TSTU.UZ | NEWS
9.82K subscribers
1.26K photos
350 videos
109 files
992 links
Ushbu kanalda Toshkent davlat transport universiteti tezkor yangiliklari, voqea-hodisalar haqida xabarlar berib boriladi

instagram.com/tstu.news
facebook.com/tstu.news
twitter.com/tstu_news

Murojaat uchun: @tstu_news_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💐11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni

BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyusiyasiga asosan, 11-oktabr - “Xalqaro qizlar kuni” deb eʼlon qilingan.

BMTga aʼzo davlatlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining turli tuzilmalariga ushbu kunni keng miqyosda nishonlash, shuningdek butun dunyoda qizlarning hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklari bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish tavsiya etiladi.

BMT maʼlumotlariga ko‘ra, dunyoda 15–19 yosh oralig‘idagi har to‘rt nafar qizdan biri ishlash, o‘qish va kasbiy tayyorgarlik imkoniyatiga ega emas.

Kanalga ulanish:
👉 @TSTU_NEWS 👈
Mandat Prezident Granti transport Universiteti - 2023.pdf
467.3 KB
2023/2024-oʻquv yilida Toshkent davlat transport universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti asosida 15 nafar abituriyent tavsiya etildi

Kanalga ulanish:
👉 @TSTU_NEWS 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat transport universitetida Qashqadaryo viloyati turistik salohiyatini oshirish maqsadida “Qashqadaryo viloyati kuni” festivali boʻlib oʻtdi

👉 Batafsil

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat transport universiteti talabalari Axborot-resurs markazi haqida qanchalik ma’lumotga ega?

Kanalga ulanish:
👉 @TSTU_NEWS 👈
Toshkent-Markaziy vokzali 16-oktabrdan boshlab o‘z faoliyatini boshlaydi

Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 26-sentabrdan vaqtincha yopilgan Toshkent-Markaziy vokzali 16-oktabrdan boshlab o‘z faoliyatini avvalgi jadval bo‘yicha boshlaydi.

Kanalga ulanish:
👉 @TSTU_NEWS 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat transport universiteti Axborot-resurs markazi tomonidan “Kitob yarmarkasi” tashkil qilindi

Kitob yarmarkasi 12-13-14 oktabr kunlari ham boʻlib oʻtadi.

Kanalga ulanish:
👉 @TSTU_NEWS 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Koreya aerokosmik universiteti (KAU) bilan oʻzaro hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi

👉 Batafsil

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
TSTU.UZ | NEWS
Koreya aerokosmik universiteti (KAU) bilan oʻzaro hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi 👉 Batafsil Universitet rasmiy sahifalari: TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Uchrashuvda 2024-yilda Koreya aerokosmik universiteti bilan birgalikda Toshkent davlat transport universiteti tarkibida fuqaro aviatsiyasi uchun “1+2+1” (double degree) dasturi asosida uchuvchilarni tayyorlash tizimini tashkil etish, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida “2+2” hamda “4+0” dasturlari asosida qabul jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar uchun xalqaro grant dasturlari (KOICA, ICAO, Korean Air va boshqalar) asosida Koreya aerokosmik universitetida qisqa (1-3 hafta) va uzoq (1-2 yil) muddatli kurslarni tashkil etish borasida dastlabki kelishuvlarga erishildi.

@TSTU_NEWS
Forwarded from TSTU.UZ | NEWS
Toshkent davlat transport universitetiga virtual sayohat

➡️ https://360.tstu.uz

Kanalga ulanish:
👉 @TSTU_NEWS 👈
Toshkent davlat transport universitetida 41 ta kafedra mavjud
#tstu_fakt

Temir yо‘l transporti muhandisligi fakultetida:
Lokomotivlar va lokomotiv xo‘jaligi
Vagonlar va vagon xo‘jaligi
Materialshunoslik va mashinasozlik
Elektr harakat tarkibi
Tabiiy fanlar

Transport tizimlari boshqaruvi fakultetida:
Temir yо‘ldan foydalanish ishlarini boshqarish
Yuk transport tizimlari
Texnosfera xavfsizligi
Transport logistikasi
Transport intellektual tizimlari muhandisligi
Yo‘l harakatini tashkil etish

Qurilish muhandisligi fakultetida:
Bino va sanoat inshootlari qurilishi
Temir yо‘l muhandisligi
Kо‘priklar va tonellar
Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlar
Oliy matematika
Amaliy mexanika

Avtomobil yо‘llari muhandisligi fakultetida:
Avtomobil yо‘llarini qidiruv va loyihalash
Avtomobil yо‘llarini qurish va ekspluatatsiya qilish
Avtomobil yо‘llaridagi sun’iy inshootlar
Shahar yо‘llari va kо‘chalari

Avtomobil transporti muhandisligi fakultetida:
Avtomobil va avtomobil xо‘jaligi
Transport vositalari muhandisligi
Transport energetik qurilmalari
Avtomobilsozlik va ishlab chiqarish muhandisligi
Texnologik mashinalar muhandisligi

Aviatsiya transporti muhandisligi fakultetida:
Aviatsiya injiniringi
Aeronavigatsiya tizimlari

Iqtisodiyot fakultetida:
Transport iqtisodiyot
Korporativ boshqaruv
Hisob va biznes
Transportda axborot tizimlari va texnologiyalari
Ijtimoiy fanlar
Xalqaro ommaviy huquq
Chet tillari
О‘zbek (rus) tili

Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakultetida:
Avtomatika va telemexanika
Radioelektron qurilmalar va tizimlar
Elektrotexnika
Elektr ta’minoti
Informatika va kompyuter grafikasi

Kanalga ulanish:
👉 @TSTU_NEWS 👈
🇺🇿 Uzbekistan Airways yosh o‘g‘il-qizlarni uchuvchilik kasbini egallashga taklif qilmoqda

Aviakompaniyaning O‘quv-mashg‘ulot markazi eshiklari havo kemasida parvoz qilishni orzu qilgan va quyidagi talablarga javob beradigan xohlovchilar uchun doimo ochiq:

• texnik oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
• 31 yoshgacha;
• sog‘lom bo‘lish;
• harbiy guvohnomaga ega bo‘lish;
• ingliz tilini bilish (6,0 darajadan past bo‘lmagan IELTS sertifikati).

