Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
5.41K subscribers
3.7K photos
1.26K videos
9 files
2.74K links
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi:
E-mail: info@tashbus.uz
Call center: 1062
Instagram: https://instagram.com/toshbus?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook:
https://www.facebook.com/profile.
Download Telegram
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида Тошкент шаҳри ва вилоят марказларида жамоат транспортини молиялаштиришнинг янги тизимини жорий этиш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш бошланади.

Скоро при Президенте Шавкате Мирзиёеве начнется совещание по мерам внедрения новой системы финансирования общественного транспорта в городе Ташкенте и областных центрах.

Facebook|Instagram|Twitter
Президент ҳузурида жамоат транспорти соҳасини такомиллаштириш юзасидан йиғилиш бошланди.

Давлатимиз раҳбари бу соҳада муаммолар тўпланиб қолгани, уларни ҳал этиш учун транспорт бошқармалари ва автобус паркларида ҳозирги иш тизимини ўзгартириш зарурлигини қайд этди.

Айрим вилоят марказларида жамоат транспортини ривожлантириш режаси ишлаб чиқилмагани, жойларда айрим автобус йўналишлари ишламаётгани, бекатлар етишмаслиги кўрсатиб ўтилди.

Транспорт корхоналари кунлик “тушум плани”ни бажаришга боғланиб қолиб, куннинг “энг даромадли” пайтида (эрталаб соат 8-10 да, кечқурун соат 17-19 да) ҳаракатланишга одатлангани танқид қилинди. Қолган вақтда йўловчилар узоқ кутиш ёки таксида юришга мажбур.

Шу муносабат билан Президент соҳада молиялаштириш, автобус йўналишларини ташкил этиш, автопаркни янгилаш ва инфратузилмани такомиллаштириш бўйича янги тизим жорий қилиш чора-тадбирларини белгилаб берди.

Facebook|Instagram|Twitter
Эндиликда маблағ автобуснинг юрган масофаси ва одамлар бу хизматдан розилигига қараб берилади.

Хизмат сифатига – автобусдаги қулайликлар ва санитар ҳолат, кеч қолмасдан бекатга етиб келишига қараб баҳо берадиган тизим бўлади.

Бунда, ташувчи тадбиркор ҳар 1 километр учун 10 фоиз рентабеллик билан кафолатли тўловни олади.

Шу пайтгача бўлган кунлик тушум “плани”ни белгилаш амалиёти бекор қилинади.

Бундан ташқари, аҳолига қулай йўл ҳақи тарифларини (йиллик, чораклик, ойлик, кунлик, соатлик) жорий қилиш масаласи кўриб чиқилмоқда.

Facebook|Instagram|Twitter
Президент йил якунига қадар барча автобус маршрутлари аҳоли эҳтиёжи асосида қайта кўриб чиқилиши шартлигини таъкидлади.

Вилоятлар ҳокимларига Транспорт вазирлиги ва Транспорт университети билан биргаликда 1 июлга қадар барча вилоят марказларининг Транспорт бош режасини ишлаб чиқиш бўйича топшириқ берилди. Бунда аҳоли орасида алоҳида сўров ўтказиб, уларнинг фикрларини олиш зарурлиги кўрсатиб ўтилди.

Автобуслар паркини кенгайтириш учун ташувчи тадбиркорларга автобус паркини янгилашни рағбатлантириш тизими жорий қилинади. Жумладан:

- ташувчиларни танлашда автобуснинг янгилигига қараб, йўналишда йўловчи ташишнинг кафолатланган муддатлари 7 йилгача узайтирилади (10 ёшдан ошган автобуслар бўйича шартнома тузилмайди);

- тадбиркорлар олиб келган янги автобуслар бўйича қўшилган қиймат солиғини бўлиб-бўлиб тўлашига рухсат берилади;

- автобуслар сотиб олиш учун 10 йилгача муддатга имтиёзли кредит берилади.

Facebook|Instagram|Twitter
Йиғилишда йўлларда автобуслар ҳаракати учун инфратузилма масаласига тўхталиб ўтилди.

Тошкент шаҳридаги 73 та асосий кўчада автобуслар учун алоҳида йўлак ташкил этиб, чорраҳалар ўтказувчанлигини ошириш дастури ишлаб чиқилди.

Бу орқали, автобуслар ўртача тезлиги 1,5 баравар ошиб, кечикишлар бартараф этилади.

Вилоятлар ҳокимларига Транспорт вазирлиги билан биргаликда бир ой муддатда:

- ўз ҳудудида транспорт инфратузилмасини яхшилаш бўйича манзилли дастурни тасдиқлаб, ишларни бошлаш;

- намунавий бекат лойиҳасини ишлаб чиқиб, тадбиркорларга реклама ва банкомат хизматларини ташкил қилиш учун вақтинчалик фойдаланишга бериш тартибини киритиш топширилди.

