Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
5.38K subscribers
3.63K photos
1.22K videos
8 files
2.68K links
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi:
E-mail: info@tashbus.uz
Call center: 1062
Instagram: https://instagram.com/toshbus?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook:
https://www.facebook.com/profile.
Download Telegram
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
💠Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashishda yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 948-son qaroriga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan Toshkent shahar jamoat transportlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hozirgi kunda jamoat transportida to‘lovlarning 55-60 foizi avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi orqali amalga oshirilmoqda.

💠Yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, yo‘l haqi to‘lovlarni kontaktsiz, bank kartalari, yagona transport kartalari, mobil ilovalar va “CLICK” to‘lov tizimi orqali amalga oshirish imkoniyatlari yaratildi.

💠Hozirgi kunda, shahar yo‘lovchi transportida avtomatlashtirilgan elektron to‘lov tizimi imkoniyatlarini kengaytirish va to‘lov tizimini bosqichma-bosqich to‘liq o‘tkazish maqsadida, Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan aholi, haydovchi va chiptachilar o‘rtasida ijtimoiy so'rovnoma
o'tkazilmoqda.

📝🚘Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish uchun👉
https://t.me/toshdeptransport
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Toshkent shahrida «Raqamli yo‘l» loyihasi joriy etiladi


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati



mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_maʼlumot

"Mercedes-Benz" rusumli avtobusda tutun chiqganligi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 26-yanvar kuni, "18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 147-sonli "Chorsu savdo markazi-Chinni bozor" yo`nalishidagi , davlat raqami 01|243 GCA bo‘lgan, "Mercedes-Benz LF" rusumli avtobusda tutun hosil bo`lgani haqida xabar tarqaldi.

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi:
Ushbu avtobus THAY ko’chasi bo’ylab “Abu-saxiy” savdo markazi qarshisida harakatlanayotgan vaqtda, avtobusning orqa qismidagi elektr o’tkazish simlarining kuchlanishi natijasida, qisqa tutashuv sodir bo’lgan. Mazkur hodisa, avtobus haydovchisi I.M tomonidan darhol aniqlanib, avtobus ichida bo’lgan yo’lovchilar zudlik bilan avtobusdan tushirilgan va ushbu holat “Abu-saxiy” savdo markazi hududida xizmat olib boruvchi ichki ishlar organlari xodimlari bilan birgalikda tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida yo‘lovchilarga zarar yetmagan.

Hozirda ushbu avtobus, shatakka oluvchi maxsus transport vositasi yordamida “18-Avtobus saroyi” filialiga olib kelingan bo’lib, texnik xodimlar tomonidan avtobusning texnik nosozligi bartaraf etilmoqda. Ushbu avtobus joriy yilning 27-yanvar kunidan yo’nalishda xizmat ko’rsatishni davom ettirishini ma’lum qilamiz.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni va avtotransport vositalarini texnik holati soz ekanligiga eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz!

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Video
#tezkor_maʼlumot

🚌Joriy yilning 26-yanvar kuni, "18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 147-sonli "Chorsu savdo markazi-Chinni bozor"yo`nalishidagi , davlat raqami 01|243 GCA bo‘lgan, "Mercedes-Benz LF" rusumli avtobusda sodir bo`lgan qisqa tutashuvdan so`ng, mazkur avtobusga texnik xizmat ko`rsatish maqsadida, avtobus saroyiga qaytarilgan edi. Hozirda ushbu avtobusga tezkor texnik xizmat ko’rsatilib, nosozliklar bartaraf etildi hamda ayni paytda yo’nalishda texnik soz holatda xizmat ko’rsatmoqda.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📺 O`zbekiston 24 telekanali, "Yangiliklar 24" informatsion dasturi | Jamoat transporti xizmati sifatini yaxshilash chora-tadbirlari

✍️
“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment
#avtobus 🚌
#tezkor_texnik_xizmat 🛠

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
#rasmiy_maʼlumot

"Mercedes-Benz" rusumli avtobusdan yong`in chiqganligi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 28-yanvar kuni soat 10:52 da, "7-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, davlat raqami 01|713 WCA bo‘lgan, "Mercedes-Benz" rusumli, 9T-sonli avtobusda yong`in hosil bo`lgani haqida xabar tarqaldi.

