, ular o‘z yechim va takliflari bilan taqdimot o‘tkazdi. Ushbu interaktiv yondashuv yoshlarda muammolarni aniqlash bilan birga, ularning samarali yechimlarini izlash ko‘nikmasini ham shakllantirdi.

Seminar-treningda ekologik barqarorlikka erishish, tabiiy resurslarni asrab-avaylash va aholida ekologik madaniyatni shakllantirishda yoshlarning o‘rni beqiyos ekani ta’kidlandi.

Trening davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻👩‍💻🧠 • В ТГЮУ прошел семинар-тренинг на тему «Молодёжь и экология»

По инициативе Комитета женщин Ташкентского государственного юридического университета был проведён семинар-тренинг с целью повышения экологической культуры молодежи, развития современных знаний и навыков по охране окружающей среды, формирования ответственного отношения к природе, активизации участия молодежи в решении экологических проблем, продвижения экологических инициатив и их поддержки через практические проекты.

Занятие провела начальник отдела Исполнительного комитета Центрального совета Экологической партии Узбекистана — Мохинурхон Эргаш.

Во время мероприятия студентам была предоставлена информация о новшествах в экологическом законодательстве, полномочиях депутатов, а также о роли местных инициатив в поддержке экологических проектов.

Кроме того, на основе экологических казусов были сформированы студенческие команды, которые представили свои решения и предложения в форме презентаций. Такой интерактивный подход способствовал не только выявлению проблем, но и развитию навыков поиска их эффективных решений.

На семинаре-тренинге было подчеркнуто, что роль молодежи в достижении экологической устойчивости, сбережении природных ресурсов и формировании экологической культуры населения — бесценна.

Во время тренинга участники также получили ответы на интересующие их вопросы.

@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻👩‍💻🧠 • A seminar-training on “Youth and Ecology” was held at TSUL

On the initiative of the Women’s Committee of Tashkent State University of Law, a seminar-training session was held to enhance young people’s environmental awareness, develop modern knowledge and skills in environmental protection, promote a responsible attitude toward nature, encourage youth participation in solving environmental issues, and support ecological initiatives through practical projects.

The session was conducted by Mokhinurkhon Ergash, Head of the Department of the Executive Committee of the Central Council of the Ecological Party of Uzbekistan.

During the event, students received information on recent developments in environmental legislation, the powers of deputies, and the role of local initiatives in supporting environmental projects.

Additionally, students were divided into teams based on ecological case studies, where they presented their solutions and proposals in the form of presentations. This interactive approach not only highlighted key issues but also helped participants develop skills in finding effective solutions.

The seminar emphasized the invaluable role of youth in achieving environmental sustainability, conserving natural resources, and shaping a culture of ecological responsibility among the population.

Participants also had the opportunity to ask questions and receive detailed answers during the training session.

@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🇺🇿 🤝 🇰🇷 • TDYU va Koreya qonunchiligi tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengaytirilmoqda

Koreya qonunchiligi tadqiqot instituti (Korea Legislation Research Institute) delegatsiyasi — institut prezidenti Yeongsoo Han, Xalqaro hamkorlik departamenti bosh direktori Hyunggun Kim, Almashinuv va hamkorlik jamoasi guruh rahbari Heejee Jang hamda institut tadqiqotchisi Suhyun Yun Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda TDYU rektori v.b., professor, Dr.Islambek Rustambekov hamda universitet mas’ullari ishtirok etdi.

Uchrashuvda tomonlar hamkorlik aloqalarini kengaytirish, birgalikda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, turli ilmiy va boshqa tadbirlarni tashkil etish, qonunchilik sohasida tajriba almashish, almashinuv dasturlari uchun qulaylik yaratish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, TDYU rektori v.b. I.Rustambekovning oktyabr oyida Koreya Respublikasiga tashrifi davomida amaliy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qator hujjatlarni imzolashga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun: Koreya qonunchiligi tadqiqot instituti Koreya Respublikasida qonunchilikka ixtisoslashgan davlat tomonidan moliyalashtiriladigan yagona tadqiqot institutidir. Tadqiqot instituti 1990-yil iyulda milliy qonunchilik siyosatini shakllantirishda hukumatni qoʻllab-quvvatlash va Koreyada qonunchilik madaniyatini yaxshilashga hissa qoʻshish maqsadida tashkil etilgan.


@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🇺🇿 🤝 🇰🇷 • Расширяется сотрудничество между ТГЮУ и Исследовательским институтом законодательства Кореи

Делегация Исследовательского института законодательства Кореи (Korea Legislation Research Institute) – президент института Йонгсу Хан, генеральный директор департамента международного сотрудничества Хёнгун Ким, руководитель группы по обмену и сотрудничеству Хиджи Чаном, а также научный сотрудник Сухён Юн посетила Ташкентский государственный юридический университет.

В рамках визита состоялась официальная встреча с временно исполняющим обязанности ректора ТГЮУ, профессором, доктором Исламбеком Рустамбековым, а также с представителями руководства университета.
Стороны обсудили вопросы расширения партнерских связей, проведения совместных научных исследований, организации научных и образовательных мероприятий, обмена опытом в области законодательства, а также создания благоприятных условий для реализации программ академического обмена.

