Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
5.35K subscribers
3.68K photos
1.24K videos
8 files
2.72K links
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi:
E-mail: info@tashbus.uz
Call center: 1062
Instagram: https://instagram.com/toshbus?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook:
https://www.facebook.com/profile.
Download Telegram
XOTIRA MUQADDAS – INSON QADRI AZIZ

Ajdodlarimizni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardan.

Bugun Transport vazirligi jamoasi poytaxtimizdagi G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydilar.

Urush qatnashchilarining frontda ko‘rsatgan qahramonliklari eslandi, halok bo‘lganlar xotirasi yodga olindi.


ПАМЯТЬ СВЯТА - ЧЕСТЬ И ДОСТОИНСТВО ЧЕЛОВЕКА - ПРЕВЫШЕ ВСЕГО

Помнить наших предков, их добрые дела, мужество и отвагу - благородные качества, присущие нашему народу.

Сегодня коллектив Министерства транспорта посетил Парк Победы в столице страны и возложил венок к мемориальному комплексу «Ода стойкости».

На возложении почтили память героических предков, погибших на фронте.


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📺 "Renessans" telekanali, "Ovoza" informatsion dasturi | Toshkent shahar jamoat transportida yangi tariflar joriy etiladi

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#Yutong
#Elektrobus

🚌 Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan "Yutong" rusumli elektrobuslardan samarali foydalanish maqsadida, 2023-yil 11-may kunidan boshlab quyidagi yo'nalishlarga tasarruf etilmoqda:

Harakat tarkibi yangilanmoqda:
🔹12 donasi -"4-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 45-sonli
“Boshliq mavzesi – FOOD CITY savdo majmuasi”
avtobus yo'nalishiga;
🔹14 donasi - "12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 40-sonli “Sergeli mavzesi 12-daha – Toshkent vokzali” avtobus yo'nalishiga;
🔹10 donasi - "18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 85-sonli “Qora qamish 2/4 mavzesi – Toshkent MUM” avtobus yo'nalishiga;
🔹4 donasi - "4-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 8-sonli “Olchazor mahallasi – Chilonzor mavzesi 25-daha” avtobus yo'nalishiga;

Avtobuslar soni ko'paytirilmoqda:
🔹1 donasi - "1-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 13T-sonli avtobus yo'nalishiga;
🔹1 donasi - "4-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 57-sonli avtobus yo'nalishiga;
🔹5 donasi - "7-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 94-sonli avtobus yo`nalishiga;
🔹4 donasi - "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 100-sonli avtobus yo'nalishiga;
🔹1 donasi - "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 67-sonli avtobus yo'nalishiga;
🔹3 donasi - "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 51-sonli avtobus yo'nalishiga;
🔹1 donasi - "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 95-sonli avtobus yo'nalishiga;
🔹3 donasi - "18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 53-sonli avtobus yo'nalishlarida xizmat ko'rsatish uchun biriktirilganligini ma'lum qilamiz.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
#14_yonalish
#KingLong

⚡️⚡️YO'LOVCHILAR DIQAATIGA !⚡️⚡️

🚌 Yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2023-yil 12-may kunidan boshlab, "2-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 14-sonli “TTZ – Toshkent vokzali” avtobus yo‘nalishida 11 dona o‘ta katta sig‘imli "King Long" rusumli avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilganligini ma'lum qilamiz.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Elektrobuslardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha xorijiy tajriba o‘rganilmoqda

Turkiyaning Izmir shahrida tashkil etilgan “Elektrobuslarni xarid qilish, rejalashtirish va moliyalashtirish” mavzusidagi xalqaro seminar-treningda Transport vazirligi va “Toshshahartransxizmat” AJ xodimlari ishtirok etdi.

Trening dasturi doirasida ishtirokchilar Izmir shahridagi eng yirik transport operatori hisoblangan ESHOT tashkiloti avtobus saroyiga tashrif buyurib, elektrobuslar infratuzilmasi bilan yaqindan tanishishdi.