O‘qish 2 yil davom etadi. Uning xarajatlari aviakompaniya tomonidan qoplanadi. Qabul shartlari boʻyicha barcha maʼlumotlar www.aviatraining.uz saytida.

Kanalga ulanish:
👉 @TSTU_NEWS 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TSTU.UZ | NEWS
Odob-axloq kodeksi @TSTU_NEWS.pdf
412.3 KB
Toshkent davlat transport universiteti odob-axloq kodeksi

Kanalga ulanish:
👉 @TSTU_NEWS 👈
Ichki tartib qoidalar @TSTU_NEWS.pdf
846.6 KB
Toshkent davlat transport universiteti ichki tartib qoidalari

Kanalga ulanish:
👉 @TSTU_NEWS 👈
❗️Soʻrovnoma

Toshkent davlat transport universiteti talabalarining oʻtgan oʻquv yilida xorijiy tillarni oʻzlashtirish darajasi va unga taʼsir etgan omillar boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazilmoqda.

Quyidagi havola orqali oʻz fikringizni bildiring:
➡️ https://forms.gle/XrFpoZEoL4cCa9Jz5

@TSTU_NEWS
⚡️Ertaga, 18-oktabr kuni soat 11:00 da Maqsud Shayxzoda nomidagi oʻquv zalida (442 xona) Qurilish muhandisligi fakulteti professor-oʻqituvchilari tomonidan nashrga tayyorlanib, chop etilgan yangi adabiyotlar taqdimoti boʻlib oʻtadi.

Barchani taklif etamiz!

@TSTU_NEWS
丝路电商人才培训报名表(Application Form).docx
9 KB
“Transchegaraviy elektron tijorat 100 nafar yosh elita talabalar uchun 1 yillik oʻquv kursi”ga ariza topshirish boshlandi

Elektron tijorat sohasida oʻz bilimlarini oshirish va biznes tajribasini olishni istagan universitet talabalari va oʻqituvchilari uchun ishlab chiqilgan.

Ma’ruzalar Xitoylik mutaxassislari tomonidan Transport universitetida (oflayn) ingliz tilida olib boriladi.

Kursni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar Xitoyga 2 haftalik sayohat dasturiga qo'shilish va yetakchi elektron tijorat kompaniyalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Toshkent davlat transport universiteti professor-o‘qituvchilari va bakalavriatning 3-4-bosqich talabalari ariza topshirishlari mumkin.

❗️Ishtirokchilar ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak.

📩 Yuqoridagi arizani toʻldirib, ipekp.sahin@gmail.com elektron manziliga yuborishingiz kerak.

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 20-oktabr, soat 17:00.

Kanalga ulanish:
👉 @TSTU_NEWS 👈
Forwarded from Odil Abduraxmanov
Abdurahmonov Odil Qalandarovich O‘zbekiston sog‘lom turmush tarzi va fitnes milliy assosiatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.
__

Абдурахманов Одил Каландарович избран на пост председателя Национальной ассоциации фитнеса и здорового образа жизни.

Telegram | Instagram | Facebook
Toshkent davlat transport universiteti “Osmondagi bolalar” jamoasi “QVZ” Oliy ligasi yarim final bosqichiga yoʻl oldi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Hurmatli talabalar, "Mavrid"ni yuklang va do'stlaringiz bilan qulayliklarga ega bo'ling!

📱Ushbu ilova orqali SIZ:

Humo hamda UzCARD (Duo) kartalariga onlayn buyurtma berishingiz, bu orqali jamoat transportlarida erkin to'lov qilish imkoniga ega bo'lishingiz;

3 mln so'mgacha kartadan-kartaga o'tkazmalarni foizsiz amalga oshirishingiz;

Istalgan to'lovlarni, istagan vaqtda amalga oshirishingiz;

Bepul xavfsiz virtual karta ochishingiz va bundan tashqari 700 dan ortiq xizmatlardan osongina foydalanishingiz mumkin. Eng asosiysi, qulay va tezkor.

Yuklab olishni unutmang

👩‍💻 App Storedan yuklab olish

👩‍💻 Play Marketdan yuklab olish
❗️Sirtqi taʼlim 1-bosqich talabalari diqqatiga!

2023-yil 23-oktabrdan 28-oktabrgacha “Kreditga kirish” haftaligi oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bu vaqtda Telegram guruhingizga 1-bosqich 1-semestrda oʻtiladigan fanlar roʻyxati yuboriladi va fan oʻqituvchilari gruppaga qoʻshiladi. Unda fanlar toʻgʻrisida tushuncha va topshiriqlarni onlayn tarzda zoom havolasi orqali bogʻlanib beriladi. Ushbu jarayonda barcha talabalarni faol ishtirok etishlari soʻraladi.

Sirtqi boʻlim

Kanalga ulanish:
👉 @TSTU_NEWS 👈
#kun_tarixi

20-oktabr — Xalqaro aviadispetcherlar kuni

20 октября – Международный авиадиспетчеров день.


🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News