Айни пайтда ҳудудлар раҳбарлари ва соҳа мутасаддилари берилган топшириқлар ижросини қандай ташкил этиши юзасидан ахборот бермоқда.

Facebook|Instagram|Twitter
Hurmatli toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlari!

🚧 Taʼmirlash ishlari sababli 31- yanvar kuni soat 21:30 dan 1- fevral soat 04:00 ga qadar  Toshkent xalqa avtomobil yo‘li bilan Bunyodkor ko‘chasi kesishmasida joylashgan ko‘prik ostidagi yo‘l yopiladi.

Noqulayliklar uchun uzr so‘rab, haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz.
__

Уважаемые жители Ташкента и гости столицы!

🚧
В связи с проведением ремонтных работ дорога под мостом, расположенным на пересечении улицы Бунёдкор с Ташкентской кольцевой автодорогой, будет закрыта с 21:30 часов 31 января до 04:00 часов 1 февраля.

Приносим извинения за неудобства и рекомендуем водителям использовать объездные пути.


YouTube | Facebook | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
⚡️⚡️DIQQAT E’LON!⚡️⚡️

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-111-sonli qarorga asosan jamoat transporti tizimini uning barcha turlarini uzviy bog‘lagan holda kompleks rivojlantirish, aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirish maqsadida, joriy yilning 1-fevral kunidan boshlab,

🚌 152-sonli “Chorsu savdo markazi AShB – Moliya akademik litseyi” yangi bog‘lovchi avtobus yo‘nalishi harakati tashkill etilmoqda. “Chorsu savdo markazi AShB”dan A.Navoiy, Abay, Zulfiyaxonim, Labzak, KHAY, Ziyolilar, Do‘rmon yo‘li, Bog‘ishamol, Gulshan, Zarbuloq ko‘chalari orqali “Moliya akademik litseyi”ga qadar, qaytish yo‘nalishida “Moliya akademik litseyi”dan Zarbuloq, Ozodlik, Namangan, THAY, Bog‘ishamol, Do‘rmon yo‘li, Ziyolilar, KHAY, Labzak, Zulfiyaxonim, Abay, A.Navoiy, Samarqand Darvoza, A.Navoiy ko‘chalari orqali “Chorsu savdo markazi AShB”ga qadar soat 5:30 dan 22:30 gacha harakatlanishi belgilangan. Mazkur yo`nalishda xizmat ko`rsatish huquqi vaqtinchalik navbatdagi tenderga qadar Jamiyatning "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirildi. Yo`nalishdagi jadvallar soni ISUZU rusumli avtobuslar asosida:
🔸Ish kunlariga 5 ta, shanba kunlariga 4ta va yakshanba kunlariga 3 ta etib belgilanganligini ma`lum qilamiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📺 O’zbekiston 24 telekanali, Axborot 24 ko’rsatuvi | Jamoat transporti sohasida yangi tizim joriy etiladi

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
🚌 Yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2023-yil 1-fevraldan boshlab:

🔹"8-Avtobus saroyi" filiali tomonidan xizmat ko‘rsatiluvchi 29-sonli “Huvaydo mahallasi – Moliya akademik litseyi” bog‘lovchi avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish huquqini vaqtinchalik (tendergacha) yo‘nalishning tasdiqlangan texnik-tasarruf ko‘rsatkichlari asosida “Toshshahartransxizmat” AJning “18-Avtobus saroyi” filialiga berilganligi, yo‘nalish harakati qisqartirilib, harakatni “Huvaydo mahallasi”dan Huvaydo, Al Xorazmiy, Beruniy, A.Navoiy ko‘chalari orqali “Chorsu savdo markazi AShB”ga qadar tashkil etilganligi, yo‘nalish 29-sonli “Huvaydo mahallasi – Chorsu savdo markazi AShB” yetkazib beruvchi avtobus yo‘nalishi deb nomlanganligi, yo‘nalishning ish tartibini soat 6:00 dan 21:30 gacha, jadvallar soni ISUZU rusumli avtobuslar asosida ish kunlariga 3(+1) ta, shanba va yakshanba kunlariga 2(+1) ta etib belgilanganligini ma`lum qilamiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
🚌 Yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2023-yil 1-fevraldan boshlab:

🔹“1-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 39-sonli “3-metro bekati – Qo‘yliq bozori” avtobus yo‘nalishi harakatiga o‘zgartirish kiritib, yo‘nalish harakatini Farg’ona yo‘li, Bektemir yo‘li, 4P21 Toshkent aylanma yo‘li ko‘chalari orqali “Food City savdo majmuasi”ga qadar ikki taraflama tashkil etilganligi, yo‘nalish 39-sonli “3-metro bekati – Food City savdo majmuasi” avtobus yo‘nalishi deb nomlanganligi;

🔹“2-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 52-sonli “Uchuvchilar shaharchasi – Toshkent vokzali” yetkazib beruvchi avtobus yo‘nalishi harakatiga o‘zgartirish kiritib, yo‘nalish harakatini Qumariq, Lokomotiv, A.Fitrat, Abu Sulaymon Banokatiy, Sariko‘l, Turkiston ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etilganligi;

🔹“4-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 122-sonli “Karvon bozori bekati – Qo‘yliq dehqon bozori” avtobus yo‘nalishi harakatini uzaytirib, yo‘nalish harakatini THAYdan Bektemir yo‘li, 4P21 Toshkent aylanma yo‘li ko‘chalari orqali “Food City savdo majmuasi”ga qadar ikki taraflama tashkil etilganligi, yo‘nalish 122-sonli “Karvon bozori bekati – Food City savdo majmuasi” avtobus yo‘nalishi deb nomlanganligi;

🔹“5-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 151-sonli “Yangi O‘zbekiston bog‘i – Buyuk Ipak yo‘li metrosi” bog‘lovchi avtobus yo‘nalishi harakatini uzaytirib, yo‘nalish harakati O‘qituvchi, Mahtumquli ko‘chalari orqali “Chirchiq” daryosini kesib o‘tuvchi ko‘prik ostidan qayrilib, “Yangi O‘zbekiston bog‘i” bekatigacha tashkil etilganligi;

🔹"8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 142-sonli “Katta Xasanboy mahallasi – Tiklanish mahallasi” yetkazib beruvchi avtobus yo‘nalishining harakatiga o‘zgartirish kiritib, “Tiklanish mahallasi”dan Tiklanish, Moyqo‘rg‘on, A.Donish, A.Temur shoh ko‘chalari orqali “Shahriston metrosi” bekatiga qadar va otrga qayrilib o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda bir taraflama tashkil etilganligi;

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
🚌 Yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2023-yil 1-fevraldan boshlab:

🔹"12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 59-sonli “Do‘stlik 2-mavzesi – Karvon bozori” avtobus yo‘nalishi harakatiga o‘zgartirish kiritib, yo‘nalish harakatini Mehrigiyo ko‘chasidan Qo‘rg‘ontepa, Qo‘rg‘ontepa 1-tor, Oriyat, 4R21 Toshkent aylanma yo‘li ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etilganligi, yo‘nalishdagi jadvallar soni ish, shanba va yakshanba kunlariga 9(+1) ta etib belgilanganligi;

🔹"12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 75-sonli “Obod mahallasi – Oqtepa maydoni” oralig‘ida harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishi harakatini uzaytirib, yo‘nalish harakatini Qirariq, A.Temur ko‘chalari orqali “Samarqand mahallasi”ga qadar ikki taraflama tashkil etilganligi, yo‘nalish 75-sonli “Samarqand mahallasi – Oqtepa maydoni” avtobus yo‘nalishi deb nomlanganligi;
🔹"12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 112-sonli “Qipchoq metrosi – Qo‘yliq dehqon bozori” oralig‘ida harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishi harakatini uzaytirib, yo‘nalish harakatini Yangi Sergeli yo‘li, Shokirariq, Oriyat ko‘chalari orqali “Olchazor mahallasi”ga qadar ikki taraflama tashkil etilganligi, yo‘nalish 112-sonli “Olchazor mahallasi – Qo‘yliq dehqon bozori” avtobus yo‘nalishi deb nomlanganligi, yo‘nalishdagi jadvallar soni ISUZU rusumli avtobuslar asosida ish va shanba kunlariga 6(+2)ta, yakshanba kunlariga 5(+2)ta etib belgilanganligi;
🔹"12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 184-sonli “Binokor qo‘rg‘oni – Sergeli yarmarkasi” avtobus yo‘nalishi harakatiga o‘zgartirish kiritib, yo‘nalish harakatini “Binokor qo‘rg‘oni”dan Sangzor, Sholikor, Oxunguzar ko‘chalari orqali “Toshloq mahallasi”ga qadar, “Sergeli yarmarkasi”dan Yangi Sergeli yo‘li, Obihayot ko‘chalari orqali Obihayot va Fayli ko‘chalari kesishgan chorrahaga qadar ikki taraflama tashkil etilganligi, yo‘nalish 184-sonli “Toshloq mahallasi – Qipchoq mahallasi” bog‘lovchi avtobus yo‘nalishi deb nomlanganligi, yo‘nalishdagi jadvallar soni ISUZU rusumli avtobuslar asosida ish kunlariga 5(+1) ta, shanba kunlariga 4(+1) ta va yakshanba kunlariga 3(+1) ta etib belgilanganligi;
🔹"12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 126-sonli “Toshkent quvur zavodi – Chorsu savdo markazi” oralig‘ida harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishining shanba va yakshanba kunlari uchun ish tartibi soat 05:00 dan 21:00 gacha, bajariladigan qatnovlar sonini shanba kunlari uchun 72(+8)ta, yakshanba kunlari uchun 60(+6)ta etib belgilanganligi;

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site