Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
5.57K subscribers
4.65K photos
1.69K videos
10 files
3.39K links
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi:
E-mail: info@tashbus.uz
Call center: 1062
Manzil: Toshkent shahar, Usmon Nosir ko’chasi, 6-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚌Avtobuslarimiz bilan birga Yangi yil shukuhini his eting! 🎄❄️

Avtobuslarimiz bayram libosida — Yangi yil kayfiyati bilan yo‘nalishga chiqish uchun shaylanmoqda! Har bir bekat, har bir yo‘l sizga quvonch va iliq tabassum ulashsin. Biz bilan birga safaringiz yanada yoqimli, kayfiyatingiz esa ko‘tarinki bo‘lishini tilaymiz!

#YangiYilKayfiyati
#BayramonaAvtobus
#YangiYil2026
#YoldaBaxtUlashamiz

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍6👏5🤩5🔥4
#siyosiy_marifat_soati
#milliy_liboslar_kuni

📇
Bugun "Toshshahartransxizmat" AJ xodimlari bugunning eng muhim va dolzarb mavzulariga bag'ishlangan "Siyosiy ma'rifat soati"da ishtirok etib, o'zlarining siyosiy bilimlarini oshirishdi.

🇺🇿
🖼 Shu bilan birga, haftaning har juma kuni - "Milliy liboslar kuni"da milliyligimizni keng targ'ib qilish va barchaga namuna ko'rsatish maqsadida, xodimlar milliy libos va milliy do'ppimizda ish faoliyatini olib bormoqda.

📌Eslatib o'tamiz "Siyosiy-ma’rifat soati" haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
👍113🤩2🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qish mavsumida yuk va yo‘lovchi tashuvlari xavfsizligi ta’minlashga qaratilga o‘quv kurslari

Transport vazirining tegishli topshirigiga asosan Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan respublikamizda yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, logistika markazlari va avtokorxonalar xodimlari uchun qishki mavsumda yo‘l-harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘quv kurslari o‘tkazilmoqda.

Onlayn va oflayn shahklda tashkil etilayotgan o‘quv kurslarida yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar haydovchilari qishki mavsumni betalofat o‘tkazish, yo‘l-harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tegishli yoriqnomalar bilan tanishtirilmoqda.

Учебные курсы, направленные на обеспечение безопасности грузовых и пассажирских перевозок в зимний период

В соответствии с поручением министра транспорта, Институт переподготовки и повышения квалификации кадров транспортной отрасли проводит учебные курсы, направленные на обеспечение безопасности дорожного движения в зимний период для сотрудников организаций, логистических центров и автотранспортных предприятий, осуществляющих грузовые и пассажирские перевозки в нашей республике.

На учебных курсах, организуемых в онлайн и офлайн форматах, водители предприятий, занимающихся грузовыми и пассажирскими перевозками, знакомятся с соответствующими инструкциями по безаварийному прохождению зимнего сезона и обеспечению безопасности дорожного движения.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
8
E’lon! Yo‘lovchilar diqqatiga!

Sergeli tumanidagi Daryo bo‘yi ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, 2025-yil 19-dekabrdan boshlab ta’mirlash ishlari yakuniga qadar ushbu ko‘cha orqali harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlarida vaqtinchalik o‘zgarishlar joriy etiladi:

66-, 126-, 130- va 144-sonli yo‘nalishlar harakati vaqtincha Nilufar va Nilufar-2 ko‘chalari orqali amalga oshiriladi. Ushbu yo‘nalishlar Rayhon va Rayhon-1 ko‘chalari orqali vaqtincha harakatlanmaydi.


105-sonli yo‘nalishning so‘nggi bekati vaqtincha Nilufar-3 ko‘chasida joylashtiriladi.

Ta’mirlash ishlari davomida ko‘chalarda tirbandliklar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud, shu sababli yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

🕒 Avtobuslarning harakat vaqti hamda oraliq vaqti belgilangan jadvaldan uzoqroq bo‘lishi mumkin.

📢 Hurmatli yo‘lovchilar!
Iltimos, qatnovlaringizni oldindan rejalashtiring. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.


Hurmat bilan,
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
7👏3👍1🎉1
E’lon! Yo‘lovchilar diqqatiga!

34-sonli “Chilonzor metrosi – Shifokorlar shaharchasi” avtobus yo‘nalishida harakat sxemasiga o‘zgartirish kiritildi.


Endilikda avtobuslar Shifokorlar shaharchasidan harakatni boshlaganida:

- Qamarniso ko‘chasi orqali Toshkent halqa avtomobil yo‘liga chiqadi;

- halqa yo‘lida ortga qayrilib, Onkologiya markazi bekatini qamrab oladi;

- shundan so‘ng Qamarniso ko‘chasi bo‘ylab o‘z harakatini davom ettiradi.

Hurmat bilan,
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
12👍8


Sergeli tumanida avtobus haydovchisi bilan sodir bo’lgan baxtsiz hodisa yuzasidan RASMIY MA’LUMOT!

2025-yil 20-dekabr kuni taxminan soat 16:56 larda “1-avtobus saroyi” filiali tasarrufida bo‘lgan “YUTONG CNG”  rusumli, davlat raqami 01| 081 QKA, saroy raqami 346-bo‘lgan, 55-yo‘nalishda harakatlanadigan avtobus haydovchisi I.A (1970-yilda tug‘ilgan, staji 35 yil, korxonada 1,5 bo‘lgan) avtobusni Sergeli tumani Xonobod ko‘chasi bo’ylab boshqarib kelib temir yo‘l kesishmasida poyezd o‘tayotganligi sababli avtobusni to‘xtatib turgan. Shu vaqtda uning orqasida to‘xtab turgan “12-avtobus saroyi” filialiga tegishli “YUTONG CNG” rusumli, davlat raqami 01 | 895 LKA, saroy raqami 126-bo‘lgan avtobus haydovchisi E.R (1988-yilda tug‘ilgan, staji 17 yil, korxonada 1 yil) avtobusni qo‘l tormoziga qo‘ymasdan pastga tushib avtobus oldiga o‘tganida avtobus o‘z inersiyasi bilan yurib ketib haydovchi E.Rni siqib qo‘yishi natijasida baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan.

Mazkur baxtsiz hodisa “12-Avtobus saroyi” filiali haydovchisining ehtiyotsizligi natijasida sodir bo’lgan va haydovchi E.R voqea joyida vafot etgan.

Hozirda ushbu hodisa IIBB Tergov bo’limi tomonidan rasmiylashtirilganligini ma’lum qilamiz.

Sodir bo‘lgan mazkur baxtsiz hodisa munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga “Toshshahartransxizmat” AJ chuqur ta’ziya izhor etadi.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🙏289🤝3🫡2🤩1


⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda "King Long" rusumli avtobuslarning avtoshinalari holati talab darajasida emasligi aks etgan videolavhalar tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi.

▶️Xitoy Xalq Respublikasidan xarid qilingan "King Long" va "Yutong" rusumli avtobus va elektrobuslarni tasarruf etish bir vaqtda boshlanganligi sababli, har yili kuz-qish mavsumida ushbu avtobus va elektrobuslardagi avtoshinalarni ommaviy ravishda almashtirish davri hisoblanadi.

〰️“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan avtoshinalarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash maqsadida, ularni o'rnatilgan tartibda almashtirish ishlari joriy yilning yoz mavsumidan boshlab amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda avtoshinalarni bosqichma-bosqich xarid qilish va ularni yangilariga almashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilayotganligini hamda ushbu masala “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan doimiy nazoratda ekanligini ma’lum qilamiz.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👏6👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MAVSUMGA SHAYLIK

Transport vazirining tegishli topshirig‘iga asosan jamoat transporti harakat tarkibini qish mavsumiga tayyorlash, har qanday ob-havo sharoitida barqaror tashuvlarni tashkil etish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Toshshahartransxizmat” Aksiaydorlik jamiyatida mavsumga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

“Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylari harakat tarkibi tegishli reja jadval asosida texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Avtobus saroylariga biriktirilgan xavfsizlikni ta’minlash xodimlari tomonidan haydovchilarga muntazam ravishda harakat xavfsiziligini ta’minlash, baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha muntazam ravishda yo‘riqnomalar o‘tkazib borilmoqda.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62🔥2🫡1
“Toshshahartransxizmat” AJning 4-, 8- ,12-Avtobus saroylari filiallarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkazildi.

🔘Tadbir davomida filial xodimlari va haydovchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish borasida huquqiy savodxonlikni oshirish, xizmat faoliyatida halollik, adolat va poklik tamoyillariga amal qilish, shuningdek, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

➡️Uchrashuv yakunida xodimlar tomonidan o‘z xizmatlari jarayonida uchrayotgan dolzarb muommolar yuzasidan fikrlar bildirilib, takliflar berildi va quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlab o‘tildi:
⏺️ texnik va moddiy ta’minotni mustahkamlash,
⏺️ avtobuslar harakati va bekatlarning sharoitini yaxshilash,
⏺️ yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish,
⏺️ xodimlar uchun qulay dam olish imkoniyatlarini yaratish,
⏺️yo‘l haqi to‘lovini samarali nazorat qilish tizimini takomillashtirish.

🚌 Shuningdek, avtobuslarni yuvish jarayonida sifat va unumdorlikni oshirish, suv va resurslarni tejash maqsadida, avtomatik yuvish uskunalarini o‘rnatish taklifi ham ilgari surildi.

✔️ Xulosa qilib aytganda “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari tizimda halollik va shaffoflik tamoyillarini keng targ‘ib qilish, korrupsiyaning oldini olish, jamoaning mas’uliyatni kuchaytirish hamda xodimlar bilan ochiq muloqot orqali mavjud muammolarni aniqlash va ularga yechim ishlab chiqish uchun muhim ahamiyat kasb etdi.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74👏2🔥1🙏1🤝1
E'lon! Yo'lovchilar diqqatiga!
Sergeli tumanidagi Daryo bo'yi ko'chasida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, 2025-yil 19-dekabr kunidan ta'mirlash ishlari yakuniga qadar, ushbu ko'cha orqali harakatlanuvchi:
- 126-sonli yo'nalishning harakati 2025-yil 22-dekabrdan boshlab vaqtinchalik Sergeli qo'rg'oni bekatida qisqartiriladi. Yo'nalish vaqtinchalik Quruvchilar mavzesi va Quruvchilar metrosigacha harakatlanmaydi.

Ta'mirlash ishlari davomida ko‘chalardagi tirbandlik ortishi ehtimoli mavjud. Shunga koʻra, yoʻnalishga qoʻshimcha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

🕒 Avtobuslarning harakat vaqti hamda oraliq vaqti rejadagidan uzoqroq boʻlishi mumkin.

📢 Hurmatli yoʻlovchilar! Iltimos, qatnovlaringizni oldindan rejalashtiring va noqulayliklar uchun oldindan uzr soʻraymiz.

Hurmat bilan,
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
🤝8👍42🔥2🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚌 Poytaxtimiz bo’ylab harakatlanayotgan avtobuslarda Yangi yil shukuhi 🎄

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍146🤩4👏3🔥1
“Toshshahartransxizmat” AJda ishchi yig‘ilish o‘tkazildi

📶 “Toshshahartransxizmat” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari hamda Idoralararo ishchi guruh a’zolari boshchiligida Jamiyat tasarrufidagi avtobus saroyi filiallarining navbatchi mexaniklari va bosh muhandislari ishtirokida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

➡️Mazkur yig‘ilish jamoat transportining texnik holatini yanada yaxshilash, avtobuslarni yo‘nalishga chiqarishdan oldingi texnik ko‘rik jarayonlarini takomillashtirish hamda harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratildi.

✔️ Yig‘ilish davomida:
🔘Avtobuslarning texnik soz holatini doimiy va qat’iy nazorat qilish;
🔘Avtobuslarning yo‘nalishga chiqishdan oldingi texnik ko‘rik jarayonlarining sifatini oshirish;
🔘Aniqlangan nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish;
🔘Harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi omillarning oldini olish
masalalari atroflicha muhokama qilindi.

➡️Shuningdek, yo‘lovchilar hayoti va salomatligi bilan bog‘liq mas’uliyatni yanada oshirish, texnik xodimlarning xizmat intizomiga qat’iy rioya etishlari yuzasidan alohida to‘xtalib o‘tildi.

❗️Yig‘ilish yakunida mas’ul xodimlarga aniq vazifalar belgilandi, xizmat intizomini kuchaytirish, texnik ko‘rik jarayonlariga mas’uliyat bilan yondashish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🚍Yo‘lovchilar xavfsizligi, sifatli va uzluksiz jamoat transporti xizmatini ta’minlash — “Toshshahartransxizmat” AJ faoliyatidagi ustuvor vazifalardan biridir.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site|YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥76👍4