Batasil

Изучается зарубежный опыт по организации эффективного использования электробусов

На международном семинар-тренинге на тему «Закупка, планирование и финансирование электробусов», организованном в г.Измире Турции приняли участие сотрудники Министерства транспорта и АО «Тошшахартрансхизмат».

В рамках программы тренинга участники посетили автобусный парк организации ESHOT, являющейся крупнейшим транспортным оператором в Измире и ознакомились с инфраструктурой электробусов.

Подробнее
#TEZKOR

Avtobus haydovchisi va yengil avtotransport haydovchilari o'rtasida sodir bo'lgan tortishuv yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 14-may kuni, soat 12:00 larda, "Aviasozlar" bekatida avtobus haydovchisi va yengil avtotransport haydovchilari o'zaro tortishayotgani aks etgan video suratga olinib, ijtimoiy tarmoqga joylashtirilgan.

🔹Mazkur holat yuzasidan, “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi:
“Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo'limi xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari o‘tkazilganda, mazkur holat "5-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, "SAZ LE-60" rusumli, davlat raqami 01|871 OJA bo‘lgan, 106-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi T.D hamda litsenziyasiz yo'lovchi tashish bilan shug'ullanuvchi yengil avtotransport haydovchilari tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra 106-sonli avtobus haydovchisi "Aviasozlar" bekatiga yetib kelganida bekat yengil avtotransport vositalari bilan to'liq band qilingani sababli yo'lovchilarni yo'lning harakat qismida tushirishga majbur bo'lgan. Shu munosabat bilan, bekatda ushbu qoidabuzarliklarni sodir etayotgan yengil avtotransport vositalari haydovchilariga belgilangan tartibda chora ko'rish yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlariga murojaat qilinganligini ma'lum qilamiz.

📌Aziz yo‘lovchilar! Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining 1062 ishonch raqamiga murojaat qilishingizni iltimos qilamiz.

✍️
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

"Toshshahartransxizmat" AJ tizimida "Ma'naviy-ma'rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi"ga binoan, haydovchi va yo'lovchilar o'rtasida ochiq muloqotlarni tashkil etish belgilangan.

🔹Shu munosabat bilan, Toshkent davlat transport universitetida, haydovchi va talaba yoshlar ishtirokida, "Jamoat transportida madaniyatli xizmat ko'rsatish va madaniyatli harakatlanish" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_maʼlumot

"Saz Le-60" rusumli avtobusda tutun chiqganligi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 14-may kuni, 17:15 larda, 70-sonli avtobusda tutun hosil bo`lgani va harakatni davom ettirayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqga joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi:
2023-yil 14-may kuni , "7-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "SAZ LE-60" rusumli, saroy raqami 008 bo'lgan, 70-sonli-"M. Yusuf ASHB - Chilonzor 20-daxa" avtobus yo'nalishi haydovchisi T.N soat 06:18 da ishga chiqib, jadval asosida 11 ta qatnovni bajargan. 2023-yil 14-may kuni soat 17:15 larda haydovchi T.N 70-sonli avtobusda Muhammad Yusuf ko'chasidan harakatlanib borayotgan vaqtda, avtobusning turbonaduv qismidagi tirsakli vali sinishi oqibatida moy haydab glushitelda qora tutun hosil bo'lgan. Avtobus haydovchisi ushbu holatni ko'ra turib, avtobusni to'xtatish va yo'lovchilarni tushurish o'rniga harakatni davom ettirgan. Hodisa oqibatida yo‘lovchilarga zarar yetmagan.

O'z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarab, yo'lovchilar hayotini xavf ostida qoldirgani uchun, mazkur avtobus haydovchisi T.N bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligini ma'lum qilamiz.

Hozirda “7
-Avtobus saroyi” filialining texnik xodimlar tomonidan avtobusning texnik nosozligi bartaraf etilmoqda. Tez kunlarda ushbu avtobus yo’nalishda xizmat ko’rsatishni davom ettirishini ma’lum qilamiz.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni va avtotransport vositalarini texnik holati soz ekanligiga eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site