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi:
Ushbu avtobus 2013-yil ishlab chiqarilgan bo‘lib, tasarruf boshidan buyon 743693 km masofani bosib o‘tgan. Dastlabki maʼlumotga ko‘ra, 9T-sonli avtobus haydovchisi M.K (1993-yilda tug`ilgan) avtobusning motor qismida nosozlik yuzaga kelganligi sababli, yo`lovchilarni avtobus salonidan tushirib, nosoz avtobusni "7-Avtobus saroyi" filialiga qaytarish uchun yo`lovchilarsiz harakatlanayotgan vaqtda, avtobusning dvigatel qismida yong`in kelib chiqqan. Yong`in qutqaruv bo`linmalari voqea joyiga soat 10:57 da yetib borib, soat 11:04 da yong`in bartaraf etilgan. Hozirda, “Toshshahartransxizmat” AJning Ishlab chiqarish texnik bo‘limi xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo`q.

Taʼkidlash joizki, "7-Avtobus saroyi" filiali mas`ul xodimlari tomonidan avtobus taʼmirlanib, tez kunlarda yo‘nalishga chiqarish choralari ko`rilayotganligini ma’lum qilamiz.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni va avtotransport vositalarini texnik holati soz ekanligiga eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz!

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 | Poytaxtimiz yo‘llarida profilaktik tadbirlar

🚌 Jamoat transporti harakati uchun ajratilgan maxsus yo`laklarda qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilarga tegishli chora ko`rilmoqda.

ESLATMA:

Yo‘nalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 — 5.10.3 yo‘l belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to‘xtashi taqiqlanadi.

‼️ Barcha yo`l harakati ishtirokchilaridan begilangan qoidalarga qat’iy rioya etishlarini so`rab qolamiz.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Audio
“O‘zbekiston” radiokanali
"Jarayon" eshittirishi.

🎙"Jamoat transporti tizimini yaxshilash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar" mavzusidagi suhbat

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#HAFTA_DAVOMIDA

🗓 2023-yil 23-yanvardan 29-yanvar holatiga

💠
O`zbekiston 24 telekanali, "Yangiliklar 24" informatsion dasturi | "Jamoat transporti xizmati sifatini yangilash chora-tadbirlari" mavzusida reportaj.
💠Toshkent telekanali, "Poytaxt" informatsion dasturi |" Yo`lovchilar jamoat transportlari faoliyatidan mamnunmi?" mavzusida reportaj.
💠MY5 telekanali, "Hudud" informatsion dasturi | "Jamoat transporti haydovchilarining oylik maoshlari oshdi" mavzusida reportaj.
💠Avtobus haydovchisi svetoforning ta`qiqlovchi qizil chirog‘idan o‘tib ketgani yuzasidan rasmiy ma`lumot.
💠Axborot 24 | Toshkent shahrida «Raqamli yo‘l» loyihasi joriy etilishi to`grisida reportaj reportaj.
💠"Mercedes-Benz" rusumli avtobusda tutun chiqganligi yuzasidan
rasmiy ma`lumot.
💠 "Mercedes-Benz LF" rusumli avtobusda sodir bo`lgan qisqa tutashuvdan so`ng, mazkur avtobusdagi nosozliklar bartaraf etilgani yuzasidan tezkor ma`lumot.
💠 O`zbekiston 24 telekanali, "Yangiliklar 24" informatsion dasturi | Jamoat transporti xizmati sifatini yaxshilash chora-tadbirlari mavzusida reportaj.
💠Avtobus saroylarida tezkor texnik xizmat ko`rsatish jaroyonidan izohsiz lavha tayyorlandi.
💠"Mercedes-Benz" rusumli avtobusdan yong`in chiqganligi yuzasidan rasmiy ma`lumot.
💠Yangiliklar 24 | Poytaxtimiz yo‘llarida profilaktik tadbirlar yuzasidan reportaj.
💠“O‘zbekiston” radiokanali
"Jarayon" eshittirishida "Jamoat transporti tizimini yaxshilash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar" mavzusida jonli suhbat
tashkil etildi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
#rasmiy_munosabat

Telegram ijtimoiy tarmog`ida joylashtirilgan post yuzasidan RASMIY MA`LUMOT!

Joriy yilning 30-yanvar kuni, "Kо дну" telegramm kanalida "MAN" rusumli avtobusning texnik holati yuzasidan tanqidiy post joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ quyidagilarni ma`lum qiladi:
Jamiyatning "7-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, davlat raqami 01|129 YFA bo`lgan, "MAN" rusumli, 94-sonli avtobus yo`nalishida xizmat ko`rsatuvchi ushbu avtobus 2018-yil ishlab chiqarilgan bo‘lib, tasarruf boshidan buyon 346115 km masofani bosib o‘tgan. Dastlabki maʼlumotga ko‘ra, 94-sonli avtobus haydovchisi Sh.Sh. avtobus saroyi hududida o`ziga biriktirilgan avtobusni orqa oynasini ehtiyotsizlik oqibatida sindirib olganligi ma`lum bo`ldi. Shuningdek, o`z xizmat vazifasiga mas`uliyatsizlik bilan yondoshgani va avtobusni nosoz holatda yo`nalishga chiqargani uchun navbatchi mexanik Sh.S bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bundan tashqari "7-Avtobus saroyi" bosh muhandisiga xayfsan intizomiy chorasi ko`rildi.

Ta`kidlash kerakki, “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan "7-Avtobus saroyi" filiali mutasaddi rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda barcha ishchi xodimlarga navbatdan tashqari yo‘riqnoma o‘tkazilib, yo‘lovchilarni xavfsiz tashish va ularni o‘z manzillariga sog‘-omon yetkazib qo‘yish eng oliy maqsadimiz ekanligi yuzasidan yana bir bor tushuntirish ishlari olib borilganligini ma`lum qilamiz.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni va avtotransport vositalarini texnik holati soz ekanligiga eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz!

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида Тошкент шаҳри ва вилоят марказларида жамоат транспортини молиялаштиришнинг янги тизимини жорий этиш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш бошланади.

Скоро при Президенте Шавкате Мирзиёеве начнется совещание по мерам внедрения новой системы финансирования общественного транспорта в городе Ташкенте и областных центрах.

Facebook|Instagram|Twitter
Президент ҳузурида жамоат транспорти соҳасини такомиллаштириш юзасидан йиғилиш бошланди.

Давлатимиз раҳбари бу соҳада муаммолар тўпланиб қолгани, уларни ҳал этиш учун транспорт бошқармалари ва автобус паркларида ҳозирги иш тизимини ўзгартириш зарурлигини қайд этди.

Айрим вилоят марказларида жамоат транспортини ривожлантириш режаси ишлаб чиқилмагани, жойларда айрим автобус йўналишлари ишламаётгани, бекатлар етишмаслиги кўрсатиб ўтилди.

Транспорт корхоналари кунлик “тушум плани”ни бажаришга боғланиб қолиб, куннинг “энг даромадли” пайтида (эрталаб соат 8-10 да, кечқурун соат 17-19 да) ҳаракатланишга одатлангани танқид қилинди. Қолган вақтда йўловчилар узоқ кутиш ёки таксида юришга мажбур.

Шу муносабат билан Президент соҳада молиялаштириш, автобус йўналишларини ташкил этиш, автопаркни янгилаш ва инфратузилмани такомиллаштириш бўйича янги тизим жорий қилиш чора-тадбирларини белгилаб берди.

Facebook|Instagram|Twitter
Эндиликда маблағ автобуснинг юрган масофаси ва одамлар бу хизматдан розилигига қараб берилади.

Хизмат сифатига – автобусдаги қулайликлар ва санитар ҳолат, кеч қолмасдан бекатга етиб келишига қараб баҳо берадиган тизим бўлади.

Бунда, ташувчи тадбиркор ҳар 1 километр учун 10 фоиз рентабеллик билан кафолатли тўловни олади.

Шу пайтгача бўлган кунлик тушум “плани”ни белгилаш амалиёти бекор қилинади.

Бундан ташқари, аҳолига қулай йўл ҳақи тарифларини (йиллик, чораклик, ойлик, кунлик, соатлик) жорий қилиш масаласи кўриб чиқилмоқда.

Facebook|Instagram|Twitter
Президент йил якунига қадар барча автобус маршрутлари аҳоли эҳтиёжи асосида қайта кўриб чиқилиши шартлигини таъкидлади.

Вилоятлар ҳокимларига Транспорт вазирлиги ва Транспорт университети билан биргаликда 1 июлга қадар барча вилоят марказларининг Транспорт бош режасини ишлаб чиқиш бўйича топшириқ берилди. Бунда аҳоли орасида алоҳида сўров ўтказиб, уларнинг фикрларини олиш зарурлиги кўрсатиб ўтилди.

Автобуслар паркини кенгайтириш учун ташувчи тадбиркорларга автобус паркини янгилашни рағбатлантириш тизими жорий қилинади. Жумладан:

- ташувчиларни танлашда автобуснинг янгилигига қараб, йўналишда йўловчи ташишнинг кафолатланган муддатлари 7 йилгача узайтирилади (10 ёшдан ошган автобуслар бўйича шартнома тузилмайди);

- тадбиркорлар олиб келган янги автобуслар бўйича қўшилган қиймат солиғини бўлиб-бўлиб тўлашига рухсат берилади;

- автобуслар сотиб олиш учун 10 йилгача муддатга имтиёзли кредит берилади.

Facebook|Instagram|Twitter
Йиғилишда йўлларда автобуслар ҳаракати учун инфратузилма масаласига тўхталиб ўтилди.

Тошкент шаҳридаги 73 та асосий кўчада автобуслар учун алоҳида йўлак ташкил этиб, чорраҳалар ўтказувчанлигини ошириш дастури ишлаб чиқилди.

Бу орқали, автобуслар ўртача тезлиги 1,5 баравар ошиб, кечикишлар бартараф этилади.

Вилоятлар ҳокимларига Транспорт вазирлиги билан биргаликда бир ой муддатда:

- ўз ҳудудида транспорт инфратузилмасини яхшилаш бўйича манзилли дастурни тасдиқлаб, ишларни бошлаш;

- намунавий бекат лойиҳасини ишлаб чиқиб, тадбиркорларга реклама ва банкомат хизматларини ташкил қилиш учун вақтинчалик фойдаланишга бериш тартибини киритиш топширилди.

Айни пайтда ҳудудлар раҳбарлари ва соҳа мутасаддилари берилган топшириқлар ижросини қандай ташкил этиши юзасидан ахборот бермоқда.

Facebook|Instagram|Twitter
Hurmatli toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlari!

🚧 Taʼmirlash ishlari sababli 31- yanvar kuni soat 21:30 dan 1- fevral soat 04:00 ga qadar  Toshkent xalqa avtomobil yo‘li bilan Bunyodkor ko‘chasi kesishmasida joylashgan ko‘prik ostidagi yo‘l yopiladi.

Noqulayliklar uchun uzr so‘rab, haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz.
__

Уважаемые жители Ташкента и гости столицы!

🚧
В связи с проведением ремонтных работ дорога под мостом, расположенным на пересечении улицы Бунёдкор с Ташкентской кольцевой автодорогой, будет закрыта с 21:30 часов 31 января до 04:00 часов 1 февраля.

Приносим извинения за неудобства и рекомендуем водителям использовать объездные пути.


YouTube | Facebook | Instagram | Web-site