Кроме того, было достигнуто соглашение о подписании ряда документов, направленных на укрепление практического сотрудничества, в рамках предстоящего визита и.о. ректора ТГЮУ И. Рустамбекова в Республику Корея в октябре текущего года.

Для справки: Исследовательский институт законодательства Кореи — единственное государственное исследовательское учреждение в Республике Корея, специализирующееся на законодательстве. Институт был основан в июле 1990 года с целью поддержки правительства в формировании национальной законодательной политики и содействия развитию законодательной культуры в стране.

@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🇺🇿 🤝 🇰🇷 • Cooperation between TSUL and Korea Legislation Research Institute expands

A delegation from Korea Legislation Research Institute, including the President of the Institute Yongsoo Han, Director General of the Department of International Cooperation Hyungoon Kim, Head of the Exchange and Cooperation Team Heeji Chang, and Researcher Soohyun Yoon – visited Tashkent State University of Law.

As part of the visit, an official meeting was held with Acting Rector of TSUL, Professor, Doctor Islambek Rustambekov, as well as representatives of the university.
The parties discussed expanding partnerships, conducting joint scientific research, organizing scientific and educational events, exchanging expertise in the field of legislation, and creating favorable conditions for implementing academic exchange programs.

In addition, an agreement was reached to sign a number of documents aimed at strengthening practical cooperation during the upcoming visit of Acting Rector I. Rustambekov to the Republic of Korea in October, 2025.

For reference: Korea Legislation Research Institute is the only state research institution in the Republic of Korea specializing in legislation. The institute was established in July 1990 to support the government in shaping national legislative policy and to contribute to the development of legislative culture in the country.

@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣ • TDYU Tahririy-nashriyot bo‘limi nashriyot va tipografiya xizmatlarini taqdim etadi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga Toshkent davlat yuridik universitetida Tahririy-nashriyot bo‘limi faoliyat yuritib kelmoqda. Bo‘lim Davriy nashrlar sektori hamda Tipografiya sektorlaridan tashkil topgan bo‘lib, universitet professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalari tomonidan tayyorlangan ilmiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-ommabop, oʻquv, oʻquv-uslubiy va boshqa materiallarni nashrga tayyorlash hamda chop etish ishlari bilan shugʻullanadi.

Shuningdek, universitet muassisligidagi “Yuridik fanlar axborotnomasi”, “Yurisprudensiya”, “TSUL Legal Report” hamda “Kriminologiya va jinoiy odil sudlov” jurnallariga maqolalar qabul qilish, nashrga tayyorlash va davriyligi boʻyicha chop etish ishlarini ham aynan Tahririy-nashriyot bo‘limi amalga oshiradi.

So‘nggi 3 yilda bo‘lim tomonidan 300 dan ortiq nomdagi darslik va o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq nomdagi monografiya hamda boshqa o‘quv va ilmiy adabiyotlar chop etilgan.

Shu bilan birga Toshkent davlat yuridik universiteti Tahririy-nashriyot bo‘limi sizlar uchun quyidagi nashriyot va tipografiya xizmatlarini taqdim etadi:

1. Tahrirlash va musahhihlik xizmati

Bunda siz o‘zbek, rus va ingliz tilidagi matnlarni tahrir qilish xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Tahririyatning yuqori malakali muharrirlari va musahhihlari nafaqat uch tildagi ilmiy va ijodiy materiallaringizni, balki o‘quv va ilmiy adabiyotlar, dissertatsiya va avtoreferatlaringizni ham belgilangan talablar asosida tahrirdan o‘tkazib beradi.

2. Sahifalash xizmati

Bunda siz o‘quv va ilmiy manbalarning asl maketini chop etishga tayyorlash hamda dissertatsiya va avtoreferatlarni Oliy attestatsiya komissiyasi talablari asosida sahifalab berishda tahririyatning texnik muharrirlari xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

3. Muqova yaratish va dizayn xizmatlari

O‘quv va ilmiy kitoblarning muqovasi dizaynini yaratish, turli tadbirlar va ko‘rgazmalar uchun materiallar dizaynini tayyorlashda tahririyat dizaynerlari xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. O‘zgacha uslubdagi dizayn xizmatlari sizning o‘quv va ilmiy asarlaringiz hamda turli tadbirlaringizning yanada ommabop bo‘lishini ta’minlaydi.

4. Chop etish xizmatlari

Endi ilmiy va ijodiy materiallaringizni chop etish uchun bosmaxona qidirib yurishingiz shart emas. Chunki Toshkent davlat yuridik universiteti Tahririy-nashriyot bo‘limi bu borada ham sizga yaqin ko‘makchi bo‘ladi. Bo‘lim bosmaxonasi sizga o‘quv va ilmiy adabiyotlarni, A3, A4, A5 va boshqa kichik formatdagi turli ko‘rgazmali materiallarni rangli va oq-qora formatda chop etib berish xizmatlarini ham taqdim etadi.

Tahririy-nashriyot boʻlimi bilan bogʻlanish:
Telegram: https://t.me/tdyutnb
Elektron pochta: lawjournal@tsul.uz
Telefon raqami: 233-66-36, 1169 (ichki raqam)
Manzil: Toshkent shahri, Sayilgoh koʻchasi, 35-uy


@tsulbox
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM