Transport universiteti | Rasmiy kanal
10.3K subscribers
8.83K photos
2.57K videos
265 files
8.46K links
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI RASMIY TELEGRAM KANALI

Veb-sayt: tstu.uz
Facebook: facebook.com/tstu.official
Instagram: instagram.com/tstu_officialpage
Youtube: youtube.com/@tstu_official
Tezkor: @tstu_news
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi
📃Bugun 15-yanvar. 1976-yilning aynan shu sanasida "Avtomobil transporti hodimlari" kunini nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

📃Сегодня 15 января. В этот же день в 1976 году было принято решение отмечать"День работников автомобильного транспорта". Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#seminar

SEMINAR TRENING BO'LIB O'TDI

2022-yil 14-yanvar kuni “Transport tizimlari boshqaruvi” fakulteti professor-o‘qituvchilariga “Akademik, tashkiliy boshqaruv va moliyaviy mustaqillik imkoniyatlari” mavzusida “Iqtisodiyot” fakulteti “Korporativ boshqaruv” kafedrasi katta o‘qituvchisi Tuychiyev Anvarjon va “Transport tizimlari boshqaruvi” fakulteti trenerlari tomonidan seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda “Transport tizimlari boshqaruvi” fakulteti dekani M.X.Rasulov, “Transport harakatini tashkil etish”, “Texnosfera xavfsizligi”, “Yuk transport tizimlari” kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Akademik, tashkiliy boshqaruv va moliyaviy mustaqillik imkoniyatlari, o‘quv jarayonini rejalashtirish, monitoring olib borish va ta’lim sifatini ta’minlash, baholarni aniqlash va qayta o‘zlashtirish uchun to‘lov miqdorini belgilash, vakolatlarni o‘tkazish, kuzatuv kengashini tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha berilgan savollarga javob berildi.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#seminar_trening

SEMINAR TRENING BO'LIB O'TDI

2022-y
il 14-yanvar kuni “Аvtomobil yo‘llari muhandisligi” fakulteti professor-o‘qituvchilariga “Akademik, tashkiliy boshqaruv va moliyaviy mustaqillik imkoniyatlari” mavzusida “Аvtomobil yo‘llari muhandisligi” fakulteti dekan o’rinbosari Mamasoliyeva Nafisaxon Toxirovna tomonidan seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda “Аvtomobil yo‘llari muhandisligi” fakulteti dekani A.X.O’roqov, “Avtomobil yo’llarini qurish va ekspluatatsiya qilish” va “Avtomobil yo’llarni qidiruv va loyihalash” kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Akademik, tashkiliy boshqaruv va moliyaviy mustaqillik imkoniyatlari, o‘quv jarayonini rejalashtirish, monitoring olib borish va ta’lim sifatini ta’minlash, baholarni aniqlash va qayta o‘zlashtirish uchun to‘lov miqdorini belgilash, vakolatlarni o‘tkazish, kuzatuv kengashini tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha berilgan savollarga javob berildi.
#zakovat

ONLAYN ZAKOVAT O'TKAZILDI

Iqtisodiyot fakulteti tyutorlari Berdiyeva A va Abdullayeva Hlar tomonidan Iqtisodiyot fakulteti 1-kurs talabalari o'rtasida onlayn Zakovat intelektual o'yini tashkil qilindi.

Zakovat IQA-2 va MN-1 guruhlari o'rtasida onlayn tarzda zoom platformasi orqali olib borildi. Natijaga ko'ra IQA-2 guruhi g'olib deb topildi. Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#tabriklaymiz

RASMLAR TANLOVI G'OLIBLARI ANIQLANDI

Avval xabar berganimizdek, Toshkent davlat transport universiteti "Talabalar shaharchasi" talabalar kengashi tomonidan tashkillashtirilgan 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Rasmlar tanlovi"ga start bergan edi. Tanlov talabalar o'rtasida qizg'in ruhda kechdi va g'oliblar aniqlandi.

1- o’rin Xasanov Shahzod Aleksandr o'g'li 2 - o’rin Shoxruxbek Abdurozoqov 3 - o’rin Kubayev Bobur shavkat o'g'li 4 - o’rin Abduvaliyeva Madina

G’oliblarni tabriklab qolamiz! Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Transport universitetida zamonaviy o‘quv trenajyor-simulyatorlar ishga tushirildi

Toshkent davlat transport universiteti “Lokomotivlar va lokomotiv xo‘jaligi” kafedrasida «ТЕП70БС» yo‘lovchi teplovozi va «3ЭС5К ЕРМАК» magistral elektrovozi o‘quv trenajyor-simulyatorlari o‘rnatildi va ishga tushirildi.

O‘quv trenajyor-simulyatori mashinist va mashinist yordamchilarini poezdni boshqarishning oqilona usullari, ma'lum bir yo‘l uchastkasi sharoitlariga yaqin muhitda favqulodda harakat qilishga o‘rgatish uchun mo‘ljallangan.

O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan ushbu zamonaviy o‘quv trenajyor-simulyatorlari universitetda tahsil olayotgan talabalarning lokomotiv xo‘jaligi va lokomotivlarni boshqarish to‘g‘risidagi ko‘plab ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini beradi. Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#hafta_talabasi

OMONOVA SADOQAT RUSTAM QIZI

💥 Avtomobil yo’llarini obodonlashtirish va arxitektura landshaft-loyihalash mutaxassisligi, bakalavriat 4-bosqich talabasi

💥 “Beruniy” nomli davlat stipendiyasi nomzodi

💥 Jami 16 ta Xalqaro va Respublika miqyosida ilmiy maqolalar muallifi

💥 33 dan ortiq diplom, sertifikat, tavsiyanoma va tashakkurnoma sohibi

💥 “Tafakkur sinovlari” ko‘rik tanlovining mahalliy, mintaqaviy va respublika bosqichlarida 1-o’rinni egallagan

💥 “MACCAFERRI GABIONLARI MDH” MCHJ korxonasi bilan birgalikda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferentsiyada loyihasi bilan ishtirok etib faxrli 2-o‘rinni egallagan

💥 2019-yilda “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni egallagan.

💥 “Innovatsion ishlanmalar va startap loyihalar” tanlovida avtomobil va yo‘llar sohasidagi eng yaxshi innovator qiz nominatsiyasida faxrli 3-o‘rinni egallagan.

💥 Avtomobil yoʻllarini qurish va ekspluatatsiyasi kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tanlovlar g'olibi.
#bu_qiziq

Avstraliyada ikki qavatli metrolar harakatlanadi.

🌜Tuningiz osuda o‘tsin

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube